Tasdiqlayman” Viloyat hokimining o‘rinbosari F. Abilov



Yüklə 25,99 Kb.
tarix05.05.2023
ölçüsü25,99 Kb.
#108689
Баён Агрокластерлар Абилов 2


TASDIQLAYMAN”
Viloyat hokimining
o‘rinbosari


____________F.Abilov
2021 yil “____” sentyabr


Qishloq xo‘jaligi masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYoNI


2021 yil _____sentyabr Samarqand shahri

Raislik qiluvchi:




F.Abilov - viloyat hokimining o‘rinbosari

Ishtirok etganlar:




Viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, tumanlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlari, don korxonalari, agroklasterlar, aloqador tashkilot, korxona rahbarlari (ro‘yxat bo‘yicha).





KUN TARTIBI:

Viloyatda 2022 yil hosili uchun lalmi maydonlarda tritikale ekinini joylashtirish va kelgusida urug‘chiligini tashkil etish hamda chorva mollarining mahsuldorligini oshirish, mustahkam ozuqa bazasini yaratish uchun sifatli ozuqalar tayyorlash to‘g‘risida.




(Abilov, Hakimov, Norqo‘ziyev, Sulaymonov, Shomurodov, Xudoyberdiyev, Radjabov, Abilov)

Viloyatda 2022 yil hosili uchun tritikale ekinini joylashtirish va kelgusida urug‘chiligini tashkil etish hamda chorva mollarining mahsuldorligini oshirish, mustahkam ozuqa bazasini yaratish uchun sifatli ozuqalar tayyorlash, chorva mollarini hayotiy zarur bo‘lgan to‘yimli moddalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida yig‘ilish




QAROR QILADI:



  1. 2022 yil hosili uchun tritikale ekinini joylashtirish va kelgusida urug‘chiligini tashkil etish bo‘yicha tumanlar tomonidan berilgan takliflar ma’qullansin.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil
    8 sentyabrdagi 02/021-650-sonli xatiga asosan Rossiya Federasiyasidan tritikale urug‘ini olib kelish uchun ruxsat berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  3. “Jomboydonmahsulotlari” AJ (Q.Shomurodov), “Oqtoshdonmahsulotlari” AJ (T.Xudoyberdiyev), “Samarqanddonmahsulotlari” AJ (O.Radjabov), tumanlar hokimliklari 2022 yil hosili uchun don korxonalari tomonidan Rossiya Federasiyasidan olib kelinadigan tritikale urug‘ining miqdori ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  4. Viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi (Hakimov), “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DK viloyat boshqarmasi (Sulaymonov), hududiy “Chorvanasl markazi” (Boqayev), tumanlar hokimliklari:

2022 yil hosili uchun ekiladigan tritikale navlarini vegetasiya davrida doimiy monitoring yuritilishini;
tritikale navidan olingan hosildorlik, yalpi hosil va boshqa ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlarni umumlashtirib borilishini ta’minlasin.

  1. Mazkur yig‘ilish bayoni ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.

Yig‘ilish bayonini
rasmiylashtirdi B.Sulaymonov
Yüklə 25,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə