Reja: Yoqa eskizini chizish. Yaxlit bichimli yoqalarni chizmasini chizish. M1: 4



Yüklə 58,63 Kb.
tarix06.02.2018
ölçüsü58,63 Kb.
#26455

Yaxlit bichimli yoqalarni loyihalash.
Reja: 1. Yoqa eskizini chizish. 2. Yaxlit bichimli yoqalarni chizmasini chizish.M1:4
Tayanch iboralar: ko’tarma, urinma, perpendikulyar.

Yaxlit toqalarning ostki qismi old bo`lak bilan birgalikda, ustki yoqa esa bort adipi bilan birgalikda bichiladi. Yaxlit yoqalar ham o`tkazma yoqalarga o`xshab: tik yoqa, yarim qaytarma va buklangan qaytarmali yoqa bo`lishi mumkin. Yaxlit yoqalar old bo`lak asos chizmasidan, yaxlit tik yoqa esa old va ort bo`lak asos chizmalarida loyihalanadi.

Buklangan qaytarmali yoqalarning shakli ko`tarma balandligiga, buklanish xususiyatiga v abo`yinga yopishib turish darajasiga bog`liq. Bunday yoqalarning bir nacha turlari mavjud.
Buklangan qaytarmali yoqalar (1- variant).



  1. A4 nuqtadan yelka chizig’ining davomida yuqoriga ko’tarma balandligi A4V = 2-4 sm o’lchab qo’yiladi. Ko’tarma balandligi oshgan sari u bo’yinga zichroq yopishadi.

  2. Bort chizig’ida qaytarma buklanish chizig’ining, pastki uchi qaytarmaning boshlanish nuqtasi L nuqta aniqlanadi. U yuqori petlyadan 0,5-1,5 sm teparoq joylashgan.

  3. L va V nuqtalar birlashtiriladi va bu chiziq bort qaytarmasining buklanish chizig’i hisoblanadi. Yoqa o’mizi bilan kesishgan chiziq F nuqta deb belgilanadi.

  4. Old bo’lak chizmasida bort qaytarmasining shakli, rasker chizig’i bilan yoqaning old uchlari, yoqa o’mizining chizig’i modelga mos holda perpendikulyar usuli yordamida aniqlanadi. (13-rasm).

  5. L nuqtadan yoqa o’miziga urinma chizig’i o’tkaziladi. Yelka chizig’i bilan kesishgan chiziq F1 nuqta deb belgilanadi. Yoqa o’miziga urinish chizig’i F2 nuqtani hosil qiladi.

  6. F1 nuqtadan LF1 chiziq davomida orqa yoqa o’mizining uzunligi o’lchab, egri chiziq bo’ylab chiziladi va V1 nuqta belgilanadi.

  7. F2 nuqtadan markazga va V1nuqtadan chapga yoy chiziladi, unda V nuqta aniqlanadi. V1 teng V2 nuqtaga. a) 2,5-3 sm kengaygan qomat uchun; b) 3,5-4 sm proporsional qomat uchun; v) 4,5-5 sm bukchaygan qomat uchun.

  8. V2 va F2 nuqtalar to’g’ri chiziq yordamida birlashtiriladi. Keyin 0,4-0,6 sm egilgan ravon chiziq o’tkaziladi.

  9. Yoqaning ulanish chizig’i V2, F2, F, A7 nuqtalardan o’tadi.

  10. V2 nuqtadan perpendikulyar chiziq bilan uning o’rta chizig’i o’tkaziladi.

  11. V2 nuqtadan perpendikulyar chiziq bo’ylab yuqoriga 2-4 sm ko’tarma balandligi V3 va V4 nuqtalar belgilanadi. V3 V4 nuqtalar qaytarma kengligiga, modelga moslanadi.

  12. Yoqa uchining holati A6 nuqta modelga mos holda aniqlanadi. Konstruksiyaning tipavoy yechimlarida yelka qirqimlarining sathida yoqaning kengligi o’rtasining kengligiga teng, ya’ni V4V5 yoqaning o’mizga biriktirish chizig’iga parallel.

  13. Agar rasker 0 ga teng bo’lsa, yoqa buklanish chizig’idan boshlab ulanadi.

V4

V3

V1

V2

V5

A6

A7

A4

V

F1

F2

F

L

yoqaga ishlov 0003

Buklangan qaytarmali yoqalar (1- variant).



Buklangan qaytarmali yoqalar (2- variant).


  1. L, A7 aniqlanadi.

  2. A4 nuqtadan o’ngga gorizontal chiziq bo’ylab yelka qirqimining davomida ko’tarma balandligi 2-3,5 sm qo’yib chiziladi va V nuqta belgilanadi A4V = 2-3,5 smga.

  3. L1 va V nuqtalar birlashtirib chiziladi va bu chiziq bort qaytarmasining buklanish chizig’i hisoblanadi. O’miz chizig’i bilan kesishgan chiziq F5 nuqta deb belgilanadi.

  4. Qaytarmaning buklanish chizig’iga, parallel yoqa o’miziga urinma o’tkaziladi. Urinish chizig’i F4 nuqtasi va yelka chizig’i bilan kesishgan nuqta F5 deb hisoblanadi.

  5. F5 nuqtadan vertikal chiziq bo’ylab yuqoriga, urinma bo’ylab orqa yoqa o’mizining uzunligiga 0,5 sm haq qo’shib chiziladi va V1 nuqta belgilanadi.

  6. F4 nuqta markazidan chapga V1 nuqtadan yoy chiziladi va V2 nuqta belgilanadi. V1V2= 1-3 sm baland ko’tarmali chiziq. V1V2= 3,5-7 sm yassi, past ko’tarmali yoqalar uchun.

  7. V2 nuqtadan yoqa o’miziga urinma o’tkaziladi.

  8. V2 nuqtadan ulanish chizig’iga, perpendikulyar chiziq bo’ylab yuqoriga yoqaning o’rta chizig’i chiziladi.

  9. V2 nuqtadan perpendikulyar chiziq bo’ylab yuqoriga yoqa ko’tarmasining va qaytarmasining kengligi o’lchab chiziladi va V3- V4 nuqtalar belgilanadi.

Yoqa uchining holati modelga moslab chiziladi va V5 nuqta qo’yiladi.

V4

V3

V1

V2

F5

V

A4

F4

F

A7

V5

L

yoqaga ishlov 0004


Buklangan qaytarmali yoqalar (. 2- variant).


Buklangan qaytarmali yoqalar (3- variant).


  1. L, A7 nuqtalar holati aniqlanadi.

  2. A4 nuqtadan chapga yelka chizig’ining davomiga chiziladi va V nuqta belgilanadi. A4V= Vst – 0,1 Shot. Bu yerda Vst – ko’tarma balandligi, Shot – qaytarma kengligi.

  3. L va V nuqtalar birlashtiriladi va bu chiziq bort qaytarmasining buklanish chizig’i hisoblanadi. Yoqa o’miz bilan kesishgan chiziq F nuqta deb belgilanadi.

  4. Bort qaytarmasi va yoqaning shakli aniqlanadi.

  5. V nuqtadan vertikal chiziq bo’ylab yuqoriga, LV chizig’ining davomiga, orqa yoqa o’mizining uzunligiga 0,5-1 sm qo’shim qo’shiladi va V1 nuqta belgilanadi.

  6. F nuqtani markaz qilib V1 nuqta orqali chapga yoy chiziladi va V2 nuqta belgilanadi. V1V2 = 1,2 Shot (3,5 –7 sm).

  7. V2 nuqtadan yoqa o’miziga urinma o’tkaziladi va bu chiziq F2 urinish nuqtasi hisoblanadi.

  8. V2 nuqtadan pastga V2F1 chiziq bo’ylab, V2V7 kesma qo’yiladi. V2V7 = ⅓ V2F1.

  9. V7 nuqtadan perpendikulyar chiziq bo’ylab chapga V2F1 nuqtalari bo’ylab chiziladi va V8 nuqta belgilanadi. V7 V8 = 0,1 Shot.

  10. V2, V8, F1, A7 nuqtalar yoqaning ulanish chizig’i hisoblanadi.

  11. V2 nuqtadan V8 nuqtaga yoqaning o’rta chizig’i perpendikulyar chiziq chiziladi.

  12. V2 nuqtadan perpendikulyar chiziq bo’ylab ko’tarma balandligi chiziladi va V3 nuqta belgilanadi. V3 nuqtadan yoqa qaytarmasining kengligi chiziladi va V4 nuqta deb belgilanadi.

  13. Ko’tarma chizig’i V3F.

Yoqaning qaytarmasi modelga mos. Yoqaning ushbu keltirilgan hisobi va chizmasi eng aniq hisoblanadi.
V4

V3

V2

V1

V8

V7

A4

A5

A7

F1

F

L

yoqaga ishlov 0005

Buklangan qaytarmali yoqalar (3- variant).



Apash tipidagi yoqa.


  1. L nuqtadan shakli belgilanadi.

  2. A4 nuqtadan A3A4 chizig’ining davomida orqa yoqa o’mizining kengligi AA1 chiziladi va O nuqta belgilanadi.

  3. O nuqtadan yuqoriga perpendikulyar A4O chizig’iga o’tkaziladi.

  4. O nuqtadan yuqoriga perpendikulyar chiziq bo’ylab kesma V3 hosil qilinadi.

  5. V3, A4 nuqtalar birlashtiriladi.

  6. A4 nuqtadan chapga 1-2 sm qo’shim qo’shiladi va A14 nuqta belgilanadi.

  7. V nuqtadan V3 A14 ga perpendikulyar chizig bo’ylab yoqaning o’rta chizig’i aniqlanadi.

  8. V3 nuqtadan yuqoriga perpendikulyar chiziq bo’ylab yoqa kengligiga 2,5-3 sm qo’shim qo’shiladi va V1 nuqta belgilanai.

  9. V1 nuqtadan perpendikulyar chiziq bo’ylab yuqoriga qaytarma kengligi aniqlanadi. V1V2 = VV1 + (3-4 sm).

modelga mos bo’lgan yoqa qaytarmasining chizig’i. Klassik shaklidagi «shol» da qaytarma chizig’i bort chizig’ida o’tadi.




V2

V1

V3

A4

A5

A3

O

L

yoqaga ishlov 0006

Apash tipidagi yoqa

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Q.M.Abdullayeva,N.S.Gaipova,M.A.Gafurova “Tikuv buyumlarini loyihalash, modellash va badiiy bezash” T.: 2010

2. F.Otaxonova “Zamonaviy liboslarni modellashtirish” T.2008




Yüklə 58,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə