Tarix fani O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari



Yüklə 56 Kb.
tarix03.08.2018
ölçüsü56 Kb.
#60620

Tarix fani

O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari




Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajasi

Daraja nomlanishi

O‘rta ta’lim

Tarix fani chuqurlashtirilib o‘rganilmaydigan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari

В1

Tarix fanini o‘rganishning tayanch darajasi davom ettiriladi (XX asr boshlaridan hozirgi kungacha bo‘lgan davr). Tarix fanini o‘rganishning umumiy darajasi.

Tarix fani chuqurlashtirilib o‘rganiladigan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari

В1+

Tarix fanini

o‘rganishning kuchaytirilgan

umumiy darajasi.



Tarix o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari

O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:

O‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;

o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;

o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.

O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitishning vazifalari:

O‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;

ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish;

o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.




Tarix fani bo‘yicha o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari


1. Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:

B1

tarixiy-geografik makon haqida ma’lumot bera oladi;

O‘zbekiston va jahon tarixining XX asr boshlaridan bugungi kunga qadar bo‘lgan insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

O‘zbekiston davlatining tinchlikni asrash siyosati, tashqi siyosiy faoliyati haqida ma’lumot bera oladi;

o‘rganilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara oladi;

davlatlarning tashkil topishi, hududi, aholisi va boshqaruv tartiblarini tushuntira oladi;

mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlarining hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qo‘shgan mutafakkirlar nomlarining tiklanishi haqida ma’lumot bera oladi;

tarixiy voqealar natijasi yuzasidan munosabat bildiradi, umumlashtiradi, bayon qiladi va xulosa chiqaradi;

B1+

O‘zbekiston va jahon tarixining eng qadimgi davridan bugungi kunga qadar insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

tarixning davrlarini taqqoslay oladi, tahlil qiladi, baholaydi va xulosa qiladi, yozma ma’lumot bera oldi;

voqea va jarayonlarni tarixiy davr nuqtayi nazaridan tahlil qiladi, baho beradi, xulosa chiqaradi, munosabat bildiradi.

davlatlarning tashkil topishi, davlat shakli, davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy jarayonlar, ichki va tashqi munosabatlar, harbiy salohiyat, insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o‘rni haqida yozma ma’lumot bera oladi;

tarix fanidan olgan bilimlarini boshqa fanlar bilan bog‘lay oladi.

2.Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

B1

XX asr boshlaridan bugungi kungacha kechgan tarixiy voqelikni bayon qilishda muhim bo‘lgan tarixiy toponomik atamalar mazmunini tushuntira oladi;

tarixiy jarayon va voqealar haqida ma’lumot berishda qo‘shimcha adabiyot va manbalardan foydalana oladi;

tarixiy-badiiy asarlar, ommaviy axborot vositalarida berilayotgan ma’lumotlardan foydalanishda va ularga munosabat bildirishda axborot madaniyatiga rioya qiladi.

B1+

tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganadi, mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlar to‘play oladi, xulosalar chiqaradi, baholaydi, mustaqil fikr bildiradi;

mavzu yuzasidan tarixiy adabiyotlarni mustaqil tanlay oladi, mustaqil ishlar va taqdimotlar tayyorlay oladi;

o‘z oilasining shajarasini tuza oladi.

O‘RTA TA’LIMNING

TARIX FANIDAN

O‘QUV DASTURI

(10-11-SINF)
UQTIRISH XATI
O‘zbekiston milliy davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin ta’lim davlat siyosatining ustuvor sohasiga aylanib, ushbu sohada tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. O‘zbekiston tarixini o‘rganish bu boradagi markaziy sohani egallaydi. Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar qo‘yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.

O‘z avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabi, o‘zi tug‘ilib, voyaga yetgan Vatani tarixini bilishga intilish har bir sog‘lom fikrli insonga xos fazilatdir. Shuning uchun ham o‘zlikni anglash, avvalo, tarixni bilishdan boshlanadi. Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson, haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa, kelajakni yaratib bo‘lmaydi. Shu ma’noda tarix fani o‘zining oldiga quyidagi maqsad vazifalarni qo‘yadi:

o‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;

o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;

o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.

Tarix fanini o‘qitish esa, quyidagi vazifalar orqali amalga oshiriladi:

ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish;

o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining V-IX sinflarida O‘zbekiston va jahon tarixining qadimgi zamonlaridan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davri o‘rganishni taqozo etadi. Tarixiy hodisalar va voqealarni o‘rganishga qo‘yilgan talablar (V-IX sinflar) o‘quvchilarning yoshi, bilim saviyasi, ruhiy xususiyatlari, jismoniy rivojlanishi darajalariga mos bo‘lishi lozim. Shunga muvofiq tarzda o‘quv fani uch yo‘nalishni tashkil etadi. Jahon tarixi, O‘zbekiston tarixi, Dunyo dinlari tarixi.

5-sinfda (68 soat) tarix fan sifatida o‘rganilmay, qisman tarixiy tasavvur hamda eng sodda tushunchalarni egallash bilan cheklaniladi.

6-sinf tarix (68 soat) o‘quv fani asosiy predmet sifatida o‘rganiladi. Bunda eng qadimgi davrlardan milodning V asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrdagi jahon va O‘zbekiston tarixi o‘rganiladi.

7-sinf O‘zbekiston tarixi (51 soat) – mamlakatimiz tarixining V asridan XVI asrgacha bo‘lgan davrini qamrab oladi.

7-sinf Jahon tarixi (51 soat) – dunyo xalqlari tarixining V asridan XVI asrigacha bo‘lgan davri o‘rganiladi.

8-sinf O‘zbekiston tarixi (34 soat)da – tariximizning XVI asrdan XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davri o‘rganiladi.

8-sinf Jahon tarixi (34 soat)da esa, XVI asrdan XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan davr o‘rganiladi.

8-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) da eng qadimgi davrdan XX asrgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.

9-sinf O‘zbekiston tarixi (34 soat) – mamlakatimiz tarixining XIX asrning ikkinchi yarmidan 1918-yilgacha bo‘lgan davri bilan tanishtiradi.

9-sinf Jahon tarixi (34 soat) XIX asrning 70-yillaridan XX asrning 1918-yillarini o‘z ichiga oladi.

9-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) jahon dinlari, globallashuv sharoitida inson ongi va tafakkuri uchun kurash, din niqobidagi terrorchilik harakatlari, ularning maqsad-vazifalarini yorituvchi materiallarni o‘z ichiga oladi.

10-sinf O’zbekiston tarixi (34 soat) – mamlakatimizning 1918-yildan 1991-yilgacha bolgan davri voqelikliklari bilan tanishish va o’rganishga bag’ishlanadi.

10-sinf Jahon tarixi (34 soat) – 1918-yildan 1991-yilgacha bo’lgan davrdagi dunyo xalqlari ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotini o’rganadi.

10-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) – fan va din munosabatlari, jahon dinlari, tasavvuf va uning tariqatlari, din va “ommaviy madaniyat”, ksenofobiya va din kabi masalalarini o’rganadi.

11-sinf O’zbekiston tarixi (34 soat) – 1991-yildan hozirgi kungacha bo’lgan davrda amalga oshirilgan siyosiy islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotni o’z ichiga qamrab oladi.

11-sinf Jahon tarixi (34 soat) – 1991-yildan bugungi kungacha dunyo mamlakatlari tarixiy taraqqiyoti va global voqeliklarni o’rganadi.

11-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) – dunyo dinlari tarixi, dinshunoslikdagi zamonaviy tendentsiyalar, davlat va din munosabatlari, jahon dinlari manbalari, tariqatchilik, din va madaniyat, diniy an’ana va marosimlar kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.

Dastur – mavzularini o‘rganish uchun ajratilgan soatlar miqdori o‘qituvchi ixtiyoriga ko‘ra, maktab metod birlashmasi va viloyat (shahar, tuman) xalq ta’limi boshqarmasi bilan kelishilgan holda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Tarix fani chuqur o‘qitiladigan sinflarda mazkur dasturda berilgan mavzular kengaytirib o‘qitiladi.

Eng yangi davr tarixini o‘rganish umumta’lim maktablari (V-IX sinflar) vazifasiga kirmaydi. Uni izchillikda o‘rganish o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlarida davom ettiriladi.

Tarix ta’limida o‘quvchilar nimani bilishlari, nimani mustaqil o‘qib olishlari, qanday muammolarni o‘rganishlari muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar tarixiy hodisalarning mazmunini bilishdan tashqari, tarixiy voqealarni bir-biri bilan taqqoslay olishlari, mustaqil fikr yuritib, ularga baho berishlari, voqealar mohiyatini tushuntira olishlari, yozma ifodalay olishlari zarur. Birinchi darajali voqealardan ikkinchi darajalisini farqlay olishlari, ularni ijtimoiy tahlil qilib, xulosalar chiqara olishlari zarur.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tarix fanini o‘rganishning asosiy maqsadi:

tarixni o‘rganish orqali tarixiy tafakkurni shakllantirish, o‘zlikni anglash, ma’naviy bo‘shliqlarni oldini olish;

Vatan, millat taqdiri uchun ma’suliyat, daxldorlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat hissini shakllashtirish va rivojlantirish;

mamlakatimiz tarixi jahon tarixining bir bo‘lagi ekanligini anglash orqali, buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlaridan axloqiy tarbiya va ibrat olishni o‘rganish.

O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida tarix fanini o‘rganishning asosiy vazifalari:

Tarixiy voqea va hodisalar asosida “Tarix – xalq ma’naviyatining asosi” ekanligini singdirish;

har bir xalq o‘z tarixini turli ta’sir va tajovuzlardan asrashi kerakligini singdirib borish;

tarixiy xotirasiz kelajak yo‘qligini tushuntirish;

ta’lim-tarbiya jarayonida tayanch kompetensiyalar – kommunikativ kompetensiya, axborotlar bilan ishlash, o‘z o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi va tarix fani mazmuniga oid tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish, tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kabi fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.

Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.

I. TK-tayanch kompetensiya


  1. TK1-kommunikativ kompetensiya

  2. TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

  3. TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

  4. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

  5. TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya

  6. TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi

II. FK-fanga oid kompetensiyalar

1.FK1- Tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:

2. FK2- Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.


7-SINF. O‘ZBEKISTON TARIXI

(A2 51 soat; A2+ 68 soat))

(o‘quv-yilining birinchi yarim-yilligida bir soat,

ikkinchi yarim-yilligida ikki soat o‘qitiladi)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:

A2

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib, savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;

A2+

muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qila bilish, uniishontira bilish;

turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

A2

mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audiovideo yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;



A2+

media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda mediamadaniyatga rioya qilish.




O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A2

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z xatti-harakatini adekvat baholash:

A2+

fanga oid tanlovlarda ishtirok etish.


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A2, A2+

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;

o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:

A2, A2+

orasta kiyinish, yurish turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish,

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf-odatlar, marosimlar, milliy-madaniy an’analar va h.k.) bilish, unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish;

xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A2, A2+

kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni o‘qiy olish va foydalanish;

inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.
1-mavzu. Kirish. Diyorimiz jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri.

(A2; A2+ 1 soat)

Kursning asosiy maqsad va vazifalari. Mamlakatimiz hududida yashagan aholining hayotidagi tub o‘zgarishlar haqida. O‘rganiladigan davrning o‘ziga xos xususiyatlari.



I BOB. O‘RTA ASRLARDA YERGA EGALIK QILISH MUNOSABATLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI

(A2 8 soat, A2+ 9 soat)
2-mavzu. Ijtimoiy iqtisodiy o‘zgarishlar (A2 1; A2+ 1 soat).

Qadimgi Turon. Yirik sug‘orish tarmoqlarining qazib chiqarilishi. Yerga egalik qilishning yangi shaklining qaror topishi va uning rivojlanishi. Qishloq jamoasining dehqon va unga qaram kadivar, koranda tabaqalarga ajralishi.



3-mavzu. Ilk o‘rta asrlarda Xorazm. Xioniylar va Kidariy davlatlari (A2 1; A2+ 1 soat).

Xorazm davlati. Ko‘chmanchi chorvador, xioniy va kidariylarining kirib kelishi. Xioniylar. Kidariy. Davlat hududi, geografik joylashuvi, davlat boshqaruvi. Aholining mashg‘ulotlari.



4-mavzu. Eftallar davlati. Eftallar davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot (A2 1; A2+ 1 soat).

Eftallar davlatining tashkil topishi, hududi, geografik joylashuvi, davlat boshqaruvi, inqirozinining sabablari. Aholining mashg‘ulotlari. Aholining ho‘jalik hayoti. Yer egaligi. Savdo va pul mumomalasi, til va madadaniy aloqalar.



5-mavzu. O‘rta Osiyo xalqlari Turk xoqonligi davrida (A2 1; A2+ 1 soat).

Turk xoqonligining tashkil topishi, kengayishi, hududi. Turk xoqonligining boshqaruvi. Xoqonlikning bo‘linishi. Xoqonlikning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti.


6-mavzu. G‘arbiy Turk xoqonligi (A2 1; A2+ 1 soat).

G‘arbiy Turk xoqonligining hududi, davlat boshqaruvi, tudunlar, yabg‘ular, teginlar faoliyati. Ijtimoiy-iqtisodiy hayot.



7-mavzu. Mahalliy hokimliklarning tashkil topishi (A2 1; A2+ 1 soat).

So‘g‘d ixshidlari, Tohariston yabg‘ulari, Choch tudunlari, Iloq dehqonlari, Farg‘ona ixshidlari boshqargan davlatlar. Boshqaruv ma’muriyati, shaharlar me’morchiligi.



8-mavzu. VI-VII asrlarda madaniy hayot (A2 1; A2+ 1 soat).

Yozuv va savod. Diniy e’tiqod. Shaharlar. Musiqa va san’at.



Takrorlash (A2 1; A2+ 1 soat).

Manbalar bilan ishlash (A2+ 1 soat).
II BOB. ARAB XALIFALIGI DAVRIDA MOVAROUNNAHR

(A2 5 soat; A2+ 7 soat)
9-mavzu. Movarounnahrda arab xalifaligining o‘rnatilishi (A2 1; A2+ 1 soat).

Movarounnahr hududi, geografik joylashuvi. G‘arbiy Turk xoqonligning tugatilishi. Movarounnahr hududini arablar tomonidan zabt etilishi.

Arablar davrida o‘lkamizda mavjud bo‘lgan yerga egalik shakllari.

10-mavzu. Movarounnahrda islom dinining yoyilishi (A2 1; A2+ 1 soat).

Islom dinini qabul qilgan aholiga imtiyozlarning berilishi. Jizya, zakot, xiroj, ushr soliqlarning joriy etilishi.



11-mavzu. Xalifalikka qarshi xalq noroziligi (A2 1; A2+ 1 soat).

Xalifa Umar ibn Abdulazizning yerli xalqlar bilan kelishish siyosati. G‘urak va Divashtich harakatlari. “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni, uning oqibatlari.



12-mavzu. Abbosiylar davrida Xuroson va Movarounnahr (A2 1 soat; A2+ 2 soat).

Ummaviylar siyosatiga qarshi noroziliklarning vujudga kelishi. Abu Muslim. Abbosiylar davrida Xuroson va Movarounnahrda ijtmoiy-iqtisodiy hayot.

Aholining mashg‘ulotlari. Abbosiylar davrida Movarounnahrning boshqaruv usullari. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar.

Takrorlash (A2 1; A2+ 1 soat).

Manbalar bilan ishlash (A2+ 1 soat).
III BOB. MOVAROUNNAHRDA MUSTAQIL DAVLATLARNING TASHKIL TOPISHI

(A2 16 soat; A2+ 19 soat).
13-mavzu. Mustaqil davlatlarning shakllana boshlashi (A2 1, A2+ 1 soat).

Xalifalikning zaiflashuvi. Mahalliy hukmdorlarning mustaqil davlatchilikka intilishi.



14-mavzu. Qorluqlar va O‘g‘uzlar davlati. Toxiriylar davlati (A2 1, A2+ 1 soat).

Qorluqlar, O‘g‘uzlar va Toxiriylar davlatlarining tashkil topishi. Qorluqlar, O‘g‘uzlar va Toxiriylar davlatlarining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti.



15-mavzu. Somoniylar. (A2 1, A2+ 1 soat)

Ismoil Somoniy. Movarounnahr va Xurosonning yagona davlatga birlashtirilishi. Davlat boshqaruv tizimi, islom dini rivoji.



16-mavzu. Somoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot (A2 1, A2+ 1 soat).

Somoniylarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ahvoli. Xo‘jalik hayoti. Ichki va tashqi savdo. Somoniylar sulolasining inqirozi. Yer egaligining shakllari. Somoniylar davlatining inqirozi.



17-mavzu. G‘aznaviylar (A2 1, A2+ 1 soat).

G‘aznaviylar davlati. Mahmud va Mas’ud G‘aznaviylar davrida g‘aznaviylar davlati. Davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. Diniy munosabatlar.



18-mavzu. Qoraxoniylar (A2 1, A2+ 1 soat).

Qoraxoniylar davlatining Movarounnahrga hujumi. Davlatning ikkiga bo‘linishi. Saljuqiylar davlati. Davlat boshqaruvi. Diniy munosabatlar. Qoraxitoylarning Movarounnahrga hujumi.



19-mavzu. Xorazm davlati va uning yuksalishi (A2 1, A2+ 1 soat).

Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi. Davlat hududining kengayishi. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabat. Yer egaligi. “Iqto”ning kengayishi. Savdo-sotiq, hunarmandchilikning rivojlanishi.



20-mavzu. Xorazmshoh va Chingizxon munosabatlari (A2 1, A2+ 1 soat).

Xorazm davlatining ichki va tashqi siyosati. Elchilik va diplomatik munosabatlar. Ichki ziddiyatlarning kuchayishi. O‘tror voqeasi.



21-mavzu. Muhammad Xorazmshohning mamlakat mudofasiga oid tadbirlari va uning oqibati (A2 1, A2+ 1 soat).

Xorazmshohning qo‘shin tuzilishi. Chingizxon bochiqniga qarshi mudofaa rejasi. O‘tror qamali. Buxoro fojeasi. Samarqand ostonasidagi janglar. Urganch qamali. Temur Malik jasorati. Najimiddin Kubro jasorati.



22-mavzu. Jaloliddin Manguberdining Xorazm taxtiga o‘tirishi (A2 1, A2+ 1 soat).

Jaloliddinning taxt vorisi etib tayinlanishi. Jalollidning Chingizxon qo‘shiniga qarshi tadbirlari va dastlabki g‘alabalar. Parvon jangi. Sind daryosi bo‘yidagi jang.



23-mavzu. Jaloliddin Manguberdi mohir sarkarda (A2 1, A2+ 1 soat)

Hindiston Shimoliy g‘arbida Jaloliddin davlatining tashkil topishi. Eron va Kavkazdagi g‘alabalar. Ichki ziddiyatlar. Jaloliddin Manguberdining fojiali halok bo‘lishi.



24-mavzu. Jaloliddin Manguberdi Vatan qahramoni (A2 1, A2+ 1 soat).

Mustaqillik-yillarida Jaloliddin Manguberdi nomining tiklanishi. Jaloliddin Manguberdi ordeni ta’sis etilishi. Tarixiy-badiiy asarlarda Jaloliddin Manguberdi obrazining yaratilishi.



25-mavzu. Chig‘atoy ulusining tashkil topishi (A2 1, A2+ 1 soat).

Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy ahvoli. Mo‘g‘ullarga qarshi xalq harakatlari. Chig‘atoy ulusining tashkil topishi, undagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy vaziyat.



26-mavzu. Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot (A2 1, A2+ 1 soat).

Mas’udbekning pul islohotlari. Kebekxon va uning islohotlari. Iqtisodiy hayotning jonlanishi.



27-mavzu. Etnik jarayonlar va o‘zbek xalqining shakllanishi (A2 1, A2+ 1 soat).

Mintaqada xalqlarining shakllanishi. O‘zbek xalqining shakllanishi.



Takrorlash (A2 1 soat, A2+ 2 soat).

Manbalar bilan ishlash (A2+ 2 soat).
IV BOB. AJDODLARIMIZNING ILMIY MEROSI ABADIYATGA DAXLDOR MA’NAVIY XAZINA

(A2 5 soat; A2+ 8 soat).
28-mavzu. Movarounnahr va Xorazmning madaniy hayoti (A2 1 soat; A2+ 1 soat).

O‘lkamizda aniq va tabiiy fanlarning rivoji. Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning ilmiy merosi zamonaviy ilm-fan rivojida tutgan o‘rni. “Bayt ul hikma”.



29-mavzu. Adabiyot (A2 1 soat; A2+ 1 soat).

Turkiy tildagi adabiy meros. Mahmud Zamaxshariy, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy ijodi.



30-mavzu. Diniy bilimlarning rivojlanishi (A2 1 soat; A2+ 1 soat).

Imom Buxoriy, Abu Mansur Moturidiy, Burxoniddin Marg‘inoniy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Ahmad Yassaviy. Najmiddin Kubro faoliyati.



31-mavzu. Me’morchilik, san’at va musiqa (A2 1 soat, A2+ 2 soat).

Xalq amaliy san’ati. Musiqa asboblari. Shashmaqomga asos bo‘lgan maqomlarning shakllanishi. Me’morchilik san’ati, Xattotlik, naqqoshlik, o‘ymakorlik,



Takrorlash (A2 1, A2+ 1 soat).

Manbalar bilan ishlash, A2+ 1 soat).

Nazorat ishi (A2 1, A2+ 1 soat).
Nazorat ishi jarayonida quyidagi fanga oid kompetensiyalar tekshiriladi:
Tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:

A2

tarixiy davrlar va-yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;



mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayotgan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi:

O‘zbekiston tarixi O‘rta asrlarga oid tayanch atamalar: Qishloq jamoasi, dehqon, kadivar, koranda, Ko‘chmanchi chorvador, xioniy, kidariy, Eftallar, Turk xoqonligi. G‘arbiy Turk xoqonligi, tudun, yabg‘u, tudunlar, So‘g‘d ixshidlari, Tohariston yabg‘ulari, Choch tudunlari, Iloq dehqonlari, Farg‘ona ixshidlari, Ark, Shahriston, Rabot, mahalliy qo‘rg‘onlar, ko‘shklar, Islom dini, Movarounnahr, Umaviylar, Abbosiylar, Abu Muslim qo‘zg‘oloni, “Oq kiyimliklar”, Qorluqlar, O‘g‘uzlar, Toxiriy, Somoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar, Qoraxoniylar, Qoraxitoylar, “Iqto”, Afrig‘iylar, Ma’muniylar, “Bayt ulhikma”, Etnik jarayonlar, Xorazmshohlar, Chig‘atoy ulusi.

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi: Grumbat, Afrig‘, Vaxshunvor, Qutayba, Abu Muslim, Tohir ibn Xusayn, Abul Abbos Abdulloh, Nasr, Nuh, Ismoil Somoniy, Sabuqtegin, Mahmud G‘aznaviy, Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Imom Buxoriy, Abu Mansur Moturidiy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Bakr Narshahiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy. Najmiddin Kubro, Chingizxon Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Mahmud Tarobiy, Mas’udbek, Kebekxon.

Quyidagi tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi:

Tarixiy sanalar:

V asrning ikkinchi yarmi – Eftaliylar davlatining tashkil topishi.

552-yil – Bumin boshliq turk xoqonligining tashkil topishi.

563-567-yillar – Turk xoqonligining Eftallar davlatini bosib olishi.

588-yil – Turk xoqonligining Sharqiy va G‘arbiy qismlarga bo‘linib ketishi.

622-yil, 16-iyul – Xijriyqamariy-yil hisobining boshlanishi.

632-yil – Arab xalifaligining tashkil topishi.

651-yil – Mavr shahrining xalifalik tomonidan bosib olinishi va Xurosonda maxsus noiblikning tashkil etilishi.

667-yil – Arablarning Chag‘oniyonga yurishi.

707-yil – Qutayba ibn Muslimning Movarounnahrga bostirib kirishi.

720-yil – G‘urak va Divashtichning qo‘zg‘olonlari.

747–750-yillar – Abu Muslim qo‘zg‘oloni va hokimiyatning Abbosiylar qo‘liga o‘tishi.

769–783-yillar – Muqanna va “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni.

797-850-yillar Ahmad Farg‘oniy yashagan-yillar

798-869-yillar Abdurahmon Dorimiy yashagan-yillar

810-870-yillar Buyuk muhaddis imom Buxoriy yashagan-yillar.

824-892-yillar Buyuk muhaddis Imom Termiziy yashagan-yillar

821-873-yil – Xurosonda Toxiriylar davlati.

819-1005-yilllar – Somoniylar davlati.

873-901-yilllar – Sofforiylar davlatining tashkil topishi.

888-yil – Movarounnahrda Ismoil Somoniy hukmronligining boshlanishi.

840-1212-yillar – Qoraxoniylar davlati.

873-950-yillar Abu Nasr Farobiy yashagan davr

899-959-yillar – tarixchi olim Narshahiy yashagan davr

962-1186-yillar – G‘aznaviylar davlatining tashkil topishi.

973-1048-yillar Abu Rayhon Beruniy yashagan davr.

980-1037-yillar Abu Ali ibn Sino yashagan-yillar

1004-yil Xorazm Ma’mun akademiyasi tashkil etilgan.

IX asrning oxiri –X asrning oxiri Saljuqiylar davlati.

1075-1144-yillar Mahmud Zamahshariy yashagan davr.

XXII asrlar – O‘zbek xalqining shakllanishishi.

XII asrning ikkinchi yarimi – Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi.

1206-yil – Malik Sanjar qo‘zg‘oloni.

1218-yil – O‘trorda Chingizxon elchilarining talanishi.

1219-yil – Mo‘g‘ullarning Movarounnahrga hujumining boshlanishi.

1219–1220-yillar – Mo‘g‘ullar bosqiniga qarshi kurashda Xo‘jand hokimi Temur Malik jasorati.

1220-yil – Mo‘g‘ullarning Buxoro va Samarqandni bosib olishi.

1221-yil – Chingizxonning Urganchni bosib olishi.

1221–1231-yillar – Sulton Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ullarga qarshi kurashi.

1221-yili – Jaloliddin Manguberdining Parvon dashti va Sind daryosi bo‘yida mo‘g‘ullarga qarshi janglari.

XIII asr 20-yillari – Chig‘atoy ulusining tashkil topishi.

1238-yil – Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni.


Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

A2

Quyidagi hududlarni xaritadan ko‘rsata oladi:

Xorazm, So‘g‘d, Toxariston, Choch, Iloq, Farg‘ona, Turon, Movarounnahr, Siyob, Yangikent, Qorluqlar, O‘g‘uzlar, Toxiriylar, Somoniylar, G‘aznaviylar, Qoraxoniylar, Qoraxitoylar, Xorazmshohlar davlatlari, Samarqand, Buxoro, Hirot, Marv, Nishopur Urganch, O‘tror, Chingizxon davlati, Xorazmshohlar davlati, Chig‘atoy ulusi.

A2+

Eftallar, Turk xoqonligi. G‘arbiy Turk xoqonligi, Tohariston, Iloq, Farg‘ona Movarounnahr, Umaviylar, Abbosiylar, Qorluqlar, O‘g‘uzlar, Toxiriy, Somoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar, Qoraxoniylar, Qoraxitoylar, Afrig‘iylar, Ma’muniylar, Xorazmshohlar, Chig‘atoy ulusi davlatlari hududlarini zamonaviy xaritadan ko‘rsata oladi;

Jaloliddin Manguberdi jasorati bilan bog‘liq tarixiy, ilmiy-badiiy manbalardan mavzuga oid qismlarini topa oladi;

Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Imom Buxoriy, Abu Mansur Moturidiy, Burxoniddin Marg‘inoniy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Ahmad Yassaviy. Najmiddin Kubro faoliyatlari haqidagi manbalar (tarixiy, ilmiy, badiiy adabiyotlar)dan misollar keltira oladi.


V BOB. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI TARIXI

(A1 9 soat; A2+ 12 soat)
32-mavzu. XIV asrning o‘rtalarida Movarounnahrda ijtimoiy-siyosiy vaziyat. (A2 1, A2+ 1 soat).

Mamlakatdagi bo‘linishlar. Siyosiy vaziyat. Mamlakat aholisining turmush tarzi. Amir Husayin va Amir Temur munosabatlari. Loy jangi. Samarqand sarbadorlari.



33-mavzu. Amir Temur – markazlashgan davlat asoschisi (A2 1, A2+ 1 soat).

Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi. Amir Temurning mamlakatni birlashtirish yo‘lidagi harakatlari. Mustahkam qo‘shining tashkil topishi.



34-mavzu. Amir Temur saltanatining tashkil topishi (A2 1, A2+ 1 soat).

Davlat boshqaruvi, Davlat chegaralari. Amir Temur saltanatining ma’muriy va harbiy tuzilishi. Temurning harbiy yurishlari. Suyurg‘ol yerlar. Amir Temur “Temur tuzuklari”.



35-mavzu. Amir Temurning tashqi siyosati (A2 1; A2+ 1 soat).

Sharq va G‘arb mamlakatlari bilan munosabatlar. Elchilik va diplomatik aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi. Buyuk ipak yo‘lida savdo munosabatlarining rivojlanishi.



36-mavzu. Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni (A2 1, A2+ 2 soat).

Amir Temurning Vatanimiz va jahon tarixida tutgan o‘rni. Amir Temur jahon va milliy tarixchilarning e’tirofida. Mustaqillik-yillarida Amir Temur xotirasining tiklanishi.



37-mavzu. Temuriylar davridagi siyosiy jarayonlar (A2 1, A2+ 1 soat).

Taxt uchun kurashlar va uning oqibatlari. Shohrux hokimiyatining qaror topishi.



38-mavzu. Mirzo Ulug‘bekning hukmronligi davrida Movarounnahr (A2 1, A2+ 1 soat).

Movarounnahr va Xuroson. Ulug‘bekning harbiy yurishlari. Davlat boshqaruvi. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. Ichki va tashqi siyosat.



39-mavzu. Temuriylar saltanatining inqirozga yuz tutishi (A2 1, A2+ 1 soat).

Siyosiy parokandalik. Temuriy shahzodalar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash.



40-mavzu. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va bunyodkorlik (A2 1, A2+ 1 soat).

Shaharsozlik, hunarmandchilik, savdo. Sug‘orish va qishloq ho‘jaligi, yer munosabatlari, soliq turlari.



Manbalar bilan ishlash (A2+ 2 soat).

VI BOB.XIV-XV ASRDA FAN VA MADANIYaTnING ZAMONAVIY sIVILIZAtsiYa RIVOJIDAGI ROLI VA AHAMIYaTI

(A2 8 soat; A2+ 12 soat).
41-mavzu. Ta’lim tizimi (A2 1, A2+ 1 soat).

Majburiy ta’limning joriy etilishi. Boshlang‘ich ta’lim, madrasi umumiy, madrasai oliya kabi uzluksiz ta’lim tizimining tashkil etilishi.



42-mavzu. Aniq fanlarning rivojlanishi (A2 1 soat; A2+ 2 soat).

Matematika va astranomiya fanlarining rivojida Mirzo Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Muhammad Ali Qushchi, Muhammad Xavofiylarning ilmiy merosi, ularning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi o‘rni.



43-mavzu. Adabiyot (A2 1 soat; A2+ 2 soat).

Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Mirxond, Xondamirlarning o‘lkamiz tarixini yaratilishidagi o‘rni. Jahon jamoatchiligi tomonidan adiblarimiz va tarixchilarimiz ilmiy merosining e’tirof etilishi.



44-mavzu. Tasviriy san’at (A2 1, A2+ 2 soat).

Tasviriy san’at, kitob san’ati, Kamolliddin Behzod ijodi, uning o‘zga xosligi.



Takrorlash (A2 1 soat; A2+ 2 soat).

Manbalar bilan ishlash (A2 1, A2+ 1 soat).

Nazorat ishi (A2 1, A2+ 1 soat).

O’lkashunoslik darsi (A2 1, A2+ 1 soat).
Nazorat ishi jarayonida quyidagi fanga oid kompetensiyalar tekshiriladi:
Tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:

A2

tarixiy davrlar va-yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;



mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayotgan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi:

O‘zbekiston tarixi O‘rta asrlarga oid tayanch atamalar: Chig‘atoy ulusi, Samarqand sarbadorlari, Amir Temurning “uch-yillik”, “besh-yillik”, “yetti-yillik” yurishlari, Anqara jangi, Suyurg‘ol yerlar, “Temur tuzuklari”, Siyosiy parokandalik, madrasa, rasadxona.

Quyidagi tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi:

Mas’udbek, Kebekxon, To‘g‘luq Temur, Amir Temur, Xalil Sulton, Shohrux Mirzo, Mironshoh, Pirmuhammad Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, Abu Said Mirzo, Husayn Boyqaro, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Muhammad Ali Qushchi, Muhammad Xavofiy, Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Kamolliddin Behzod, Mirxond, Xondamir.

Quyidagi tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi:

1336-yil, 9-aprel – Sohibqiron Amir Temurning tavallud topgan kuni.

1365-yil – “Loy jangi”.

1365-yil – Samarqandda Sarbadorlar qo‘zg‘oloni.

1370-yil – Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi.

1394-yil – Mirzo Ulug‘bek Muhammad Tarag‘ay tavallud topgan-yil.

1395-yil – Terek daryosi bo‘yida jang.

1402-yil – Anqara jangida Amir Temurning g‘alabasi.

1403-yil – Ispaniya elchisi Rui Gonzales de Klavixoning Samarqandga kelishi.

1417-yil – Buxoroda Ulug‘bek madrasasining barpo etilishi.

1417-1420-yillar – Samarqandda Ulug‘bek madrasasining barpo qurilishi.

1424-1429-yillar – Ulug‘bek rasadxonasining qurilishi.

1429-yil – Samarqand akademiyasi “Dorul ilm”ga asos solinishi.

1433-yil – G‘ijduvonda Ulug‘bek madrasasining qurilishi


Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

A2

Quyidagi hududlarni xaritadan ko‘rsata oladi:

Xorazm, Farg‘ona, Turon, Movarounnahr, Samarqand, Buxoro, Hirot, Marv, Urganch, O‘tror, Chingizxon davlati, Xorazmshohlar davlati, Chig‘atoy ulusi, Amir Temur davlatining chegaralari, O‘rta Osiyo, Xuroson, Ispaniya, Anqara, Terek daryosi.

A2+

Loy jangi, Terek daryosi bo‘yidagi, Anqara jangi, Amir Temurning yurushlarini xaritadan ko‘rsatib, tushuntirib beradi;

Temur davlati chegaralarini zamonaviy xaritadan ko‘rsata oladi;

Amir Temur davriga oid tarixiy, badiiy va ilmiy manbalardan mavzuga oid bo‘lgan qismlaridan foydalana oladi.


O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari

Kommunikativ kompetensiya:

A2

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila oladi, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya oladi va javob beradi;

ijtimoiy moslashadi, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qiladi, jamoaviy hamkorlikda ishlay oladi;

A2+

muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qila biladi, uni ishontira biladi;

turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqara oladi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi::

A2

mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audiovideo yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana oladi.



A2+

media vositalardan zarur bo‘lgan (tarixiy, ilmiy, badiiy) axborotlarni izlab topa oladi, saralaydi, qayta ishlaydi, uzatadi, saqlaydi, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media madaniyatga rioya qiladi.


O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A2

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirib boradi, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intiladi;

o‘z xatti-harakatini adekvat baholay oladi:

A2+

fanga oid tanlovlar va tadbirlarda ishtirok etadi.


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A2, A2+

Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etadi va faol ishtirok etadi;

o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini biladi, unga rioya qiladi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:

A2, A2+

orasta kiyinish, yurish turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qiladi;

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf-odatlar, marosimlar, milliy-madaniy an’analar va h.k.) biladi, unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladi;

o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qiladi;

xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qiladi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A2, A2+

kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni o‘qiy oladi va foydalana oladi;



inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘ladi.
Mavzularni o‘rganish uchun - (A2 44 soat; A2+ 50 soat).

Nazorat ishlari uchun - (A2 2 soat; A2+ 2 soat).

Takrorlash uchun - (A2 4 soat; A2+ 6 soat).

Manbalar bilan ishlash - (А2 1 soat;A2+ 6 soat).

Jami: (A2 51 soat; A2+ 68 soat).


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


  1. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Т.: Ўзбекистон, 1998.

  2. Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Т.: Ўзбекистон, 2011. – 440 б.

  3. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxt-u istiqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng оliy saodatdir. – T.: O’zbekiston, 2015.

  4. Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi. – T.: O‘zbekiston, 2017.

  5. Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak. – T.: O‘zbekiston, 2017.

  6. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: O‘zbekiston, 2017.

  7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 29-avgustdagi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni.

  8. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 1997-yil 29-avgustdagi ”Ta'lim to’g’risida”gi qonuni.

  9. O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi “Umumiy o’rta ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to’g'risida” gi 390-sonli Qarori.

  10. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2004-yil 21-maydagi “2004-2009-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish umummilliy dasturi to’g’risida” gi Farmoni.

  11. O‘zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi vazirli va Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining 2010-yil 1 iyuldagi “Umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o’qitiladigan umumta'lim fanlari hamda oliy ta'limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash to’g’risida” gi 6G`2G`4G`1-sonli qo’shma hay'at majlisi qarori.

  12. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2012-yil 10 dеkabrdagi “Chеt tillarini o’rganish tizimini yanada takomilashtirish to’g’risida” gi PP-1875-sonli qarori.

  13. O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi “Uzluksiz ta'lim tizimining chеt tillar bo’yicha davlat ta'lim standartini tasdiqlash to’g’risida”gi 124-sonli qarori.

  14. O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6 aprеldagi “Umumiy o’rta ta'lim va o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-son qarori.

  15. O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o’rta ta'lim to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi 140-sonli qarori.

  16. O’tkazilgan Forum tavsiyalari “Ijtimoiy fanlarni o’qitish va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni takomillashtirishda o’quv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligi: muammolar va еchimlar”. 2017-yil. 24-25-mart kunlari.

  17. Тарих ўқитиш методикаси. – T.: TURON- IQBOL, 2001.

  18. Жаҳон тарихининг муҳим саналари. – T.: O‘zbеkiston, 2011.

  19. O‘zbеkiston tarixining muhim sanalari.”O’ZBEKISTON” NMIU, 2012-yil.

  20. O‘zbеkistonda davlat va din munosabatlari: Diniy tashkilotlar, oqimlar, mafkuraviy kurashning dolzarb yo’nalishlari. – “Toshkеnt islom univеrsitеti” nashriyot –matbaa birlashmasi, 2014-yil.

  21. Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. – Т.: O’zbekiston, 2015.

  22. Жўраев Н. Тарих фалсафасининг назарий асослари. – Т.: Маънавият, 2008.

  23. Зиё А. Ўзбек давлатчилиги тарихи (Энг қадимги даврлардан Россия босқинига қадар). – Т.: Шарқ, 2001.

  24. Иброҳимов А. Бизким, ўзбеклар... Миллий давлатчилигимиз асослари ҳақида мулоҳазалар. – Т.: Шарқ, 1999.

  25. Левитин Л. Ўзбекистон тарихий бурилиш палласида. Президент Ислом Каримов тарафдорининг танқидий мулоҳазалари. – Т.: Ўзбекистон, 2001.

  26. Левитин Л., Карлайл С. Ислом Каримов – янги Ўзбекистон Президенти. – Т.: Ўзбекистон, 1996.

  27. Тойнби А. Цивилизация перед судом истории. Сборник. – М.: Рольф, 2002.

  28. Холбоев С. Миллий мустақиллик ва тараққиѐтнинг ўзбек модели (методология, инновация, тарихий таҳлил). – Т.: O’zbekiston, 2015.

  29. Эркаев А. Ўзбекистон йўли (Президент Ислом Каримовнинг ислоҳотлар назарияси ҳақида мулоҳазалар). – Т.: Маънавият, 2011. – 198 б.

  30. Жалолиддин Мангуберди. – Т.: Шарқ, 1999.

  31. Muhammad Ali. Sarbadorlar. – T.: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009.



Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limning umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablariga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining

10-11-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun “Tarix” fanlari bo‘yicha yagona o‘quv dasturlarini ishlab chiqish ishchi guruhi
TARKIBI



TТ/r

F.I.SH

Lavozimi

Imzo

1.

Yaxshiyev Anvar Jo‘raqulovich

O‘zbekiston davlat soliq akademiyasi “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent




2.

Zamonov Akbar Turg‘unovich

O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiq-lashtiruvchi metodik markazi bo‘lim boshlig‘i.




3.

Xodjayev Begzod Xudoyberganovich

A.Navoiy nomidagi Toshken davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti pedagog qadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori, p.f.d., prof.




4.

Ergashev Shuhrat

Fanlar akademiyasi Tarix instituti katta ilmiy xodimi, t.f.n.




5.

Rajabov Qahramon

Fanlar akademiyasi Tarix instituti loyiha rahbari, t.f.d., prof.




6.

Raximjonov Durbek Obidjonovich

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti dotsenti, t.f.n




7.

Ismatova Nargiza Qamariddinovna

Respublika ta’lim markazi bo’lim boshlig’i




8.

Abdullayev Jamshid

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey tarix fani o’qituvchisi




9.

Safarova Shirin Yarashovna

Respublika ta’lim markazi metodisti




10.

Tojiboyev Husniddin Abdumalikovich

Yakkasaroy tumani 144-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani o’qituvchisi




Tarix fani ekspert guruhi tarkibi

11.

Polvonov Jo‘rabek Ne’matovich

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining tarix fani o‘qituvchisi




22.

Tillaboyev Soyibjon Bakievich

Nizomiy nomidagi TDPU katta o‘qituvchisi




33.

Alimova Mahfuza Faxrutdinovna

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti katta o’qituv-chisi, t.f.n.




44

Xaydarxon Yuldoshxodjayev

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi, t.f.n.




55

Xushvaqova Nigora

Toshkent shahar Uchtepa tumani 74-maktabning tarix fani o`qituvchisi




Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə