Shikastlanish. Suyak sinishi. Shok. Yurak o’pka reanimatsiyasi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#147558
  1   2
SHIKASTLANISH. SUYAK SINISHI. SHOK. YURAK - O’PKA REANIMATSIYASI.

SHIKASTLANISH. SUYAK SINISHI. SHOK. YURAK - O’PKA REANIMATSIYASI.


Reja:
1. Antiseptika va aseptika. Shikastlanishlar.
2. Jarohatlanish. Arterial, venoz, kapilyar va parenximatoz qon ketishi
3. Kuyish. Sovuq urish. Elektr tokidan shikastlanish. Suvga cho‘kish.
4. Suyak sinishi
5. Bo‘g‘im chiqishi
6. Shok

Antiseptika - jarohatga tushgan mikroblarga qarshi kurashishdir. Antiseptikaning mexanik, fizik, kimyoviy va biologik usullari bo`ladi:

  • Antiseptika - jarohatga tushgan mikroblarga qarshi kurashishdir. Antiseptikaning mexanik, fizik, kimyoviy va biologik usullari bo`ladi:
  • 1.Mexanik usul - jarohatning atrofi toza suv bilan yuviladi, uning nobud bo`lgan to‘qimalari kesib olib tashlanadi;
  • 2.Kimyoviy usul - jarohat yod, spirt, lyugol, vodorod peroksidi, margansovka, furatsilin, rivanol kabi dezinfeksiyalovchi kimyoviy moddalar bilan yuviladi, ular jarohat atrofiga surtiladi;
  • 3.Fizik usul - ultrabinafsha, kvarts va boshqa nurlar bilan jarohat maydoniga ta’sir qilinadi;
  • 4.Biologik usul - antibiotiklar, antitelasi bor zardoblar jarohatga sepiladi.
  • Aseptika – barcha tibbiy muolajalarda qo‘llaniladigan tibbiy asboblar va buyumlar, ya`ni skalpel, qaychi, shprits, igna, xalat, maska, qo‘lqop, choyshab, bint va boshqa asbob, buyum hamda jihozlarni qo`llashdan avval mikroorganizmlardan zararsizlantirishdir.
  • Aseptika uch usulda amalga oshiriladi:
  • 1.Mexanik usul - qoqish, changini artish, yuvish yordamida zararsizlantirsh;
  • 2.Fizik usul - qaynatish, bug‘lash, ultrabinafsha, kvarts nurlari ta`sirida zararsizlantirsh;
  • 3.Kimyoviy usul – 70-90 darajalik etil spirti, sulema, lizol va boshqa dezinfeksiyalovchi kimyoviy moddalar bilan yuvish, ular ichiga ma`lum vaqtga botirib qo`yish yordamida zararsizlantirsh.
  • Shikastlanish (jarohatlanish). Tashqi zarba ta’sirida odam tanasi to‘qimalarining butunligi va ish faoliyati buzilishidir.

Qon ketishi, qon oqishi - jarohatlangan tomirlardan qon oqishi bilan kechadigan patologik holat. Shikastlanishlar va turli xil kasalliklar oqibatida yuzaga keladi.
Arterial (arteriya tomirlaridan och qizil rangdagi qon otilib chiqadi), venoz (vena tomirlaridan qoramtir qon оqadi), kapillyarlar va parenximatoz aʼzolar (jigar, taloq, buyrak va boshqalar)dan qon ketadi.
Qon ketishi tezligi shikastlangan tomirlarning kattakichikligi va uning devorlari holatiga bogʻliq. Qon birorta aʼzo (meʼda, ichak, miya va boshqalar)ga yoki tashqariga oqadi.
Qon qusish, qon tuflash, qon siyish, plevra va qorin boʻshligʻida qon toʻplanishi, bachadondan qon ketishi va boshqa ham Qon ketishi turlaridan.
Arteriyadan Qon ketishi juda xavfli, bunda qon tomirdan bosim bilan otilib chiqadi. Bolalar va qariyalarda qon yoʻqotish ayniqsa xavfli. Ayollarda qon yoʻqotish erkaklarga nisbatan yengilroq kechadi.
Qon ivishining pasayishi bilan kuzatiladigan baʼzi kasalliklarga (gemofiliya, nur kasalligi) duchor boʻlgan odamlarda qon koʻp ketmasa-da, Qon ketishi jarayoni uzoq davom etishi tufayli xavfli boʻladi. Qon ketishi tashqi (qon teridagi jarohat orqali tashqariga chiqadi) va ichki (qorin, koʻkrak, kalla suyagi boʻshliqlari va boshqalar) boʻlishi mumkin.
Kuyish (tibbiyotda) — yuqori harorat, kimyoviy moddalar (ishqor, kislota, ogʻir metallarning tuzlari va boshqalar), elektr toki va radioaktiv nurlar taʼ-sirida toʻqimalarning shikastlanishi. Shunga koʻra, termik K., kimyoviy moddalar va nurlar taʼsirida K. farq qilinadi. Turmush va ishlab chiqarishda yuqori temperatura taʼsirida K., yaʼni termik K. koʻp uchraydi.
Toʻqimalarning zararlanishiga qarab K. ning 4 darajasi farqlanadi: I dara j a da — teri qizarib, bir oz shi-shadi, 4—5 kundan soʻng tuzala boshlaydi. II darajada — qizargan teri yuzasida tiniq, sargʻish, suyuqlik bilan toʻla pufakchalar paydo boʻladi, ular yorilganda terining yuza qavati ochilib, bezillab turadi. Yaraga infeksiya tush-masa, 10—15 kunda chandiqsiz tuzaladi. III darajada — terining hamma qanati oʻladi (teri usti qorayib keta-di — nekroz). IV darajada — teri va teri osti toʻqimalari (pay, muskullar va hatto suyaklar) kuyib koʻmirga aylanadi. Odatda, kuygan joy juda sekin tuzaladi, koʻpincha oʻsha joyda chu-qur chandiqlar paydo boʻladi. Ayniqsa, kishi yuzidagi chandiqlar husnni bu-zadi. Boʻyin va boʻgʻim atrofidagi chan-diklar (ogʻir turlari) ular harakatini cheklab qoʻyishi mumkin (qarang Kontraktura).
K.ning ogʻir-yengilligi faqat K. darajasiga qarab emas, balki qancha joy kuyganligiga, yaʼni shikastlangan kishining butun gavda yuzasiga qarab (% hisobida) aniqlanadi.
K.da beriladigan birinchi yordam tutayotgan, yongan yoki kimyoviy moddalartoʻkilgan kiyimni yechib yoki qirqib olish, kuygan joyga aseptik bogʻlov qoʻyishdan iborat. I darajali K.da kuygan joyga 79° li spirt, arak,, odekolon, margansovkaning nimrang erit-masi surtiladi. Gavdaning koʻp qismi kuyganda bemorni tezlik bilan davolash muassasasiga olib borish kerak. Birinchi yordam koʻrsatishda kuygan joydagi pufakchalarni yorish, har xil malhamlar qoʻyish, xususan, siydik bogʻlash yaramaydi
Suyak sinishi - shikastlanish oqibatida suyak butunligining buzilishiga olib keladi. Suyak sinishi travmatik va patologik turlarga boʻlinadi. Travmatik Suyak sinishi sogʻlom suyakka toʻsatdan kuchli mexanik kuch taʼsir etishi natijasida roʻy beradi. Patologik Suyak sinishi esa biror kasallik (mas, suyak sili, suyak oʻsmasi, osteomiyelit, osteoporoz va h.k.) oqibatida moʻrt boʻlib qolgan suyakka kuchiz tashqi taʼsir tufayli yuzaga keladi. Suyak sinishi yopiq yoki ochiq boʻladi.
Yopiq sinishda singan joy sohasidagi teri zararlanmaydi, ochiq sinishda esa teri yirtilib, suyak boʻlaklari teridan tashqariga chiqib qoladi. Ochiq Suyak sinishi yopigʻiga nisbatan xavfliroq hisoblanadi, chunki teridagi yirtilgan yara orqali infeksiya singan sohaga kirib qolishi va yiringlashga sabab boʻladi. Ochiq S.s, asosan, harbiy qurollar taʼsiri va yoʻltransport halokati tufayli yuzaga keladi.
Singan suyaklar soniga koʻra Suyak sinishilari monotravma (bitta Suyak sinishi) va politravma (bir nechta Suyak sinishi)larga bo'linadi shikaslanish nechta boʻlakka boʻlinishiga qarab oddiy (suyak ikki boʻlakka boʻlinsa) va murakkab (suyak bir necha boʻlakka boʻlinsa) Suyak sinishi shunga qarab bo'linadi.
Suyak boʻlaklarining shakliga koʻra Suyak sinishilari koʻndalang, uzunasiga, qiya, vintsimon, Tsimon, Vsimon, maydalangan boʻladi. Singan suyak boʻlaklari joyidan siljimasligi yoki muskullar qisqarishi natijasida siljib ketishi mumkin bo'ladi. Suyak sinishining faqat bolalarga xos boʻlgan "novdasimon sinish" va epifizeoliz turlari ham mavjud.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə