Talab va taklif nazariyasi



Yüklə 142,51 Kb.
səhifə1/7
tarix25.05.2022
ölçüsü142,51 Kb.
#87844
  1   2   3   4   5   6   7
Buvabayeva Shaxnoza

Talab va taklif nazariyasi.


Buvabayeva Shaxnoza 202-GIBA

Reja:

Talab tushunchasi va talab qonuni.

  • Talab mollar va xizmatlarga bo’lgan ehtiyojning pul va boshqa to’lov vositalari bilan ta’minlangan qismidir. Talab bozordan nimani va qancha miqdorda sotib olishni aniqlab beradi. Masalan 1000 so’mi bor odam shu pulning hammasiga o’z ehtiyojini qondirishi mumkin bo’lgan turli xil mollar sotib olishi uchun bozorga bordi. U o’z pulining 300 so’miga ko’ylak va 700 so’miga bir shim oldi. Lekin u tufli va ichki kiyimlar ham olishi kyyerak edi. Ammo, uning bu ehtiyojlarini ta’minlashga puli qolmadi. Shuning uchun ham u qolgan ehtiyojlarini talab qila olmaydi. Bozorda xaridorlar mol sotib olib, o’z ehtiyojlarini qondirishni xohlaydilar.

Talab tushunchasi va talab qonuni.

  • Ammo xaridorning muayyan tovarga bo’lgan talabi ko’pgina, jumladan, aholining pul daromadi va uning o’sishiga, bozor hajmiga va mollar bahosiga, iste’molchiga berilgan imtiyozga, iste’molchilar tabiatiga hamda bir mol o’rniga ishlatilishi mumkin bo’lgan boshqa mollarning mavjud-mavjudmasligi kabi boshqa omillarga, bog’liqdir. Bu omillar ichida talabni aniqlab beruvchi asosiy omil – mollar bahosidir. Chunki xaridor o’zidagi pul miqdoriga qarab, molni sotib olishi mumkin bo’lgan eng yuqori – talab narxini aytadi. Xaridor ushbu narxdan yuqori ko’tarilmaydi, chunki uning boshqa puli yo’q. Bundan ko’rinadiki, boshqa hamma omillar o’zgarmagan holda ushbu molning bozor bahosi bilan talab miqdori o’rtasida muayyan nisbat mavjuddir.

Talab egri chizig’idan ko’rinadiki, mol birligining bahosi - 5 bo’lganda talab - 10 birlik, baho - 3 bo’lganda, talab 30, baho - 1 bo’lganda, talab - 70 ga ko’tarilgan. Demak, baho pasaygan sari u molga bo’lgan talab miqdori ortib boradi va aksincha. Savdo-sotiq ishlaridagi muammolarni tahlil qilishda talab egri chizig’idan foydalanish mumkin. Chunki, talab egri chizig’i baho bilan talab o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud ekanini ifodalaydi. Buni talab qonuni deyiladi.

  • Talab egri chizig’idan ko’rinadiki, mol birligining bahosi - 5 bo’lganda talab - 10 birlik, baho - 3 bo’lganda, talab 30, baho - 1 bo’lganda, talab - 70 ga ko’tarilgan. Demak, baho pasaygan sari u molga bo’lgan talab miqdori ortib boradi va aksincha. Savdo-sotiq ishlaridagi muammolarni tahlil qilishda talab egri chizig’idan foydalanish mumkin. Chunki, talab egri chizig’i baho bilan talab o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud ekanini ifodalaydi. Buni talab qonuni deyiladi.

Yüklə 142,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə