Situatsion masalalar



Yüklə 31,95 Kb.
tarix26.03.2018
ölçüsü31,95 Kb.
#34000

4.2.1. Situatsion masalalar.

1. QVP ga 45 yoshli bemor murojat qildi. Shikoyatlari: beldagi chap taraqlama simillovchi og‘riqlarga va siydik ajralmaslikka. Shikoyatlar 4 kundan beri bezovta qiladi. Anamnezidan: o‘ng tomonlama nefroektomiya operatsiyasi o‘tkazilgan. Obektiv: umumiy axvoli o‘rtacha og‘irlikda, xushi saqlangan, turtki simptomi chap taraflama musbat.



  • Taxminiy tashxisingiz.

  • Qanday kasalliklar bilan dif diagnoz qilish kerak.

  • Tashxisni tasdiqlash uchun qanday tekshirishlar o‘tqazish kerak.

  • Sizning taktikangiz.

  • Davolash.

2. QVP ga 23 yoshli ayol murojaat qildi. Shikoyatlari: tez tez siyish, kuchli chaqiriqlar, siydikda qon bo‘lishi. Bu belgilar 3 kun avval sovuqda qolgandan so‘ng boshlangan, umumiy axvoli nisbatan qoniqarli.

  • Qonni tekshiruv usullarni o‘tkazish kerak.

  • Qanday o‘zgarishlar kutasiz

  • Taxminiy tashxish va kategoriya

  • UASh taktikasi.

3. QVP ga 24 yoshli bemor tez tez, kam kam siyish, og‘riqli siyish, terminal gematuriya va qorin pasida og‘riq shikoyatlari bilan murojaat qildi. Anamnezidan: 1chi marta kasallangan sovuqda qolish bilan kasallangan.

  • Taxminiy tashxis

  • Siydik analizida qanday o‘zgarishlar kutasiz

  • Davolash

4. QVP ga 47 yoshli erkak quyidagi shikoyatlar bilan keldi: tez-tez va og‘riqli siyish, oxirgacha bo‘shamaganlik xissi, siydik oxirida qizg‘ish rangda. Guruch yetishtiradi. Kasalligi oxirgi sug‘orishdan keyin boshlangan. Anamnezidan bir kunda 4 ta sigaret chekadi, ko‘proq nosvoy chekadi. Otasida xam xuddi shunday shikoyatlar bo‘lgan.

5. QVP ga 25 yoshli ayol boshidagi og‘riq, keskin xolsizlik va terlash, belda og‘riq, siyishda noxushlik xissi, tez tez chaqiriqlar va oxirigacha bo‘shamaganlik xissi shikoyatlari bilan murojaat etadi. Shuningdek o‘ng sut bezida uzoq vaqtdan beri noxushlik xissi va og‘riqlik bezovta qiladi. Anamnezidan: avvallari xech qanday kasallik bilan og‘rimagan. Yaqinda turmushga chiqqan. Guruch yetishtiradi. Shifokorga murojaat qilmagan, “D” nazoratda turmaydi. Zararli odatlari yo‘q. Obektiv: umumiy axvoli o‘rtacha og‘irlikda, qorin chuqur palpatsiyasida siydik qopi og‘riqli. QB 130/80 mm.sim.ust. Ps 82 ta. Yurak chegaralari kattalashmagan, o‘pkada vezikulyar nafas. Sut bezida o‘ng tarafda so‘rg‘ich shakli o‘zgargan, bosib ko‘rganda seroz suyuqlik ajraladi.

  • Qanday tekshirishlar o‘tkazilishi lozim?

  • Qanday natijalar kutasiz

  • Taxminiy tashxish va kategoriya

  • UASh taktikasi.

6. QVP ga uyga chaqiriq tushdi. 29 yoshli ayol o‘ng yonbosh soxasidagi va bel soxasidagi og‘riqlarga va siyishdagi og‘riqlarga shikoyat qildi. Og‘riq jinsiy a’zolarga tarqalgan. Anamnezidan: xurujsimon bu og‘riqlar avval xam kuzatilgan. Bolaligida infeksion kasalliklar shifoxonasida virusli gepatit A tashxisi bilan “D” nazoratida turgan. Turmushga chiqqan, 2 ta farzandi bor, uy bekasi. Xomiladorligi QB ko‘tarilishi bilan kechgan. Ob’ektiv: umumiy axvoli o‘rtacha og‘irlikda, terisi odatiy rangda, periferik limfa tugunlari kattalashmagan. Yurak tonlari bo‘g‘iqlashgan, ritmik, aorta ustida IIton aksenti. AD 160/110 Ps90 ta/min. Qorin yumshoq, o‘ng yonbosh soxasida og‘riqli. Turtki simptomi o‘ng taraflama keskin musbat.

  • Qanday tekshirishlar o‘tkazilishi lozim?

  • Qanday natijalar kutasiz

  • Taxminiy tashxish va kategoriya

  • UASh taktikasi.

7. QVP ga 32 yoshli bemor belida ikki tomonlama og‘riqlarga, ko‘ngil aynishiga, 1 kundan beri siydik kelmasligiga shikoyat qilib keldi. Anamnez: bemor ko‘p miqdorda go‘shtli maxsulotlarni qabul qiladi. O‘zini 3 yildan beri kasal deb xisoblaydi. Tez tez belda og‘riq bo‘lib turadi. Ba’zan siydik bilan qizil rangda, tosh ajraladi (kalkuriya). 2 kun avval buyrak ikki tomonlama sanchig‘ini o‘tkazgan. Ko‘ngli aynigan. Sutka davomida og‘riqlar kamaygan va siydik ajralishi to‘xtagan.

Ob’ektiv: bemor xolati notinch, xarorati 36,5 S. AB 120/80 mm.sim.ust. Ps 85 ta/min. Palpatsiyada bel mushaklari taranglashgan, buyraklar soxasida og‘riqli, turtki simptomi ikki taraflama og‘riqli. Palpatsiyada siydik pufagi aniqlanmaydi, siyishga chaqiriq yo‘q.



  • Qanday tekshirishlar o‘tkazilishi lozim?

  • Qanday natijalar kutasiz

  • Taxminiy tashxish va kategoriya

  • UASh taktikasi.

  1. UASh ga 20 yoshli ayol murojat qildi. Shikoyatlari: siydikda qon, 2 kundan beri bel soxasidaga o‘ng taraflama simillovchi og‘riqlarga. Og‘riq o‘ng yonbosh soxasiga irradiatsiya beradi. Og‘riq bir yildan beri davom etadi. Og‘riq ko‘payganda noshpa va baralgin qabul qiladi. Oxirgi 3 kunda siydik qizil ranga bo‘yalganligi kuzatildi. Turmushga chiqmagan, zararli odatlari yo‘q. Fermer xo‘jaligida ishlaydi. Ob’ektiv ko‘rikda: umumiy axvoli nisbatan qoniqarli. To 36,6 S. AD 120/80 mm.sim.ust. Ps 68 ta/min. Palpatsiyada o‘ng buyrak soxasida oo‘riqli. Turtki simptomi o‘ng tomonlama musbat.

  • Qanday tekshirishlar o‘tkazilishi lozim?

  • Qanday natijalar kutasiz

  • Taxminiy tashxish va kategoriya

  • UASh taktikasi.

  1. Shifokorga 28 yoshli erkak murojat qildi. Novvoy bo‘lib ishlaydi. Bel soxasidagi 2 kundan beri davom etuvchi o‘ng taraf og‘riqlarga va o‘ng yonbosh soxasiga, qov soxasiga irradiatsiyalanuvchi og‘riqlarga shikoyat qilib keldi. Og‘riqlar ko‘ngil aynishi va qorin dam bo‘lishi bilan birga kechadi. Ob’ektiv: bemor notinch. To 36,6 S. AD 120/80 mm.sim.ust. Ps 85. Palpatsiyada o‘ng buyrak soxasida og‘riqli. Turtki simptomi o‘ng tomonlama musbat.





Baxolash

A’lo

Yaxshi

konikarli

konikarsiz

yomon




Uzlashtirish %

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% i nije

1

Situatsion masala

50-43

ball

42.5-35.5 ball

35-27.5 ball

27-18.5 ball

18 ball


Testlar.

1. O‘tkir sistit asosiy belgilari.



  • Tez tez siyish, og‘riqli siyish, siydik miqdori kamayadi

  • Xarorat ko‘tarilishi, belda kuchli og‘riq, kam siyish, yiringli ajralma.

2. sistitda eng informativ tekshirish usuli.

  • Ayirish organlari UZI si

  • Umumiy siydik analizi

  • Sistoskopiya

  • Umumiy qon analizi

  • Qon bioximik analizi

  • Ekskretor urografiya

3. Buyrak kolikasida yuqorisiydik yo‘llarini drenajlashga ko‘rsatma.

  • Asoratlangan pielonefritni rivojlanishi.

  • Buyrak funksiyasini so‘nishi va azotemiya

  • Xech narsa bilan qolmaydigan og‘riq

  • Asoratsiz pielonefrit rivojlanishi

  • Buyrak kolikasini periodik xuruji 24 soat davomida

  • Ekskretor urografiyada buyrak kolikasi fonida faqat nefrogrammani paydo bo‘lishi.

4. O‘tkir sistit bilan siydik yo‘lini pastki 1/3 qismida tosh bilan bog‘liq buyrak sanchig‘ining umumiy klinik belgilari.

  • Stranguriya

  • Dizuriya

  • Og‘riq irradiatsiyasi

  • Opsouriya

5. Buyrak sanchig‘ida buyrak UZI siga xos qanday o‘zgarishlar bor.

  • Obstruksiyadan yuqorigi siydik yo‘llarining paypaslash

  • Buyrak sanchig‘i tosh sababli kelib chiqishi

  • Uretra proksimal qismida tosh

  • Surunkali pielonefrit belgilari.

6. Qanday patologiyalarda turtki simptomi musbat bo‘ladi.

  • Paranefrit

  • Ileus

  • Ko‘krak radikuliti

  • Gepatit

  • Assit

  • Jigar serrozi

  • Retrotsekal joylashgan appenditsitni o‘tkir yallig‘lanishi

7. Sekretor anuriya turlarini ko‘rsating

  • Prorenal

  • Renal

  • Postrenal

  • Arenal

8. Ekskretor anuriya turlarini ko‘rsating

9. Siydik qopiga infeksiya qaysi yo‘llar orqali tushadi

  • Ko‘tariluvchi yo‘l

  • Limfogen yo‘l

  • Gematogen yo‘l

  • Tushuvchi yo‘l

10. sistitga olib keluvchi “uretra vaginizatsiyasi” qachon olib keladi.

  • Sovuqda qolishdan keyin

  • Aktiv jinsiy xayotdan so‘ng

  • Kontraseptiv moddalar qabul qilgandan so‘ng

  • Uretrovezikulyar refluksdan keyin.

Yüklə 31,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə