Reja: Quymakorlik haqida ma’lumot



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə1/15
tarix17.05.2022
ölçüsü1,35 Mb.
#87202
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
quymakorlik



Reja:

  1. Quymakorlik haqida ma’lumot.

  2. Quymakorlikda qo’llaniladigan qoliplar

  3. Model komplekti. Quyish sistemasi. Qo‘lda qolip tayyorlash

  4. Qolip materiallar tarkibi

  5. Mashinada qolip tayyorlash. Shibbalash usullari

  6. Quyma olish usullari

  7. Metall quymalarda uchraydigan nuqsonlar.

8.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati


Quymakorlik haqida ma’lumot

Quymakorlik deganda, suyuqlantirilgan metallni qolipga quyish yo’li bilan shakldor detallar yoki zagotovkalar tayyorlash bilan shug’ullandigan mashinasozlik sanoatining sohasi tushuniladi. Qolipda metall qotganidan keyin quyma(quyma detal yoki zagotovka) hosil bo’ladi. Zagotovkalar keyinchalik mexanik ishlov berishga tortiladi. Quyish usuli bilan sanoat jihozlarini 50 % atrofida detallari tayyorlanadi. Bolg’alarning 95% i, metall kesuvchi asboblarning 80% i, to’qimachilik dastgohlarining 55% iga yaqin detallari quyma holatida tayyorlanadi.

Quymakorlik ishlab chiqarishi mashinasozlik sanoatini zagotovka(quyma) bilan ta’minlaydi. Quymakorlikda zagotovka berilgan kimyoviy tarkibli suyuqlantirilgan metalllarni ma’lum shaklli qoliplarga solish orqali uni shu yerda kristallantirib kerakli o’lcham va shaklga keltirib olinadi. Kristallantirish jarayonida suyuq metall qolip bo’shlig’i shaklini va o’lchamlarini aynan takrorlaydi.



Zagotovkalar keyinchalik mexanik ishlov berishga tortiladi. Quymakorlik ishlab chiqarishi cho’yandan, po’latdan va rangli metall qotishmalaridan turli konfiguratsiyadagi talab qilingan xossali shakldor quymalarni tayyorlash imkonini yaratadi. Quymaning yuqori ekspluatatsion va mexanikaviy xossalari ularning sanoatda keng qo’llanilishini ta’minlaydi. Quyish yo’li bilan boshqa texnologik usullarda tayyorlash imkoniyati bo’lmagan oddiy va murakkab shaklli quyma(zagotovka)larni tayyorlash mumkin. Masalan, mashinalarning korpusli detallari ko’pincha quyib olinadi. Quymakorlikning muhim vazifasi – tayyor detal shakli va o’lchamlariga yaqin bo’lgan quymalar olish bo’lib, bunda kesib ishlov berish sezilarli darajada kamaytiriladi.

Quymalar olish jarayonining mohiyati shundan iboratki, ma’lum tarkibli suyuqlantirilgan metall ichki yuzasi tayyor detal o’lchami va konfiguratsiyasiga maksimal darajada yaqin qilib tayyorlangan qolipga quyiladi. Keyingi kristallanish jarayonida metall unga berilgan shaklni saqlab qotib qoladi. Barcha ma’lum shakllantirish usullaridan (bolg’alash, kesib ishlov berish, payvandlash, kukun metallurgiyasi va boshqalar) quymakorlik yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi, chunki nisbatan kam miqdorda energiya, material va ishchi kuchini sarflab, bevosita eritmadan kerakli konfiguratsiyali buyum tayyorlash imkonini beradi.


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə