Sredazsvetmet-energo



Yüklə 2,23 Mb.
tarix07.10.2023
ölçüsü2,23 Mb.
#126081
xo\'jayeva Gulsevar hisobot


12.06.2023 “SREDAZSVETMET-ENERGO” AJ
Bu kunda biz barcha talabalar bilan birga Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi Ko’kcha Darvozada joylashgan “Sreadzsvetmet-energo” aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurdik. Bizga zavod hududida tashkil etilgan ushbu ekskursiyada zavod tomonidan maxsus rahbar tayinlanib, xavfsizlik qoidalari va tartibi bilan tanishtirilib,undagi barcha jihozlar va asbob-uskunalar, ishlab chiqarish xonalari va jarayonlari to’g’risida ma’lumotlar berildi. Tashkil etilgan ekskursiya avvalida ushbu zavod haqida qisqacha va aniq ma’lumotlar berildi. “Sredazsvetmet-energo” aksiyadorlik jamiyati 1994-yilda O’zbekiston Respublikasi Davlat Mulk qo’mitasining buyrug’I bilan tashkil etilgan bo’lib, hozirda 100% xususiy kapitalga ega bo’lgan xorijiy hamkor ishtirokidagi korxona ekan. Zavodda asosan metallurgiya,energetika,issiqlik generatorlari ,sanoat uskunalari va maxsus qurilmalar,payvandlash asboblari,apparatlari, o’zgaruvchan tok quvvatini mo’tadillashtiruvchilar ishlab chiqarilib,nafaqat butun Respublikamiz, balki O’rta Osiyo hudulariga ham yetkazib berilar ekan. Ekskursiyamiz davomida biz uchun qiziq bo’lgan asbob-uskunlar va ularning vazifasi haqida qiziqtirgan savollarimizga maxsus rahbar tomonidan ma’lumotlar olindi.




Ekskursiya davomida olingan sur’atlar



Tashkil etilgan ekskursiya davomiyligi 60 daqiqa davom etdi va unda ishlab chiqarish zonalarida amaliyot jarayonlari o’tkazildi.

15.06.2023 O’MKI TAJRIBA ZAVODI


Tashkil etilgan amaliyot dasturining keying kuni“O’simlik moddalari kimyosi institut” ida bo’lib o’tdi.Kichik guruhlarga bo’linib, instituti tomonidan tayinlangan rahbarlar bilan ekskursiyamiz boshlandi. Unda maxsus oq tibbiy kiyimlar bilan labaratoriya xonalari tanishtirildi.Ushbu institutda o’simliklar bilan bog’liq barcha ilmiy izlanishlar olib boruvchi labaratoriyalar, dori ishlab chiqaruvchi maxsus binolar va sichqonlarda tajriba o’tqaziladigan binolar, turli xildagi labaratoriyalar va YAMR spektr xonalari mavjud ekan. Ushbu institut 1943-yilda S.Yunusov yangi alkaloidlar kimyosining nazariy asoslari va amaliy nihatdan zarur bo’lgan preparatlarni yaratish maqsadida asos solingan.Institutning ilmiy yo’nalishi – o’simliklarning vegetatsiya (o’sish) davri va o’sish hududiga bog’liq holda barcha organlardagi o’simlik moddalarini kompleks o’rganishdan iborat.Institut tadqiqot ishlarini tematikasida o’simlik moddalari ajratishda yangi dorivor preparatlarni yaratishga katta o’rin berilgan. Bugungi kunda institutda 11 ta laboratoriya va 2 ta ilmiy bo’lim va tajriba sanoat korxonasi mavjud.



Ushbu tajribalar xonasida dorivor fitopreparatlarni o’simliklardan ajratib olish va ular asosida dorivositalari olinishi ustida ishlar amalga oshirilar ekan. Ushbu ilmiy-tadqiqot muassasasida o’simliklarning kimyoviy, biologik,farmakologik,toksikologik ta’sirlarini o’rganadi.Ba’zi sabablarga ko’ra sichqonlar ustida tajribalar xonasi va dori vositalarini tayyorlash xonalariga kirmadik.Lekin ungacha bo’lgan dori vositalari bor moddalarni ajratib olish bilan bog’liq jarayonlarni o’z ichiga olgan laboratoriya haqoda barcha savollarimizga javob oldik. E’tiborimizni tortgan jihati, ushbu labaratoriyalardagi kolbalarning hajmi va kattaligi oddiy o’quv labaratoriyalardan bir necha o’n barobar farqli va reaksiyani oson kuzatish imkonini berar ekan.

Ushbu sur’at YAMR spektroskopia aniqlash xonasida olingan bo’lib, maxsus apparatlar, yuqori sifatli kompyuter va YAMR spektroskopiya uchun maxsus sovitish asboblari bilan xona jihozlangan ekan.YAMR spektroskopik usul bilan xossalari aniqlanadigan modda diamagnit xususiyatga ega bo’lishi va atomlarining yadrosi magnit xususiyatga ega bo’lishi , ya’ni yadro spini noldan farq qilishi kerak ekan.Bu usul orqali ko’plab organic moddalar aniqlanadi. Chunki ular tarkibida vodorod atomi bor va u yadrosi protonli zaryadli bo’lgani uchun o’z o’qi atrofida harakat qilganda magnit maydon hosil qiladi.Masalan,o’tkazgich bo’lib electron toki o’tganda uning atrofida magnit maydoni hosil bo’ladi.Yadro magnit rezonansni kuzatish uchun modda ampulaga solinib yuqori kuchlanishli doimiy magnit maydonga kiritilar ekan.Tokning chastotasini generatordan kuzatish mumkin, yutilish darajasi esa pastki va yuqori holatlardagi zarrachalar sonlari farqiga bog’liq. Shu kabi ma’lumotlarga ega bo’lib, alkaloidlar bo’yicha ilmiy izlanishlar olib boriladigan labaratoriyaga yo’l oldik.
Alkaloidlar bo’yicha tajribalar o’tkazuvchi ilmiy xodim avvaliga bilimlarimizni sinab, savol-javob o’tqazish asosida tog’ri bilim va ko’nikmalarni berishga harakat qildilar. Unda alkaloid moddalarning ta’rifi, qaysi sohalarda va maqsadlarda ishlatilishi, ularning o’ziga xos tuzilishi va xossalari haqida to’liq ma’lumotlar bilan bo’lishdilar.Qisqacha alkaloidlar olinuvchi laboratoriya asboblari va sharoitlarini ham tushuntirib berdilar. Shu bilan ushbu institutdagi amaliyotimiz o’z yakuniga yetdi.

16.06.2023 CHINOZ NEFTNI QAYTA ISHLASH ZAVODI.


Amaliyot dasturimizning keying kunida Chinoz Neftni qayta ishlash zavodida bo’ldik.Ushbu zavod ma’lum vaqt o’z ishini to’xtatib, yaqinda 2016-yilda o’z faoliyatini qayta boshlagan ekan. Amaliyot dasturimiz maxsus tayinlangan rahbar boshchiligida Neft haqida va bosqichlar, olinishi, Respublikamizdagi barcgha neft konlari va zavodlari haqida nto’liq ma’lumot berish bilan tayyorlangan prezentatsiya asosida o’tkazildi. Bu jarayonda ham maxsus rahbar talabalarning bilim va ko’nikmalarini sinab bo’lgach to’liq ma’lumot berish bsoqichiga o’tdilar. Bunda biz uhim bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldik neft ishlab chiqarish haqida, quyida ulardan keltirib o’taman.
Neft o’ta muhim yonilg’I bo’lib, qora yoki qo’ng’ir rangli,ba’zan och malla rangli bo’lib,o’ziga xos hidli.Suyuq yonuvchi qazilma boylik, organic birikmalarning,asodan,uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda.Yer yuzasidanasosan 1,2-2,0 km chuqurlikdagi yer osti gumbazlarining g’ovak yoki seryoriq tog’ jinslarida joylashgan.
Neftni qayta ishlash-Neftdan neft mahsulotlari benzin,kerosin,dizel yonilg’isi, mazut, moy,bitum,gudron va boshqalar olishda qo’llaniladigan texnologik usullar majmui.Neftni qayta ishlashdan avval neft tarkibidagi suv, tuz va mexanik aralashmalar tozalanadi, keyin uni stabillashtirish,yuqori haroratda bug’latib haydash, distillyatlarnin tozalash, qo’shimchalar qo’shish va boshqalar bajarilar ekan.


Nazariy ma’lumotlardan keyin, zavod bo’ylab ekskursiya tashkil etilib, unda butun zavod bo’ylab aylandik. Maxsus trubalar ajratilgan qurilmalar, zavod yuragi bo’lgan markazlashtirilgan kompyuterlar xonasi, katta hajmda neft saqlanadigan joylar bo’ylab tanishtirish ishlari olib borildi. Zavodda vaqtinchalik lichik hajmda ishlar olib borilmoqda ekan, sababi mamlakatimizda neft zaxiralari juda kamligi hisobiga. Bunga qaramasdan, neftni qayta ishlash zavodi juda katta hajmda neftni ishlab chiqarishga asoslangan ekan. Kompyuter panellari bilan jihozlangan kompyuter xonasida boshqaruvni qanday amalga oshirish jarayonlari va qurilmalari bilan tanishtirildi.Bundan tashqari maxsus kichik o’lchamli neft tarkibini aniqlovchi 3-4 xonadan iborat bo’limda neft tarkibini aniqlash usullari, tindirish bosqichlari tushuntirildi.

2 soat davom etgan Chinoz neftni qayta ishlash zavodidagi ekskursiyadan maqsad ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishtirish va talabalarda sifatli ta’lim va ko’nikma hosil qilish, yetuk kadrlar tayyorlashga qaratilgan.Shuningdek, ushbu amaliyotda tayyor mahsulotlarni tashishda transport obyektlaridan foydalanish va xizmat ko’rsatish sharoitlari ham ko’rsatildi.
19.06.2023 O’zFa YADRO FIZIKASI INSTITUTI

25 talik guruhdan tashkil topgan amaliyot guruhimiz bilan Toshkent viloyati Qibray tumanidagi O’zFa Yadro fizikasi institutida bo’ldik.Ushbu institut 1956-yilda tashkil etilgan bo’lib , undan oldin Respublikamiz boy mineral xomashyosi bazasi vazifasini o’tagan .Intitut asoschilari I.V.Kurchatov, A.P.Aleksandrov, Yu.B.Xariton,U.A.Arofov va A.S.Azimov kabi taniqli olimlar hisoblanishadi.
1957-yilda Qibray hududida yadro reaktori,eksperimental laboratoriyalar binolari va M.Ulug’bek nomi bilan atalgan shaharcha qurilishi boshlangan.1959-yilda O’rta Osiyoda birinchi 2000 kVt quvvatga ega bo’lganVVR-SM rusumli tadqiqot atom reaktori ishga tushirilgan.
Bugungi kunda O’zRFA Yadro fizikasi institute Markaziyb Osiyodagi yirik ilmiy markazlardan biri hisoblanib, Yevropa, Aerika,Osiyo mamlakatlari,Yaponiya davlatlari bilan aloqasi bo’lib, dorivor radioaktiv izotoplar rakka qarshi sotadi va yillik 5 million dollarda ortiq daromadga ega. Bundan tashqari ushbu institut hududida MIFI intituti tashkil etilgan bo’lib,Rossiya hamkorligida, AESlar uchun maxsus kadrlar ishlab chiqaradi.
Amaliyot dasturida Sodiqov Ilhom Ismailovich fizika-matematika fanlari doktori tomonidan institut haqida yuqoridagi umumiy ma’lumotlar berib o’tildi. Maxsus tayyorlangan ilmiy xodim bilan birga institut bo’limlari bo’ylab sayohat boshlandi. Gamma qurilmasi birinchi bo’lib tanishtirildi. 1958-yilda 60So radiaktiv manba quvvatli gamma qurilmasi ishga tushirilgan. Keyinchalik uch quduq olgan gamma qurilmasi modernizatsiya qilingan Bu qurilmada turli xil tibbiyot mahsulotlari, asbob va uskunalar, dori vositalari sterilizatsiya qilinar ekan.1- gamma quduq chuqurligi 5 m bo’lib atrofida Co 60 izotopli metal bilan qoplangan va ichiga suv to’ldirilgan ekan. Gamma nuri berilganda insonga zarari yo’q ekan. Sterilizatsiya jarayonlari qanch gamma nurlar berilishiga qarab 5-6 kun(1500liniyada) va boshqa muddatlarda o’z nihoyasiga yetar ekan.Ushbu qurilmning e’tiborli jihati o’z suvini o’zi tozalash xususiyatiga ega ekan. Xona burchagida maxsus ko’rgazma sifatida sterilizatsiya qilinadigan mahsulotlar namunlari: romashkali qadoq, clamor dori vositasi, tibbiyot paxtasi, tibbiyot iplari,nitilar,medamin , xantal kukun, aktiv kalsiy kabi mahsulotlardan iborat ko’rgazma ishi bilan tanishdik.

Keyingi bo’lim 1960-1964-yillarda fizika korpusi va tezlatgichlar korpusi,tezlatib beruvchi siklotronlar qurib bitkazilgan bino bo’di. Ular radionuklidlar olish texnologiyalarini o’zlashtirish imkonini beradi. U yerda siklotron va radionuklidlar olish texnologiyalari haqida qisqacha ma’lumot berib o’tildi.Bundan tashqari tizim qanday ishlash tartibi, asbob-uskunakardan foydalanish va ularning maxsus xususiyatlari tushuntirib berildi.



Institut ishlanmalari Respublikamiz va undan tashqarida ham keng amaliyotga tadbiq etilar ekan.Misol uchun tibbiyot sohasida import o’rnini bosuvchi radiodiagnostik va radioterapevtik maxsulot ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan, radiosterilizatsiya uslublari yaratilib,turli kasalliklarda mikroelementlar rolini aniqlovchi analitik usullar yaratilgan ekan.Institutda radioaktiv manbalar nazorati,attestatsiyasi va xizmat qilish vaqtini uzaytrish bo’yicha tiizm va shuningdek butun O’zbekiston hududidan radioaktiv chiqindilarni yig’[ib olish va ko’mish ishlari yo’lga qo’yilgan ekan. Ushbu amaliyot dasturi ham 2 soat davom etib. Institutdagi 2 ta bo’lim ishlash tartibi va mexanizmi, maqsad va vazifalari bilan tanishtirib o’tildi.



Xulosa: Turli zavodlarga va ishlab chiqarish korxonalariga qilgan ekskursiyalarimiz davomida kimyo sohasining qanchalik keng imkoniyatlar doirasida ishlashi haqida turli ilmiy xodimlar,professorlar, laboratoriya xodimlari tomonidan yangi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldik. O’zaro fikr almashishlar va ishlab chiqarilish jarayonlari haqidagi real tassurotlarga ega bo’ldik. O’z ishining mutaxassisi va yetuk kadrlar bilan birga ish jarayonlarida qatnashdik.Olingan bilimlar kelajakda ish jarayonini to’g’ri tanlash va mas’uliyatli kasb egasi bo’lishimizga, sifatli va yetuk kadr bo’lib yetishishimizga yordam beradi.


Yüklə 2,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə