Sharq filologiya fakulteti umumiy tilshunoslik kafedrasi



Yüklə 233,54 Kb.
səhifə1/13
tarix02.07.2022
ölçüsü233,54 Kb.
#90301
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
metod kurs (3)


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI


OʻZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI


SHARQ FILOLOGIYA FAKULTETI
UMUMIY TILSHUNOSLIK KAFEDRASI

SHARQ TILLARINI O‘QITISH METODIKASI” FANIDAN



KURS ISHI
MAVZU: Xitoy tilini xalqaro o‘qitilishi
Bajaruvchi:19-02 guruh talabasi
Haqnazarov Umarbek
Ilmiy rahbar: o'qituvchi Shasaidova L
TOSHKENT-2022


REJA:
I. Kirish.....................................................................................................................3
II. Asosiy qism..........................................................................................................6
2.1. Xitoy tilini chet-tili sifatida Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘qitilishi...................................................................................................................
2.2. Britaniyadagi xitoy diasporasi orasidagi xitoy tili o‘qitilishidagi kuzatilayotgan o‘zgarishlar...................................................................................................................
2.3. Xitoy tilining Uyg ‘ur avtonom rayonida ikkinchi til sifatida o‘qitilishi....
2.4. Dars tahlili.............................................................................................................
III. Xulosa...............................................................................................................28
IV. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati...............................................................30

KIRISH
Xitoy tili Xitoy Xalq Respublikasining umumxalq tilidir. Xitoy tili 5 ming yildan ortiq tarixga ega bo‘lib, dunyodagi eng qadimiy tillardan biri hisoblanadi. Xitoy tili xitoy-tibet tillar oilasiga mansubdir. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining ishchi tillaridazn biridir. Xitoy ko‘p millatli davlat bo‘lib, uning hududida jami 56 ta millat istiqomat qilishadi, bu 56 millat esa 80dan ortiq tillarda gaplashishadi. Bu til Xitoy aholisining asosiy qismini tashkil qiluvchi xan millatining (ular XXR aholisining 94%ni tashkil qiladi) ona tilisi hisoblanadi, shu sababdan ham 汉语 ya’ni “xan tili”, deb nomlanadi, biroq biz bu tilni o‘z tilimizda xitoy tili deb ataymiz. Shu bilan birga dunyoning turli hududlarida yashovchi xitoylik muhojirlar (Janubiy-Sharqiy Osiyo, Yevropa va Amerika) bir birlari bilan xitoy tilida so’zlashadilar. Hozirgi kunda dunyoning 1 milliarddan oshiq aholisi xitoy tilida o‘z ona tilisi sifatida so’zlashadilar. Xitoy tili 7 ta sheva regioni mavjud. Shimoliy sheva regioni davlat hududining 3/4 qismini egallaydi vaumumiy olib qaralganda, aholining 2/3 qismini tashkil etadi. Hozirda bizlarning o’quv qo’llanmalarimiz ham putunhua da yozilgan va bu adabiy xitoy tili deb ataladi. Adabiy talaffuzda putunhuaning normalari Pekin o’g’zaki nutqiga to’g’ri keladi. Ma’lumki, Xitoy hududi hamda aholisi jihatidan ulkan mamlakatdir. U yerda yashovchi millatlarning soni esa qadimdan juda ko’p bo’lgan. Xitoyda millat va elatlarning ko’pligi, ko’p shevalikka olib kelgan. Zero ko’p shevalik esa, o’zaro aloqa qilishda anchayin qiyinchiliklarga sabab bo’lgan. Shuning uchun azaldan Xitoyda adabiy nutq, ya’ni umumtushunarli nutqga ehtiyoj paydo bo’lganva adabiy nutq shakllangan. hozirgi kunda qo’llaniladigan adabiy tilning og’zaki nutqi bu putonghuadir. Putonghuaning fonetik strukturasi o’ziga xos bo’lib, undagi tovushlarni berish uchun lotin grafikasiga asoslangan alifbo asos qilib olingan. Bu pinyin zimu deb nomlangan. Bu pinyin zimu 1958 – yilda qabul qilingan. Xitoy tili fonetikasining tarkibiga拼音字母pinyin zimu, 声母shengmu ( undosh tovush ), 韵母yunmu ( unli tovush ), 声调shengdiao ( ohang ) 音节yinjie ( bo’g’in ) va qo’shib yozish qoidalari kiradi. 普通话Putonghua talaffuzini berishda ularning xizmatlari katta. Xitoylar o’zlarini han deb ataydilar, ularning soni hozirgi kunga kelib taxminan 1 milliard 300 million1 atrofidadir. Bu millatning tili xitoy-tibet tillar oilasiga mansub bo’lib, ko’p sheva xususiyatlariga ega.2 Mazkur shevalar uzoq tarixiy davrda bir-biri bilan munosabatda bo’lar ekan, ular o’zaro bir-birlariga ta’sir ko’rsatib, yozma va talaffuz tomondan normaga solingan, hamma tushunadigan tilni shakllantirgan. Buni tarixda umummilliy til deb ham atashadi, ya’ni xitoycha “minzu gongtongyu” ( “民族共同语” )3 atamasi shu ma’noni anglatgan. Minzu gongtongyu qayta ishlangan va me’yorga solingan adabiy nutq demakdir. Xitoy adabiy tilining og’zaki shakli xitoy til tarixida 5 ta atama bilan ifodalangan bo’lsada, ularning hammasi me’yorga solingan, ya’ni hamma tushunadigan talaffuzda, adabiy tilning yozma shaklining nutqini ifoda qilgan. Putonghua Xitoyning adabiy tilining og’zaki nutqi bo’lib4, uning kelib chiqish tarixiga nazar tashlansa, Xitoy manbalarida “Putonghua atamasi 清Qing sulolasi hukmronligi davrida ham mavjud bo’lgan” degan fikrlar e’tirof etiladi. Aniq qilib aytadigan bo’lsak, “putonghua” – ushbu atama 清Qing sulolasi hukmronligining so’nggi davrlarida, ba’zi tilshunoslar tomonidan qo’llanilgan. 1949- yil Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topishi munosabati bilan adabiy nutq haqidagi baxs-munozaralar o’zini yangi davriga qadam qo’ydi. 1955-yildagi yozuv islohoti bo’yicha umumxitoy konfirensiyasida “guoyu” ( davlat tili ) nomi “putonghua” ( sodda, umumtushunarli nutq ) ga rasmiy ravishda o’zgartirildi. Putonghuani rasmiy nutq sifatida umumdavlat miqyosida tarqatilishi 1955-1956-yillardan boshlandi. 1956-yil 10-fevralda putonghuani tarqatish bo’yicha markaziy muvofiqlashtiruvchi qo’mita tashkil qilindi. Xitoy Xalq Respublikasi hukumotining adabiy tilning og’zaki nutqidagi strategiyasi Zhou En Laining5 lingnvistlar va maorif arboblari bilan birgalikda o’tkazilagan yig’ilishida belgilangan va bu yig’ilish 1958-yil 10-yanvarda bo’lib o’tgan. O’sha vaqtda ya’ni 1958-yilda putonghuani tarqatilishining asosiy maqsadi bo’lib, 600 millionlik mamlakat aholisining barcha shevalarini birlashtirish edi. Putonghuani tarqatilish uslublaridan biri sifatida, Zhou En Lai boshlang’ich va o’rta maktablarning o’qituvchilarini shu nutqgaa o’qitishishi, radioda leksiyalar olib borilishi va kino filmlar olinishini takidlagan. 2001-yili va Xitoy mustaqil davlat bo’lgandan buyon putonghuani butun Xitoy bo’ylab keng tarqatish bo’yicha ko’plab qaror qabul qilingan. Putonghuani tarqatishning muhim aspekti, putonghuani me’yorlashtirish, uning orfoepik, leksik, grammatik me’yorlarini ishlab chiqish zaruriyati. Ushbu yo’nalishda ko’plab ishlar amalga oshirildi, biroq bu muammo hali hanuz o’z yechimini topgani yo’q. Putonghuani tarqatish bo’yicha xarakat dastlab paydo bo’lgandayoq boshlangan Xitoy ieroglifik yozuv islohoti bilan bevosita bog’liq. Butun mamlakat bo’ylab birlashgan adabiy nutqni shakllantirish va tarqatish masalasi yozuv islohoti uchun adabiy nutqni talaffuzini yozib olish vositasi va uni o’rganish asosi sifatida fonetik alifboni yaratish zaruriyatini vujudga keltirdi. Xitoy tilining bir adabiy normada birlashishi va pinyin tizimining kiritilishi uning kelajakda nafaqat Xitoy Xalq Respublikasida o’qitilishiga ijobiy ta’sir qildi balki dunyo miqyosida ham o’z o’rnini topishiga ijobiy hodisa bo’lib xizmat qildi.

Yüklə 233,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə