Aim.uz
Sana : ________
Sinf: 9
Fan: Kimyo
Mavzu: Kimyoviy elementlarning toifalanishi.
Darsning maqsadi.
a.) Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga kimyoviy elementlarning toifalanishi haqida ma’lumotlar berish.
b) Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni vatanparvarlik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
d) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, nutq madaniyatini o’rganish, o’z – o’zini boshqarishga yo’naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
Darsning jihozi: dars konspekti, darslik, 8 – sinflar uchun o’quv ko’rgazmalar , kadoskop, davriy jadval
Dars tipi: Aralash
Dars turi: Noan’anaviy.
Dars o`tish metodi: “Aqliy hujum”, “Guruhlar bilan ishlash”,
.Darsning borishi: a) Darsning tashkil etilishi. b) Salomlashish, davomatni aniqlash.
c) O’quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish. d) Guruhlarga bo’lish
O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzu bayoni:
-
.
-
Kimyoviy elementlarni dastlabki toifalashda ularning ko‘zga tashlanadigan
-
belgilari asos qilib olingan.
-
Deyarli barcha metallar o‘ziga
-
xos yaltiroq, elektr va issiqlikni
-
o‘tkazadigan, bolg‘alanuvchan bo‘lib,
-
metalmaslar esa bunday xossalarga
-
ega emas. Barcha metallar (simobdan
-
tashqari) qattiq, metalmaslar esa qattiq (oltingugurt, uglerod, kremniy,
-
yod), suyuq (brom), gaz (kislorod, vodorod, xlor) holatda bo‘ladi.
-
Metallar hamda metalmaslar kimyoviy xossalari bilan ham farqlanadi.
-
Tipik metallarning gidroksidlari asos, metalmaslarning gidroksidlari
-
esa kislota.
-
Metallarning gidridlari qattiq moddalardir. Metalmaslarning gidridlari
-
esa uchuvchan birikmalardir.
Asos xossalarini ham, kislota xossalarini ham namoyon qiluvchi
gidroksidlar amfoter gidroksidlar deyiladi.
Amfoter gidroksidni hosil qiluvchi oksid ham amfoter xossasiga ega.
Amfoter oksid, amfoter gidroksid hosil qiluvchi elementlar amfoter
elementlardir.
Ayrim kimyoviy elementlarning quyi valentli oksidlari asosli xossaga,
yuqori valentli oksidlari kislotali, oraliq valentli oksidlari esa amfoter
xossaga ega bo‘ladi.
Masalan, xrom (II)-oksid CrO – asosli, xrom (III)-oksid Cr2O3
– amfoter, xrom (VI)-oksid CrO3 – kislotali oksidlardir
Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Tipik metallarning fizik xossalari qanday? Tipik metalmaslarni-chi?
2. Metallarning kimyoviy xossalari metalmaslarning xossalaridan qanday farq
qiladi?
3. Amfoter elementlarning xossalari qaysi jihatdan metallarga o‘xshaydi? Qaysi
jihatdan metalmaslarga o‘xshaydi? Izohli javob bering
4. Quyidagi amfoter oksidlarga mos keluvchi amfoter gidroksidlarning formulasini
yozing: ZnO, BeO, Al2O3, Cr2O3, PbO;
5. 0,1 mol berilliy gidroksidi Be(OH)2 ga qizdirib turib natriy gidroksidning mo‘l
miqdori ta’sir ettirilsa, necha gramm va necha mol natriy berillat hosil bo‘ladi
O’quvchilarni baholash:
Uyga vazifa: Mavzuni darslikdan o’qish, “Savol va topshiriqlar” ni bajarish.
Aim.uz
Dostları ilə paylaş: |