Shaxs rivojlanishining psixologik xususiyatlari Sevara Anvar qizi Shonazarova Urganch davlat universiteti Annotatsiya



Yüklə 205,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix13.05.2023
ölçüsü205,08 Kb.
#110010
  1   2
3537-Article Text-6990-1-10-20220528



Shaxs rivojlanishining psixologik xususiyatlari 
 
Sevara Anvar qizi Shonazarova 
Urganch davlat universiteti 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada shaxsning rivojlanishi va rivojlanish, kamolot 
yetuklik kabi tushunchalarga ta’rif berilgan. Shuningdek, rivojlanish jarayonining 
psixologiya va pedagogika uchun zarur bo‘lgan xususiyatlari ajratib ko‘rsatilgan. 
Bolaning individual rivojlanishi va yosh xususiyatlariga bog’liq o’zgarishlari 
keltirilgan. 
Kalit so’zlar:
Individ, 
shaxs, 
individuallik, 
rivojlanish, 
xulq-atvor, 
dunyoqarash, psixika, kamolot, yetuklik, yetilish, o’sish, ontogenez, intellekt, 
ijtimoiylashuv. 
Psychological features of personality development 
Sevara Anvar kizi Shonazarova 
Urgench State University 
Abstract:
This article describes concepts such as personality development and 
maturity, maturity. It also highlights the features of the development process that are 
necessary for psychology and pedagogy. Changes in the child's individual 
development and age. 
Keywords:
Individual, personality, individuality, development, behavior, 
worldview, psyche, maturity, maturity, maturity, growth, ontogeny, intellect, 
socialization. 
 
Asosiy qism 
Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha. Individ, shaxs, individuallik. SHaxs 
tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, psixologik 
jihatdan taraqqiy etgan,
shaxsiy 
xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-
atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. 
Odam shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit inson sifatida his 
etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak.
 
“Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ (lotincha 
“individium” so’zidan olingan bo’lib, «bo’linmas», «alohida shaxs», «yagona» 
ma’nolarini anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta 
oluvchi biologik mavjudotdir. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1144


Individuallik esa shaxsning o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, uning namoyon 
bo’lishi tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini puxta o’rganish, uning 
yashash sharoitlaridan yetarli darajada xabardor bo’lish va ularning hisobga olinishini 
taqozo etadi. 
Individual yondashuv o’quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo’lgan 
qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega. 
Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida 
shakllana boradi. 
Rivojlanish - bu bir holatdan boshqa murakkabrog‘iga o‘tish, eski holatdan 
yangi sifat bosqichiga o‘tish, oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga o‘tish 
jarayonidir.
Psixikaning rivojlanishi - psixik jarayonlarning miqdor, sifat va tuzilishi 
bo'yicha qayta o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladigan vaqt bo‘yicha qonuniy 
o‘zgarishidir. O‘sish - rivojlanish jarayonining miqdor jihati. Rivojlanishning 
o‘sishdan asosiy farqi quyidagicha: o‘sish miqdor o ‘zgarishlariga, rivojlanish esa 
yangi tuzilmalar, mexanizmlar, jarayonlar, strukturalarning paydo bo‘lishida 
namoyon bo‘ladigan sifat o‘zgarishlariga taalluqlidir. 
Rivojlanish va yetilish tushunchalarini ham bir-biridan farqlash zarur. Bir qator 
yosh psixologiyasidagi xorijiy nazariyalar uchun yetilish - rivojlanishning muhim 
omili, u yoki bu yutuqlarning sababidir. Zamonaviy rus rivojlanish psixologiyasida 
yetilish markaziy nerv sistemasi va boshqa organizm sistemasida ketma-ket yosh 
o‘zgarishlarining psixofiziologik jarayoni, psixik funksiyalarning vujudga kelishi va 
amalga oshishi uchun sharoitning ta’minlanishi sifatida qaraladi.
Kamolot, yetuklik tushunchalari bilan yosh davrlari psixologiyasining aso-siy 
tamoyillaridan biri - geteroxron rivojlanishga bog‘liq. U inson shart-sharoit, ijtimoiy 
muhit, individual xususiyatlar ta’sirida turli yosh davrlarida yetuklikka erishishni 
tavsiflaydi. Bu esa turli yosh davrlari o‘zining betakror psixofiziologik tuzilishidan 
darak beradi va shu yosh davrini psixologik imkoniyatlari potensialini belgilaydi. 
Rivojlanish jarayonining psixologiya va pedagogika uchun zarur bo‘lgan 
xususiyatlari ajratib ko‘rsatilgan. U lar quyidagilar: 
- sifat jihatdan o‘zgarish va yanada mukammalroq bosqichga ko‘tarilish; 
- rivojlanishni qaytara olmaslik (rivojlanish ro‘y bergandan so‘ng, avval mavjud 
bo‘lgan narsa-hodisalarni to‘laligicha ortga qaytarishning iloji yo‘qligi); 
- progress va regress elementlarining umumlashmasi (bir sohadagi progressiv 
rivojlanish, boshqa bir sohadagi regress yuz berishi mumkinligini bildiradi); 
- notekis rivojlanish (sifat o‘zgarishlarining tezkor o‘zgarishi, miqdor o‘zgarishi 
bilan almashadi); 
- zigzagsimon rivojlanish (yangilanishlarning paydo bo‘lganida, natijalar oldingi 
holatlarga qaraganda, sifat jihatdan yaxshi natija bermasligi. Masalan, bola 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1145


emaklashdan tik turib yurishga o‘tgan davrda, sekin harakatlanadi va jarohatlar olishi 
mumkinligi ham kuzatiladi); 
- rivojlanish darajalaridan bosqichlariga o‘tish (yangilanishlar paydo bo‘lganda, 
avval o‘zlashtirilgan ko‘nikmalar yo‘qolib ketmaydi, balki yangilanishlar uchun asos 
sifatida saqlab qolinadi); 
- barqarorlik ko‘rsatkichi. 
Psixologik rivojlanishning asosiy uch turi mavjud: filogenetik, ontogenetik va 
funksional. 
Filogenez psixikasi - insoniyat tarixida insonning psixik shakllanishi va biologik 
evolutsiyasi. 
Ontogenez psixikasi - individning butun umri davomida psixologik tuzilishining 
shakllanishi. 
Funksional rivojlanish psixikasi - psixologik funksiyalar, yangilanishlar, yangi 
intellektual, perseptiv, mnemik, aqliy funksiyalarning paydo bo‘lishi. Bu ontogenetik 
taraqqiyotning bir qismi hisoblanadi. 
Psixik rivojlanishning yuqoridagilardan tashqari me’yoriy va individual 
rivojlanish shakllari ham mavjud. Me’yoriy rivojlanish shu yosh davridagi insonlarga 
xos bo‘lgan o‘zgarishlarni tavsiflaydi. Aksariyat hollarda me’yor borasida, psixologik 
va shaxs rivojlanishining yuqori darajasi deb qaraladi. Individual rivojlanish 
shaxsning alohida xususiyatlarining vujudga kelishini anglatadi.
Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari. Muayyan bir yosh davriga xos 
bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari 
deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi 
tashkil etiladi. SHunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo’ladi. 
Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun 
bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga 
olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham, psixik 
taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan 
Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash 
zarurligini uqtirib o’tganlar. 
Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil 
yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin. 
Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, 
hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki g’ayratsizligi, 
yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig’inchoqligi yoki ishga 
tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo’lib, 
o’qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur. 
Bolaning individual - o’ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning 
umumiy tiplari va bolaning o’ziga xos xususiyatini o’rganish metodikasini bilish 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1146


muhim. Temperament (lot. «temperamentum» «qismlarning bir-biriga munosabati» 
ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir. 
Shuningdek, turli yosh davrlarining o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham 
mavjud. Masalan, 5-sinf o’quvchilari bilan 10-sinf o’quvchisini tenglashtirib 
bo’lmaydi. Shuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga 
bo’linadi: 
Go’daklik davri - chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo’lgan 
davr. 
Bog’chagacha bo’lgan yosh davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha. 
Maktabgacha ta’lim yoshi - 3 yoshdan 7 yoshgacha. 
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar -7-11-12 yoshgacha. 
O’rta maktab yoshidagi o’quvchilar (o’smirlar) 14-15 yosh. 
Katta yoshdagi maktab o’quvchilari (o’spirinlar) - 16-18 yosh. 
Kichik maktab yoshida o’yin faoliyatining o’rnini endi o’qish faoliyati 
egallaydi. Bu juda qiyin o’tish davri bo’lib, bolaning bo’yi, og’irligi jihatdan uning 
tashqi ko’rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. 
Muskullari tez o’sishi tufayli serharakat bo’ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi. 
Jismoniy o’sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. 
Bu yoshda bola bilim olish va o’rganishga qiziquvchan bo’ladi. 
Bolalar qiziqishini qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr va tomosha va 
ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur yosh davri o’quvchilariga emotsionallik 
xos, ularning fikrlashi obrazli bo’ladi, his-tuyg’ulari mazmuni o’zgaradi. Ular 
odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar. 
O’rta maktab yoshi (o’smirlik 12-15 yosh). O’smirlikning murakkabligi 
anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o’zgarishlar bilan bog’liqdir. 
Bolaning o’sishi tezlashadi. Bu davrni o’tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy 
yetilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe’l-atvoriga ta’sir etadi. O’smir hayotida 
mehnat, o’yin, sport va jamoat ishlari katta rol o’ynaydi. Ba’zilarining o’zlashtirishi 
pasayadi, intizomi bo’shashadi. 
Hozirgi davr o’smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko’zga tashlanadi: 
Intellektual rivojlanish - tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori 
saviyada tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to’garaklar, 
studiya, sektsiya, turli tadbirlar o’tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob 
o’qishga qiziqishi ortadi. 
O’z-o’zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o’zini boshqalar bilan 
solishtira boshlaydi. 
Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda o’smir xarakterida murakkab qarama-
qarshiliklar ham mavjud bo’ladi. Bu o’smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar - yosh 
xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1147


Lekin o’smirlarnig hammasida ham bilishga qiziqish darajasi yuqori emas. 38 
foiz o’smir hech qaysi o’quv fanlarini o’qishga qiziqmaydi. Boshqalarining uchta 
yoki ikkita o’quv fani, aksariyat holatlarda esa bitta o’quv faniga qiziqishi 
aniqlangan. Kichik yoshdagi o’smirlar qiziqishi o’qituviga bog’liq. Lekin ularning 
qiziqishlari, shuningdek, kitob o’qishlari ham barqaror emas. 
Turli to’garaklarga 21 foiz o’smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan 
shug’ullanadi. 40 foiz o’quvchida sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham 
barqarorlik yo’q. 
Eng muhim qiziqish - teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 88 foiz 
o’smir tomosha qiladi. 
Ular oddiy kunni o’z ixtiyorlari bilan qanday o’tkazadilar, degan savolga javob 
topish uchun o’tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd etdi: 85 foiz o’smir 
vaqtini o’z holicha o’tkazadi, 70 foizi kino yoki televizor ko’radi, 50 foizi sport bilan 
shug’ullanadi, 45 foizi uxlab yoki yotib dam oladi. SHuningdek, yomon baho 
olmaslik uchun maktabga bordigan o’smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi. 
O’smirlarda biror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi. Ular tomonidan 
ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga ta’sir etadi. SHuning 
uchun maktab hayoti “qiyin” vazifalarga to’liq bo’ladi. 
Bu yoshda o’smirlar kattalar oldida o’zining erkinligini namoyish etishga 
harakat qiladi. O’z-o’zini tarbiyalashga bo’lgan talab o’sadi. “Dangasa”, “qo’pol”, 
“bee’tibor”, “qobiliyatsiz” degan kattalarning baholarini ular og’rinib qabul qiladilar. 
O’smir yoshida o’g’il va qiz bolalar o’rtasida farq kuchayadi. VII sinfdan 
intellektual malakalar pasayadi. SHuning uchun bu davrda bolalar rivojlanishiga katta 
e’tibor berish lozim. 
O’z-o’zini tarbiyalash natijasida o’g’il bolalar kuchli, erkin, e’tiborli, jasur; 
qizlar esa - o’ta ko’nikuvchan, kamtar va jiddiy bo’la boshlaydilar. 
Shuning uchun o’smirga o’z vaqtini rejalashtirishda yordam berish zarur. 13-14 
yoshgacha o’smirda burch hissi, mas’uliyatni his etish, vazminlik paydo bo’la 
boshlaydi. Muhimi, o’smir shaxsini hurmat hilish, kamsitmaslik, katta bo’lib 
qolganligini tan olish zarur. 
Katta maktab yoshi - kollej, litsey o’quvchilari (o’spirinlik davri 15-18 yosh). 
Bu davr o’spirinlarning ilk balog’atga yetgan davridir. Mazkur davrda jinsiy yetilish 
tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O’spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai 
nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi. 
his-tuyg’ularida ham o’zgarish yuz beradi. O’z-o’zlarini tarbiyalashga kirishadilar. 
Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda ular o’rtasida munozaralar 
o’tkazish yaxshi natija beradi. O’spirinlar o’z guruhiga intiladi. SHuning uchun ham 
o’spirinning barcha intilishlari ma’lum maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi zarur. Ularda 
o’quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1148


O’spirinlik bu ahliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o’z 
fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta 
boshlaydilar. Shunda o’qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g’o’r fikrlari va 
dunyoqarashlarini to’g’ri yo’naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o’z-o’zini anglash, 
ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi. 
Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o’zini tutishi, odamlar bilan 
tez muloqotga kirishishi ham turtki bo’ladi. O’zini kattalardek his etish, o’ziga 
xosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o’ziga qaratishga harakat qiladi. 
Axloqiy muammolarni o’z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot 
mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o’z qiziqishlari bilan o’lchaydilar. SHu bois 
ularga katta yoshlilarning beg’araz, to’g’ri yo’nalish berishlari o’ta muhim. 
Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning 
jamoadagi mavqei, jamoa shaxslari bilan muomala-muloqoti muhimdir. 
Albatta, bu borada ta’lim muassasasida faoliyat ko’rsatayotgan yoshlar ijtimoiy 
harakati ta’siri katta ahamiyatga ega. Chunki o’spirin-yoshlar mustahil hayot 
ostonasida bo’lib, ularning bu hayotga to’g’ri qadam qo’yishi uning jamiyatning faol 
fuqarosi bo’lishining muhim shartidir. 
Shaxsning ijtimoyilashuvi. SHaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. 
Chunki ta’lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog’liq bo’lgan 
holat va hodisalar o’rgatiladi. Bu jarayonda o’quvchi jamiyatga «kirishadi» va u bilan 
o’zaro munosabatda bo’ladi. Ular ma’lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy 
qoida, ko’rsatma) orttiradilar, ya’ni, ijtimoiylashadilar. 
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Chunki har qanday 
jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallr, axloqiy 
me’yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul 
qilib, o’rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a’zosi bo’lish imkoniyatiga ega 
bo’ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta’sir 
etadi. Bu ta’sir ta’lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning 
shakllanishiga turli g’oyalar, ijtimoiy muhit ta’sir ko’rsatadi. 
Xulosa: 
Shaxs 
rivojlanishida 
uning 
psixologik 
xususiyatlariga 
va 
rivojlanayotgan sharoitiga alohida e’tibor qaratish lozim. Ma’lumki, muayyan 
yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilmay turib, ularga maqsadga 
muvofiq ravishda ta’lim va tarbiya berib bo‘lmaydi. Bolaning har bir yoshi o‘z 
qiyinchiliklariga ega bo‘ladi va o‘ziga nisbatan maxsus munosabatda bo‘lishni talab 
qiladi.Ta’lim va tarbiya jarayonida individual munosabatda bo‘lishning sharti 
o‘quvchining psixologik xususiyatlarini har tomonlama va chuqur bilishdan iborat. 
Bu esa o‘quvchining psixik dunyosidan yaxshi xabardor bolishni, psixologik jihatdan 
kuzatishni to‘g‘ri tashkil qila olishni va tabiiy eksperiment uyushtirishni bilishni 
taqozo qiladi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1149



Yüklə 205,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə