Reja: Zamonaviy matn muharrirrlari



Yüklə 12,9 Kb.
tarix08.12.2017
ölçüsü12,9 Kb.
#14839

Aim.uz

Amaliy dasturlar va ulardan turli kasbiy sohalarda foydalanish imkoniyatlari.
Reja:

  1. Zamonaviy matn muharrirrlari.

  2. Matn muharrirlari funksiyalari.

  3. Maxsus tahrirlovchilarning vazifalari


Amaliy dasturlar foydalanuvchi tomonidan aniq amallar bajarilishini ta`minlaydi. Amallarga misol keltirsak unga matn kiritish, rasm chizish, fototasvirlarni qayta ishlash, illustrasiya, video ma`lumotlarni qayta ishlash, audio ma`lumotlarni qayta ishlash, aloqa o`rnatish, hisob - kitob ishlari kabi amallar misol bo`la oladi.

Kompyuter tizimi bilan o’zaro muloqotda bo’lish, ko’nikmalarni hosil qilishda va amaliy dasturiy ta'minot bilan ishlashda, ishni odatda matn redaktorlaridan boshlanadi

Matn kiritish dasturlar.

Matn kirituvchi dasturlar qisqa hajmdagi matnlarni va ko`p sahifali matnli ma`lumotlarni kiritish uchun mo`ljallangan. Bu dasturlarning mavjudligi shu yo`nalishda ishlaydigan mutaxassislar uchun qulay va ularning ish samaradorligini, hamda uning sifatini oshiradi. Aniqrog`i bir marotaba kiritilgan ma`lumotni kompyuterning xotirasida uzoq muddatda saqlashi, o`zgartirish kiritishi, nusxa olishi va istalgan nusxada chop etib olishi mumkin.

Matnli muharrirlar matnli axborotni qayta ishlash uchun mo’ljallangan va asosan quyidagi vazifalarni bajaradi:

matnni faylga yozish; qo’shimcha kiritish, chiqarib tashlash, ramzlar, qatorlar, matn parchalarini almashtirish; orfografiyani tekshirish; matnni turli shriftlarda bezash; matnni tekislash; boblarni tayyorlash, matnlarni sahifalarga bo’lib tashlash; so’z va jumlalarni izlash va almashtirish; matnga sodda bezaklar kiritish; matnni terib tayyorlash.

Komp’yuterda turli matnli ma’lumotlarni, nashriyot mahsulotlarini tayyorlash, tahrir qilish va ularni sahifalashga xizmat qiluvchi vositalar bo’lib, imkoniyatlariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:

- oddiy matnli ma’lumotlarni, turli formulalarni yozish, tahrir qilish va bosmaga chiqarishga imkon beruvchi vositalar. Bularga LUX, Leksikon, PE2, Chiwriter, WD, Multi-Edit kabi dasturlar misol bo’laoladi;

- yuqori sifatli matnli ma’lumotlarni, nashriyot mahsulotlarini (reklama varaqalari, blankalar, vizit kartochkalari va h.k.) tayyorlash va ularni bosmaga chiqarishga imkon beruvchi vositalar. Bularga WinWord, Word Perfect, Word Star, XYWrite, AmiPro kabi dasturlar misol bo’laoladi;

- murakkab nashriyot mahsulotlarini sifatli tayyorlash va ularni sahifalash imkonini beruvchi vositalar. Bularga Corel Wentura, Page Maker, Ventura Publisher, Quark Xpress kabi dasturlar misol bo’laoladi.

Grafik dasturlar.

Bunday dasturlar grafik tasvirlarni qayta ishlash va yaratishga muljallangan. Grafikaga misol qilib rasm chizish, tasvirlarni qayta ishlash, fotosuratlarni qayta ishlash, 3D yoki uch tomonlama ko`rinadigan ob`yektlarni yaratish, badiiy grafika, illyustrasiya yaratish kabi amallarni olish mumkin. Undan tashqari bunday dasturlarda tasvirlardan nusxa olish, tayyor ob`yektlarga o`zgartirish kiritish, uzatish, qabul qilish, kengaytmalarini o`zgartirish, grafo-montajlar qilish hatto matn kiritish kabi amallarni bajarish mumkin.

Kompyuter grafik dasturlari – bu, avvalo, keng tarqalib borayotgan dastur ta`minotidir, ya`ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga tayanadi. Kompyuter grafikasidan reklamada, multiplikasion filmlarni yaratishda va Web sahifalarni yaratishda foydalaniladi.

Bunday dasturlarga AdobePhotoshop turli versiyalari, Corel Xara, Xara X, Corel Draw turli versiyalari, Adobe Illustrator, Maya Unlimited, Matcad, 3D MAX, Diskreet 3DS Max, Softimage 3D, BioVirtual 3DmeNow Pro, Animation Master, Alteros va h.k.z.lar misol bo`la oladi.

Video – audio dasturlar.

Hozirgi vaqtda ko`pgina ishlab chiqarishlardan tarqaluvchi ma`lumotlar asosan multimediyali ma`lumotlarga asoslangan. Masalan video kliplar, reklamalar, taqdimotlar, kino industriya mahsulotlari, axborot tizimida, san`atda, ta`lim sohasida uchratishimiz mumkin. Video montajlar va audio ma`lumotlarni qayta ishlashlar maxsus dasturlar yordamida amalga oshirish mumkin. Bularga misol qilib Adobe Premiere 6.5 dasturini olsak, u DV-video maxsulotlarini taxrirlashda videomontaj tizimida oldingi o`rinlarda. Bu dastur nafaqat videomontaj ishlarida, hattoki tovushlarni taxrirlashda qo`llaniladigan yuqori sifatli asbobdir. Adobe Premier Effects 6.0 DVD va Web sahifalardagi video maxsulotlarda animasiya va maxsus efektlarni yaratishda foydalanadigan paketdir. Ulead VideoStudio v6.0 raqamli va analog video kameralarda MPEG1/2, AVI, VCD va DVD sistemalarida yozilgan videolarni montaj qiladi. Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin. Tovushlarni eshitish va ularni qayta ishlash maqsadida ko`plab dasturlardan foydalanish mumkin. Bularga misol tariqasida JET AUDIO, Media Pleyer, COOL EDIT PRO, WINAMP va h.k.z.lar

Buxgalteriya tizimlari.

Bu maxsuslashtirilgan tizimlar bo’lib, ular o’z ichiga matn va jadval dasturlarini, elektron jadvallar va ma'lumotlar omborining funksiyalarini oladi. U korxona birlamchi buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash va hisobga olishni avtomatlashrirish, buxgalterlik hisobotlarni olib borishga mo’ljallangan. Bundan tashqari, bu tizim korxonaning, soliq va statistik hisob tashkilotlariga beradigan formada tayyorlanadigan hisobotlarni olib borish uchun ishlatiladi. Bu hisobotlar korxonalarning ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy faoliyatini aks ettiradi.Albatta, bu hisobotlarni yuqorida keltirilgan boshqa tizimlar yordamida ham bajarish mumkin.Ammo buxgalteriya tizimi har xil vositalar muhitlarini bitta tizimda mujassamlanganligi bilan qulaydir.

Nazorat savollari !



  1. Amaliy dasturlar nima?

  2. Matn kiritish dasturlar nima?

  3. Matnli muharrirlarining vazifalarni aytib bering?

  4. Grafik dasturlar nimalar yaratishga muljallangan

  5. Kompyuter grafik dasturlari nima?

  6. Video – audio dasturlar qanday ma`lumotlarga asoslangan?




Aim.uz


Yüklə 12,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə