Tajribalar maqsadi



Yüklə 49,27 Kb.
səhifə1/3
tarix30.09.2023
ölçüsü49,27 Kb.
#125084
  1   2   3
LABORATORIYA ISHI №1 Уитстон куприги


LABORATORIYA ISHI № 1
UITSTON KO‘PRIGIDAN FOYDALANIB QARSHILIKLARNI ANIQLASH


TAJRIBALAR MAQSADI:
Uitston ko‘prigi uchun nol metodni tushunish va uitston ko‘prigidan foydalanib qarshiliklarni aniqlash.


ASOSIY MA’LUMOTLAR.
Charlz Uitston tomonidan 1843 yilda kashf etilgan ko‘prik seximasi metodi qarshilikni o‘lchashning bir imkonyatini ifodalaydi. Noma’lum qarshilikning qiymati Rx boshqa bir juda yuqori aniqlikda ma’lum bo‘lgan R qarshilikning qiymati bilan taqqoslanib, katta aniqlik bilan o‘lchanishi mumkin.
Tajriba paytida uzunligi 1 m va ko’ndalang kesimi o‘zgarmas bo‘lgan o‘tkazgich simga U kuchlanish qo‘yiladi. Simning uchlari noma’lum qarshilik Rx ga va qarshiliklari yuqori aniqlik bilan aniq bo‘lgan va ketma-ket ulangan o‘zgaruvchan qarshilik R ga ulangan (2-rasmga qarang). O‘tkazgich simning
ustiga o‘rnatilgan siljuvchi kontakt simni uzunliklari S1 va S2 bo‘lgan ikki qisimga ajratadi. Siljuvchi kontakt nul indikator vazifasini bajaruvchi ampermetr orqali Rx va R qarshiliklar tutashgan nuqtaga ulanadi. Agar apermetr orqali o‘tayotgan tok nolga teng bo‘lsa,
(1)
bo‘ladi.
Shuning uchun qarshilikni o‘lchashning nul balansli usuli qarshilikdan oqayotgan tokdan bog’liq bo‘lmaydi va stabillanmagan tok manbayi yordamida ham bajarilishi mumkin. Bu eksperimental konfiguratsiya uchun eng yaxshi o‘lchash aniqligiga simmetrik ulash yo’li bilan, ya’niy siljuvchi kontakt o‘tkazgich simning o‘rtasida joylashganda va shuning uchun S1 va S2 qisimlar bir-biriga teng uzunlikka ega bo‘lganda yetishish mumkin. U vaqtda
(1)
bo‘ladi. Shuning uchun ma’lum bo’lgan qarshilk R ning qiymati imkoni boricha to‘g’ri o‘lchangan bo‘lishi kerak. Chunki aniqlanayotgan Rx qarshilik unga teng bo’ladi. Yuqoridagiga anternativ holda, nomalum qarshilik (2) tenglama bilan to‘g’ridan-to‘g’ri o‘lchanishi uchun, dastlab siljuvchi kontakt simning teng o’rtasiga joylashtirilishi lozim va o‘zgaruvchan R qarshilikning
qiymati ampermetr nolni ko‘rsatguncha o‘zgartrib borilishi lozim. Bu holda R qarshilikning qiymati to‘g’ridan-to‘g’ri izlanayotgan Rx noma’lum qarshilikning qiymatiga teng bo‘ladi.



Yüklə 49,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə