So'zlarning yozilishidagi barqarorlik, qat'iylik millatni yakdiilikka, ma'naviy jipslikka yetaklaydi. Shu ma'noda har bir xalq o'z tilining imlo qoidalarini ishlab chiqadi, uni amali-yotga tatbiq etadi



Yüklə 45,5 Kb.
səhifə1/2
tarix03.03.2023
ölçüsü45,5 Kb.
#101842
  1   2
O\'zbek tilining imlo qoidalari




REJA:

  1. Asos va qo’shimchalar imlosi.

  2. Qo’shib yozish va ajratib yozish.

Yozuv har bir xalqning ma'naviy boyligi, yuksak ma-daniyatga erishganligining o'ziga xos ko'rinishi sanaladi.


So'zlarning yozilishidagi barqarorlik, qat'iylik millatni yakdiilikka, ma'naviy jipslikka yetaklaydi. Shu ma'noda har bir xalq o'z tilining imlo qoidalarini ishlab chiqadi, uni amali-yotga tatbiq etadi.
Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarimiz 1956-yilda tasdiqlangan edi. Davr o'tishi bilan u eskirdi, amaliy ehti-yojlarimizga javob bermay qoldi. Shu bois, 80-yillarning boshlaridayoq uni yangilashga urinishlar boshlandi. O'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, mustaqil-likning qo'lga kiritilishi yangi imlo qoidalarini ishlab chi-qish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Lotin yozuviga asos­langan yangi alifboning joriy etilishi esa bu jarayonni yanada tezlashtirib yubordi. Shu maqsadda O'zbekiston Respub-likasi Vazirlar Mahkamasi 1995-yilning 24-avgustida 339­-sonli «0'zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash ha-qida» qaror qabul qildi. U 82 banddan iborat bo'lib, quyi-dagi bo'limlarni o'z ichiga oladi.
1. Harflar imlosi:

  1. unlilar imlosi (1—7-bandlar);

  2. undoshlar imlosi (8—32-bandlar).

  1. Asos va qo'shimchalar imlosi (33—37-bandlar).

  2. Qo'shib yozish (38-50-bandlar).

  3. Chiziqcha bilan yozish (51—56-bandlar).

  4. Ajratib yozish (57—56-bandlar).

  5. Bosh harflar imlosi (66—74-bandlar).

  6. Ko'chirish qoidalari (75—82-bandlar).

UNLILAR IMLOSI
ASOS VA QO'SHIMCHALAR IMLOSI
1. a unlisi bilan tugagan fe'llarga -v, -q, -qo'shilganda a unlisi o aytiladi va shunday yoziladi: sayla —
saylov, qayna — qaynoq, sayra — sayroqi.
Shuningdek, o 'qi — o 'quvchi, sovi — sovuq, to 'qi — to 'quvchi so'zlarida / unlisi u ga aylanishi mumkin.

  1. Kk harfi bilan tugagan so'zlarga egalik qo'shimchasi qo'shilsa, ular g va g' ga aylanadi: yurak — yuragi, bilak — bilagim, tilak — tilagim; buloq — bulog'im, quloq— qulog'ing, qishloq — qishlog'i kabi. Erki, ishtiroki, huquqi, ravnaqi singari so'zlarda bunday holat kuzatilmaydi.

  2. Singil, o'rin, ko'ngil, og'il, shahar kabi sozlarga egalik qo'shimchasi, qayir, ayir, so'zlariga nisbat yasovchi qo'shimcha, ikki, olti, yetti so'zlariga jamlovchi son hosil qiluvchi qo'shimcha qo'shilsa, asosda tovush tushishi hodi-sasi ro'y beradi.

  3. U, shu, o'sha kabi olmoshlarga -da, -dan, -day, -dagi, -dosh, -cha qo'shimchalari qo'shilsa, bitta n ort-tiriladi, aksincha men, sen olmoshlariga -ni va -ning qo'shimchalari qo'shilsa, bitta n tushirib qoldiriladi: bunda, shundan, o 'shancha, meni, sening kabi.

  4. Parvo, obro', mavqe so'zlariga egalik qo'shimchalari (I va II shaxsda) qo'shilsa, bitta y tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: parvoyi, obro'yim, mavqeyim kabi.

6.-boz, -bon qo'shimchalari -vos, -von kabi aytilsa-da, doimo asl shakli bo'yicha yoziladi: dorvoz, bog'bon kabi.
7.-dir nisbat yasovchi qo'shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo'g'inli so'zlarga qo'shiladi: yondir, bordir, quvdir kabi (kel so'zi bundan mustasno), qolgan o'rinlarda -//>shaklida aytiladi va shunday yoziladi: ektir, uyultir, kes-tir kabi.
8. -ga, -gacha, -gach, -guncha, -gani, -gudek, -gan, -gin, -gina qo'shimchalari uch xil aytiladi va yoziladi ertaga, ertagacha, borgach, borguncha, borgudek, borgan; eshik-ka, eshikkacha, chiqqach, chiqquncha, chiqqani kabi.
Eslatma: bargga, pedagogga, bug'ga, sog'ga, og'gan, sig'guncha so'zlari bunga kirmaydi.

Yüklə 45,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə