“Soliqlar va soliqqa tortish” faniga kirish. Foyda solig‘i



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə1/16
tarix22.06.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#89958
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Abubakirova M Foyda solig’i

“Soliqlar va soliqqa tortish” faniga kirish. Foyda solig‘i


“SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” FANI
bajardi: MBDA 81 M.A. Abubakirova.
1. Foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
2. Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq ob‘ekti va soliq bazasi.
3. Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar.
4. Soliq stavkalari va soliqdan imtiyozlar.
5. Soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni budjetga to‘lash muddatlari.
6. Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlariga toʻlanadigan dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
7. Faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan norezident-larning daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari.
8. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
9. Rivojlangan horijiy davlatlarda yuridik shaxslarning foydasini soliqqa tortishning o’ziga xosligi.
REJA:
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari 1991-yilga qadar asosan davlat korxonalari foydasidan ajratiladigan ajratmalar hisobidan shakllanar edi. Ushbu foydadan ajratma davlat tomonidan belgilangan majburiy to‘lov bo‘lib, u korxonalar balans foydasining 90 foizgacha bo‘lgan qismini byudjetga olib ketar, qolgan mablag‘lar esa korxona tomonidan emas, balki yuqori tashkilot topshirig‘iga ko‘ra tegishli jamg'armalarga taqsimlanar edi.
Bozor munosabatlari rivojlanishi bilan iqtisodiyotni soliqlar yordamida tartibga solish xususan, foydadan ajratmalar o‘rniga daromad solig‘ini joriy etish zarurati paydo bo‘ldi va 1992-yildan boshlab barcha turdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar «daromad» solig‘ini to‘lashga o‘tdilar.
Foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy
mohiyati va ahamiyati
Foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy
mohiyati va ahamiyati
O‘zbekiston Respublikasi rubl mintaqasida qolib turgan vaqtda daromad solig‘ini olishga o‘tish pul qadrsizlanishi tufayli ish haqi o‘sishini cheklash uchun davlat tomonidan majburiy chora bo‘ldi. Bunday sharoitda ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy ahvoli yomonlasha boshladi. Natijada mahsulotga talab pasayib, sotishdan olingan tushum hajmi kamaygani holda, ular o‘z ishlab chiqarishlari yo‘nalishini o‘zgartirishga, foyda olmasalar ham juda katta miqdorda ishchilarga ish haqi to‘lashga majbur bo‘ldilar. Bunday holatda amaliyotda korxonalar hisobot davrida faoliyatlarini foyda bilan yakunlamasada, daromad solig‘ini ish haqi jamg'armasidan belgilangan stavkada to‘lashga majbur edilar.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə