Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32



 

 

 



 

 

 



 

Ushbu  kitob  mazmuni  bilan  tanishish  siz  va 

atrofingizdagilar sog’ligi uchun juda foydali bo’lishi 

mumkin.  Biroq  hech  qachon  bu  kitobdagi  fikrlar 

bilan qiziqmagan va uni mutolaa qilishni istamagan 

odamga  uni  tavsiya  qilmang. Har kimning tanlash 

erkinligi bor. Haqiqatni bilishni istamagan odamlar 

tanlovini hurmat qiling. 


 



Mundarija 

Muallifdan

 .......................................................................................4 

Boshladik

.........................................................................................6 

Shaxsiyat

 .........................................................................................7 

Muhimlik

....................................................................................... 19 

Kemtiklar

 ...................................................................................... 32 

Qo’rquvlar .................................................................................... 45 

Rishtalar

........................................................................................ 57 

Bunyodkor kuch

 ............................................................................ 67 

Baxt

 ............................................................................................... 75 

Muallif haqida

 ............................................................................... 76 

 

 



 

 

 

 


 



Muallifdan 

Aziz  Suhbatdosh, 

Qo’lingizdagi  kitob  –  juda  antiqa.  Yo’q,  uni  o’zga  sayyoraliklar  yozib  ketmagan  – 

ammo,  baribir,  u  siz  avval  ko’rgan  kitoblarga  o’xshamaydi.  U  bilan  tanishish  davomida 

o’zingiz  ham  bunga  amin  bo’lasiz.  Undan  keyin  –  bu  kitobni  siz  tanladingiz,  siz 

tanlagan  kitob  esa odatiy  va zerikarli  bo’lishiga  ishonmayman. 

Anchadan  beri  shunday  kitob  yozishni  niyat  qilib  yurgandim.  Faqat  uni 

boshlashga  hech  qunt  qila  olmasdim.  Ba’zida  odamlar  uchun  foydali  bo’ladigan  kitob 

yozish  uchun  bilimlarim  yetarli  emasdek  tuyulardi,  gohida  bundan  muhimroq  deb 

bilgan  yumushlar  bilan  chalg’ib  ketardim.  Ammo  bugun  siz  zamondoshim  bilan 

azbaroyi  suhbatlashgim  keldi.  Siz  bilan  ko’rgan-kechirganlarim  va  bilgan-uqqanlarimni 

baham  ko’rish  istagi  uyqu  bermay  qo’ydi. 

Kitob  sarlavhasi  –  har  xil  kitobxonda  turlicha  taassurot  uyg’otadi.  Bir  qarashda, 

o’zligimiz  har  doim  o’zimiz  bilan  birgadek  tuyuladi  –  unga  tomon  qanday  qilib  yetti 

qadam  tashlash  mumkin?  Men  sizga  baxtli  bo’lish  uchun  qanday  yashash  kerakligini 

o’rgatmoqchi  ham  emasman.  To’g’ri-da  –  men  kim  bo’libmanki,  sizga  hayot  sabog’ini 

bersam?  Hayotini  birovlar  maslahatiga  asoslanib  quradiganlar  uchun  Karnegi  va  unga 

o’xshash  mualliflar  bir  sandiq  kitob  yozib  tashlashgan  – bir  umrga  bemalol  yetadi. 

Men,  aksincha,  sizdan  o’rganmoqchiman.  Siz  menga  ko’p  narsani  o’rgatishga 

qodirsiz.  Bu  qobiliyatingiz  haqida  o’zingiz  ham  bilmasligingiz  mumkin  –  ammo 

shunday.  Har  zamonda  mualliflar  kitobxonlar  bilan  asarlari  orqali  bo’lgan  suhbatlardan 

juda  ko’p  narsani  o’rganishgan.  Kichik  hikoyaga  bo’lsa-da  mualliflik  qilgan  kishi  buni 

tasdiqlaydi. 

Men  sizdan  ochiq  fikrlilik  va  dilkashlikni  o’rganaman.  Eng  qizig’i  shundaki,  siz 

ham  menga  ta’lim  berish  jarayonida  o’zingiz  haqingizda  ko’p  narsalarni  bilib  olasiz. 

Kimki  o’zi  haqida  hamma  narsani  bilaman  desa  –  u  o’sishdan  to’xtagan  shaxsdir.  Biz 

o’zimiz  haqimizda  juda  kam  bilamiz.  Shunday  ekan,  keling,  o’zimizni  tadqiq  etishga  bir 

haftamizni  bag’ishlaylik.  Aynan  bir  hafta  sizga  kitob  mazmuni  bilan  nafaqat  tanishib 

chiqishga,  balki  uni  hayotga  solishtirib  borishga  ham  yetarli  bo’ladi.  Ishoning  –  bu  sa’y-

harakatlar  o’zini  yuz  barobar qilib  oqlaydi.  Mana ko’rasiz. 




 



Ogohlantirish! 

O’z  shaxsiyati  bilan  yuzma-yuz  kelishga  hadiksiraydigan,  qo’rqadigan  va  bundan 

vahimaga  tushadigan  do’stlarimiz  bu  kitobni  o’qimasin.  Agar  yuqorida  aytilgan 

gaplardan  ko’nglingiz  buzilgan  bo’lsa  –  hoziroq  kitobni  sotuvchiga  olib  boring-da, 

pulingizni  qaytarib  oling.  Buning  iloji  bo’lmasa,  uni  boshqa  birovga  sotib  yoki  sovg’a 

qilib  yuboring.  Juda  bo’lmasa,  pulingizga  achinmay,  uni  ahlat  qutisiga  tashlang  –  xullas, 

undan  tez  va sifatli  xalos  bo’ling. 

Nimaga  deysizmi?  Chunki  agar  siz  men  bayon  qilmoqchi  bo’lgan  narsalarni 

eshitishga  tayyor  bo’lmasangiz,  bunga  ruhiy  va  shaxsiy  kuchingiz  yetmasa,  kitob  sizga 

foydadan 

ko’p 

zarar 


yetkazishi 

mumkin. 


Bu 

haqida 


ogohlantirmaslikdek 

mas’ulyatsizlikka  mening  haddim  sig’maydi. 

Agar  gaplarim  sizda  hech  bir  bezovtalik  uyg’otmagan  bo’lsa  –  unda  siz 

sirlashishga  tayyorsiz.  Ha-ha  –  biz  aynan  sirlashamiz.  Kitob  sizga  juda  ko’p  sirlarni 

ochadi.  Ammo  siz  ham  bunga  javoban  eng  yashirin  sirlaringizni  kitobga  to’kib 

solishingiz  kerak bo’ladi.  Axir,  sirlashish  bir  tomonlama  bo’lmaydi-ku. 

Mutolaa  davomida  sizga  bayon  go’yo  fikrlaringizni  o’qiyotgandek  –  aynan  siz 

o’ylagan  narsani  aytayotgandek  tuyulishi  mumkin.  Ammo  bu  sizni  tashvishga  solmasin. 

Kitob  sizning  fikrlaringizga  bostirib  kirib,  xayollaringizni  o’g’irlagani  bilan,  u  hech 

qachon  hech  bir  siringizni  biror  kimga  sotib  qo’ymaydi.  Chin  sirdosh  ana  shunaqa 

bo’ladi. 

Siz  bilan  so’zlashish  uslubim  jiddiylikdan  holi,  yengiltak  bo’lib  ko’rinmasin  – 

jiddiylik  hech  qachon  samarali  qurol  bo’lmagan.  Sizga  bu  kitobda  aytadigan  gaplarim  – 

mening  yuragimdan  chiqqan.  Yurakdan  chiqqan  gaplar  mana  shunaqa  yengil,  hammaga 

tushunarli  va  zarqog’ozga  o’ralmagan  bo’ladi.  Siz  bilan  bizni  dildan  suhbat  kutyapti. 

Siz  ham  bu suhbatda  faqat  qalbingiz  bilan  so’zlashishingizni  istardim... 

Xo’sh,  boshladikmi? 

 



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə