Temir yo‘lning tuzilishi haqida umumiy tushunchalar



Yüklə 324,5 Kb.
tarix02.03.2023
ölçüsü324,5 Kb.
#101755
TYUK 2-mavzu (1)



Temir yo‘lning tuzilishi haqida umumiy tushunchalar.

Poyezdlami belgilangan tezlikdagi harakat bilan o'tkazish uchun tem ir yo‘l quriladi. Temir yo‘l murakkab muhandislik inshooti bo‘lib poyezdlar harakatining beto'xtovligi va xavfsizligi, hamda temir yo‘llarning texnik vositalaridan foydalanish samaradorligi temir yo‘lning holatiga bevosita bog'liq.


Temir yo‘l transportining yo‘l xo‘jaligi temir yo‘lning o‘zi, uning barcha inshootlari, qurilmalari, hamda ishlab chiqarish bo'lim lari va xo‘jalik korxonalaridan tashkil topgan. Ishlab chiqarish bo‘limlari va xo‘jalik korxonalari temir yo‘llaming muntazam ishlashini ta’minlaydi va rejaviy-ehtiyotlash ta’mirlovlarini bajaradi. Yo‘l xo‘jaligi temir yo‘l transportining eng muhim tarmoqlaridan biri bo’lib, temir yo'llarda tashish jarayonining bajarilishi uning holatiga bevosita bog'liq. Temir yo‘llarda asosiy vositalaming 50 foizdan va umumiy xizmatchilaming 20 foizdan ortig‘ining yo‘l xo'jaligiga to ‘g‘ri kelishi uning tem ir yo‘l transportidagi salmog‘i naqadar ulug'ligini ko‘rsatadi.
Temir yo‘l murakkab sharoitlarda ishlaydi, doimo atmosfera va iqlimiy sharoitlar ta ’sirida bo’ladi, harakatdagi poyezdlardan katta kuchlanishlar oladi. Shunday sharoitlarda temir yo’lning barcha tarkibiy qismlari (yer polotnosi, ustki qurilm alar va sun’iy inshootlari) o ‘zining mustahkamligi, chidamliligi va holati b o ‘yicha yo'lovchi va yuk poyezdlarining ushbu yo‘l uchastkasi uchun belgilangan yuqori tezlikda osoyishta, mayin va xavfsiz harakatini ta ’minlashi kerak hamda harakat tezliklarini va yo'lning yuklanuvchanligini yanada oshirish uchun yetarlicha zahira quvvatlariga ega bo‘lishi kerak.
Yuqorida bayon qilingan talablam i qondirish maqsadida tem ir yo’lning ko‘tarish qobiliyati va uning barcha qismlari mustahkamligini oshirish ustida muntazam ishlar, ilmiy izlanishlar olib boriladi, termik chidamlilashtirilgan og‘ir turdagi relslar, yangi konstruksiyadagi rels biriktirgichlari, birikmasiz yo‘l, temir-beton shpallar, strelkali o‘tkazgichlarning yangi konstruksiyalari va boshqalar qo’llanadi.
Temir yo’l (1-rasm) ostki va ustki qismlardan tashkil topadi. Yo‘lning ostki qismi yer polotnosi (насыпь), o‘yiq (выемка), yarim ko‘tarma, yarim o‘yiq, yarim ko‘tarma-yarim o'yiqlar va sun’iy inshootlardan (ko‘priklar, tonnellar, quvurlar, tirgak devorlar va boshqalar) iborat. Yo‘lning ustki qismi ballast qatlami, shpallar, relslar, biriktirgichlar, surilishga qarshi moslamalar, strelkali o'tkazgichlar, ko'prik va o‘tkazgich brus shpallaridan tashkil topadi. Ballast qatlam shpallar orqali bosimni qabul qilib, uni yer polotnosining asosiy maydonchasiga uzatadi, bosim notekisligini yumshatadi hamda temir yo‘l izi barqarorligini ta’m inlab shpallaming bo‘ylama va ko‘ndalang siljishiga to‘sqinlik qiladi. Shpallar (iz) relslar orqali bosimni qabul qihb uni ballast qatlamiga uzatadi hamda relsli izlarning o ‘zaro barqaror holatini ta ’minlaydi. Relslar harakat tarkibi g‘ildiraklarini yo‘lnaltiradi va ular bosimini qabul qilib shpallarga uzatadi.



1-rasm.Temir yo’l izining umumiy ko’rinishi.


Rels biriktirgichlari ularni o‘zaro biriktirish va shpallarga mahkamlash uchun qo'llanadi. Relslarni va shpallarni i yurayotgan poyezd kuchlari ta ’sirida siljishdan saqlash uchun surilishga qarshi moslamalar (противоугон) qo’llanadi. Strelkali o‘tkazgichlar esa harakat tarkibini bir yo‘ldan boshqasiga o‘tkazish uchun xizmat qiladi. Umuman, temir yo’lning barcha qismlari yagona inshoot, konstruksiya sifatida ishlaydi.
Yüklə 324,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə