Televizion tenologiyalar



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə1/7
tarix12.12.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#148678
  1   2   3   4   5   6   7
Malumotlar bazasi maruza mustaqil ish 1




MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

“TELEVIZION TENOLOGIYALAR” yo’nalishi 511_22 guruh talabasi Umarxonov Fahriddinxonning Ma`lumotlar ba`zasi” fanidan tayyorlagan 1-topshiriq ga javoblari


O`qtuvchi: Djurayev Tulkinjon
Toshkent – 2023
Reja:



  1. Ma’lumotlar bazasi haqida.Kirish

  2. Ma’lumotlar bazasini loyihalash, mohiyat – aloqa diagrammasi.

  3. SQL tilida jadvallar yaratish, o’zgartirish va o’chirish.

4 .Ma’lumotlarni tanlash va ular ustida amallar. AND, OR, NOR mantiqiy stanndart so’zlardan foydalanish.
5 . Ma’lumotlarni saralash. WHERE standart so’zidan foydalanish.
6 .Group by va Order by standart so’zlaridan foydalanib so’rov yaratish. HAVING standart so’zi orqali so’rovlar yaratish.

  1. UNION, INTERSECT va MINUS standart buyruqlardan foydalanish.

  2. Xulosa

  3. foydalanilgan adabiyotlar


  1. Ma’lumotlar bazasi haqida

Hozirgi kunda inson faoliyatida ma‘lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni to’plash, saqlash va qayta ishlashda muhim o’rin tutmoqda. Chunki jamiyat ishlab chiqarishining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o’zimizga kerakli ma‘lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’layapmiz. Shuning uchun ham MB bilan muloqot qilish axborot almashinuv texnologiyasining eng dolzarb muammolaridan
biriga aylanib borishi hozirgi davr taqozosidir.
Axborot texnologiyalarining taraqqiyoti va axborot oqimlarining tobora ortib borishi insoniyatni ma‘lumotlarni o„z vaqtida qayta ishlash
choralarining yangi uslublarini qidirib topishga majbur qilmoqda. Ma‘lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so’ngra
undan oqilona foydalanish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylandi.
Shuni ham e‘tiborga olish kerakki, mа‘lumоtlаr bаzаsi dasturiy mahsulotlari rivojlanishi vaqt o„tishi bilan tоbоrа standartlashib bоrmоqdа.
Bu jаrаyon har хil kоmpyuter muhitlаridа fаоliyat ko’rsаtuvchi ахbоrоt tizimlаrini yarаtishdа yagоnа stаndаrt til yarаtish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Stаndаrt til bir buyruqlar to’plаmini bilgаn fоydаlаnuvchilаrgа ulаrni shахsiy kompyuter, tаrmоq avtomatlashtirilgan ishchi joyi (AIJ) yoki katta EHMdа ishlаshlаridаn qаt‘iy nаzаr mа‘lumоtlarni yig’ish, saqlash, izlаsh vа uzаtishgа imkоn berаdi. Ana shunday standart tillardan biri SQL tilidir.
SQL(Structured Query Language) so’rov tili ko’p operatorlardan tashkil topgan bo'lib, bu operatorlar orqali foydalanuvchilar va dasturlar Oracle(MBBT)
dagi ma‘lumotlar bazasiga murojatni amalga oshirishi mumkin. Oracle utilitalari yoki har xil dasturlar SQL operatorlarisiz bazaga murojatni amalga oshirishi mumkin, lekin so’rovlarni 
amalga oshirishda bu so’rov tilidan 
foydalanmaslikning iloji yo’q.


  1. Ma’lumotlar bazasini loyihalash, mohiyat – aloqa diagrammasini qurish

“Mohiyat – aloqa” modeli predmet sohani tashkil etuvchi uchta asosiy komponentalardan foydalanib quriladi: mohiyat, atribut, aloqa. Konstruktiv elementlar tarkibida “VAQT” tashkil etuvchisi faqat oshkormas holda ishtirok etishi mumkin. Modelda vaqt, yil, sana va shunga o‘xshash atributlar bilan tasvirlanadi.
Modelni quirishda “aloqa” mavjud ob’yektni, jarayonni yoki hodisani,
abstraksiyasi sifatida keladi. Atribut mahiyatni xarakterlaridan bo‘lib, nom bilan belgilanib, birorta qiymatlar to‘plamidan qiymatlar qabul qilinadi.
“Mohiyat – aloqa” modelidagi bog‘lanishlarga, ikki mohiyat o‘rtasidagi har bir bog‘lanish turiga tegishli munosabatlarni kiritish zarur (binar, ternar.., n-nar). Loyiha haqidagi axborot diagramma ko‘rinishida rasmiylashtiriladi, buning uchun quyidagi belgilar kiritiladi: mohiyat turlari – to‘rtburchak bilan, atributlar-ovallar bilan tasvirlanadi va ular mos mohiyatlar bilan yo‘nalishsiz qirralar bilan bog‘lanadi.
Ma’lumotlar bazasida quyidagi munosabatlar mavjud:
1. Birga – bir (1:1) munosabat. A va V ob’ektlar to‘plami orasida 1:1 munosabat o‘rnatilgan deyiladi, agarda A ob’ektning har bir nusxasiga V ob’ektning bitta nusxasi mos kelsa, va aksincha, V ob’ektning har bir nusxasiga A ob’ektning bitta nusxasi mos kelsa.
2. Birga – ko‘p (1:n) munosabat. A va V ob’ektlar to‘plamida A ob’ektning har bir nusxasiga V ob’ektning bir nechta nusxasi mos kelsa, shu bilan birga V ob’ektning har bir nusxasiga A ob’ektning bittadan ko‘p bo‘lmagan nusxasi mos kelsa shunday munosabat hosil bo‘ladi.
3. Ko‘pga – bir (n:1) munosabat A va V ob’ektlar to‘plami orasida o‘rnatilsa, unda A ob’ektning har bir nusxasiga V ob’ektning ko‘pi bilan bitta nusxasi mos keladi. V ob’ektning nushalari orasida shundaylari mavjudki, ularga A ob’ektning bir nechta nusxasi mos keladi.
4. Ko‘pga – ko‘p (m: n) munosabat. A va V ob’ektlar orasida shunday munosabat o‘rnatilgan deyiladi, agarda A ob’ektning har bir nusxasiga V ob’ektni bir nechta nusxasi mos kelsa va aksincha.




  1. SQL tilida jadvallar yaratish, o’zgartirish va o’chirish



SQL tilida quyidagi asosiy ma’lumotlar turlari ishlatilib, ularning formatlari har xil MBBT lar uchun farq qilishi mumkin:



INTEGER

butun son (odatda 10 tagacha qiymatli raqam va ishora).

SMALLINT

«qisqa butun» (odatda 5 tagacha qiymatli raqam va ishora).

DECIMAL(p,q)

o‘nli son, p raqam va ishoradan iborat (0 < p < 16). O‘nli nuqtadan so‘ng raqamlar soni q orqali beriladi (q < p, agar q = 0 bo‘lsa, tashlab yuborilishi mumkin).

FLOAT

haqiqiy son 15 ta qiymatli raqam va butun darajadan iborat. Daraja MBBT tipi bilan aniqlanadi (masalan, 75 yoki 307).

CHAR(n)

uzunligi o‘zgarmas, n ga teng bo‘lgan simvolli qator (0 < n < 256).

VARCHAR(n)

uzunligi o‘zgaruvchi, n simvoldan oshmagan simvolli qator (n > 0 va har xil MBBT larda turlicha, lekin 4096 dan kam emas).

DATE

maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi sana; sana maydonlari bizning eramizdan oldin bir necha mingyilliklardan boshlanuvchi va bizning eramiz beshinchi-o‘ninchi mingyilligi bilan cheklangan haqiqiy sanalarni o‘z ichiga olishi mumkin.

TIME

maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi vaqt (ko‘zda tutilgan bo‘yicha hh.mm.ss).

DATETIME

sana va vaqt kombinatsiyasi.

MONEY

maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi pul birligi.

SQL tili quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:



Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə