Shamsiyev Ibrohim st-92



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə1/6
tarix11.12.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#144152
  1   2   3   4   5   6
Ibrohim audit oraliq

Shamsiyev Ibrohim ST-92

Ishlab chiqarish jarayoni auditi

Reja

  • 1.Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni
  • 2.Ishlab chiqarish auditining maqsad va vazifalari
  • 3.Tannarx auditi maqsadi vazifalari
  • 4. Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari auditini o’tkazishni rejalashtirish

Ishlab chiqarish jarayoni - bu kishilarni o’zlarining iste’moli uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko’rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir. Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir yoki boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi bor narsalarning ko’rinishini o’zining iste’moli uchun muvofiq holga keltirish uchun qilingan mehnat faoliyatidan iboratdir.. Ishlab chiqarish jarayonida haqiqatda qo’llaniluvchi barcha resurslar ishlab chiqarish omillari deyiladi. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar uchta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo’lishi shart. Eng avvalo, ishlab chiqarishni moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga ajratish lozim. O’z navbatida moddiy ishlab chiqarish sohasi moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish (masalan, avtomobil, oziqovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar va h.k.) va moddiy xizmatlar ko’rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va boshqalar)dan iborat bo’ladi. Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi ham nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarish (masalan, musiqa asarlari, badiiy va ilmiy asarlar, ixtiro va kashfiyotlar) va nomoddiy xizmatlar ko’rsatish (huquqiy maslahatlar berish, o’qitish, malaka oshirish va boshqalar)ga ajraladi


Ishlab chiqarish omillarining turkumlanishi
Ishchi kuchi
Tadbirkorlik qobiliyati
Yer va kapital

Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxini hisoblashni auditorlik tekshiruvidan otkazishdan maqsad: - sodir bolgan xojalik muomalalarini hisobga olib, tannarxning togri shaklllanishini Ozbekiston Respublikasi me‘yoriy hujjatlari talablariga muvofiqligini aniqlagan holda, ishlab chiqarish xarajatlarining yuzaga chiqishi va javobgarlik markazlari boyicha hisobga olish va soliq tolanadigan bazaning aniq hisob-kitobini yuritish va bu orqali ishlab chiqarish xarajatlari hamda korxona sarflarini boshqarishni tashkil etishdan iborat Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxini hisoblashni auditorlik tekshiruvidan otkazishda quyidagi vazifalar mavjud: -ishlab chiqarish xarajatlarini organish va ularning holatiga baho berish; -mahsulot tannarxini pasaytirish boyicha belgilangan rejaning bajarilishi va dinamikasini nazorat qilish; -ishlab chiqarish xarajatlarining iqtisodiy elementi va kalkulyatsion moddalari boyicha organish va ularga baho berish; -tannarxning ozgarish sabablarini aniqlash va unga ta‘sir etuvchi omillarni miqdor jihatidan hisoblash; -ayrim turdagi mahsulot tannarxini xarajat moddalari boyicha tahlil etish; 310 -tannarxni pasaytirish boyicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash va boshqalar. Korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlari hisobini tartibga soluvchi asosiy hujjat- Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot(ish,xizmat)larni ishlab chiqarish va realizatsiya xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi togrisidagi Nizom» bolib hisoblanadi.


Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə