Reja: O‘quvchilarni maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish



Yüklə 18,2 Kb.
səhifə1/2
tarix25.12.2022
ölçüsü18,2 Kb.
#97880
  1   2
5-мавзу (1)


5-mavzu. O‘quvchilar bilan individual ishlar olib borish
Reja:
1. O‘quvchilarni maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish.
2. O‘quvchilarni maktabdan tashqari ishlarga jalb qilishning gruppaviy formasi.
3. Maktabdan tashqari ishlarning ommaviy formasi
4. Talabalarning ilmiy-tadqikot ishlari

O‘quvchilarni maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni har xil formalarda tashkil qilishning asosiy vazifasi, ularni ijtimoiy foydali faoliyatda faol ishtirok etishni, shaxsiy qiziqishlarini, moyilligi va imkoniyatlarini to‘liq ishga solishdan iboratdir. Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarga pedagogik rahbarlik qilishdan maqsad o‘quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash faqat maktabdagina emas balki ijtimoiy tashkilotlar orqali texnik ijodkorlik sifatlarini tarbiyalashdan iboratdir. Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishning asosiy maqsadi umumiy o‘rta maktablarida fanlardan olgan bilimlarini texnik masalalarni echishga to‘liq safarbar etishdir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish va olib borish ta’lim va tarbiyaning umumiy prinsiplari asosida amalga oshiriladi. O‘quvchilarning mehnat va texnika turlari bo‘yicha sinfdan va maktabdan tashqari ishlarini quyidagi 3 ta guruhga birlashtirish mumkin:



  1. O‘quvchilarning individual ishlari.

  2. O‘quvchilarning qiziqishiga qarab to‘garaklar, klublar, ijodiy birlashmalariga gruppaviy mashg‘ulotlar.

  3. Juda ko‘p sonli o‘quvchilar ishtirokidagi ommaviy tadbirlar

O‘quvchilarning individual ishlar bilan shug‘ullanishi bu ijodiy jamoada ishlashiga zamin yaratadigan ijodga qiziqishning boshlang‘ich bosqichi hisoblanadi. Bunda o‘quvchilar o‘zidan katta yoshdagi o‘quvchilar, o‘qituvchi yoki boshqa mutaxassisning rahbarligida har xil texnika va texnologiyalarni modellashtirish va loyihalashtirish bilan shug‘ullanishida texnikaning biror turiga qiziqadigan o‘quvchilar bir-biri bilan xabarlashib guruhlarni tashkil qiladi, natijada texnik to‘garaklar paydo bo‘ladi. To‘garaklardan etishib chiqqan o‘quvchilarni ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha chuqur shug‘ullanishga rahbarlik qilish ham individual ish turiga kiradi.
2. O‘quvchilarni maktabdan tashqari ishlarga jalb qilishning gruppaviy formasi. Guruh shaklida texnik echimlarni ishlab chiqish yuzasidan uyushtiriladigan baxslar quyidagi vazifalarni hal qilish imkonini beradi:

  1. Bahs qatnashchilari muammoning haqiqiy holatini to‘g‘ri baholash, muhim holatlarni ikkinchi darajali masalalardan ajratish hamda muammoni hal etishdan ko‘zlangan maqsad va vazifalarni to‘g‘ri belgilab oladilar.

  2. Guruh a’zosi bo‘lgan boshqa o‘quvchilar fikrini eshitish, o‘z fikr-mulohazalarini ular bilan umumlashtirish va uyg‘unlashtirish.

  3. Hech bir sohadagi alohida mutaxassis qaralayotgan muammoni atroflicha qamrab ololmasligi va aynan muammolarni hal qilishning jamoa shakli samaradorligining amaliy tasdig‘ini topishi.

  4. Ko‘plab muammolarning echimlari bir nechta yo‘nalishda hal etilishi mumkin bo‘lgan echimlarga ega ekanligini aniqlash.

O‘quvchilarning darsdan bo‘sh paytlarida texnikaning birorta yo‘nalishi bo‘yicha texnik ijodkorligi bilan shug‘ullanishning asosiy formalaridan biri texnik to‘garaklar hisobalanadi. Bunda o‘quvchilar o‘zlarining qiziqishlariga qarab ixtiyoriy ravishda amaliy faoliyat bilan shug‘ullanadilar. Bunday birlashmalarda o‘quvchilar texnikani o‘rganishi, texnik ob’ektlarni va texnologiyani takomillashtirish, modellashtirish loyihalashtirish ratsionalizatorlik faoliyati, tajriba o‘tkazish ilmiy-texnik qidiruvlar olib boradilar. Texnik to‘garaklar-bu o‘quvchilarning texnik tafakkurini rivojlantirish yoki birorta faoliyatda faqat o‘zini sinab ko‘rish bilan chegaralanmay balki, jamoada ishlashga, ratsionalizatorlik va ixtirochilik faoliyatida ishtirok etishga tayyorlanadi. Har bir texnik to‘garaklarning muddati va vaqt ko‘rsatilishi zarur. To‘garaklar quyidagicha tiplarga ajraladi:
- tayyorlov texnik to‘garagi;
- fan (ilmiy-texnik) to‘garagi;
- sport-texnik to‘garagi;
- ishlab-chiqarish texnik to‘garagi;
- badiiy-amaliy to‘garaklar.
3. Maktabdan tashqari ishlarning ommaviy formasi. Har xil turdagi ijodiy birlashmalari, to‘garaklar o‘quvchilarning ma’lum qisminigina o‘z ichiga oladi. Hamma o‘quvchilarning ijodiy faoliyatdan bo‘lgan ijobiy munosabatlarini rivojlantirish maqsadida har xil ommaviy ishlar olib boriladi. Bunday formadagi ishlarni tashkil qilishdan asosiy maqsad ijobiy texnik birlashmalarga ko‘p o‘quvchilarni jalb etishga zamin yaratadi. Ular quyidagi tartibdagi tadbirlar:
- ilmiy texnik kechalar, ratsionalizatorlar, ixtirochilar va ishlab chiqarish xodimlari bilan uchrashuv, musobaqalar (texnik, sport) olimpiadalar o‘tkazish. Ishchi kasbi mehnat mahorati bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish, yosh ratsionalizatorlar faoliyati va texnik konferensiyalar o‘tkazish. O‘quvchilar texnik ijodkorligi ko‘rgazmasini tashkil qilish, mehnat bayrami va boshqalar.

Yüklə 18,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə