Shunday qilib, bilib olish obyekti va predmetining dialektik o‘zaromunosabati ilmiy tadqiqot jarayonida eng muhim rol o‘ynaydi



Yüklə 13,3 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü13,3 Kb.
#143475
Xulosa


Xulosa
Shunday qilib, bilib olish obyekti va predmetining dialektik o‘zaromunosabati ilmiy tadqiqot jarayonida eng muhim rol o‘ynaydi. U tadqiqotlar jarayonida shakllantiriladigan mazmun-mohiyatlarni ilmiy tomondan interpretatsiya qilish hamda ushbu fan o‘z vositalari va usullari yordamida obyektiv holatlarni, ularning xususiyatlari va rivojlanish qonun-qoidalarini o‘rganuvchi chegaralarni qat’iy belgilashga imkon yaratadi.
Ko‘rinib turibdiki, tadqiqot predmeti va obyektini to‘g‘ri aniqlash juda ham mushkul vazifa. Ushbu vazifa alohida tadqiqotlarning katta seriyasini amalga oshirgan bir muallifning ko‘p yillik tajribalari mevasi, yoki butun boshli tadqiqotchilar jamoasi ishi natijasi, yoxud yuqoridagilarning birga-likda bajargan ishi natijasi bo‘lmish katta umumlashtirilgan tadqiqotlar o‘tkazishda yana ham murakkablashadi. Bu kabi hollarda umumlash-tirilgan tadqiqotlar predmeti va obyektini aniqlashdan oldin uning predmet sohasini (predmet soha – bu berilgan nazariya tomonidan ta’riflanuvchi holatlarning umumlashtirilgan ko‘rinishidir) aniqlab olish zarur.
Bunday umumlashtirilgan tajribalarga bel bog‘lagan tadqiqotchida bir qator o‘zaro farqli va turli aspektli natijalar paydo bo‘lib, ularni bir yaxlitlikka birlashtirish juda mushkul.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Khalikov A.A., Musamedova K.A. Implementation of innovations and new technologies in the educational process. Design Engineering ISSN: 0011-9342 Year 2021
2. Xalikov A.A., Musamedova K.A. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi . Oquv qollanma.Toshkent davlat transport universiteti, 2021y. 267b.
3. Xalikov A.A., Musamedova K.A. Xodimlarni o'qitish va qayta tayyorlashda fanning pedagogik metodologiyasi tamoyillari. IJODKOR O'QITUVCHI – jurnali 5.08.2021. 9-son/ 39-43b.
4. Xalikov A.A., Musamedova K.A. General foundations of pedagogical technology in the higher education system. World Bulletin of Social Sciences (WBSS) Available Online at: https://www.scholarexpress.net Vol.2 August-September 2021 –PP.1-7
Yüklə 13,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə