Tabiat resurslari



Yüklə 81,85 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix25.05.2022
ölçüsü81,85 Kb.
#87904
Tabiat resurslari - Vikipediya



Tabiat resurslari
Tabiat resurslari
, tabiiy boyliklar — jamiyatning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish
maqsadlarida xoʻjalikda foydalaniladigan hamda insoniyatning yashashi uchun zarur boʻlgan, uni
oʻrab turgan tabiiy muhitning barcha tabiat komponentlari, energiya manbalari. Tabiat
resurslariga 
Quyosh energiyasi
, Yerning ichki issiqligi, suv, yer, mineral boyliklar, foydali
qazilmalar, oʻsimliklar, tuproqlar, hayvonot dunyosi kiradi. Tabiat resurslari tugaydigan (koʻpgina
foydali qazilmalar), tugamaydigan (suv, havo, Quyosh nuri, Yerning ichki energiyasi) va
tiklanadigan (biologik elementlar, ayrim foydali qazilmalar) boyliklarga boʻlinadi. Tabiiy xom
ashyolarni koʻp darajada isteʼmol qiluvchi kuchlarning jadal rivojlanishiga bogʻliq ravishda tabiat
resurslari bilan taʼminlash muammolari yanada dolzarblashib bormoqda. 
Tuproq

atmosfera
va
gidrosferaning
ifloslanishiga qarshi kurashishda jahonning barcha mamlakatlari kelishib faoliyat
yuritishlari zarur boʻlib, tabiat resurslari muhofazasi global xarakterga ega boʻlmoqda. Tabiat
resurslarini oʻzlashtirishning muhim bosqichlari — ularni aniqlash (razvedka qilish), oʻrganish,
alohida turlari boʻyicha kadastrlar (masalan, yer kadastri, suv kadastri) tuzishdan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasida
tabiat resurslari kadastrlarini tuzish va yuritish Oʻzbekiston
Respublikasining "Davlat kadastrlari toʻgʻrisida" qonuni (2000-yil, 15 dekabr)ga muvofiq olib
boriladi.


Tabiat resurslarini baholashning ilmiy asoslangan 3 tipi mavjud: texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy.
Tabiat resurslarini toʻgʻri baholash ulardan foydalanishda eng yuqori samaralarga erishishning
muhim sharti hisoblanadi. Inson tafakkuri oʻsishi bilan bogʻliq holda tabiat resurslari turlari ham
kengayib bormoqda, bunda eng zamonaviy texnik vositalardan foydalaniladi. Ilmiy-texnik
taraqqiyotni rivojlanib borishi bilan tugaydigan tabiat resurslari oʻrnini bosuvchi yangi sunʼiy
materiallar ishlab chiqarilmoqda, 
Dunyo okeani
boyliklari oʻzlashtirilmoqda. Ijtimoiy va iqtisodiy
taraqqiyotning rivojlanishi yoʻlida tabiat resurslaridan samarali foydalanish va tabiatda ekologik
muvozanatni taʼminlab turuvchi yangi sifatli texnologiyalarni yaratish talab etilmoqda. Xom
ashyo va energiya manbalaridan rejali tarzda foydalanish uni uzoq muddatga yetishini
taʼminlaydi/.
Tabiatni muhofaza qilish
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Geografiyaga
 oid ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.
php?title=Tabiat_resurslari&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Tabiat_resurslari&oldid=251
4012
" dan olindi
Yana q.


 
Soʻnggi tahrir 2 oy avval
 
Rtfroot
 tomonidan amalga oshirildi

Yüklə 81,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə