Taqiqlanadi! Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari



Yüklə 16,36 Kb.
tarix21.12.2022
ölçüsü16,36 Kb.
#97410
TAQIQLANADI


TAQIQLANADI!
XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI VA SANITARIYA-GIGIYENA TALABLARI
Aziz o‘quvchilar! «Informatika» fanidan darslar kompyuter sinfida boriladi. Ushbu darslikda berilgan amaliy topshiriqlarni bevosita kompyuterlar yordamida bajarasiz. Kompyuterlar ham boshqa elektr jihozlari kabi elektr toki yordamidaydi. Elektr toki esa juda ehtiyotkorlik bilan ish ko‘rishni talab etadi. Kompyuter sinfidagi qurilmalardan noto‘g‘ri foydalanish yong‘in chiqishi, baxtsiz hodisalar ro‘y berishi va buning natijasida inson salomatligiga zarar yetishi hamda kompyuter jihozlarining buzilishiga kelishi mumkin. Yuqoridagi noxush holatlarning oldini olish maqsadida xavfsizlik texnikasi qoidalari hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilishingiz talab etiladi.
XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
1) o‘qituvchining ruxsatisiz o‘zboshimchalik bilan kompyuterlarni ishga tushirish;
2) kompyuter xonasiga ustki kiyimlarda kirib o‘tirish;
3) elektr toki manbalariga va ulanish simlariga tegish;
4) o‘zboshimchalik bilan kompyuterda sozlash ishlarini olib borish;
5) kompyuter ekraniga qo‘l bilan tegish, ishlab turgan kompyuterlarda tozalash ishlarini olib borish;
6) uzoq vaqt davomida ishlab turgan kompyuterlarni nazoratsiz qoldirish;
7) kompyuter yonida boshqa elektr va isitish asboblaridan foydalanish;
8) kompyuter yonida ovqatlanish, suv ichish;
9) tez alangalanuvchi buyumlar va qurilmalarning ichki elementlariga salbiy ta’sir etuvchi (kislotali, tarkibida xlor bo‘lgan) moddalarni olib kirish;
10) klaviatura va kompyuter sich qonchasini ho‘l qo‘llar bilan boshqarish;
11) klaviatura va «sichqoncha»dan foyda langanda kuch ishlatish;
12) kompyuterni ruxsatsiz o‘chirib, ishni yakunlash ta’qiqlanadi.
Kompyuterdan foydalanish jarayonida baxtsiz hodisalar ro‘y bermasligi va sog‘lig‘ingizga zarar yetmasligi uchun xavfsizlik texnikasi qoidalariga so‘zsiz rioya qilishingiz kerak!
SANITARIYA-GIGIYENA TALABLARI
Esda tuting, kompyuterda ishlash davomida kerakli talablarga rioya etmaslik inson salomatligiga katta zarar yetkazishi mumkin. Ay niqsa, ko‘z, qon aylanish tizimi, bosh miya faoliyati, umurtqa pog‘onasi zaiflashuvi va turli kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi. Bularning oldini olish hamda kom pyuterda ishlash davomida salomatligingizga zarar yetmasligi uchun quyidagi talablarga rioya qili shingiz va ularni esdan chiqarmasligingiz kerak:
1) kompyuter stolidan 20 sm uzoqlikda o‘tiring;
2) ko‘zingiz kompyuter ekranidan 50–60 sm uzoqlikda bo‘lsin, har 20–30 daqiqadan so‘ng ko‘zga dam berib turish va kompyuterda ishlash kuniga 180 daqiqadan oshmasligi zarur;
3) yelka va qo‘l tirsagi orasidagi burchak 90–120° ni tashkil qilsin;
4) kompyuter oldida o’tirganingiz gavdangizni tik tuting;
5) oyoq kaftingiz polga to’laligic tegib tursin;
6) qo‘l kaftingizni va barmoqlaringiz erkin tuting;
7) qo‘lingizni tanangizga yaqin masofa ushlang;
8) tizza osti burchagi 90° ni tash qilsin.
Kompyuter oldida noto‘g‘ri o‘tirish umurtqa pog‘onangizda og‘riqlar paydo bo‘lishiga hamda tez toliqishingizga sababchi bo‘ladi.
Kompyuterdan foydalanishda sog‘lig‘ingizga zarar yetmasligi uchun ko‘z mashqlari va harakat mashqlarini bajarib turing!

Yüklə 16,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə