Reja: XX asrda toponimika va lug’atshunoslik ishlari



Yüklə 20,37 Kb.
tarix17.10.2023
ölçüsü20,37 Kb.
#127931
XX asrda toponimika va lug’atshunoslik ishlari


Reja: XX asrda toponimika va lug’atshunoslik ishlari

Reja:
1. XX asrda toponimika va lug’atshunoslik ishlari
2. O’rta Osiyo va O’zbekistonda joy nomlarni o’rganishda
H.Hasanovning hissasi.
3. Toponimika lug’atshunoslik va geografik atamashunoslikga doir
tadqiqotlar
4.Nomlardan foydalanishga doir huquqiy hujjatlar

XX asr fanlarning defferentsiatsiyasi (tarmoqlarga bo’linishi) va integratsialashuv jarayonlari jadalashgan asrdir. Zotan tarmoq va sohalarning chuqur tadqiq etilishi yangi tarmoq fanlarining vujudga kelishiga sharoit yaratdi. Bir qator tabiiy va ijtimoiy fanlarning muayan yo’nalishlari tutashgan bo’g’inlarda yangi “oraliq” fanlarning vujudga kelishi ro’y berdi. Huddi shunday fanlardan biri toponimika bo’lib, “yuqorida takidlaganimizdek tilshunoslik geografiya tarix va boshqa fanlar o’rtasida vujudga keldi. Joy nomlarining ma’nosi qayin tildan olinganligi qanday tarixiy va ijtimoiy voqeylik natijasi ekanligini tadqiq etadi. Shu bilan birgalikda joy geografik sharoiti aniq nomda joy geografik sharoiti aniq nomda mujasamlashivi masalasini toponimika o’zgaradi.



Nomlarni bilish faqat ilmiy va marifiy jihardan ahamiyatli bo’lmasdan amaliy va mafkuraviy jihatlardan katta ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 11 avgustda chiqarilgan O’zbekiston Respublikasidagi ma’muriy hududiy birliklar aholi punktlari, tashkilotlarga va boshqa toponimik ob’ektlaga nom berish ishlari tartibga solish to’g’risidagi qarori miliy qadryatlarimizning ko’z ilg’amas“ qismiga tarixchi tilshunos geograf mutaxasislar qolaversa bu ishga bosh qosh bo’lgan ma’sul kishilar diqqatini jalb e tadi. Va tan tarixiga va qadryatlariga yanada jiddiy munosabatda bo’lishini talab etadi. Lug’at tarkibiga kirgan so’zlar har bir sohasida muayyan tushuncha qonun- qoidalarni ifodalaydi. Geografiya termini bu qadimiy Yer ilmining tushuncha va qonunlari mazmunini ifodalab mustaqil fan sifatida mavjud bo’lishini takidlaydi. Shu boisdan bo’lsa kerakki geografik terminlarni o’rganish va tartibga solish toponimika fani bilan birgalikda olib borilgan. O’zbekistonda dastlabki geografiya terminlarini tuzish XX asrning 30-40 yillaridan boshlangan. Garchi “Devoni Lug’atit Turk” “Lug’ati Chig’atoy va turki usmoni” va boshqa lug’atlar qadimdan mavjud bo’lsada hozirgi zamon geografiyaning termin va so’zlariga asosan XX asrda tartib berildi. Dastlabki geografik lug’atlardan biri Odam Ibrahimov tomonidan yozilgan “Geografiya atamalari” lug’ati bo’lib, lotin imlosida 1935 yilda nashr etilgan. Lug’atda geografik nomlar bilan birga yon –ma yon terminlar ham berilgan. Terminlar ro’yhati betartib tasodifiy toplangan bo’lishiga qaramay lug’at tuzish tajribasida ma’lum ahamiyat kasb etadi. 1940 yilda Prof. Mallitskiy va G’furovlar tahririda nashr etilgan “ruscha – o’zbekcha geografiya terminlar lug’ati” ancha mukammal ishlangan, terminlar asosan to’g’ri, ammo \xalq so’z terminlaridan foydalanilmagan. Bir guruh geografik terminlardan umuman foydalanilmagan. Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni lug’atit Turk” Sulaymon Buxoriyning “Lug’ti chig’atoyi va turki usmoniy” XVII asrda Hindiston podshosi Boburiy Avrangzeb taklifiga muofiq Muhammad Yaqub Changiy tomonidan yozilgan Chig’atoycha-forscha “qilurnoma” lug’atlaridagi so’zlardan foydalanilmagan. Shunday bo’l-sada “Geografiya atamalari” va “Qisqacha ruscha – o’zbekcha terminlar lug’ati” qo’llanmalari O’zbek miliy geografik terminshunosligida muhim bosqich bo’ladi.
Har ikkala lug’at lotin alifbosida chop etilgan bo’lib, muayyan kamchiliklarga qaramay geografik terminshunoslikda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Xalq terminlariga etibor berilmagan yasama so’zlar keltirilgan shuningdek ustun stremnina skala praduxt, nurga poyma ples, obolochkka, nonos, korabel kabi o’zbek tilida shundayligicha berilgan. (Ustun-tik, qiyalik, utes qoya, stremnina – tez oqar joy, skala qoya tosh, preduxt- mahsulot, nurga – shirabo’ron, poyma-qayir, plyos-daryo o’zani sayozligi, obolochka - qobiq, nopos-yemirilgan jins to’plami)
1953 yilda o’zbek milliy geografiyasining tamal toshini qo’ygan Dolimov Qarayev, Hasanov, Mirboboyevlarning “Qisqacha ruscha-o’zbekcha geografiya terminlari lug’ati” ni tuzib, o’quv pedagogika nashriyoti tomonidan nashr ettirdilar. Bu lug’at haqida matbuotda uni o’quv ishlarida qo’llash uchun qulayligi xususida qator taqrizlar elon qilindi. Lug’at tuzush masalasi boshqa fanlar uchun muhim ahamiyatga bo’lgani uchun M.Bohodirov, Ya. Nosirov, M.Umarov, H.Mirohmuhevlarning “qisqacha ruscha-o’zbekcha tuproqshunoslik terminlari lug’ati” A.Sodiqov, “Geologiya terminlar lug’ati” Z.N.Saidnosirova T.V. Derxsnov “Ximyadan qisqacha izohli rusch-o’zbekcha lug’at” S.S.Sohabiddinov “qisqacha ruscha-o’zbekcha botonika terminlari lug’ati’, Q.Zokirov M.M.Nabiyev, U.Pratov, H.A.Jomolxonov “ruscha – o’zbekcha botonika terminlarining qisqacha izohli lug’ati” va boshqa o’quv qo’llanmalari yaratilib, ilmiy terminshunoslik asoslari yaratildi
Rus tilidagi geografik terminlar lug’atini o’zbek tiliga tarjima qilib, nashr etish XX asrning 50-60 yillarida ko’proq ahamiyatga berildi, chunki geografiya faning terminlari mazmunini izohlash fanni bilishda muhim jihat hisoblanadi. A.S.Borkov “Tabiiy eografiyadan izohli lug’at” E.M. Murzayev V.Murzayeva “Mahalliy geografik terminlari lug’ati” kabi izohli lug’atlar ko’p nusxada chop etildiki geiografik lug’atshunoslik rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Oliy maktab geograf olimlari F.N.Mil’kovning “Slovar – lopediya – I-V jildlar (1959-1963) o’z amaliy faoliyatlarida foydalanmoqdalar.
Aslini olganda H.Hasanovning “Geografik terminlar lug’ati ” atoqli geografik, nomlar – toponimlarni qamrab olmaydi, lekin atoqli geografik nomlarning geografik tushunchaga aylangan “Osiyo maksumumi” , “Islandiya maksumumi” kabi iqlimiy, geologik – geografik turdosh otlarga aylanib qolganlarini izohlab beradi. “Geografik terminlar lug’ati” ning ahamiyati shundaki, o’zbekcha geografik terminalogiyaning manbalari , xalq geografiya terminlari O’rta Osiyo xalqlari tillaridan olingan so’zlarning rus geografiyasiga, ayni vaqtda xalqaro geografik terminalogiyaga kirgan - adir barxan, bagora Djeuliv, Kiyaris, qishloq, kurgon, qir, soy, sel, soz, sir, taqir , to’qay, chink, cho’l, sho’r va boshqa so’zlar izohlab va asoslab berilishidir. Xalqaro geografik terminalogiyada ishlatilayotgan bunday so’zlar lug’at tarkibining bir ismi bo’lish qatorida darslik va geografik- geologik adabiyatlarda muayyan geografik mazmundagi voqiylik va hodisani ifodalahsda ishlatilmoqda. H.Hasanov asarida o’zbek tili lug’atiga kirgan geografik terminlar - (okean passat kompos va hakozo – ikkiyuz so’zdan ko’proq), rus tilidan aynan tarjima qilinib, kal’ka yo’li bilan yasalgan so’zlar (vodorazdel- suv ayirg’ich, vodoxrapilishe – suv ombor, ) kabi so’zlarni aniq iohlab bergan. Arabcha – forscha, turkiy so’zlarning geografik mazmunini ifodalashda xalqaro geografik terminalogiyada qo’llanib kelayotgan muhobil variantlarini ham tariflab beradi. Shuni aytish kerakki H.Hasanov vaqtli matbuotda muayyan chalkashliklar bilan ishlatilayotgan cho’l so’zini chinakkam ma’nosini izohlab beradi. Kitobning asosiy qismi rusch-o’zbekcha terminlari lug’ati bo’lib, unda kiril imlosida alfavit tartibida rus tilidagi terminlarning o’zbekchada ishlatilish va yozilish variantlari berilganki buni o’zbek geografik terminshunosligida katta voqea qaramoq lozim. bor yo’g’i besh ming nushada chiqarilgan bu muhim geografik qo’llanma allaqachon nodir kitoblar qatoridan o’rin olgan.
O’zbek toponimika faning taraqqiyotida qomusiy geograf alloma H.Hasanovning “O’rta Osiyo joy nomlari tarixidan ” (Toshkent “Fan” 1965 ) nomli to’rt ming nushada chop etilgan asari beqiyos ahamiyatga ega. Kitobning toponimika uchun birinchi navbatdagi ahamiyati shundaki, toponimlarni yerning tili deb tariflab bu fan muhiyatini tushuntirib berganligidir. Birinchi “Toponimika tarixi ” deb nomlangan qismida toponimika va joy nomlarini o’rganish ta’rixi, tarixiy toponimiya, tayanch tushunchalar , O’rta Osiyo joy nomlarining paydo bo’lishi olimlarning asarlarida toponimika qanday ahamiyatga ega ekanligi tariflangan. Kitobning ikkinchi qismi “Qisqacha toponimik lug’at” ga bag’ishlangan bo’lib, Amudaryo Andijon, Ashg’abot, Bortang, Balxash, Borsa-Kelmas, Kaspiy, Bo’kantov, Sarisen, Atrou, Sirdaryo, Termiz, To’palang, va boshqa o’rta Osiyoning makro va mezo toponimlari paydo bo’lishi tarixiy lingvistik jihatdan tariflangan. Kitob “tarixiy- geografik, nomlar izohati” bilan tugaydi. O’rta Osiyo toponimlarining tarixiy geografik o’rni va nomlanishi haqida qimmatli manba hisoblanadi. H.Hasanovning “Geografik nomlar imlosi (Toshkent “Fan” 1962) ” “Yer tili” Toshkent O’zbekiston 1978. “Geografik nomlar siri” (Toshkent “Ozbekiston” 1985) kitoblari - Respublikamizda toponimika va geografik atamashunoslik faning asoschisiga aylanganini ko’rsatadi. “Geografik nomlar siri” ilmiy – ommabob ta’rif bo’lsada toponimika bilishga ehtiyoji bo’lgan barcha mutahasis, o’qituvchi, barcha o’zbek kitobhonlari uchun har doim ma’lumotnoma sifatida o’qishga arziydigan zaruriy qo’llanmaga aylanib qolgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Zero “Yerning tili ” , “Tarixiy toponimiya” , “Beruniy va Bobur toponimiya hususida”, “Toponimistlar” “Anana va yangilik”, “Nomlar qanday paydo bo’ladi”, “Eng xato nom”, “Toponimlar”, “Toponimik o’lkashunolsik ” va “Toponimik lug’at” deb nomlangan boblar chuqur ilmiy va qiziqarli tarifda berilgan. Toponimika ilmi - Yer yuzidagi joy nomlarining turlari, hususiyatlari, shakllanish qonuniyatlari haqida bahs aytadi. Geografik nomlar o’zgaruvchan, nomlarning o’ziga xos siri haqida bilish geografiyadan ta’lim beruvchi muallimlar bilan bir qatorda barcha barchasini qiziqtirishi shubhasiz. 1520 yilda dunyo aylana sayohatni amalga oshirib, Yerning shar shaklda ekanligini va dunyo okeaning bir butunl;igini amalda isbotlagan F.Magellan janubiy sharqiy Osiyodagi orollar to’plamini Ispan shahzodasi Filip ikkinchi sharafiga Filip orollari deb atagan. Ruschadan o’zbekchaga tarjima qiluvchilar Filippin degan. Ruscha egalik qo’shimchasi bilan noto’g’ri tarjima qilganlar bu xato hozirgacha xaritalarda saqlanmoqda. Filippin davlatining hukumati va fuqorolari orollarning tarixiy Maharlik – ulug’vorlik, mahalliy nomini tiklash masalasi kun tartibida turibdi. Shu Filippin toponimining paydo bo’lishi voqeasi toponimika faning qiziqarli va ommabop soha ekanligini yana bir bor isbotlandi. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida va undan keyingi vaqtlarga vujudga kelgan Amerika, Avstraliya, Tinch okean regionlarda paudo bo’lgan. Ko’pchilik nomlar haqida ham shu fikrni bildirish mumkin. Professir H.Hasanovning o’zbek miliy toponimika fanining asoschilaridan deyishimizning boisi ham bunday yangidan paydo bo’lgan nomlarning tarixi manosi, geografik imlolari qatiylashtirgani , standartlashtirgandir.
XX asr o’zbek toponimikasidan eng ko’p ish qilgan olimlar jumlasiga geografiya fanlari doktori S.Qorayev, Qarshi davlat unversteti pro T.Nafasov , O’zbekiston milliy unverstet professirlari R.Rahimbekov Potihkamol G’ulomovlarni ko’rsatish mumkin. S. Qorayev “O’zbekiston” nashriyotidan chiqarilgan “Geografik nomlar manosi” , kitoblari chiqarilgan. Shu jumladan shuningdek boshqa olimlar birgalikda chiqargan asarlari muhim qo’llanma bo’lib xizmat qilmoqda. S.Qorayev , P.G’ulomov. R.Rahimbekov tomonidan tuzilga “Geografiyadan izohli lug’at” P.G’ulomovning “Jo’g’rofiya atamalri va tushunchalari izohli lug’ati” va boshqa joy nomalri va ulardan geografik talimda foydalanish metodikasiga bag’ishlangan ishlari O’zbekistonda toponimika va geografiya terminshunoslikning rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Miliy Unverstetda ijod qilgan geografiya fanlari doktori marhum proffessor R.Rahimbekov bir qancha ishlar elon qilish bilan birga bir qancha ishlar elon qilish bilan birga bir necha nomzodlik ishlariga ilmiy rahbarlik qildi. Toponimika sohasida 45 ta fan nomzodlari yetishtirdi. Atoqli geograf va filolik S.Qorayev “Toponimika O’zbekistonda” nomli kitobi bilan olib borgan toponimikaga doir ishlarni bir darajada xulosalaydi., toponimika va geografik terminshunoslik jabhasida kelgusida qilinajak ishlar haqida fikr yuritadi. Ayni paytda oldin nashr etilgan “Topshkent toponimlari” , “Geografik nomalr ma’noiisi ” kitoblarini mustaqillik mafkurasi talablariga binoan qayta ishlab nashr ettiradi.
O’zbekistonda toponimika tatqiqotlarini rivojlantirishda Qarshi D.U. Prof. T.nafasovning xizmatlarini alohida takidlab o’tish lozim. olimning nomzodlik dsertatsiyasi-Qashqadaryo toponimlari (1969) dan to hozirga qadar o’nlab kitoblari O’zbekiston toponimlarini o’rganishga bag’ishlangan. Ayniqsa T.Nafasovning “O’zbekiston toponimlarining izohli lug’ati” O’zbekiston janubiy rayonlari joy nomlarini chuquqr tahlil etganligi bilan talaba va o’qituvchilar uchun, qo’yinki barch fuqarolar uchun qo’llanma bo’lib xizmat qilmoqda. Joy nomlari haqida o’nlab kitoblar nashr ettirgan yuzdan oshiq ilmiy ishlar chiqargan respublika va M.D.H. mamlakatlari doirasida toponimikaning bir qancha sohasi bo’yicha ilmiy anjumanlarni Qarshida o’tkazishga bosh qosh bo’lgan bu olimning sermahsul ijodida “O’zbek nomnomasi” kitobni alohida o’rin tutadi. Unda O’zbekistonning, xususan janubiy O’zbekistonning yirik geografik oblastlari nomlari tarixiy-lingvistik va tarixiy – geografik jihatdan tahlil etilganligi, bu asar joy nomlarini o’rganuvchilar uchun t araqiyot qo’llanmasi bo’lib xizmat qilish mumkin. Professor T.Nafasovning ishlarida atoqli terminshunos, tarixchi o’lkashunos, tilshunos, geografik toponimistlarning turlari aynan tahlilga tortilib aniq toponim haqida o’z fikrini bildiradi. Bu nomga doir mahalliy xalq orasidagi rivoyat, afsonalari , ilmiy jihatdan tahlil etiladi va taraqqiyotchining bu nomga tilshunos toponimst sifatida qarashi bayon etiladi. Qarshi davlat unverstetita toponimika sohasida dots. Q. Xuramov terminshunoslik sohasida dots. H.Jabbarov va boshqa olimlar filologiya fakultettida dots. A.Mamatov, B.Kolonov, A.Hayitovlar geografiya kafedrasidan barakali ish olib bormoqdalar. Shu o’rinda Z.Do’simov, X.Egamovlarning “Joy nomlarining qisqacha izohli lug’ati ” maktab o’quvchilari uchun chiqarilgan qo’llanmadir. Respublikamizning Urganch, Andijon Guliston ,Termiz, va boshqa oliy o’quv yurtlarida faoliyat ko’rsatayotgan tilshunos tarixchi va geografik tatqiqotchilar umumiy va regional toponimika terminshunoslik kabi joy nomlari bilan bog’liq tatqiqotlar davom etirilmoqda. Zero eng qadimiy sivilizatsiya makoni bo’lgan O’rta Osiyo regionida turli qatlamga ega bo’lgan toponimlarni urgatish regionning tarixi xalqning joy nomlarida mujassamlashgan mujohazasining naqadar keng ekanligini taiat va jamiyat munosabatlarining xilma xil qirralarini bilishga imkon beradi. Ko’pchilikka ayonni toponimlar xalq tarixi va madaniyatining ajralmas bo’lagi joy nomlarida xalqning tili tarixiy voqealigi, turmush tarzi dunyoqarash, atrof tabiiy va ijtimoiy voqealikka bo’lgan munosabati aks etgan. Shunday ekan nomlar xalqimizning dunyoqarashining tarkibiy qismi sifatida chuqur o’rganilishi tilimiz boyligi o’zbek xalqiming boy madaniy merosga ega ekanligini ko’rsatishga xozmat qilmog’i milliy istiqlol mafkurasining bir bo’lagi sifatida miliy o’zlikni anglash o’zi mansub xzalq tarixi va madaniyatiga hurmat va faxr tuyg’ularini shakllantirmog’i mafkuraga to’g’ri kelmaydigan xalqimiz tarixi va ananalariga yod bo’lgan mustamlakachilikdagi nomlardan voz kechilib, ular asl tarixiy nomlar bilan yoki xalq ma’naviyatiga mos nomlar bilan almashtirilishi zarur. Bu haqida Andijon davlat unversteti prof. S.Jalilov O’zbekiston ovozi gazetasida o’tmish odatlari, milliy an’analari bo’lgani kabi har bir yuqori saviyali kishilar hayotiy harakatlarida namoyon yurtimizning ibratli tarixi ham qishloqlarimiz ko’cha va mahallalarimiz nomlarida saqlangan.
Bu muhim sohada O’zbekistonda juda ko’p ishlar qilinda va amalga oshirildi. “O’zbekiston davlat tili” to’g’risidagi qonun (1989 yil 21- oktabr) “O’zbekiston davlat tili qonuniga” o’zgarishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida 1995 yil 21-dekabr O’zbekiston Respublikasi ma’muriy hududiy tuzilish , toponimik ob’ektlarga nom berish va ularning nomlarini o’zgartirish masalalrini hal etish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi 1996 yil 30- avgustdagi qonuni va shu qonun asosida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31- avgustdagi O’zbekiston Respulikasidagi ma’muriy hududiy birliklar aholi punktlari va tashkilotlar va boshqa toponimik abektlarning nomlarini tartibga solish to’g’risidagi qarori, “O’zbekiston Respulikasidagi ma’muriy hududiy birliklar aholi punktlari tashkilotlarga va boshqa toponimik ob’ektlarga nom berish ishlarini tartibga solish to’g’risida” gi 2004- yil 11- avgust 383-sonli O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori kabi huquqiy asoslar yaratilgan . O’zbekiston hukumatining bu yuridik hujjatlari joylarda qanday bajarilishi yuzasidan respublikamiz Oliy Majlisining yug’ilishlariga tegishli rahbarlarning tinglanib tegishli qarorlar qabul qiladi.
O’zbekistonda qabul qilingan va amal qilinayotgan ushbu va boshqa huquqiy hujjatlar tarixiy ilmiy qiymatli toponimlarni saqlab qolish ma’naviy tariximizning bir qismi sifatida alohida ahamiyatli toponimlarning qayti tiklash yangi toponimik abektlarga mentalitetimizga mos nomlash davlat siyosati darajasiga ko’tarilganini beldiradi. Viloyat va tuman hokimliklari huzurida toponimik komisiyalar ishlamoqda. O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi geodeziya kartografiya va davlat kadasteri bosh-boshqarmasi geoinformatika va kadastr miliy markazi tarkibi toponimika labaratoriyasi faoliyat ko’rsatmoqda. Labaratoriya geografiya fanlari doktori S.Qorayev rahbarligida “O’zbekiston Respublikasi geografik nomlarining o’zbek tilida yozilish asosiy qoidalari asosiy qoidalari” “O’zbekiston Respublikasidagi shaharlar, tuman markazlari, shaharchalar nomalri davlat tili kiril va lotin yozuvlariga” “O’zbekiston Respublikasi gidrotexnik inshoatlari nomlari davlat tilida kiril va lotin yozuvlarida” “ O’;zbekiston temir yo’llari sitansiyalari nomlari davlat tilida kiril va loitin yozuvlarda” “1: 10000 , 1: 25000, 1: 100000 masshtablardagi topografik xaritalarda terminlarda terminlar va qisqartmalarning yozilishi ” “Tojikiston Respublikasi geografik nomlarining o’zbekcha yozilishi yo’riqnomasi” “ Qirg’iziston Respuyblika geografik nomlarining o’zbekcha yozilishi yo’riqnomasi” kabi 7 ta kitobchani “O’zgeogkadastr” chiqargan. Ushbu yo’riqnomalarning “asosiy qoidalari” “shaharlar tuman markazlari ” “gidrotexnik inshoatlar” “temir yo’l stansiyalari” S.Qorayev tomonidan tuzilgan. Beshinchisi - “topogrfik kartalarda yozilishi” – B.Alixo’jayev tomonidan - oltinchisi - “Tojikiston Respublikasi geografik nomlarining o’zbekcha yozilishi yo’riqnomasi” – O.Bo’riyev tomonidan va yetinchi kitobcha “Qirg’iziston Respublikasi geografik nomlari yozilishi yo’riqnomasi” – S.Qorayev tomonidan tuzilgan. Ushbu rasmiy nashrlar yuridik hujjat bo’lib, O’zbekiston nomlarini to’g’ri yozish va ularni xaritalarda ko’rsatish qatiiy tartibga solinganini ko’rsat adi. Zero fuqarolarning o’z-o’zini boshqarishg yig’inlari fuqorolik holatini qayd etish idoralari va boshqa joy nomlari hujjatlarida qayd etadigan tashkilot va muassasalar nomlarini to’g’ri yozish hujjatlarni talab darajasida rasmiylashtirilishi xalq ma’naviyatining bir bo’lagi hisoblanadi. Shu bilan birga fermalar jamiyatlarni nomlashda chalkashliklarga yo’l qo’yilmaydi. Toponimlarni o’rgatish va to’g’ri qo’llash maktab ta’limida savodxonlikni yuqori darajaga ko’tarish bilan bog’liq masalardan biri. Unverstet va pedagogika oliy o’quv yurtlarini tilshunoslik-filologiya geograf va tarixchilar tayyorlash yo’nalish toponimika kursi o’qitiladi. Maxsus fanalr sifatida ilmiy terminshunoslik kurslarini mutaxassislik kafedralari o’qitishi davr talabi. Zero muayyan tarixiy voqealik badiy asarda voqealar aniq bir joy nomi bilan bog’liq bo’ladiki shu hududning geografik nomini tahlil etish shu fanning qiziqarli jihatini oshirishi shubhasiz. Xususan geografik o’qituvchisi geografik ob’ektning nomlari xaritalardagi shahar mamlakat dengiz, tog’ vca boshqa toponimlarning ma’nosi va tarixi haqida ma’lumot bersa darsning ilmiy va tarbiyaviy jihati kuchayadi. Demak toponimlar ni bilish o’zini madaniyatli deb hisoblagan. Har bir fuqoro uchun zarur. Shu maqsadda toponimikaga doir kitobchalar chiqarish kafedralarda toponimik tatqiqotlar olib borish faqat ilmiy jihatdangina emas amaliy va marifiy jihatdan ham muhim masala deb qarashga haqlimiz. O’zbekistonda nom berish ishlarini tartibga solishga ahamiyat berilayotgan ekan har bir viloyat shgahar tumanlarda tarixiy etnografik va geografik nomlarning maxsus kitoblarini yaratish maqsadga muofiq ish bo’lar edi.

Yüklə 20,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə