Tayanch iboralar



Yüklə 60,5 Kb.
səhifə1/4
tarix29.12.2022
ölçüsü60,5 Kb.
#98029
  1   2   3   4
.Xarakter

Xarakter


Reja:


  1. Xarakter haqida tushuncha.

  2. Xarakterning fiziologik asoslari.

  3. Xarakterning tuzilishi.

  4. Xarakterning tarkib topishi.

Tayanch iboralar: Xarakter haqida tushuncha. Xarakter hislatlari - undovchi kuch sifatida. Oliy nerv faoliyati tiplari va xarakter. Xarakterdagi individuallik va tipiklik. Xarakterning tuzilishi, simptomlar kompleksi va uning xususiyati. Xarakter va faoliyat. Kishilar xarakteri toifalari haqidagi nazariyalar tahlili (Leongard, Le Senn va boshqa nazariyalar).
Shaxs xulq-atvori va xarakterining etnopsixologik xususiyatlari va ularni ta`lim va tarbiya jarayonida hisobga olish.
Xarakterni tarbiyalash va shakllantirishning psixologik asoslari .


XARAKTER HAQIDA TUSHUNCHA.
Ma`lumki har bir odam har qanday boshqa odamdan o`zining individual xususiyatlari bialan ajralib turadi. Hayotda bunday farqlar kishining xarakteri bilan bog`liq deb tushuntiriladi. «Xarakter» - grekcha so`zdan olingan bo`lib, aynan tarjima qilganda "bosilgan tamg`a", "muhr" ma`nosini anglatadi.
Psixologiyada xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan faoliyat usullarida nomoyon bo`ladigan, tipik sharoitlarda yuzaga chiqadigan va shaxsning bu sharoitlarga munosabati bilan belgilanadigan individual psixik xususiyatlar yig`indisi tushuniladi.
Boshqacha qilib aytganda, xarakterning har bir xislati tegishli tipik sharoitlardagina nomoyon bo`ladi. Buni shuning bilan tushuntirish mumkinki, xarakterning har bir xislatida odamning ma`lum sharoitlarga, voqealarning ma`lum tomonlariga bo`lgan munosabati ifodalanadi. Shu sababli bir o`quvchining o`zi o`zini turli sharoitlarda turlicha tutishi mumkin. Maktabda qurqoq, ikkilanuvchi, uyda chaqqon, dilkash, g`ayratli, mehmonda vazmin, o`ychan va h.k.
Xarakter tug`ma bo`lmaydi. Faqat layoqat nishonalari tug`ma bo`lishi mumkin, ular nerv tizimining xususiyatlariga bog`liq bo`ladi. Xarakter esa muayyan jamiyat a`zosi bo`lgan kishining hayoti va faoliyati jarayonida tarkib topadi.
Xarakter shaxsning individual xususiyatidir. Xarakterlari mutlaqo bir xil bo`lgan ikki kishini topib bo`lmaydi, lekin ayrim kishining xarakteridagi ko`p narsalar bir guruh kishilar uchun yoki hatto butun jamiyat uchun tipik bo`lishi mumkin.
Jamiyat a`zosi bo`lgan kishining voqelikka bo`lgan munosabatida vujudga keladigan va uning xulq-atvori hamda hatti-harakatida ta`sir qoldiradigan muhim, barqaror psixik xususiyatlarning majmui xarakter deyiladi.
Odam harakatlarining sifati va usullari faqat shaxsning munosabatlarigagina bog`liq bo`lmay, balki iroda, hissiyot, diqqat, aqliy xususiyatlarga, ya`ni psixik xususiyatlarning individual xususiyatlariga ham bog`liq. Shuning uchun ham kishi faoliyatida qanday psixik jarayonlar ustun turishiga qarab xarakter xususiyatlarini intellektual, emosional va iroda xususiyatlariga ajratish mumkin.
Xarakterning ko`p xislatlari odamning hatti-harakatini belgilab beruvchi chuqur va faol mayllar hisoblanadi. Ma`lumki turli kishilarning xarakteri turlicha. Shu sababli ham bir xil sharoitlarda, aynan bir xil maqsadga intiluvchi kishilar shu maqsadga erishish uchun zarur bo`lgan harakatning turli usullariga moyil bo`ladilar. Bu erda xarakter xislatlari undovchi kuch sifatida nomoyon bulayapti. Odam xarakter xislatlarining undovchilik kuchi sifatida yuzaga chiqishi ta`siri ostida ko`pincha ob`ektiv sharoitga zid va maqsadga nomuvofiq harakat usullarini qo`llaydi. Odam ba`zida o`z xarakteridan o`zi xafa bo`lib ketadi, ammo boshqacha harakat qila olmaydi.
Maqsadga nomuvofiq, lekin odam uchun xarakterli bo`lgan harakat usullarini tanlashga moyillik katta irodaviy zo`r berishlar sharoitida, jiddiylik (stress) vaziyatlarida xususan aniq nomoyon bo`ladi. Shuning bilan birga, agar odam uchun xarakterli bo`lgan harakatlar usuli mazkur sharoitda maqsadga muvofiq bo`lsa, unda u o`z xarakteriga mos kelmaydigan, bir qolipdagi, stereotip harakat usullaridan majburiy foydalanish hollariga qaraganda ancha ko`p kuch-quvvat, qait`iylik va mehnatga qobiliyatlilik talab qiladi.
Shunday qilib, agar xarakter xislatlari ob`ektiv sharoitlar talabiga qarshi harakat qilishga undaydigan bo`lsa, odamning xarakter xislatlari o`ziga xalaqit berishi mumkin. Aksincha bo`lsa kishi ijodiy ish qila oladi, o`z kuchlaridan samarli foydalana oladi.

Yüklə 60,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə