Suv resurslari, havza tamoyili, irrigasiya tizim boshqarmalari, suv iste’molchilari uyushmalari, sig’imlilik, qaytimlilik, sug’orish usullari



Yüklə 57,36 Kb.
səhifə1/12
tarix31.05.2022
ölçüsü57,36 Kb.
#88418
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
5 mavzu Qishloq xo‘jaligida suv resurslari va ulardan foydalanish


2.2.-mavzu. Qishloq xo‘jaligida suv resurslari va ulardan foydalanish samaradorligi.
Reja:

2.2.1.Suv resurslarining qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati. Suv resurslari va suv manbalari haqida tushuncha.


2.2.2.Suvdan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar ularni aniqlash tartibi.
2.2.3.Ekinlarni su‘orishda suvdan tejamli foydalanish. Suvdan foydalanishda tejamkor texnologiyalar va uni amaliyotga joriy etish yullari.
2.2.4.Suvdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi va uni oshirish yullari.
Tayanch iboralar: suv resurslari, havza tamoyili, irrigasiya tizim boshqarmalari, suv iste’molchilari uyushmalari, sig’imlilik, qaytimlilik, sug’orish usullari.

2.2.1.Suv resurslarining qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati. Suv resurslari va suv manbalari haqida tushuncha.
Yer resurslaridan samarali foydalanish o’z navbatida suv resurslaridan ham oqilona foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Chunki o’simlik dunyosini suvsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Buni issiq o’lka hisoblangan bizning respublikamizda yaqqol ko’rish mumkin. Shuning uchun suvni tejash, undan oqilona foydalanish qonun bilan belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonunida suvning davlat mulki ekanligi, umumiy boylik hisoblanilishi, suvdan oqilona foydalanish lozimligi va u davlat tomonidan qo’riqlanishi ta’kidlab o’tilgan. Yana shu qonunda respublikaning yagona davlat suv fondi: daryolar, ko’llar, suv omborlari, boshqa yer usti suv havzalari va suv manbalari, kanal va hovuzlarning suvlaridan, yer osti suvlari va muzliklardan iboratligi ko’rsatib o’tilgan. Mamlakatimizga qardosh Qirg’iziston va Tojikiston respublikalaridan Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshon kabi daryolar oqib keladi. Ulardan, Orol dengizi va Haydarko’l kabi ko’l suvlaridan foydalanish huquqi davlatlararo bitimlarda belgilab beriladi.
Shunday qilib, suvning ahamiyatini va uni tejash kerakligini quyidagi ma’lumotlar bilan tasdiqlash mumkin. Agarda tuproq tarkibidagi namlik 65-80 foiz bo’lsa, yerdan hosil olish mumkinligi ilmiy tadqiqotlar natijasidan ma’lum. Masalan, 1 s g’alla (bug’doy, roj, arpa, tariq)ni olish uchun 30-40 tonna, kartoshka uchun – 18-20 tonna, sholi uchun – 135-140 tonna va paxta uchun – 800-1000 tonna suv zarurdir. Suv o’simlik uchun fotosintez vazifasini o’taydi.

Ushbu jadvalda qishloq xo’jalik ekinlarining o’rtacha sug’orish soni va normalari ko’rsatilgan. Belgilangan suv resurslarini nobud etgan korxonalar jarima to’laydilar.


Yüklə 57,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə