Shaxs va shaxsning patologiyasi



Yüklə 20,33 Kb.
tarix21.03.2018
ölçüsü20,33 Kb.
#32854


AIM.UZ



SHAXS VA SHAXSNING PATOLOGIYASI


Reja:

  1. Tibbiyot psixologiyasida shaxs tushunchasi

  2. Ong va uni buzilishlari.

  3. Xarakter patologiyasi.

  4. Shaxs psixogigiyena va psixoprofilaktika.

Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar.

- shaxs – muayan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror bir turi bilan shug'ullanadigan ongli individ

- ongli faoliyat – oliy psixik funksiyalardan biri

- obnubilyasiya – (lotincha «nubes» ma'nosi bulut) ongning yengil darajasida buzilishi

- Somnolensiya (lotincha uyquchanlik) mudroqqa o'xshash uyquchanlik holati

- koma – es-hushning batamom yo'qolib qolishi



Shaxsni o'rganish nima uchun kerak?

Shaxs muammolari bilan psixologlar sotsiologlar, iqtisodchilar, pedagoglar, xuquqshunoslar, shifokorlar va talaygina boshqa mutaxassislar shug'ullanadilar.

Shaxsni ijtimoiy tahlil qilganda, «Odam» va «Shaxs» tushunchalarini farq qilinadi. Odam tushunchasi tabiiy, ijtimoiy tushuncha, shaxs tushunchasi, esa ijtimoiy tuguncha xisoblanadi. Shaxs jamiyat taraqqiyotining maxsulidir. U ajralgan holda emas, balki ijtimoiy hayotning tarkibiy qismidir. Shaxsning ongi o'z qobiliyati haqida tushunchasi, xususiyatlari va jamiyatdagi mavqei uning ixtiyoriga bog'liq bo'lmay, balki odamning jamiyatdagi mavjud munosabatlariga bog'liq bo'ladi.

Nima uchun odamlar ruhiy kasal bo'ladilar?

Ongli faoliyat oliy psixik fuksiyalardan biridir.

Ongni evolyutsion - fiziologik aspektda bosh miya va butun organizmning murakkab integral yuqori faoliyatini ta'minlochi markaziy nerv sitemasining xolati deb ta'riflash to'g'ri bo'lar edi.

Yuqori darajada uyushgan xayvonlarda bu psixik faoliyatdir. Psixoijtimoiy aspektda ongli faoliyat psixik faoliyatdan ajralmasdir.

Ong hamisha nima haqidadir bilim berishdan iborat, u faoliyat Bilan bevosita bog'liqdir.Har - hil ruxiy kasalliklarda ong, es xush buzilishi mumkin. Ruxiy kasalliklardan tashqari es-xush aynishiga sabab bo'ladigan ta'surotlar bor kalla va miyaning shikastlanishi, intoksikasiyalar, kuchli ruxiy jarayonlar kuchli istma bilan o'tadigan yuqumli kasalliklar (tepkili terlama, bezgak, zotiljam va boshqalar).

Es-xushning aynishi bir necha sekunddan tortib bir necha oyga cho'zilishi mumkin. (Esning kirarli-chiqarli bo'lib turishi, ambulator avtomatizm, isterik letorgiya va boshqalar).

Es-xush aynishining ongning yo'qolishi, buzilishi, to'xtashi tipidagi xillari quyidagilar: obnubilyatsiya (lotincha nubes ma'nosi bulut) ongning eng yengil darajada buzilishi, ong bir necha daqiqa xiralashib tuman bosgandek bo'lib qoladi tevarak atrofdagi vaziyatni bilish, tanish buzilmaydi, obnubilyasiyadan keyin amneziya bo'lmaydi.

Somnolentsiya.(lat. Uyquchanlik) mudroqqa o'xshash uyquchanlik xolati bo'lib, ancha uzoq davom etadi. Tevarak atrofni taniydi, amneziya bo'lmaydi.

Karaxtlik, es xushning ancha chuqurroq aynishi.3 ta darajasi farqlanadi.

A) yengil

B) o'rta

B) qattiq

A) yengil-kasal uyquchan sekin, kam gapiradi, charchoq uyqusi kelayotganidan noliydi.

B) o'rta uyquchanlik ancha kuchayadi, kasal o'z xolicha gapirmaydi savollarga ancha kechikib bo’lsa ham javob beradi.

B) qattiq-kasal uxlab yotadi qattiq chaqirish silkitish bilan arang chaqirsa bo'ladi, savollarga kechikib bir hilda javob beradi.

Sopor - kasal qattiq og'riq ta'sirotlaridan boshqa hech qanday ta’sirotlarga (so'z, issiqlik va boshqalar) javob bermaydi igna sanchishga qo'l, oyoq reflektor yo'l bilan javob beradi.

Koma es xushning botamom yo'qolib qolishi. Ongning sifat o'zgarishlariga quyidagilarni kiritish mumkin.

Deliriy - joy, vaqt, vaziyatni ajratish qobliyati buzilib, o'z shaxsini tanish saqlanib qoladi. Odam serxarakat, vahimaga soladigan qo'rquv eshituv gallyusinatsiyalari yopirib keladi.



Amentsiya bu xolat og'ir va uzoq vaqt davom etadigan kasalliklarda (infeksiya septikotimiya va x.z) ko'zga tashlanadi Atrof vaqt va o'z-o'zini bilmay qoladi nutqi uzuq yuluq. Be'morlik holati uzoq davom etishi mumkin. Xolat o'tgandan keyin amensiya xolatidagi kechinmalardagi xotiralar saqlanib qolmaydi.

Oneyrond bu xolatda xarakatlar sekinlashadi odam ajoyib-g'aroyib tushlar ko'rgandek shirin hayollar dunyosiga cho'mgandek bo'ladi. Ko'proq infeksiyalar, shizofreniyada ko'riladi.


?

Odam salomatligini saqlashda xarakterning qanday ahamiyati bor?

Atoqli psixaitorlar S. A. Suxanov va P. B. Gannushkin tibbiyot- xarakteralogiyasiga katta xissa qo'shdilar isterik, psixastenik, epileptik va boshqa xarakterlarning yorqin tasviri Suxanovqa olamiga mansub Gannushkinning ishlari psixopatiyalarga bag'ishlangan edi. Psixopatiyalarni tushunish uchun patologik xarakter tushunchasi asosiy xisoblanadi. Patologik xarakter deganda ayrim xossalari odamning boshqa kishilar bilan o'zaro munosabatini buzishga olib bora oladigan va uning normal faoliyatiga to'sqinlik qiladigan xarakter tushuniladi. Xarakterning patologik o'zgarishlari psixopatiyalarda keskin ifodalangan bo'lsa, nevrozlarda sustroq bo'ladi. Bu o'zgarish nevrozlarda turmushdagi noqulay shart-sharoit ta’siri bilan kelib chiqadi. Nevrotik xarakter xususan isterik va psixastenik xarakter turmush va tarbiya shart-sharoitlariga bog'liq bo'ladi.

Lazurskiyning tabiiy tajribasidan foydalanib sog'lom va kasal bola yoki katta odam shaxsini ta'riflash uchun qimmatli ma'lumot olsa bo'ladi. Xaar bir kishining o'z salomatligiga ma'suliyat bilan jiddiy qarash psixik gigiyena va profilaktika masalalarida muhim rolni o'ynaydi. Kishining o'z salomatligiga ehtiyotlik bilan qarashi ijtimoiy onglilikning ifodasidir chunki odamning salomatligi shaxsiy boyligi bo'libgina qolmay balki ijtimoiy jixatdan ham qimmatlidir.

Mavzu yuzasidan nazorat savollari

1. Shaxs deb nimaga aytiladi?

2. Ong nima?

3. Ong buzilishlarini sanab o'ting?

4. Xarakter patologiyasi deganda nimani tushunasiz?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar.


  1. Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevoriT. - 1997 yil.

  2. Barkamol avlod orzusi T. 2000

  3. Psixologiya Slovar 1990

  4. Umumiy va tibbiy psixologiya T - 2003

  5. Tibbiyot psixologiyasi etikasi va deoitologiyasi asoslari T. 1997


Mavzu yuzasiddan test savollari
1.Ongning buzilishi holatlari qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan?

A) Deliriy, eyforiya, emotsiya

*B) Obnubilyasiya, somnolensiya, sopor

C)amensiya bulimiya, afaziya

D) oneyroid, amneziya, anoreksiya

E) somnolensiya, afaziya, emotsiya


2. Ongning hiralashuvi holatiga quyidagi holatlardan qaysi qatori mos keladi?

A) quloq bitishi, xushdan ketish, koma

B) ambulatoriya avtomatizm, somnolensiya

C)depersonalizasiya, afaziya, agrafiya

*D) deliriy amensiya, Oneyroid

E) bulimiya, sopor, xushdan ketish


3. Quyidagi tiplardan –qaysi qatordagisi xoleriklarga mos keladi?

*A) kuchli, muvozanatlashmagan, xarakatchan

B) kuchli, muvozanatlashgan, xarakatchan

C)kuchli, muvozanatlashgan, inert

D) kuchsiz, muvozanatsiz, sust

E) kuchsiz muvozanatli xarakatchan




  1. «Somnolensiya» qanday ma'noni anglatadi?

A) amentiv holat

B) tushga o'xshash holat

C)es-xushning buzilishi

* D) lotincha «Uyquchanlik» ma'nosi

E) lotincha «bulut» ma'nosi



Aim.uz



Yüklə 20,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə