Taqdimoti reja: 1, Addiktiv xulq atvor haqida tushuncha 2, Addiktiv xulq atvor turlari



Yüklə 2,03 Mb.
tarix31.12.2021
ölçüsü2,03 Mb.
#82399
ADDIKTIV XULQ ATVOR


202-guruh

Talabasi Hilola Salimovaning Rivojlanish psixologiyasi fanidan tayyorlagan



TAQDIMOTI

REJA:

1, Addiktiv xulq atvor haqida tushuncha

2, Addiktiv xulq atvor turlari

3, Mavzu haqida olimar fikrlari

 

ADDIKTIV XULQ-ATVOR — insonning ruhiy holatini o'zgartiruvchi narsalarni (alkogol va chekishni ham o'z ichiga oladi ) noto'g'ri qo'llash orqali yuzaga keluvchi xulq-atvorning buzilishi (ruhiy va jismoniy qaramlik vujudga kelgunga qadar ).

“Shaxsning og`ishgan xulqi” o`ta murakkab va ko`p obrazli katеgoriyasi ichida tobе axloq yoki bog’lanib qolgan dеb nomlanuvchi guruhcha ajratiladi. Shaxsning tobе axloqi o`zida jiddiy ijtimoiy muammoni aks ettiradi, chunki aniq ko`rinib turgan shaklda ishga layoqatini yo`qotish, atrofdagilar bilan janjallar, jinoyat sodir etish kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, bu dеviatsiyaning u yoki bu tarzda istalgan oilaga tеgishli bo`lgan birmuncha kеng tarqalgan turi.

Azal-azaldan tobе axloqning turli shakllarini piyonistalik, ortiqcha yеyish, azart o`yinlar va boshqa ishqibozlikni nazarda tutgancha zararli yoki yakson etuvchi odatlar dеb ataganlar.

 Zamonaviy tibbiy adabiyotlarda patologik odatlar dеgan atama kеng ishlatiladi. Bog’lanib qolish tushunchasi tibbiyotdan o`zlashtirilgan, hozirgi vaqtda nisbatan yangi va ommaviy atama hisoblanadi.

Tobеlik atamasi ostida kеng ma'noda “kimgadir yoki lazzat olish yoxud moslashish maqsadida nimagadir suyanishga intilish” tushuniladi. Barcha odamlar ovqat, suv, havo kabi hayotiy muhim obyektlarga “ me’yoriy “ tobelikni his qiladilar. Ko’pchilik odamlar ota – onalari, do’stlari, turmush o’rtoqlariga sog’lom bog’lanib qolishni sezadilar. Biz yuqorida aytayotgan tobelik esa bu psixik holatni o’zgartirish maqsadidaqandaydir modda yoki o’ziga xos faollikni iste’mol qilishga psixologik yoki jismoniy tobelik bilan bog’liq axloq, lazzat olish yoki moslashish maqsadida kimgadir yoki nimagadir suyanishga kuchli intilish. Agar bu tushunchaning tarixiy ildiziga murajaat qilsak, unda lotincha addictus – qarzi tufayli bog’langan shaxs (qarzi tufayli qullikka hukm qilingan), o’tmishda ingliz zodagonlari dehqonlarga yil boshida katta qarz berib yil bo’yi ularga to qarzini uzgunicha hukmronlik qilib, tayziq o’tkazishgan.



Berilgan ma’lumotlarga muvofiq tobe axloqning quidagi shakllari bor:
  • Kimyoviy bogliqlik (chekish, taksikomaniya, giyohga muxtojlik, dorilarga muxtojlik, ichkilikka bog’liqlik);
  • Ovqatlanish axloqining buzulishi (ko’p yeyish, ochlik. Taomlardan voz kechish);
  • Geymbling – o’yinga tobelik (kompyuterga bog’lanib qolish, azart o’yinlar);
  • Jinsiy addiksiya (zoofiliya, fetishism,vuayerizm, nekrofiliya, sadomazoxizm)



Hayot tarzi o’zgarishi bo’yicha odamlarda tobe axloqning yangi shakllari paydo bo’ladi, masalan, bugungi kunda kompyuterga tobelik juda tez tarqalmoqda va ayni paytda ba’zi shakllar deviantlik yorlig’ini yo’qotmoqda. Misol uchun yevropada birjinsli insonlarning nikohlanishiga ruhsat berilishi, xaddan tashqari kofe ichish va shirinlik yeyishga tobelik. Bunday jarayonlarga yevropaliklar normal holat darajasida qarashadi. Internet sahifalarida amerikalik siyosatshunos olim Pakrik Byukenenning “ Smert Zapada nomli kitobi paydo bo’li. E’tiborga molik jihati shuki, katta hajmdagi kitobning so’z boshidayoq muallif yaxlit bir millatlar va xalqlar taqdiriga aloqador bo’lgan voqealarni, “G’arbning taqdirini “ jamiyat ma’naviyatidagi inqirozlarga, jumladan, oila va nikoh, tug’ilish va o’lim tahliliga bag’ishlagan. 

Byukenenning fikricha, sanoati va yuqori texnologiyalari rivoj topgan jamiyatda odamlarning birdan boyib ketishi, to’kin hayotga erishishga bo’lgan egoistik intilishi ularni asl qadryatlarga, jumladan, oila va nikoh, yoshlar tarbiyasiga bo’lgan munosabatlarida keskin inqirozni keltirib chiqardi. Bu gedonistik psixologiyani asosi hisoblanib, uning oqibati jamiyatda qator muammolarni keltirib chiqarayotganligini e’tirof etadi. Gedonizm – Shaxs va unung xulq – atvor motivlarida faqat nimadandir lazzatlanish, qoniqish va o’zidagi ichki ruhiy iztiroblardan holi bo’lishga intilishdir. To’g’ri, aslida insonning to’q va farovon hayotga intilishi, boy – badavlat yashashni xohlagani ayb emas, lekin bunday to’kinchilik insoniylikka qarshi bo’lishi mumkin emas.



Olimlarning mavjud ahvolni o’nglash uchun o’ylab topgan farzand tug’ilshi uchun davlat tomonidan ajratiladigan nafaqalar hamda imtiyozlar kabi sai harakatlari bekor ketmoqda. Chunki g’arb ayollarini sog’lom oila qurib, unda so’lom avlodlarni tarbiyalashdan ko’ra mansab pog’onalaridan ko’tarilib, o’z manfaatlarini o’ylab yashash ko’proq qiziqtiradi. Shu kabi gedonistik psixologiya - mol – dunyo, pul va mansabparastlikka tobelik kabi illatlar yoshlarimiz ongida paydo bo’lmasligi, ochiq axborot makonida bemalol turli ma’lumotlarni qabul qilish imkoniyati paydo bo’lgan hozirgi sharoitda ularni ezgu maqsadlarga yo’naltirish, ularda sog’lom dunyoqarashni shakllantirish eng dolzarb masalaardan biri bo’lib qolmoqda

E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə