Talabalarda ijtimoiy va kasbiy kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasi



Yüklə 245,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix27.02.2023
ölçüsü245,42 Kb.
#101587
  1   2   3   4
696-Текст статьи-1896-1-10-20210315



TALABALARDA IJTIMOIY VA KASBIY KOMPETENTLIKNI 
RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
 
Abdufatayev Sherjahon Abduazimovich* , Odilova Mohiniso Abduqahhor qizi** 
*Guliston Davlat universiteti o’qituvchisi,
**Guliston Davlat universiteti 2-bosqich talabasi 
O’zbekiston 
abdufatayevsher94@mail.ru,
odilovamohiniso@gmail.com 
 
Annotatsiya: 
Maqola bo’lajak pedagoglarda ijtimoiy va kasbiy kompetentlikni rivojlantirish 
masalasiga bag’ishlangan. Talabalar va bo’lajak pedagoglarda kasbiy va ijtimoiy kompetentlikni 
shakllantirishda turli metodlarga asoslanish masalalariga to’xtalib o’tilgan.
 
Kalit so’zlar: 
kompetentlik, ijtimoiy kompetentlik, kasbiy kompetensiya, multimedia, kasbiy 
ta’lim, makrotexnologiya. 
*** 
Технология развития социальной и профессиональной компетентности студентов 
Аннотации: 
Статья 
посвящена 
развитию 
социально-профессиональной 
компетентности будущих учителей. Обсуждаются вопросы опоры на различные методы в 
формировании профессиональной и социальной компетентности студентов и будущих 
учителей. 
Ключевые слова:
компетентность, социальная компетентность, профессиональная 
компетентность, мультимедиа, профессиональное образование, макротехнология. 
*** 
Technology for the development of social and professional competence in students 
Annotation: 
The article is devoted to the development of social and professional competence 
in future teachers. The issues of relying on different methods in the formation of professional and 
social competence in students and future teachers are discussed.
 
Keywords:
competence, social competence, professional competence, multimedia, vocational 
education, macrotechnology. 
Jamiyat va madaniyatning rivojlanishi bugungi kunda ta’lim va tarbiya 
ishlarining qanday tartibda amalga oshirilayotganligiga bog’liq. Bu esa davlat 
ahamiyatiga ega ijtimoiy qonuniyatdir. Davlatning buyuk kelajagi, albatta, biz yoshlarni 


chuqur bilimli bo’lib yetishishimiz bilan bog’liqligini unutmagan holda mahoratli 
pedagoglarni shakllantirishni asosiy maqsad qilib belgilab olishimiz zarur. Hozirda 
respublikamizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlarning taqdiri yoshlarning 
ma’naviy kamoloti , intellektual salohiyati va kasbiy fazilatlariga bog’liq. Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturida ham nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda o’zining 
tanlagan sohasi bo’yicha mustaqil faoliyat ko’rsata oladigan , o’z malakasini doimiy va 
mustaqil ravishda oshirib boradigan, har qanday masalaga ijodiy yondashib , tahlil qilib, 
sharoitga tez moslasha oladigan barkamol avlodni tarbiyalash asosiy vazifalardan biri 
sifatida belgilab qo’yilgan. [2:C9] 
Axborot texnologiyalari asrida yashayotganimizga qaramasdan ta’lim jarayonida 
hali ham zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalana olmayotgan pedagoglarni 
uchratamiz. Ko’plab pedagoglarimiz faoliyati faqat ma’ruza bilan cheklanib qolmoqda. 
Bo’lajak pedagodlar o’z oldilariga ta’lim jarayonini interfaol metodlar, multimedia, 
slayd, audio-video vositalari bilan boyitish uchun o’zlarida texnologik kompetentlikni, 
mahoratni shakllantirishni maqsad qilib olishlari shart. Buyuk rus pedagogi 
Y.A.Komenskiy “Eshitsam unutaman, ko’rsam eslab qolaman, bajarsam anglab 
yetaman” deb bejiz ta’kidlamagan.
Oliy ta’lim sifatini yaxshilash barkamol avlodga ta’lim-tarbiya beruvchi bo’lajak 
pedagoglarni har tomonlama yetuk kadr bo’lib yetishishlarini kafolatlaydi.Bunga sabab, 
pedagogik kasb bir vaqtning o’zida ham islohotchilik, ham boshqaruvchilik kasbidir . 
Shaxs kamolotini boshqarish uchun kompetent bo’lish lozim. Shuning uchun ham 
o’qituvchining kompetentligi tushunchasi uning pedagogik faoliyatini amalga 
oshirishga nazariy va amaliy tayyorgarligi bilan bir qatorda yuksak mahoratini ham 
ifodalaydi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonunining 5-
moddasida “Yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan 
shug’ullanish huquqiga ega” ekanligi ko’rsatilgan [1, 6-b] 
Bugungi zamonaviy ta’lim tizimiga ahamiyat beradigan bo’lsak, pedagoglarning 
mahorati uning kompetentligi ta’limni sifatli amalga oshirish garovi ekanligiga guvoh 
bo’lamiz. 


Inglizcha “competence” tushunchasi lug’aviy jihatdan bevosita “qobiliyat” 
ma’nosini ifodalaydi. Mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali 
foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta 
olish”ni yoritishga xizmat qiladi. “Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga 
psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik “noan’anaviy 
vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o’zini qanday tutishi, muloqotga 
kirishishi, raqiblar bilan o’zaro munosabatlarda yangi yo’l tutishi, noaniq vazifalarni 
bajarishda, ziddiyatlarga to’la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi 
va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi. 
Kompetensiya - muayyan fan bo’yicha talaba egallagan nazariy bilim , ko’nikma 
va malakalarni kundalik hayotda duch keladigan nazariy va amaliy masalalarni 
yechishda foydalanib , amaliyotda qo’llay olishidir. 
Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning 
egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo’nalish bo’yicha integrativ bilimlar va 
harakatlarning 
o’zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetentsiya 
mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o’rganishni, muhim 
ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash 
va o’z faoliyatida qo’llay bilishni taqozo etadi. 
Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo’ladi:
- murakkab jarayonlarda; - noaniq vazifalarni bajarishda;
- bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda;
- kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo’la olishda
Kasbiy kompetentsiyaga ega mutaxassis:
- o’z bilimlarini izchil boyitib boradi;
- yangi axborotlarni o’zlashtiradi; - davr talablarini chuqur anglaydi;
- yangi bilimlarni izlab topadi;
- ularni qayta ishlaydi va o’z amaliy faoliyatida samarali qo’llaydi 
Ijtimoiy kompetensiya jamiyatda bo’layotgan voqea yoki hodisa, jarayonlarga 
dahldorlikni his qilish va ishtirok etishni ifodalaydi. Kasbiy mavqeyining o’sishiga 
intilish ham ijtimoiy kompetentlikning bir bo’lagi hisoblanadi. Ijtimoiy-psixologik 


kompetentlik ta’lim tizimini boshqarish uchun muhim. Kompetentlikni “tajribaga ega 
bo’lgan kishi” , “yaxshi biladigan inson” kabi ma’nolarni bildirishi eski adabiyotlarda 
ko’p izohlangan. Hozirda esa kompetentlik ta’lim jarayonida sodir bo’ladigan 
vaziyatlarda, kutilmagan holatlarda o’zini qanday tutishi, muloqotga kirishuvchanligi, 
izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanishga egalikni anglatadi.
Pedagog olim N.A.Muslimov ta’kidlab utganidek, “o’qituvchining kasbiy 
shakllanishi uning jamiyatdagi o’rni, talabaning oliy pedagogik ta’lim muassasasidagi 
majburiyatlari va vazifalariga bog’liq bo’lib, talabaning o’rni nisbiy tavsifga ega, biroq 
uning o’quv jarayonida ishtiroki, o’quv vazifalarining ma’lum minimumini bajarish 
kabi ma’lum belgilarga ega” 

Yüklə 245,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə