Spirtlar mavzusiga bir soatlik dars ishlanmasi



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə1/7
tarix16.01.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#82904
  1   2   3   4   5   6   7
Spirtlar-fayl



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYAT

NAMANGAN SHAHAR XALQ TA’LIMI

BO’LIMIGA QARASHLI

33- SONLI UMUMIY O’RTA TA’LIM

MAKTABINING KIMYO FANI O’QITUVCHISI ABDALIYEVA G’OLIBANING
10 SINF UCHUN KIMYO FANIDAN

SPIRTLAR MAVZUSIGA BIR SOATLIK

DARS ISHLANMASI

“Tasdiqlayman”

Metod birlashma rahbari

___________ N.Begmatova



Sinflar

10














Sana
















Mavzu

Spirtlar

“____”_____________201_ yil

1.1. O’quv mashg’ulotning o’qitish texnologiyasi

Vaqti – 1 soat

O’quvchilar soni 30 nafar


O’quv mashg’ulotning shakli

Mavzuga oid bilimlarni shakllantirish bo’yicha mashg’ulot

Asosiy o’quv masalalari



Reja.

  1. Spirtlar, ularning olinishi va gomologik qatori.

  2. Bir atomli, ikki atomli spirtlar.

  3. Bir atomli spirtlarning xossalarini o’rganish




O’quv mashg’ulotning maqsadi: Bir atomli spirtlar haqidagi bilimlarni shakllantirish.

O’qituvchining vazifalari:

  • mavzu bo’yicha bilimlarni mustaxkamlash va chuqurlashtirish;

  • spirtlar haqida bilim malaka va ko’nikmalar shakllantirish;

O’quv faoliyatining natijalari:

O’quvchi bilishi kerak:



  • spirtlarning xossalarini o’rganish;

  • spirtlarning eruvchanligini aniqlash




O’qitish uslubi va texnikasi

Birgalikda o’qish, munozara, blits-so’rov,

O’qitish vositalari

O’quv qo’llanmalar, organik birikmalarning sharsterjenli va masshtabli modellari, qog’oz varaqlari, doska, bo’r

O’qitish shakli

Frontal, individual, guruhlarda ishlash

O’qitish sharoitlari

O’qitishning texnologik vositalari bilan jihozlangan kimyo bo’yicha amaliy ishlariga mo’ljallangan auditoriya

1.2 O’quv mashg’ulotning texnologik xaritasi

Bosqichlar,

vaqti

Faoliyat mazmuni

o’qituvchi

O’quvchi

1-bosqich.

Kirish

(5 min.)

    1. Mavzuni, o’quv mashg’ulot o’tkazish rejasi va mashg’ulotdan kutiladigan natijalar rejasini ma’lum qiladi.Ma’naviayt daqiqasi o’tkazadi.(1-ilova)

    2. Kichik guruhlarda ish davom ettirilishini ma’lum qiladi. O’quvchilarn uch guruhga bo’ladi

    1. Tinglaydilar, yozadilar.



    1. Eshitadilar.

Guruhlarga bo’linadilar

2-bosqich.

Bilimlarni tekshirish

(10 min.)

2.1.O’quvchilar bilimlarini baholash yoki to`plagan ballarini hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi”ni tayinlaydi Guruhlarni baholash mezonlari bilan tanishtiradi(2-ilova)

2.2. O’tilgan mavzuning bo’yicha blits-so’rov o’tkazadi va bir necha javoblarni eshitadi (3-ilova)



2.1.Guruh hisobchisi guruhlar to’plagan ballarni hisoblaydi


2.2.Savollarga javob beradilar


3-bosqich.

Informatsion

(25 min.)

3.1.Yangi mavzuning slayd taqdimotini (4-ilova) namoyish qiladi.

3.2.Mavzuning ma’ruza qismi bayon qilinadi

(5-ilova)

3.3.Mavzuga oid ko’rgazmali qurol-(plakat) bilan tanishtiriladi (6-ilova)

3.4.Mavzuni mustahkamlash uchun savollar beriladi(7-ilova)

(1)«METANOl» guruhi savollarga javobni klaster (8-ilova)chizmasida aks ettirishadi

(2)«ETANOL» guruhi savollarga javobni venn diagrammasi(9-ilova) chizmasida aks ettirishadi

(3)«PROPANOL» guruhi savollarga javobni Т-sxema (10-ilova) chizmasida aks ettirishadi 3.5.Tuzilgan klaster,venn diagrammasi,T-sxema haqida jamoa muhokamasini tashkil etadi va javoblarni to’ldiradi.

3.6 Eng zaif halqa o’yini o’yaladi (11-ilova)

3.7.O’quvchilarga tajriba-yo’riqnomalarini(9-ilova) beradi va tegishli me’yornoma asosida reaktivlar tarqatadi

3.8 Mavzu bo’yicha berilgan tajribalarning bajarilishi va tajribada olingan natijalarni kuzatadi.

3.9. Tajriba ishlarini bajarilishi bo’yicha bayonlarni rasmiylashtirish va olingan natijalarni baholashni tashkil etadi.

3.10. Olingan natijalarni umumlashtiradi, izohlaydi, tajriba bajarishi bo’yicha qilingan xulosalarga e’tibor beradi


3.1.Taqdimot bilan tanishadilar.

3.2 Eshitib yozib oladilar


3.3.Tanishadilar
3.4.Savollarga javob beradilar grafikli organayzerlarni to’ldiradilar.
3.5.Muhokamada qatnashadilar
3.6.O’yin oynaydilar

3.7. Tajribalar bilan tanishadilar, reaktiv va oladilar

3.8.Tajribalarni bajaradilar , olingan natijalarni qayd etadilar

3.9 Tajriba ishlari bayonini to’ldiradilar.

3.10.Xulosa qiladilar.


4-bosqich.

Yakuniy

(10 min.)

4.1. Tajriba mashg’ulotini yakunlaydi, guruh hisobchilarini hisobotini tinglab har bir o’quvchini bilimini va kichik guruhlar bo’yicha baholaydi, faol ishtirokchilarni rag’batlantiradi.

4.2. Kelgusi darsga uy vazifasini beradi.(11-ilova)



4.1. Tinglaydilar.

4.2. Yozadilar.





Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə