«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI 
A K A D E M I Y A  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
A. V. NARBEKOV  
 
 
 
DINSHUNOSLIK  ASOSLARI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT 


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI 
A K A D E M I Y A  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
A. V. NARBEKOV  
 
 
 
DINSHUNOSLIK  ASOSLARI 
 
 
O‘quv qo‘llanmasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent 2007 


 
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining  
Tahririyat-noshirlik kengashida maqullangan 
 
 
 
 
N-28 
Narbekov A. V.  
Dinshunoslik asoslari: O‘quv qo‘llanmasi. – T.: O‘zbekiston 
Respublikasi IIV Akademiyasi, 2007. – 211 bet. 
 
 
Qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va amaldagi qonunlari 
asosida, diniy siyosatdagi o‘zgarishlar, uning ijtimoiy hayotimizdagi o‘rni va 
ahamiyatini hisobga olgan holda tuzildi. Unda dinshunoslik fanining predmeti va 
vazifalari, dinning vujudga kelishi, ilk shakllari, davlat, milliy va jahon dinlari 
xususida fikr yuritiladi. Shu bilan birga, diniy fundamentalizm va ekstremizm, 
ularning maqsad va tahdidi, mamlakatimizda olib borilayotgan diniy siyosat kabi 
masalalar batafsil tahlil qilinadi. 
IIV Akademiyasi tinglovchilariga, oliy o‘quv yurtlarining talabalari, 
o‘qituvchilari, shuningdek barcha qiziquvchilarga mo‘ljallangan. 
 
BBK 86.3ya73 
 
T a q r i z c h i l a r :
 
falsafa fanlari nomzodi, dotsent  
A. O‘. O‘tamurodov; 
tarix fanlari nomzodi, dotsent  
E. Q. Arifdjanov  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2007 


 
 
SO‘Z BOSHI 
Komil insonni tarbiyalash milliy mafkuraning asosiy g‘oyasi va davlat 
siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Mazkur vazifani 
ijtimoiy hayotga tatbiq etish davlat tashkilotlari, muassasalari va jamoat 
birlashmalarining doimiy diqqat markazida turadi. Zero, yosh avlod 
nafaqat bizning kelajagimiz, balki hozirgi dolzarb muammolarni hal 
etishda ilg‘or g‘oyalar bilan ishtirok etuvchidir. 
Ma’lumki, ma’naviy yetuk, bilimli, mustaqil fikrga ega va jismonan 
sog‘lom avlodni tarbiyalash ilg‘or maorif tizimi va malakali mutaxassis 
kadrlar tomonidan ta’minlanadi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan 
islohotlar natijasida ijtimoiy hayotning turli sohalarida, shu jumladan yosh 
avlodga ta’lim-tarbiya berishda katta yutuqlarga erishildi. Maorif sohasida 
uzluksiz ta’lim tizimiga o‘tildi. Zamonaviy o‘quv dargohlari qurilib, yangi 
texnik vositalar bilan jihozlandi. Ta’lim jarayoni xalqaro tajriba va milliy 
mentalitetimizni hisobga olgan holda tashkil etildi. Bilim dargohlari yangi 
darsliklar, qo‘llanmalar va o‘quv-metodik materiallar bilan ta’minlandi. 
Ushbu o‘quv qo‘llanma respublikamizda olib borilayotgan diniy 
siyosatdagi o‘zgarishlar, uning ijtimoiy ahamiyatini hisobga olgan holda 
yozildi. Unda dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari, yosh 
avlodni tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida so‘z boradi. «Din» 
tushunchasi, dinning tarkibiy qismlari, vazifalari, vujudga kelish va 
jamiyatda saqlanib qolish sabablari, tarixiy davrlarda unga munosabat kabi 
masalalar tahlil qilinadi. Mazkur qo‘llanma dinning jaholat, aqidaparastlik, 
o‘zgalar fikriga toqatsizlik va ijtimoiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi 
kuch ekanligi haqidagi noto‘g‘ri tasavvurlarga qarshiligi to‘g‘risidagi 
ijtimoiy fikrning vujudga kelishiga ko‘maklashadi. 
Dinning ilk shakllari insoniyat tarixining dastlabki davrlarida ibtidoiy 
odamning dunyoqarashi sifatida vujudga kelgan. O‘sha davrlardan buyon 
din insonning tabiiy ehtiyojlari va mayllarini jilovlash vositasi, 
madaniyatning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan ijtimoiy ong shakli 
hisoblanadi. Ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar diniy ta’limotda ham o‘ziga 
xos jarayonlarni keltirib chiqargan. Ular ta’sirida davlat va milliy dinlar 
vujudga kelgan. Qudratli xudolarga sig‘inish va ko‘pxudolik shakllangan. 
Xalqlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, yirik 
imperiyalarning paydo bo‘lishi natijasida dinlar davlat va elatlar doirasidan 
 
3


chiqib, umuminsoniy ahamiyat kasb etgan va shu tariqa jahon dinlari 
vujudga kelgan. Lekin diniy qarashlarning rivojlanish jarayoni hozir ham 
davom etmoqda. 
Mazkur qo‘llanmada jahon dinlari ta’limoti, aqidalari va ma-
rosimlariga ko‘proq e’tibor berilgan. Zero, ular xalqlarning ijtimoiy, 
siyosiy va madaniy taraqqiyotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Jumladan, 
millatlarning urf-odatlari, an’ana va marosimlaridagi umumiylikda jahon 
dinlarining ta’sirini yaqqol ko‘rish mumkin. Bu jarayonlar dinlarning 
keskin raqobati sharoitida rivojlangan. Hozirgi davrda ular o‘rtasidagi 
raqobat global muammo darajasiga ko‘tarildi. Bunga sabab vayronkor 
kuchlarning dindan siyosiy manfaatlar yo‘lida foydalanishga intilishidir. 
Dunyoviy taraqqiyot yo‘lini tanlagan O‘zbekistonda dinning ijtimoiy 
ahamiyati qayta tiklandi. Diniy konfessiyalarning rasmiy faoliyati uchun 
barcha shart-sharoitlar yaratildi. Millatlar o‘rtasida tinchlik, hamjihatlik va 
o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni shakllantirishda dinlarning 
imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. Bu esa dinning yosh avlodni 
ma’naviy tarbiyalash va dunyoqarashini shakllantirishdagi faol ishtiroki 
bilan bog‘liq. 
Mazkur qo‘llanmani tayyorlashda dinshunoslik fanini IIV Aka-
demiyasida o‘qitish davrida to‘plangan tajriba va materiallardan, 
O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda chop etilgan manbalar va ada-
biyotlardan, jumladan 1, 7, 8, 9 va 10-mavzularni yozishda falsafa fanlari 
doktori, professor A. Q. Qodirovning materiallaridan unumli foydalanildi. 
Shuningdek, respublikamiz oliy o‘quv yurtlari talabalarining dinshunoslik 
fanidan muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan olimpiadalarda 
to‘plangan ayrim manbalar ham kiritildi. 
«Dinshunoslik asoslari» o‘quv qo‘llanmasi mazkur predmetni o‘r-
ganish va o‘qitishdagi tajriba va bilimlarni umumlashtirish natijasidir. Shu 
bois muallif kitobxonlarning ushbu qo‘llanma yuzasidan bildirgan 
mulohazalarini minnatdorlik bilan qabul qiladi. 
1-mavzu  
DINSHUNOSLIK FANINING PREDMETI  
VAZIFALARI VA XUSUSIYATLARI 
Dinshunoslik fanining mohiyati, predmeti va vazifalari 
Din azaldan inson va jamiyat hayotining ma’naviy asosi, poydevori 
bo‘lib kelgan. Din vositasida insonning biologik tabiati, hayvonot olami bilan 
umumiy jihatga ega bo‘lgan fiziologik mayllari, ehtiyoj va instinktlari 
jilovlandi, ularga insoniy qiyofa berildi. Diniy ongning ibtidosida «yaxshilik 
 
4


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə