Reja: «Uzluksiz ta’lim» tushunchasi. Uzluksiz ta’lim tuzulishi. Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari



Yüklə 33 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü33 Kb.
#148334
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TA\'LIM TO\'G\'RISIDAGI QONUNI


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TA'LIM TO'G'RISIDAGI QONUNI

Reja:
1.«Uzluksiz ta’lim» tushunchasi. Uzluksiz ta’lim tuzulishi. Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari.


2. Kasbiy ta’lim turi va tizimi. Kasbiy ta’lim rivojlanishining asosiy omillari.
3 Uzluksiz, kasb-hunar ta’limi tizimida O’rta maxsus ta’limining o’rni va ahamiyati.

Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tahminlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha boiib, ijodkor, ijtimoiy faol, mahnaviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarurshart-sharoitlarni yaratadi.


Uzluksiz ta’lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davrsanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar mahlumotlarini o’zlashtiradi, yuksak mahnaviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi.
Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi:
maktabgacha ta’lim;
umumiy o’rta ta’lim;
o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
oliy ta’lim;
oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
maktabdan tashqari ta’lim.
Maktabgacha ta’lim bolaning sog’lom, hartomonlama kamol topib shakllanishini tahminlaydi, unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-etti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi tarmog’i shakllanib bormoqda. Bu o’rinda «Xonadon bog’chasi» hamda «Bolalar bog’chasi - boshlang’ich maktab» majmualarini misol qilib keltirish mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga tasviriy sanhat, musiqa, til va komputer savodxonligini o’rgatuvchi guruhlar tashkil etilmoqda. Bu kabi harakatlar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida mahnaviy-axloqiy tarbiyalashga xizmat qiladi.
Umumiy o’rta ta’lim to’qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy hamda uch yillik majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limidan iborat. Umumiy o’rta ta’lim boshlang’ich ta’limni ham qamrab oladi. Mazkur bosqichda o’quvchilarning fanlar asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim olish chtiyojining yuzaga kelishi, asosiy o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarning o’zlashtirishlari, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan mahnaviy-axloqiy fazilatlar, mehnat, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lish, shuningdek, kasb tanlash ko’nikmalarining shakllanishi uchun pedagogik shart-sharoit yaratiladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat o’quvchilarning umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar mahlumotiga egaliklarini belgilaydi.
O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish vazifasi maktab jamoasi va ota-onalar hamkoriigida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazlari rahbarligida amalga oshiriladi.
O’qish muddati uch yil bo’lgan maiburiv o’rta maxsus. kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi sanalib, umumiy o’rta ta’lim negizida tashkil etiladi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ikki muhim yo’nalishi bo’lgan — akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish o’quvchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi.
Akademik litsev o’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo’naltirilgan ta’lim olishlarini tahminlash maqsadida davlat ta’lim standartlariga muvofiqo’rta maxsus ta’lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.
Akademik litseylarda o’quvchilar o’zlari tanlab olgan ta’lim yo’nalishi (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bo’yicha bilim saviyalarini oshirish hamda o’zlarida fanni chuqur o’rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko’nikmalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Akademik litseylar asosan oliy o’quv yurtlari qoshida tashkil etiladi. Kasb-hunar kollejlari esa o’quvchilarning muayyan kasb-hunarga moyilligi, layoqatlari, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlangan yo’nalishlar bo’yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb sirlarini egallash imkonini beradi.
Kasb-hunar kolleji o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.
Kasb-hunar kollejlari yangi tipdagi ta’lim muassasalari bo’lib, ularning jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning puxta tanlanganligi, shuningdek, o’quv jarayonining zamonaviy texnika va texnologiyalar yordamida tashkil etilishi alohida ehtiborga loyiq.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Ushbu diplomlar asosida bitiruvchilarta’limning keyingi bosqichlarida o’qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanish huquqini qo’lga kiritadilar.
Oliy ta’lim o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib, ikki bosqich (bakalavriat hamda magistratura)da tashkil etilib, mutaxassisliklar yo’nalishlari bo’yicha xalq xo’jaligining turli sohalariga oliy mahlumotli mutaxassislarni tayyorlaydi. Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.
Bakalavriat — mutaxassisliklar yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to’rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim.
Bakalavr darajasiga ega bo’lgan shaxs oliy ta’lim tizimi yo’nalishidagi o’zi tanlagan soha bo’yicha oliy mahlumotli mutaxassis hisoblanadi va davlat klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega bo’ladi.
Magistratura aniq mutaxassislik bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim boiib, magistraturadagi tahsil yakuniy klassifikatsion davlat attestatsiyasiga muvofiq olib boriladi.
Magistr bakalavr darajasidagi mutaxassisdan farqli mahlum ixtisoslik bo’yicha ta’lim olgan yuqori malakali mutaxassis hisoblanib, u ilm-fan sohasida, ishlab chiqarishning mashuliyatli lavozimlarida faoliyat ko’rsatadi. U aspiranturaga kirish huquqiga ega.
O’zbekiston Respublikasida quyidagi turdagi oliy ta’lim muassasalari faoliyat ko’rsatadi:
Oliv o’quv yurtidan keyingi ta’lim iamivatning oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta’lim — kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida aspirantura, adhyunktura va doktoranturada ta’lim olish, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladi. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim nomzodlik yoki doktorlik dissertatsiyalarining himoyasi bilan yakunlanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan olib borilgan yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi hamda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomga ega bo’lish huquqini beradi.
Har ikki (aspirantura, doktorantura) darajada ham maqsad muayyan mutaxassisliklar bo’yicha oliy toifali ilmiy-pedagogik kadrlarni shakllantirishdan iborat.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonida asosiy ehtibor mutaxassislarning kasb bilimlari va ko’nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratiladi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ana shu yo’nalishda faoliyat yurituvchi ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Bu muassasa tinglovchilari o’qish natijalariga ko’ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikatga ega bo’ladilar.
Yüklə 33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə