Sun’iy intelekt texnologiyasining qoʻllanilishi va uni Python dasturlash tili asosida modellashtirish. Ishdan maqsad



Yüklə 172,84 Kb.
səhifə1/6
tarix21.04.2022
ölçüsü172,84 Kb.
#85814
  1   2   3   4   5   6
1-laboratoriya


Laboratoriya ishi №1
Mavzu: Sun’iy intelekt texnologiyasining qoʻllanilishi va uni Python dasturlash tili asosida modellashtirish.
Ishdan maqsad:

  1. Sun’iy intellekt texnologiyasining telekommunikatsiya sohasidagi ahamiyati va muhim jihatlarini oʻrganish;

  2. Sun’iy intellekt texnologiyasini Telekommunikatsiya sohasiga tadbiq qilishda Python tilinining imkoniyatlari bilan tanishish.


1.Qisqacha nazariy ma’lumot.

Sun’iy intellekt — informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi. Hozirda sun’iy intellekt turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm hamda dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan bir qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi.

1990 yillarda sun’iy intellekt taraqqiyotida yangi sahifa ochildi. 1997 yilda Deep Blue nomli IBM kompyuteri shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparovni yenggan tarixdagi ilk kompyuter bo‘ldi. Sun’iy intellektning yorqin namunalaridan yana biri – IBM Watson superkompyuteri bo‘lib, u o‘z bazasidan kelib chiqib muayyan tilda berilgan savollarga javob beradi. Shuningdek, ko‘pchilikning doimiy hamrohiga aylanib ulgurgan mobil yordamchi Siri, fotosuratlarni qayta ishlovchi Prisma kabi dasturlarni Sun’iy intellektning yutuqlaridan biri sifatida qayd etish mumkin. Hozirga kelib sun’iy intellekt keng ko‘lamda ommalashib kundalik turmush tarzimizning deyarli barcha jabhalarini qamrab olmoqda. Masalan, Xitoydagi Inchuan shahri aholisiga bank kartalarining keragi yo‘q. Hisob-kitoblar bilan bog‘liq barcha jarayonlar sun’iy intellekt tomonidan insonning yuz qiyofasini aniqlashtirish orqali amalga oshiriladi.

Kelgusi bir necha yil ichida telekommunikatsiya sohasi sun'iy intellekt (SI) texnologiyalari, dasturiy ta'minot, jihozlar va ulardan foydalanish xizmatlariga bir necha o'n milliard dollar sarmoya kiritadi, deya bashorat qilmoqda Tractica1. Mutaxassislarning fikricha, 2016 yildan 2025 yilgacha telekommunikatsiya xizmatlari provayderlari sunʼiy intellektning turli yechimlari uchun taxminan 36,7 milliard dollar sarflaydi.

1Tractica - bu sun'iy intellekt, robototexnika, foydalanuvchi interfeysi texnologiyalari, taqiladigan qurilmalar va raqamli salomatlikni sifat va miqdoriy baholashni o'z ichiga olgan texnologiyalar bilan insonning o'zaro aloqasi bilan bog'liq global bozor imkoniyatlarini chuqur tahlil qiladigan bozor tadqiqot kompaniyasi.
Telekommunikatsiya sohasida SI yechimlaridan foydalanishning asosiy ssenariysi tarmoq infratuzilmasini monitoring qilish va boshqarish vositalari bo‘ladi. Mutaxassislarning fikricha, SI texnologiyasiga telekommunikatsiya sohasi investitsiyalarining 60 foizdan ortig‘i shu yo‘nalishga yo‘naltiriladi.

Sun'iy intellektning boshqa asosiy ilovalari qatorida tahlilchilar mijozlarga xizmat ko'rsatish va marketing bo'limlarida virtual yordamchilarni joriy etish, mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish (customer relationship management, CRM), kiberxavfsizlik, prognozli xizmat ko'rsatish va firibgarlikni yumshatish uchun intellektual tizimlarni yaratishni sanab o'tdi.

"Telekommunikatsiya sohasi xarajatlarni kamaytirish va avtomatlashtirish orqali samaradorlikni oshirish uchun sun'iy intellekt yechimlari uchun tayyor. Ko'pgina aloqa operatorlari allaqachon ular bilan tajriba o'tkazishni va o'z tashkilotlarida sun'iy intellekt elementlarini joriy qilishni boshladilar", - deydi Tractica tahlilchisi Mark Bekku.


Yüklə 172,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə