Respublikasi oliy va o`rta maxsus



Yüklə 120,14 Kb.
səhifə1/5
tarix27.01.2023
ölçüsü120,14 Kb.
#99540
  1   2   3   4   5
Botirova Zarnigor kurs ishi


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
Buxoro davlat universiteti
Pedagogik ta’lim fakulteti
BTSTI ta‘lim yo‘nalishi IV kurs
9-1 BTUS-19 guruh talabasi
Botirova Zarnigorning
Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan
KURS ISHI

Mavzu: 4-sinf o'qish darslarida didaktik o'yinlardan foydalanish

Ilmiy rahbar: Jumayeva Habiba G‘aforovna

Buxoro-2022

Reja:
KIRISH


I Bob. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLAR TEXNOLOGIYASIDAN SAMARALI FOYDALANISH.
I.1. Boshlang‘ich ta’limda didaktik o'yinlarning ahamiyati va dars samaradorligini oshirishda tutgan o‘rni.
I.2. 4- sinf o‘qish darslarida didaktik o'yinlardan foydalanishning samarali usullari.
II Bob. BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISHNING METODIK IMKONIYATLARI.
II.1. O‘qish darslarida didaktik o'yinlardan foydalanish metodikasi.
II.2. 4-sinf o‘qish darslarini didaktik o'yinlarning orqali tashkil etish.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
KURS ISHI MAVZUSINING DOLZARBLIGI. O‘yin maktab yoshidagi maktab o‘quvchilar faoliyatda asosiy o‘rinni egallayd. Bolalarning yosh va psixolgik xususiyatlaridan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, o‘yin dunyoni va o‘zlikni anglashda, bola nutqni o‘stirishda asosiy vosita hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari aqliy va jismoniy faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirish mazmunida didaktik o‘yinlar alohida ahamiyat kashf etadi.


Didaktik o‘yinlar ta’limiy o‘yin sifatida bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan o‘yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o‘yinlarning muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligidir.
Didaktik o‘yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi. Bolaning kun tartibida didaktik o‘yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. Bunday o‘yinlar mashg‘ulot jarayonida va o‘yindan tashqari vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o‘tkaziladi. Bunda o‘yin mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi.
Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarning ma’naviy va axloqiy kamolotida, ularning barkamol inson bo‘lib kamol topishida ulkan tarbiyaviy ta’sir qudratiga egadir. Didaktik o‘yinlar davomida bolalar jamoa bo‘lib ishlashga, birgalikda ijod qilishga, hamkorlikda ishlashga va mustaqil ishlashga o‘rganadilar. Bu jarayonda o‘quvchilarda intizomlilik, inoqlik va o‘z navbatda erkin fikr yurita olishlari kuzatiladi.
Ma’lumki 1-sinfga qabul qilinib, maktab ostonasida ilk qadam qo‘ygan bolaning faoliyatida o‘yin asosiy o‘rinni egallaydi. O‘yin ularning eng sevimli mashg‘uloti bo‘lib, ular har qanday mashg‘ulotni o‘yin bilan uyg‘unlashtirishga harakat qiladilar. Shunday ekan o‘qituvchi o‘quvchi faoliyatidan ularning sevimli mashg‘uloti - o‘yinni siqib chiqarmasdan, undan maqsadga muofiq foydalanish bilan ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga imkon beradi.
Boshlang‘ich ta’lim davrida o‘quvchilarning aqliy va jismoniy faoliyatini tashkil qilishda didaktik o‘yinlar alohida ahamiyatga ega.
Darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilar zehnini o‘stirish, tez hisoblash ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlar jarayonida o‘quvchilar o‘yin qoidalariga qat’iy rioya qilishga o‘rganadilar, inoqlik his - tuyg‘ulari, dunyoqarashlari shakllanib boradi.
Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinlar o‘quvchilarning xususiyatiga ko‘ra tashkil etilishi kerak. Bu esa ularga bilim berishni yengillashtirishga, ko‘rgazmalilikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarni toliqtirmaslik, zeriktirmaslik imkonini yaratadi
KURS ISHI MAVZUSINING PREDMETI. O'qish darslarida didaktik o'yinlardan foydalanish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usulidir.
KURS ISHI MAVZUSINING OBYEKTI. 4-sinf "O'qish" darsligi.
KURS ISHI MAVZUSINING MAQSADI: O`qish darslarida didaktik o'yinlardan foydalanishning amaliy-nazariy asoslari.
KURS ISHI MAVZUSINING VAZIFALARI:
—mavzuga oid adabiyotlarni o`rganish, uning o`rganilganlik darajasini aniqlash;
—kurs ishning nazariy va amaliy asoslarini belgilash;
—o`quvchilarining real bilish imkoniyatlarini tahlil qilish;
—darslarda mustaqil fikrlash kontseptsiyasini asoslash va o`qish taʼlimi mazmuniga mos biluv topshiriqlari tizimini ishlab chiqish;
—biluv topshiriqlari tizimini taʼlimga tatbiq qilish va uning samaradorligini o`rganish. 4-sinf o`qish darslarida didaktik o'yinlardan foydalanishning biluv topshiriqlari va ijodiy mashqlarni amaliyotga tatbiq qilish tamoyillari, vositalari asoslandi. Kurs ishida o’quvchilarning o`qish darslarida didaktik o‘yinlarni hamda mustaqil ishlarini tashkil etish muammosi alohida mavzu sifatida ajratilib, uning vositalari, samaradorligi, o`quvchilar o`zlashtirishining sifatini yaxshilashdagi o`rni ilk bor o`rganildi.
KURS ISHI MAVZUSINING ILMIY AHAMIYATI. Ushbu kurs ishini bajarish natijasida boshlang’ich sinflarda o'qish darslari o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonida ularni axloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi. Didaktik o‘yinlarning maqsadi kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq o’gzaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklashga oid mashg‘ulot ishlanmalarini, uning maqsadi, mazmuni, tipi, qurilishiga oid yangi tushunchalari bilan boyitishning didaktik asoslari ko‘rib chiqildi hamda ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitish nazarda tutildi.
KURS ISHI MAVZUSINING AMALIY AHAMIYATI. Kurs ishi natijasida aniqlangan amaliy yondashuvlar, ishlab chiqilgan tavsiyalardan didaktik o‘yinlardan foydalanish madaniyatini shakllantirishga oid mashg‘ulotlarini boyitish, maktablarda olib boriladigan turli o‘quv pretmetlarini takomillashtirish hamda ularning bilimini, malakasini oshirishda keng foydalaniladi.
KURS ISHINING TARKIBIY TUZILISHI: Kirish, 2 bob, 4 fasl, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan tuzilgan
I Bob. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLAR TEXNOLOGIYASIDAN SAMARALI FOYDALANISH.
I.1. Boshlang‘ich ta’limda didaktik o'yinlarning ahamiyati va dars samaradorligini oshirishda tutgan o‘rni.
O‘quvchi hayotida bogʻchadan soʻng maktabning dastlabki davrlari muhim oʻrin tutadi. Shu bois boshlangʻich ta‘lim davri ta‘lim jarayonidagi eng mas‘uliyatli davrdir. Bu paytda bolaning savodi chiqishi bilan birga, uning dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi. Bu davrda bolaning zehnini oʻstirishga qaratilgan har bir mashgʻulot bola aqlining tarkib topishi va rivojlanishiga katta ta‘sir koʻrsatadi. Shuning uchun ham bu davrda, avvalo, ta‘lim jarayonini qiziqarli, ta‘sirli qilib tashkil etishga, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga e‘tibor qaratish lozim. Chunki bu muddat bolaning oʻyin faoliyatidan aqliy faoliyatga, ya‘ni oʻquv faoliyatiga oʻtganligi bilan xarakterlanadi.
Bolaning oʻquv faoliyatini rivojlantirishda turli oʻyinlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Bolalar oʻyin orqali oʻz bilimlarini mukammallashtiradilar va uni chuqur oʻzlashtiradilar. Shu jihatdan qaraganda, ta’lim jarayonida qoʻllanadigan didaktik oʻyinlaming roli beqiyosdir.
Didaktik oʻyinlar ta’lim jarayoni samaradorligini oshiradi, ta’lim jarayonida oʻquvchilar faolligini, oʻqish motivlarini rivojlantiradi. O‘qish motivlari ta‘lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishda ham muhim oʻrin tutadi.
Didaktik oʻyinlar boshlangʻich sinflarda ta‘limning samarali borishiga oʻquvchilarning oʻquv-bilish faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarishga ham katta yordam beradi, ya‘ni didaktik oʻyinlar vositasida nazariy bilimlar oson egallanadi, oʻquvchilarning bilim olishga qiziqishlari ortadi.
Didaktik oʻyinlar nafaqat boshlangʻich sinflarda, balki ta‘limning keyingi bosqichlarida ham oʻquvchilarning bilimga boʻlgan ishtiyoqlari rivojiga katta turtki bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, qiyin oʻzlashtiruvchi oʻquvchilarning bilish imkoniyatlarini oshirishga bunday oʻyinlar samarali ta‘sir koʻrsatadi. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, boshlangʻich sinflar uchun yaratilayotgan oʻquv qoʻllanmalarida shu sohaga oid materiallar tanqisligi koʻzga tashlanib turadi.
Hozirgi davrda pedagogik texnologiyalar asosida ta‘limni tashkil etishga katta e‘tibor qaratilmoqda. Pedagogik texnologiya oʻquvchilar qobiliyati, imkoniyati va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ta‘lim shakllarini amalga oshirish uchun koʻzlangan natijaga erishishda eng qulay yoʻl va usullami tanlash va ishlab chiqish mahorati ekan, u haqiqatdan ham ta‘lim jarayoni unumdorligini oshiradi, oʻquvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, oʻquvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam oʻzlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish koʻnikma va malakalarini shakllantiradi. Shuning uchun ham ta‘lim ishiga texnologik yondashuv katta ahamiyatga ega.
Ta‘lim ishiga texnologik yondashuv:
— ta‘lim jarayoni maqsadini aniq belgilashni;
— oʻqish-oʻqitish jarayonini uzviy bogʻliq bosqichlar, fazalar, amallarga ajratish, boʻlishni;
— ta‘lim jarayonida moʻljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan harakatlarni muvofiqlashtirish, ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirishni;
— loyihalashtirilgan ishlar, amallaming barchasini bir xil bajarishni nazarda tutadi.
Pedagogik texnologiyada ta‘lim jarayonining maqsadini belgilash muhim boʻlib, u rejalashtirilgan natijalarni kafolatlashi lozim. Shuning uchun ham oʻqituvchilar maqsadni aniq belgilashga alohida e‘tibor qaratishlari zarur. Har bir oʻqituvchi avvalo oʻzi oʻqitadigan oʻquv predmeti va har bir oʻtiladigan darsi maqsadini aniq belgilashi kerak.
Shuni ta‘kidlash lozimki, belgilangan maqsad asosida oʻtkaziladigan didaktik jarayonning aniq loyihasi ishlab chiqilsa, uni amalga oshirish osonlashadi. Didaktik jarayonning samarali oʻtishida motivlar muhim oʻrin tutadi. Chunki qiziqib, aniq maqsad asosida egallangan bilimlargina samarali boʻladi.
Motiv kishini biror ish-harakatni bajarishga undovchi da‘vat, turtki. Shunday ekan, muallimlar bolada oʻqish motivlarini hosil qilishga intilishlari va uni oʻstirishlari kerak. Motivlar oʻquvchilami bilim, koʻnikma va malakalami oson egallashlariga yordam beradi. Motiv bolada bilim olishga ishtiyoq va qiziqish uygʻotadi. O‘qituvchilar bundan mohirlik bilan foydalanishlari va oʻquvchilarga beriladigan mustaqil ishlar tizimini ishlab chiqishlari foydadan xoli boʻlmaydi.
Boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining har bir darsni tashkil etish uchun turli didaktik oʻyinlardan foydalanishlari yaxshi samara beradi. Chunki 6-7 yoshli bolalar hayotida maktab davri ancha murakkab davr boʻlib, bolalar oldida jiddiy sinov turadi. Bola yangi hayot - maktab hayotiga kirib boradi. Endi u yangi jamoaning a‘zosi ekanligini his etishga, intizomga boʻysunishga, yangi rejimga moslashishga majbur bo‘ladi.
O‘quvchi yosh boʻlishiga qaramay, endi uning maktabda oqish, uy vazifalarini bajarish, murakkab materiallarni oʻrganish kabi zarur yumushlari koʻp. Muhimi, oʻyindan maktabga, kundalik majburiy va davomli mehnatga oʻtish bola hayotida tub burilishdir.
Ayniqsa, sinfda 40—45 daqiqalik darsda oʻtirish, tinglash va topshiriqlarni bajarish, uzoq aqliy mehnat bolani tez toliqtiradi. Bola maktabdan, oʻqishdan sovib ketishi mumkin. Shuning uchun ham oʻqituvchilar bolalarning maktabdagi hayotini qiziqarli tashkil etishga intilishlari, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga harakat qilishlari lozim.
Motiv oʻz-oʻzidan hosil boʻlmaydi. Uni bolalar yoshiga va psixologik xususiyatlariga mos didaktik oʻyinlar va mustaqil ishlar vositasida hosil qilish mumkin.
Ayniqsa boshlangʻich ta‘lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda darslarni qiziqarli olib borish natijasida oʻquvchilarni darsga jalb etish samarali boʻladi. Shunday darslarda bolalar diqqati toʻliq jalb etiladi, xotirasi yaxshi ishlaydi. Motivlar oʻquvchilaming bilimlarini chuqur egallashlariga yordam beradi. Shuning uchun ham boshlangʻich sinf oʻqituvchilari ta‘lim jarayonini qiziqarli motivlar asosida tashkil etishga e‘tibor qaratishlari zarur.
Bolalarga o‘yinni o‘rgatishdan muayyan ta’limiy maqsad nazarda tutiladi. O‘yinning eng muhim ahamiyati ham ana shundadir, qiyin o‘tkazilish shakllari va usullari bilan ta’limning boshqa turlaridan farq qiladi. Didaktik o‘yinlar o‘yin usullarini cheksiz takrorlash va o‘zgartirish, o‘yinga turli narsalar kiritish imkonini beradi.
Didaktik o‘yinlar o‘zining shakli jihatidan asosan bog‘chada o‘ynaladigan ijodiy o‘yinlardan ham, o‘qituvchi o‘zi hikoya qilib berish yo‘li bilan tushuntiradigan va o‘quvchilarni birma-bir so‘rab chiqish natijasida mustahkamlanadigan o‘yinlardan ham har tamonlama farq qiladi.
Didaktik o‘yinlar o‘qitish vazifasiga xizmat qiladi va qiziqarli, maroqli, tushunarli darajada olib boriladi. Bolalar g‘olib chiqish maqsadida jonu dili bilan mashq qiladilar, berilgan har bir topshiriqni albatta bajarishga odatlanib qoladilar, natijada ularda didaktik topshiriqlarni bajarishga bo‘lgan qiziqish orta boradi.
Didaktik o‘yinlar har bir darsning maqsadini, har bir mashqning maqsad va vazifalarini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi. Didaktik o‘yinlar ta’limning ko‘rgazmaliligini, o‘qituvchining nutqini va bolalar harakatini o‘z ichiga oladi, buning natijasida idrokda ko‘rish, eshitish, teri sezgisi belgilarida birlik tug‘iladi. Bu esa o‘qituvchining aytganlarini bolalarning o‘ylab olishiga va o‘sha aytilganlarni ifodalab berishlariga, ya’ni didaktik o‘yinlar qoidalarini o‘quvchilarning o‘zlari bajarishlariga imkon beradi.
Didaktik o‘yinlarning bu tarzda tuzilish xususiyatlari o‘quvchilar faoliyatini tahlil qilish imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham barcha bolalar o‘yin vaqtida qiziqish bilan harakat qiladilar.
Didaktik o‘yinlar bolaning his-tuyg‘usiga ta’sir etib, unda kishga ijobiy munosabat va qiziqish xislatini tarkib toptiradi. Bolalar o‘yinni zo‘r mamnuniyat bilan ijro etadi. O‘yin boshlanishini esa sabrsizlik bilan kutadilar, ularning ongida beixtiyor ertangi o‘quv kunining quvonchli manzarasi gavdalanadi.
Har bir didaktik o‘yinda ko‘pchilik bolalar yoki butun bir sinf o‘quvchilari ishtirok qiladi. Umuman olganda didaktik o‘yinlar o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi, darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirib boradi.
Men o‘z darslarimda turli xil didaktik o‘yinlardan foydalanishga harakat qilaman. Masalan: «Farqini top o‘yini».
Doskaga turli narsalarni rasmlari terib qo‘yiladi va bola bu narsalar nomini eslab qolishi kerak. Keyin bola o‘girilib turadi va o‘yin boshlovchisi narsalar joyini o‘zgartiradi yoki biror narsani olib qo‘yadi. Bola doskaga yopishtirilganlaridan nima o‘zgarganini topishi kerak. Hamma fanlardan birday ma’qul bo‘ladigan «Ortiqchasini top» o‘yini ham o‘quvchilarning qiziqishlarini oshirib boradi. Bu o‘yinda mavzularga qarab o‘yin shartlarini tuzib borasiz.
Didaktik o‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati nimalardan iborat? Tajriba shuni ko‘rsatadiki, didaktik o‘yinlar hamjihatlik va intizomlilikni tarbiyalashga yordam beradi, chunki har bir o‘yin g‘alaba qozonishga intilish bilan bog‘liq bo‘lib, o‘yin shartlari va qoidalariga qat’iy va izchil rioya qilishni talab etadi.
«Kim aniqroq va tezroq», «Bo‘sh kelma», «Eng yaxshi hisobchi», «Ko‘rganni eslab qolish diktanti» singari o‘yinlarni o‘tkazish paytida o‘quvchilar sinf xonasida jimjitlik bo‘lishiga o‘quvchilarning o‘zlarini tuta bilishlariga, partadan tovush chiqarmay turib, oyoq uchida doskaga chiqa olishlariga, joylariga osoyishtalik bilan qaytib kelib o‘tirishlariga, tovushlarni diqqat bilan tinglashlariga, raqamlarga zehn bilan qarashlariga erishadilar.
Ish tajribam jarayonida shu ma’lum bo‘ldiki, didaktik o‘yinlar bolalarda do‘stlik, birodarlik, mehnatkashlik hissini tarbiyalash va taraqqiy ettirishga yordam beradi. Didaktik o‘yinlarda tirishqoqlik, matonatlilik, boshlangan ishni oxirigacha yetkaza bilish singari eng kerakli irodaviy sifatlar tarbiyalanadi.
Didaktik o’yin bolalarda bilish jarayoniga jonli qiziqish uyg’otadi va ma’lumotlarni qabul qilishga yordam beradi. Bu o’yinlar bolalarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga, tartibga solishga, qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Didaktik o’yinlar o’quvchilar uchun qiyin bo’lgan bilim olish jarayonini yengillashtiradi.
Ta’limiy o’yinlardan, mavzuga oid oddiy qiziqarli savol-javoblardan darsning ma’lum qismida foydalanish lozim. Boshqotirma, tez aytish kabi o’yinlar muntazam o’tkazib turilsa, o’quvchilarda ma’lum bir ko’nikmalar hosil bo’lib boradi. Dars jarayonida o’yinlarni to’g’ri tashkil etish va o’tkazishda vazifalar, qoidalar va ularning natijalarini tashkil qilishni aniq belgilab olish lozim.
Didaktik o’yinlar bolalarda jamoatchilikni his etish, intizomli bo’ish, jasur, qat’iyatli bo’lish qiyinchiliklarni yenga bilish kabi sifatlarini rivojlantirishga ham yordam beradi.
Didaktik o’yinlar maktab o’qituvchilari va murabbiylar tomonidan ijod qilingan maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tayyorlov guruhlaridagi bolalarga va maktab o’quvchilariga mo’ljallangan.
O’yin orqali bola jamoani tushunadi. O’zi bajarayotgan mashg’ulotga nisbatan ongli munosabatda bo’ladi. Didaktik o’yinlar o’quvchilardagi tortinchoqlik, xato qilishdan qo’rqish kabi noqulayliklarga barham beradi. Shunday ekan har bir darslarda didaktik o’yinlar va interfaol metodlardan unumli foydalanmog’imiz darkor.


Yüklə 120,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə