Samarqand shahridagi tepaliklaridan birida g‘ayrioddiy inshoot bor. U besh asrdan ko‘proq vaqt oldin qurilgan bo'lib, Ulug‘bek rasadxonasi hisoblanadi



Yüklə 5,87 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü5,87 Kb.
#157416
Samarqand shahridagi tepaliklaridan birida g


Samarqand shahridagi tepaliklaridan birida g‘ayrioddiy inshoot bor. U besh asrdan ko‘proq vaqt oldin qurilgan bo'lib, Ulug‘bek rasadxonasi hisoblanadi. Bu inshoot O‘rta asr astronomiyasida katta yutuqlarga erishish imkonini berdi. Muhammad Tarag‘ay ibn Shohrux ibn Temur Ulug‘bek Ko‘ragon 1394-yilda Amir Temurning to‘ng‘ich o‘g‘li Shohrux oilasida tug'ildi. 10 yoshida u poytaxti Samarqand bo‘lgan Movarounnahrning ulkan hududini boshqargan, ammo tarixda u qattiqqo‘l hukmdor emas, balki buyuk olim bo‘lgan. Mirzo Ulug‘bek dunyodagi eng ilmli insonlaridan biri va, hatto, o‘z davridan ilgarilab ketgan inson edi. Ehtimol, Ulug‘bek qilgan hamma narsani ham zamondoshlari tushunishmagan. Ulug‘bek 8 yoshida o‘zining mashhur bobosi Amir Temur bilan Kichik Osiyo va Suriyaga yurish qiladi. Bir marta Marog‘a shahrida yosh Ulug‘bek XIV asrning o‘rtalariga qadar mavjud bo‘lgan va o‘z davrining eng yirik astronomik rasadxonasi hisoblangan mashhur Marog‘a rasadxonasini ko‘radi. Unda 400 mingga yaqin qo‘lyozmalar mavjud bo‘lib, 100dan ortiq astronomlar ishlagan. Aytilishicha, o‘sha paytdan boshlab Ulug‘bek astronomiyaga juda qiziqib kelgan. Hukmdorning keng bilimi va kuchi evaziga Mirzo Ulug‘bek o‘sha paytda eng jihozlangan astronomik markazni yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Observatoriya doirasimon shaklda bo‘lib, diametri 46 metrga yetardi va balandligi o‘n qavatli bino darajasida edi. Inshoot uch qavatli bo‘lishiga qaramay, har bir qavati o‘n metrga baland edi. Ulug‘bek ichkarida meridian chizig‘i bo‘ylab kvadrant - uzunligi 64 metr bo‘lgan va 90 gradusga og‘dirib o‘rnatilgan katta uskunani qurdirdi. Teleskop ixtiro qilinishidan oldin bunday kvadrant yulduzlarning ufqdan balandligini o‘lchash va bunday o‘lchash amalga oshirilgan nuqtaning koordinatasini aniqlash uchun jihoz bo‘lib xizmat qilgan. Ulug‘bekning o‘sha davrdagi kvadranti dunyodagi eng kattasi bo‘lib, shu bois eng aniq ham edi. Rasadxona ikki qismdan iborat bo‘lib, yerosti qismi saqlanib qolgan. Mirzo Ulug'bek o‘z rasadxonasida kunu tunni o‘tkazardi. Mehnatlarining natijasi – "Gurgan Zij" yulduzlar katalogi bo‘lib, unda astronom 1018 yulduzni tasvirlab, ularni 38ta yulduz turkumiga ajratdi. Mirzo Ulug'bek misli ko‘rilmagan aniqlik bilan yulduzli yilning uzunligini 365 kun, 6 soat, 10 daqiqa, 8 soniya ekanligini hisoblay oldi, bunda xatolik bir daqiqadan kam vaqtni tashkil etdi. Shuningdek, u Yer o‘qining og‘ishini aniqladi. Ulug‘bekning hayoti davomida ilmiy ishlari butun dunyoga ma’lum bo‘lgan. U haqida Xitoyda yozishgan va gapirishgan, Ulug‘bekning astronomik hisob-kitoblaridan foydalanishgan. Oradan 200 yil o'tib, ingliz olimlari Ulug‘bekning kashfiyotlari bilan shug‘ullanishdi. Uning ilmiy asarlari lotin tiliga tarjima qilindi. Ulug‘bek nafaqat astronom, balki matematik, ma’rifatchi, shoir, tarixchi hamdir. XV asrda u insonlarni ta’limga chorlagan: "Muslimlar ham, muslimalar ham bilimga ega bo‘lishi kerak". Ulug‘bek xalqqa ma’ifat berishni juda istar edi. Shu maqsadda u madrasalar – oliy ta’lim muassasalarini qurdirdi. Buxoroda, Samarqandda madrasalar barpo etildi. Ulardan biri, eng mashhuri, Samarqandning Registon maydonidagi ansambl tarkibiga kiradi. O‘sha olis davrlarda fanga ishtiyoq xavfli mashg‘ulotga aylandi. Mirzo Ulug‘bek din peshvolarini o‘ziga qarshi qo‘ydi, harbiy yutuqlarning yo‘qligi esa uning obro‘siga putur yetkazdi. Natijada, Ulug‘bekning to‘ng‘ich o‘g‘li Abdullatif boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Ota va o‘g‘il o‘rtasidagi hal qiluvchi jang Samarqand yaqinida bo‘lib o‘tdi. Ulug‘bek qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchradi va u taslim bo‘lishga majbur edi. Abdullatifning roziligi bilan Mirzo Ulug‘bek Makkaga yo‘l oldi, ammo yo‘lda xoinlar Ulug‘bekni ushlab, hukmdorning boshini olishdi. Bu voqea 1449-yil 27- oktyabrda sodir bo‘ldi. Mirzo Ulug‘bek vafotidan keyin rasadxona yana 20 yil ishladi, ammo tez orada yopildi va bino asta-sekin qulab tushdi. Rasadxona 1908-yilda ochildi. Arxeolog Vyatkin mavjud hujjatlardan foydalanib, Samarqanddagi Ulug‘bek rasadxonasini topdi.
Yüklə 5,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə