Sotsiologiya metodi



Yüklə 22,85 Kb.
tarix04.11.2017
ölçüsü22,85 Kb.
#8191

Aim.uz

Sotsiologiya metodi
Agarda nazariya sotsial voqelikni tushuntirsa va uning taraqqiyotini bashorat qilsa, metodologiya bilishning umumiy strategiyasini ishlab chiqsa, metod esa bilimlarga erishish va voqelikni tubdan o‘zgartirish uchun o‘ziga xos bo‘lgan asbob-uskuna bo‘lib xizmat qiladi. Bolgariyalik sotsiolog Nikola Stefanov tanlaganidek, fan tarixida bir an'ana borki, u orqali har qanday yangi paydo bo’lgan fan avvalambor metod nuqtai nazardan baholanadi. Bu tasodif emas, chunki faninng amaliyligi metod orqali namoyon bo‘ladi va metod fanning yutuqlaridan amaliy foydalanishlik uchun hurmat qiladi. Metod bu ma'lum bir bilim vositalarni (fikrlashlik, predmetlik, belgichilik) konsepsial qo’lash bo‘lib, uning asosiy vazifasi yangi bilimlarga erishishni ta'minlashdir. Boshqacha so’zlar bilan aytganda metod bu bilishda kerakli natijalarga erishish vositasi yoki voqelikni tubdan o’zgartirish vositasidir. Har bir metod o‘zida bilib olingan qonuniyatlar, xususiyatlar va aloqalarni mujassamlashtirgan bo‘lib, ular uning ob'ektiv tomonini tashqil qiladilar. Ular asosida shakllangan usul, vosita va qoidalar sub'ektiv tomon deb ataladi.

Tomonlarni ob'ektivlik va sub'ektivlika ajratish metodning mohiyati va strukturasini tushunish uchun juda muhimdir. Ob'ektiv tomon shunday nazariy asoslarni o‘zida ifoda etadiki, ular fan tomonidan hozirda ishlab chiqilgan.

Ob'ektiv tomon bu nafaqat usul va qoidalardir, balkim yana tadqiqotning ma'lumoti darajasi, dunyoqarashi bo‘lib, ular individual-shaxsiy alohidalik bilan ham bog‘liqdirlar. Bu ikki tomon bir-birlari bilan o‘zapo dialektik munosabatdadirlar.

Ob'ektiv tomon bilimlar sistemasida o’rnashgan bo‘lib metodda to’liq realizatsiya qilinmaydi, chunki u metodga nisbat salmoqliyroqdir. Shu bilan birgalikda ushbu sistema asosida bunyod bo‘lgan metod o‘zining rivojlanishida albatta uning chegarasidan chiqib ketadi va uni o’zgarishiga olib keladi.

Sotsiologiyada ob'ektivlik va sub'ektivlik o‘zaro harakatlari misli ko’rilmagan murakkab xarakterga ega bo‘ladi, chunki metod sub'ektni 2 ta aspektda: ham biluvchilikda, ham bilinishda ko’rib chiqaddi. Bunda bilish jamiyatni tahlil qilish darajasidan, soha xususiyatlaridan (iqtisodii, siyosiy, ma'naviy), ichki tashqi voqealardan, kuzatilayotgan va kuzatilmayotgan jarayonlar bog‘liqdir.

Sotsiologik metodni shakllanishidagi boshqa bir murakkablik fanning o‘z-o‘zini belgilash jarayonlari, uning nazariya va metodologiyalarini endi oyoqqa turishligi bilan bog‘liqdir.

Nazariy va metodologik plyuralizm sharoitlarida turli xil sotsiologik metodlar shakllanadilar. Sotsiologik metod mohiyati uning boshqa fanlar metodiga nisbatan xususiyatlari masalasi ko’pgina sotsiologlar fikrini band etdi va sotsial voqelikning umumnazariy tasavvurlarini sotsiologiyaning ob'ekti sifati deb talqin qilishlik bilan hal qilinishga harakat qilinayapti.

Metod strukturasida ob'ektivlik va sub'ektivlik tomonlaridan tashqari yana tadqiqotning ob'ekti va predmeti vositalari ham mavjuddirlar. Ob'ekt haqidagi masalani qilishlik metodni qo‘llash darajasi va ko‘lamini belgilaydi.

Sotsiologiyada fanning to’liq yahlit ob'ektini qamrab oladigan metod ishlab chiqilgan emas, vaxolanki shunday metodni yaratish harakatlari boshlanib ketgan. O‘z vaqtida pozitiv, psixoanalitik, naturalistik, empirik va boshqa yo’lishlar sotsiologiyada umumiylikka da'vogarlik qildilar, lekin vaqt o’tishi bilan ularni statuslari sotsiologiya tadqiqotlarini ma'lum bir sohasi deb e'tirof etildi.

Metodning ob'ekti ham jamiyat ham uning alohida sohalari, shuningdek ma'lum bir voqea va jarayonlar namoyon bo‘lishlari mumkin.

Metodning predmeti bo‘lib ob'ekt mohiyati haqidagi bilimlarga erishish uchun ma'lum bir bilish vositalari va harakatlari tartiblashtirilgan va asoslangan qo‘llanishga hizmat qiladi. Bilish vositalari tushunchasiga tadqiqot vositalari (blanka, anketa, apparatura, texnik vositalar) belgilar sistemasi, tafakkurning mantiqiy shakllari va tushunchalar kiradi.

Sotsiologik metod strukturasida shuningdek qo‘llashning mazmuni va maqsadi natijalarini ajratib ko‘rsatish lozim. Aynan metodning mazmuni tufayli sotsial voqealikni tashkil qilish chog‘ida boshqa fanlarga nisbatan sotsiologik yondashishning xususiyatlari keng ko‘lamliroq; namoyon bo‘ladi. Metodning mazmuni sotsiologiyaning nazariy bilimlari tushunchalari va kategoriyalari yordamida belgilanadi.

Mazmun metodining ob'ekt va predmeti, uning maqsadi protseduralarning izchilligi va mantiqiy empirik ma'lumotlarni interpretatsiya qilish vositalarini belgilaydi.

U yoki bu metodning effektivligi (sermahsulligi) sotsiologiyaning nazariy metodologik asosiga bog‘liqdir. Xorijiy nazariyotchilarning tadqiqotlarida shunday qarashlar mavjudki, unga muvofiq metod shakllangan uslubiyatlarning to’plami bo‘lib, bu tadqiqotchining nazariyasi bilan bog‘langan. Ma'lum bir ma'no va sharoitlarda sotsiologik metodning usullari va protseduralari nisbatan nazariya va metodologiyadan holi bo‘lishi mumkin, lekin ularni qo‘llash, natijalarini qayta ishlash tadqiqotchining konsepsiyasi, metodning nazariy modeliga bog‘liqdir.

Neopozitivizmning eng muhim hizmatlaridan biri—bu eksperiment, kuzatish, hujjatlarni o’rganish va so’rov metodlarini ishlab chiqish bo’ldi. Sotsiologik tadqiqotlarning amaliyoti empirik metodlarni bilish imkoniyatlarini yuzaga chiqardi. Shu bilan birgalikda makro va mikro sotsiologiyalar shakllana boshladilar, ya'ni jamiyat hayotining tahlil qiluvchi bilimlarning turli darajalari vujudga keldi. Ushbu darajalarni munosabatlarini muvofiqlashtirish, turli xil; empirik tadqiqotlar natijalarini umumsotsiologik bilimlarga bog‘lash muammolari kelib chiqdi. Bu hamma muamolarni struktur funksionalizm hal qilishga harakat qiladi.

Yangi umumiy yondashish yaratish uchun sistema-funksional maktablar sotsiologiyaning barcha yutuqlarini qaytadan qilib tahlil qilib chiqadilar, chunki harakatning umumiy analitik nazariy sistemasini yaratish sotsial voqelikni barcha turli-tumanligini qamrab olishlikni taqazo etadi.

Shuningdek ayni vaqtda, sistemalik va struktur yondashishlar vujudga keladi.

T. Parsons, R. Merton va stuktur-funksional yondashishning boshqa vakillari sotsial harakatning sub'ektiv aspektlarnni metodning komponenti (elementi) sifatida talqin qiladilar. Ammo umuman olganda sistemali, struktur; funksional yondashuvlar sotsial o‘zaro harakatning ob'ektiv va mustaxkam shakllariga yo’naltirilgan. Shuning uchun o‘zining; akademik sotsiologiya degan mavqeiga qaramasdan struktur funksionalizm umumiy, yalpi metodga da'vogarlik qila olmaydi.

Yalpi umumiy yondashishlarni sotsiologiyadagi boshqa yunalnshlar ham ishlab chiqishga harakat qilganlar. Bu maqsada ular filosofiyaga, K. Marksning dialektik materializmiga Gusserlning fenomenologiyasi K. Yaspers va M. Haydeperlarning ekzistensializmiga murojaat etadilar. Shu bilan bir qatorda O. Kont, E. Dyukrgeym, M. Veber va boshqa sotsiologlarning ilmiy meroslarini qaytadan tahlil qilish jarayonlari ham sezilarli darajada kuchayadi.

Sotsiologiyadagi dialektik metod turli oqim vakilari Xorkxaymer Fromm, Markuze, Gurvich va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgandir. Ular sotsial jarayonlarning, empirik bilishning xususiyatlarini aks ettira oladigan dialektikaning yangi kategoriyalarini ishlab chiqishga harakat qildilar. Sotsiologiya dialektik metodi ratsionaya va irratsional, ongli va ongsiz, real va nominal, individual va ijtimoiy kabi tushunchalardan foydalangan holda sotsial jarayonlarni muhim tomonlarini tadqiq qiladi.

Sotsiologik metodining yana bir alohida hususiyati shundaki uni ob'ektivlik va subektivlik o‘zaro harakati maxsus bir xarakterga ega bo‘ladi. Sotsiologik metodni diqqat markazida inson va uning ham tabiiy, ham ijtimoiy olam bilan o‘zaro harakatining turli shakllari yotadi. Metodlarni ob'ektivlik va sub'ektivlikka bo‘lish metodologlarni shunday yondashishlarni izlashga majbur qiladiki, ular sotsial jarayonlarni ham ob'ektiv va sub'ektiv tomonlarni qamrab olishlari kerak bo‘ladi.

Shunday yondashishlar deb ramziy yondashishlarni va keyingi paytlarda intensiv ishlab chiqilayotgan strukturalistik metodni e'tirof etish mumkin.

Struktura tushunchasiga nafaqat guruhlar, muassasalar, munosabatlar, ma'naviy omillar, mentalitet, tilning ma'nolik va tushunishlik aspektlari ham kiradilar. Strukturalistik metod yana insonlarning sotsial xulq- atvorini milliy-madaniy xususiyatlarini ham tahlil qiladi.

Sotsiologik metodni yana bir xususiyati uning ko‘p darajaligi sotsial voqelikni qamrab olishdagi turli-tumanlik, voqealar tadqiqotida umumiyligini ta'kidlash mumkin. Fanda metodlarni nazariy va empirik jihatlarga ajratish mavjuddir. Nazariy metodlarga bilishning mantiqiy-ma'naviy tushunchaliri, tahliliy deduktiv va induktiv va boshqa shakllariga asoslangan metodlar taalluqlidir. Yana ular safiga ratsional, birlashtirish, tarixiy-genetik taqqoslash va boshqa metodlarni qo‘yish mumkin.

Empirik metodlarga esa voqelikni o‘rganilayotgan sohasi bilan bevosita xissiy chin muloqatda bo‘lgan metodlar taalluqlidir.

Nazariy metodlar odatda sotsial voqelikni, uning tamoyillarini yaxshi qamrab olishga intiladi, umumiylik xususiyatlarini tadqiq qiladi. Empirik metodlar mikrojarayonlarni guruhlar, individlar, konkret institutlar faoliyat darajasida o‘rganadi.

Sotsiologik metodlarni turlash ham muhim ahamiyatga egadir. Bu turlarning asosi bo‘lib metodning muhim komponenti—mazmun xizmat qiladi. Bu asos bo‘yicha fundamental, maxsus empirik metodlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Agarda tushuchalar o‘zlarida sotsial voqelikni mohiyatini yaxlit mujassamlashtirsalar unda bunday metodlar sotsiologiyada fundamental metod roliga da'vogarlik qiladilar.

Keyingi o‘n yillikda umumsotsiologik fundamental metod roliga fenomenologiya va realistik yondashuvlar da'vogarlik qilyaptilar. Ayniqsa realistik yondashuvlar tarafdorlari keyingi yillarda ko‘payib bormoqdalar. Realistik yondoshuvning mohiyati quyidagicha. Sotsiologiya fanining ob'ekti bo’lib rang-barang omillar xizmat qiladilar, ularni esa bir-birlaridan farqlash zarurdir. Masalan insonning harakatlari, intilishlari, rejalari va boshqa omillardir. Buning uchun esa reallik, haqiqiylik va empiriklikni ajratib olish kerak.

Maxsus metodlar deb ijtimoiy hayotni o’rganishda va uni tubdan o’zgartirishda qo’llanilayotgan metodlar aytilali. Amaliy sotsiologiya va tarmoq yo‘nalishlarning shakllanish jarayonlarida maxsus sotsiologik metodlar yaratiladi. Ular ijtimoiy: aniq, bir sohasiga yo’naltirilgan bo‘lib, ma'lum bir muammolar tadqiq qiladilar. Turli xil nazariy-metodologik yo’nalishlar doirasida insonning hulq-atvori guruh, ma'lum bir instituti hokimiyat, boshqaruv, oila, sotsial munosobatlar: konflikt birdamlik va boshqalar va boshqalarni tadqiq qiladigan metodlar ishlab chiqilyapti.

Amaliy tadqiqotlar metodining markaziy muammosi nazariy va empirik bilimlarni konkret, hammabop qismlarga aylantirish va ularni sotsial mexanizmda qo’llash muammosini Sotsiologiya fanining muhim bir metodi bo‘lib empir metodlar namoyon bo‘ladilar. Empirik sotsiologik metod bu sotsial faktorlarni belgilash dastlabki sotsiolog ma'lumotlarni olishdir. Metodika esa metodlar to’plami bo’lib undan ushbu tadqiqotlarda foydalaniladi. Texnika ee tadqiqotlarda empirik metodlardan unumli foydalanish usulidir. Empirik metodlarni sotsiologik ma'lumotlar yig’ish metodi, qayta ishlash va tahlil qilish metodlariga ajratish mumkin. Ularning birinchisiga so’rov, kuzatish xujjatlarni o‘rganish, eksperiment taalluqli bo‘lib, ularning har biri o‘zining ob’ektiga ega va jarayonlarning ma'lum tomonini o‘rganishga qaratilgan, so’rov metodining diqqat markazida insonlarning qarashlari, motivlari, ya'ni sub'ektivlign namoyon bo‘lsa, kuzatuv ko‘proq, insonlar xulq- atvorini, xujjatlarni o‘rganish metodi esa voqealarning guvohlanganligini qayd qilinganligi bilan qiziqadi. Va nihoyat eksperimental metod jarayonni yaxlit tahlil voqealarning chuqur aloqadorligini yuzaga chiqaradi.

Empirik metodlar empirik voqelikni bevosita o‘rgansa ham ammo lekin metod mazmuni uning tadqiqotdagi o‘rni, shuningdek natijalar tadqiqotchinnng nazariy pozitsiyasi, tadqiqot konsepsiyasi bilan belgilanadi.

Empirik metodlarda formal va mazmunli tomonlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Formal tomon ma'lum bir standartlashtirilgan usullarni: savollar tuzishni, yozma yoki og’zaki anketa o‘tkazishni, olingan ma'lumotlarni qayta ishlash to’plamini ifoda etadi. Lekin metodning mazmunli tomoni tadqiqotchining nazariy dunyoqarash va boshqa qarashlari bilan bogiqdir. Masalan, neopozitivizm individ xulq-atvorini sotsiologiya fanining predmeti deb hisoblab uni o‘rganish negizida sotsial o‘zaro harakat nazariyasini yaratishga harakat qiladi. Shuning uchun bu yo’nalish asosiy metod sifatida kuzatish metodini e'tirof etadi. Fenomenologik sotsiologiya esa sotsiologiyaning predmeti sifatida mental jarayonlarini tan olib, neopozitivizm ishlab chiqqan empirik metodlarni tanqid qiladi. Eng mos keladigan empirik metod deb, bu yo’nalish kuzatishlarida ishtirok etish, laboratoriyadagi sharoitda eksperiment va tasmaga (plyonka) yozib olingan nutqiy o’zaro harakat tahlilini hisoblaydi. Shunday qilib nazariy baxslar o‘z ifodalarini empirik metodlarda namoyon qiladilar. Empirik metodlar doimiy ravishda rivojlanyaltilar, yangi nazariyalar negizida yangi empirik metodlar vujudga kelmoqdalar.

Empirik tadqiqotlar o‘tkazish natijasida so‘rov, kuzatuv, eksperiment va xujjatlarni o‘rganish metodlarini qo‘llash tufayli turli jarayonlarning xislatlari, strukturasi va munosabatlari haqida empirik ma'lumotlar to‘planadi. Bu ma'lumotlarni taxlil qilish uchun matematik va statistik metodlar majmuasi ishlatiladi. Bunda hal qiluvchi rol gruppalash, regressiv, korrelyatsion, faktorli tahlillar, shkala metodi va boshqalarga taalluqlidir.

Matematik metodlar sotsiologiya faniga shiddat bilan kirib kelmoqda. Lekin ularning qo‘llanishi bilan bog’liq bo‘lgan ayrim muammolar ham paydo bo‘lmoqda. M. Kendal sotsial ob'ektning matematik tasavvurini 2 xil ko‘rinishdagi qiyinchiliklarini ajratib ko‘rsatadi. Birinchi to‘plamlik muammosidir, ya'ni voqealarda ko‘plab komponentlar (qismlar) ishtirok etadi va ularning qaysi birlari shu voqeaga taalluqlidir va qaysi bir boshqasi bu voqea bilan vaqtinchalik bog’liq. Ikkinchisi birlashtirish muammosi bo‘lib, unda sotsial sistemaning qaysi bir elementini asosi deb hisoblashimiz kerak. Buni yechimini topish juda mushkuldir.

Lekin shunga qaramay matematik vositalarni sotsiologiyadagi o‘rni va miqdori salmoqlidir, hozirgi sotsiologiyada butun bir yo’nalish matematik metodlarini qo‘llash masalasini ishlab chiqayapti. Matematik metodlarni qo‘llash natijasida sotsiologiyada quyidagi masalalar hal etiladi: tanlash (viborka) hisobi, olingan ma'lumotlar taxlili, modellashtirish va o‘lchov. Ushbu masalalar sotsiologiyadagi matematik metodlarni qo‘llashning dolzarb muammolari deb tan olinadi.

Shunday qilib sotsiologik metod haqidagi fikrlarga yakun yasab xulosa chiqarish mumkinki, bu soha muammolari sotsiologiyada muhim o‘rin tutadi. Ularning takomillashib, rivojlanib borishi ijtimoiy hayotning turli tomonlarini ham yaxlit, ham alohida ilmiy tahlil qilishlik ma'lum bir muammolarni yechishga amaliy tavsiyalar berish mumkin.





Aim.uz


Yüklə 22,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə