Sotsial guruhlar



Yüklə 52,29 Kb.
səhifə1/3
tarix30.05.2023
ölçüsü52,29 Kb.
#114210
  1   2   3
9-mavzu Luiza

Sotsial guruhlar

Tuzuvchi Bo’ranova Luiza

  • Bu sohadagi tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib o`tilganidek ko`pchilikni qamrab olishda qiyinchiliklar bo`lsa, ikkinchi tomondan, katta guruhlar psixologiyasini o`rganishga qaratilgan metodik ishlar zahirasining kamligidir. Masalan, ishchilar yoki ziyolilar sinfi psixologiyasi o`rganilishi kerak deylik, avvalo o`sha ishchilarning soni ko`p, qolaversa, ishchilarning o`zi turli ishlab chiqarish sharoitlarida ishlayotgan, turli iqlim sharoitlarida yashayotgan turli millatga mansub kishilardir. Ularning barchasini qamrab oladigan yagona ishonchli usulni topish masalasi juda jiddiy muammo bo`lganligi uchun ham har bir katta guruhga taalluqli bo`lgan asosiy, yetakchi sifatni topish va shu asosda uning psixo­logiyasini o`rganish hozircha ijtimoiy-psixologiyadagi asosiy metodologik yo`llanma bo`lib kelmoqda.
  • Qolaversa, katta guruhlar jamiyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida shakllangan guruhlar bo`lgani uchun ham har qanday guruhni o`rganishdan oldin, xoh bu sinflar bo`lsin, xoh millatlar yoki xalqlar psixologiyasi bo`lsin, uning hayot tarzi, unga xos bo`lgan odatlar, udumlar, an’analar o`rganiladi. Ijtimoiy-psixologik ma’noda, hayot tarzini o`rganish deganda, u yoki bu guruhga taalluqli bo`lgan kishilar o`rtasida amalga oshiriladigan muloqot tiplari, o`zaro munosabatlarda ustun bo`lgan psixologik omillar, qiziqishlar, qadriyatlar, ehtiyojlar va boshqalar nazarda tutiladi. Ana shularning umumiyligi tufayli har bir shaxsda, ya’ni u yoki bu katta guruhga mansub bo`lgan shaxsda tipik xislatlar shakllanadi.
  • Jamiyat miqyosida ro'y beradigan ommaviy hodisalar ijtimoiy psixologiya uchun tadbiqiy ahamiyatga ega. Ijtimoiy psixologiyada ommaviy hodisalar deganda turli kishilar guruhida shaxslararo munosabatlar va o'zaro ta'sir jarayonlari; milliy etnopsixologiya hamda sinflar psixologiyasi muammolari; milliy madaniyat, urf-odatlar, an'analar, udumlar, aqidalarning shaxs shakllanishidagi roli; olomon psixologiyasiga oid psixologik qonuniyatlar; turli guruhlarda odamlarning bir-birini idrok qilishlari va tushunishlari, o'zaro ta'sir masalalari tushuniladi.
  • Katta guruhlar kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni ko`pchilikni tashkil etib, ma’lum sinfiy, ilmiy, irqiy, professional belgilar ularning shu guruhga mansubligini ta’minlaydi. Katta guruhlarni tashkil etuvchilar ko`p sonli bo`lganligi va ular xulq-atvorini belgilovchi mexanizmlarning o`ziga xosligi tufayli bo`lsa kerak, ijtimoiy psixologiyada olimlar ko`pincha kichik guruhlarda ish olib borishni afzal ko`radilar. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siyosiy-mafkuraviy ahamiyatga ega.
  • Har bir shaxs o`z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar ta`sirida amalga oshiriladi. Chunki, jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qo’shilmaydigan individning o`zi yo`q, kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan muloqotda, o`zaro ta`sirda bo`ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ro’y beradi. SHuning uchun ham guruhlar muammosi, uni o`rganish va guruhlarning shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chiqarish ijtimoiy psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir.
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə