Sana: sana: Sinf: 9-a 9-b fan: Informatika va at. 21– dars. Mavzu: O‘zlashtirish va ma’lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari Maqsad



Yüklə 53 Kb.
səhifə1/2
tarix30.05.2022
ölçüsü53 Kb.
#88376
  1   2
9 21-dars


Sana: ______________ sana: _____________
Sinf: 9-A 9-B
Fan: Informatika va AT. 21– dars.
Mavzu: O‘zlashtirish va ma’lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari
Maqsad:
1) ta’limiy: O`quvchilarga O‘zlashtirish va ma’lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari haqida tushuncha berish
2) tarbiyaviy: o`quvchilrga iqtisodiy tejamkorlik tarbiyasi berish;
3) rivojlantiruvchi: O`quvchilarda o`zlashtirish va va ma`lumotlarni ekranga chiqarish operatorlarini qo`llash ko`nikmalarni rivojlantirish.
DTS: O‘zlashtirish va ma’lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari haqida ma’lumotga ega bo`lish.
Darsning borishi
I. Tashkiliy davr: o’quvchilar bilan salomlashish. Davomatni aniqlash.
II. Takrorlash

  1. Qanday funksiyalar standart funksiya deyiladi?

  2. Standart funksiyalarning odatdagi va Paskalda yozilishining qanday farqi bor?

  3. Algebraik ifodalar nimalardan tashkil topadi?

  4. Biror ifodada bir xil amallar qatnashsa, ularning bajarilish tartibi qanday bo‘ladi?

  5. Amallarni bajarish tartibini o‘zgartirish uchun nimalardan foydalaniladi?

III. Yangi mavzuni o`rganish
Paskal dasturlash tili, odatda, tavsiflangan o’zgaruvchilar uchun xotiradan joy ajratib, turiga mos boshlang’ich qiymatlarni yozib qo’yadi:

O’zgaruvchi turi

Boshlang’ich qiymat

O’zgaruvchi turi

Boshlang’ich qiymat

barcha butun sonli

0

barcha haqiqiy sonli

0.0000000000e+00

char

‘ ‘ (probel)

boolean

FALSE

string

‘‘ (bo’sh satr)

string[7]

‘‘ (bo’sh satr)

O‘zlashtirish operatori. O‘zlashtirish operatori o‘zgaruvchilarga qiymat berish uchun ishlatiladi. U := belgi orqali ifodalanadi. O‘zlashtirish operatorning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
:= <algebraik ifoda>;
Bu operator bajarilganda quyidagicha ishlar bajariladi:
1) algebraik ifoda qiymati hisoblanadi;
2) algebraik ifodaning qiymati o‘zgaruvchiga o’zlashtiriladi, ya’ni xotiraning o‘zgaruvchi uchun ajratilgan qismiga (o‘zgaruvchining “eski” qiymati o’chib ketadi) ifodaning qiymati yoziladi.

1–misol. Quyidagi dastur bajarilishi natijasida a nomli o‘zgaruvchining qiymati 22 soniga teng bo‘ladi.
var a: integer;
begin
a := 22;
end.




2–misol. Quyidagi dastur bajarilishi natijasida meva nomli satrli o‘zgaruvchining qiymati “olma” so‘ziga teng bo‘ladi.
var
meva : string;
begin
meva := ‘olma‘;
end.

3–misol. Bu misolda a va b o’zgaruvchilarning qiymati qanday o’zgarishi yaqqol ko’rinadi.
var a,b,m: integer;
begin
a := 8; {a ning qiymati 8 ga teng bo‘ldi}
b := a*5; {b ning qiymati a*5=8*5= 40 ga teng bo‘ldi}
b := b+10; {endi b ning qiymati b+10= 40+10= 50 ga teng bo‘ladi}
m:=m*b; {m ning boshlang’ich qiymati berilmagani uchun 0 deb olinadi, demak, m ning qiymati 0*50=0 ga teng bo‘ladi}
end.
Yuqoridagi misollarda o‘zgaruvchilar turli qiymatlarni o’zlashtirdi. Ammo biz ularning natijasini ko‘rmadik. Chunki ular kompyuter xotirasida qolib, ekranga chiqarilmaydi. Ma’limotlarni kompyuter ekraniga chiqarish uchun chiqarish operatoridan foydalaniladi. Paskalda chiqarish operatori quyidagi ikki xil ko‘rinishga ega:



Write(chiqarish ro‘yxati)

va

WriteLn(chiqarish ro‘yxati)

bu yerda Write (ing. – yozmoq) va Writeln Paskalning xizmatchi so‘zlari; chiqarish ro‘yxati – o‘zaro vergul bilan ajratilgan va ekranga chiqarilishi kerak bo‘lgan ifoda, o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmaslar ketma-ketligi. Chiqarish ro‘yxatida ifoda qatnashsa, avval ifoda hisoblanib, hosil bo‘lgan natija ekranga chiqariladi. Chiqarish ro‘yxatidagi o‘zgarmaslar belgili yoki satrli bo‘lsa, albatta apostrof ichiga olinishi shart.


Write va Writeln operatorlarining farqi shundaki, Write operatori yordamida ma’lumotlar ekranga chiqarilgach yurgich ekranning shu satrida qoladi va ekranga chiqariladigan keyingi ma’lumotlar shu satrga yurgich turgan joydan boshlab chiqariladi. Writeln operatorida esa ma’lumotlar ekranga chiqarilgach yurgich keyingi satr boshiga o‘tadi.


Yüklə 53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə