Rifmоvannaya prоza



Yüklə 35,4 Kb.
tarix26.08.2023
ölçüsü35,4 Kb.
#120936
Navoiy romani slad 1-2




Muso Toshmuhammad o'g'li Oybekning hayoti va ijodi
XX asr o‘zbek adabiyotining rivojiga salmoqli hissa qushgan ulug‘ adib, shoir, olim, jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905 yil 10 yanvarda Toshkent shahrida bo‘zchi oilasida dunyoga keldi.
Oldin o‘rta maktabda, 1922—1925 yillarda esa Toshkent ta’lim va tarbiya texnikumida ta’lim oldi. So‘ngra O‘rta Osiyo Davlat dorilfununining ijtimoiy fanlar fakultetida tahsil ko‘rdi. 1930 yili O‘rta Osiyo Davlat dorilfununini tugatib, oliy maktablarda siyosiy iqtisoddan dars berdi. Oybek adabiyotga 1926 yili chop etilgan «Tuyg‘ular» she’riy to‘plami bilan kirib kelgan. U tarixiy va zamonaviy mavzularda yigirmaga yaqin dostonlar yaratgan. O‘zbek xalqining 1916 yilgi milliy-ozodlik qo‘zg‘oloni yozuvchining «Qutlug‘ qon» (1940) romanida zo‘r mahorat bilan realistik ifodalangan bo‘lsa, «Navoiy» (1944) romanida o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib, ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy obrazini yaratdi. Adibning avtobiografik qissasi — «Bolalik» 1963 yilda yaratilgan. Qissaning bosh qahramoni yosh Muso, ya’ni Oybekning o‘zidir.
Oybek iste’dodli shoir, yirik nosir bo‘libgina qolmay, mashhur olim, publitsist, tanqidchi va tarjimon, davlat va jamoat arbobi hamdir. Oybek 1943 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga haqiqiy a’zo etib saylangan va 1950 yilgacha akademiyada ijtimoiy fanlar bo‘limining raisi lavozimida ishlagan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1965), Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori unvonlariga sazovor bo‘lgan.
Oybek 1968 yil 1 iyulda 63 yoshida vafot etgan. Vafotidan so‘ng uning 20 jildlik to‘la asarlari majmuasi nashr etilgan. «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan (2001).
Yüklə 35,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə