Тергов экспериментини ўтказиш тактикаси



Yüklə 109,5 Kb.
səhifə1/4
tarix29.01.2023
ölçüsü109,5 Kb.
#99682
  1   2   3   4
Tergov eksperimenti


Tergov eksperimenti
Reja:
1. Eksperiment tushunchasi va vazifasi
2. Tergov eksperimentini o`tkazishga
tayyorgarlik ko`rish
3. Tergov eksperimentini o`tkazish tartibi va taktikasi
4. Tergov eksperimentining natijalarini rasmiylashtirish

Tergov eksperimenti – kriminalistik taktika tizimida mustaqil tergov harakati bo`lib, jinoyat ishini tergov qilish jarayonida sodir bo`lgan hodisaning ayrim holatlarini va vaziyatlarini tajriba usulida tekshirishdan iborat.


Tergov eksperimentining mohiyati shundaki, muqaddam bo`lib o`tgan hodisalarni, jinoyat ishiga aloqador bo`lgan holatlarni voqelikda haqiqatdan bo`lganligini yoki bo`lmaganligini aniqlash maqsadida, ular aynan ma`lum sharoitlarda tiklanib tekshiriladi.
JPKning 153-moddasida tergovchi tergov jarayonida so`roq qilingan shaxslarning ko`rsatuvlarini, boshqa dalillarni, shuningdek, ish yuzasidan qilingan versiya, tekshirilayotgan hodisaga oid muayyan sharoit va holatlarni tiklash hamda zaruriy tajribalar o`tkazish orqali tekshirishga haqlidir, deyilgan.
Tekshirilayotgan holatlar, guvohlar, jabrlanuvchilar, jinoyatda gumon qilinayotganlar va ayblanuvchilarning ko`rsatuvlaridagi biron hodisani idrok qilish, eshitish, ayrim harakatlarni bajarish imkoniyati bo`lgan-bo`lmaganligini aniqlashdan iboratdir.
Guvohning jinoyat hodisasiga oid ma`lum dalillarni ko`rganligi, eshitganligi haqidagi ma`lumotlari o`sha vaqtdagi sharoitda (yorug`lik, masofa, shovqin kabi) ko`rish va eshitish imkoni bo`lganligini tekshirishga zarurat tug`iladi. Shuningdek, gumon qilinayotgan shaxs yoki ayblanuvchining ayrim jinoiy harakatlari: buzib kirgan joydan ma`lum buyum-ashyolarni olib chiqib ketish imkoni, ko`p miqdordagi tovarlarni bitta yuk mashinasida olib ketganligi kabi ma`lumotlarni tekshirishda, eksperiment ko`rsatilgan vaziyatlar-holatlar sun`iy tiklanib, tajriba qilib o`tkazishdan iborat bo`ladi.
Tergov eksperimenti jinoyat ishi yuzasidan mavjud bo`lgan ma`lumotlar va ehtimolga qarshi bo`lmagan fikrlarni tekshirishga qaratilgan bo`lib, ushbu ma`lumotlar va fikrlar ma`lum sharoitlarda voqelikda bo`lganligiga ishonch hosil qilishga qaratilgan bo`ladi.
Tergov eksperimenti natijalari ijobiy – tasdiqlovchi bo`lib chiqsa, tekshirilayotgan dalil yoki versiya to`g`ri ekanligi aniqlanadi, aks holda inkor etuvchi natija hosil bo`lganda, tekshirilayotgan ma`lumotlar noto`g`ri ekanligi, ko`rsatuvdagi vaziyat-holatlarning asossiz yoki yolg`on ekanligi isbotlanadi.
Tergov eksperimentini o`tkazish maqsad-vazifasi jinoyat ishining tergovi jarayonida to`plangan, topilgan dalillar (suroqda olingan ma`lumotlar), ishning ayrim holatlari yuzasidan hosil bo`lgan versiya va boshqa xabarlarni to`g`ri haqiqat ekanligini tekshirishdan iboratdir. Shu bilan birga mazkur tergov harakati vazifasiga jinoyatni ochish-isbotlash uchun yangi dalillarni topish, mustahkamlash va ularni to`g`ri baholab, ayblov fikriga asos qilish masalasi ham kiradi.
Tergov eksperimenti vazifalariga ko`ra, boshqa tergov harakatlariga o`xshab ketadi va ayrim qismlari o`zaro bog`liqligi bilan namoyon bo`ladi. Ayniqsa eksperiment “ko`rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish” tergov harakatiga o`xshash bo`lib, ikkala protsessual harakat so`roq natijasida olingan ko`rsatuvlarni tekshirishdan iboratdir. Shu bilan birga ular orasida muhim farqlar mavjud bo`lib, ular shundan iboratki, eksperimentda ko`rsatuvdagi ayrim dalillarni bo`lib o`tgan voqelikda, shart-sharoitda, sun`iy tiklash bilan tajriba qilib tekshiriladi. Hodisa joyida ko`rsatuvlarni tekshirish esa, so`roq paytida olingan ma`lumotlardagi ayrim holat-vaziyatlar haqiqiy hodisa joyidagi vaziyatlarga to`g`ri kelishi aniqlanadi, ba`zi ma`lumotlar to`ldiriladi, tekshiriladi.
Hodisa joyini ko`zdan kechirish harakatining ham eksperiment bilan birmuncha bog`liqlik va o`xshashlik xususiyati mavjuddir. Hodisa joyini ko`zdan kechirish maqsadi, eksperiment kabi dalil qidirib topish, uni tekshirishdan iboratdir, lekin ko`zdan kechirishda hodisa joyi, holati o`zgartirilmaydi, avvalgi asl holati, jinoyat oqibati bo`lgan alomatlari o`zgarishsiz kuzatiladi.
Sud ekspertizasining turli tekshiruvlarini o`tkazishda ekspert-mutaxassis eksperimental uslubiyotni keng qo`llaydi. Jumladan, otish qurollarini identifikatsiyalashda shubhalangan quroldan eksperimental otishlar o`tkazib, tekshirish uchun o`q va gilzalarning namunalarini tayyorlaydi, hujjat va boshqa obyektlarni tekshirishda eksperiment tajriba uslubini turli shakllarda qo`llaydi. Bu eksperimental tadqiqot – tekshiruvlar tergov eksperimentiga o`xshash bo`lsa ham, mustaqil tergov harakati emas, sud ekspertizasining tekshiruv uslubi sifatida uning tarkibiy qismi bo`lib hisoblanadi.
Tergov eksperimenti jinoyat protsessual qonunida ta`riflanishicha, jinoyat ishi yuzasidan o`tkazilgan so`roq ko`rsatuvlarini, boshqa dalillarni, ish yuzasidan hosil bo`lgan versiya, tekshirilayotgan hodisaga oid muayyan harakatlar, sharoit va holatlarini tiklash hamda zaruriy tajribalar o`tkazish orqali tekshirishdir. Shuningdek, eksperiment faqatgina bor dalillar va versiyalarni tekshirish bilan cheklanmay, eksperiment tajribalari yordamida yangi dalillar ham aniqlanadi.
Tergov ishini yurgizish jarayonida hosil bo`lgan versiyani albatta turli tergov harakati yordamida, shu jumladan eksperiment o`tkazish bilan ham tekshirish lozim bo`ladi. Versiyalar jinoyat hodisasining umumiy yoki ayrim holatlariga taalluqli bo`lib, ular eksperiment, turli tajribalar va boshqa tergov harakatlari yordamida tekshirilgan holdagina haqiqatga aylanib ishning ayrim holatlariga tegishli bo`lgan dalil sifatida xizmat qilaoladi. Bu holda tergov eksperimentining natijalari yangi dalillarni keltirib chiqarishi va borlarini haqiqatga mos yoxud mos emasligini tasdiqlaydi.
Tergov amaliyotida tergalayotgan jinoyat ishi yuzasidan turli holat-vaziyatlarni eksperiment yordamida tekshirishga to`g`ri keladi. Shularga ko`ra eksperimentning turli shakllari o`tkaziladi:
ma`lum hodisa, holat, shaxslarni muayyan sharoitda ko`rish imkonini aniqlash uchun;
hodisani (turli ovozlar, portlash, motor ovozlari va h.k.) ma`lum sharoit voqeligida eshitish imkoni bo`lgan-bo`lmaganligini aniqlash uchun;
jinoyat ishiga taalluqli bo`lgan ayrim harakatlarni bajarish (masalan, ma`lum masofani qadam yurish, yugurish yoki transport vositasida ma`lum muddat davomida o`tish) imkonini tekshirish uchun;
ayrim ishlarni bajarish imkoniyatini (to`siqdagi teshik orqali og`ir yuk bilan chiqish yoki kirish, ko`p miqdordagi tovar mollarni bitta muayyan mashina yordamida olib ketish va h.k.) tekshirish uchun;
turli modda va mahsulotlar sifatini (hidini, tarkibini) idrok qilib, ajrata bilish qobiliyatini va boshqa holatlarni tekshirish uchun.
Jinoiy vaziyatning yoki uning ayrim jihatlarini oldini olish imkonini tekshirishda tergov eksperimenti bilan bir qatorda boshqa choralar ham ko`riladi. Ayniqsa avtotransport halokatini tekshirishda, jabrlanuvchilar va ayblanuvchilar ko`rsatuvlaridagi vajlar, tushunchalar eksperiment, ko`rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish va ekspertizalar yordamida aniqlanadi.
Tergov amaliyotida transport hodisalari, odamni bosib ketish yoki boshqa turdagi tartib qoidalari (transportlarda odam tashish) natijasida baxtsizlik hodisalari yuz berishi, hattoki qurbonlar ham bo`lishi mumkin. Tergovda ko`pchilik holatlarda ayblanuvchilar javobgarlikdan qutilish maqsadida turli asossiz vajlarni keltirib, o`zini aybsiz qilib ko`rsatib, mazkur hodisaning asosiy sababchisini jabrlanuvchi deb ko`rsatishga urinadilar. Bunday holatlarda tergovchi yuz bergan hodisaning qanchalik to`g`riligini va uning oldini olish mumkin emasligini aniqlash maqsadida eksperiment o`tkazadi.
Bu holda jinoiy harakatning xarakterini va aniqlanishi lozim bo`lgan hodisa vaziyatini sun`iy tiklash bilan tajribada sinab ko`rish uchun eksperiment o`tkaziladi. Masalan, ko`chani kesib o`tayotgan shaxsni mashina urib ketgan bo`lsa va bu holatda ayb jabrlanuvchiga yuklansa, tergovchi hodisa sodir bo`lgan vaziyat holatini tiklash bilan eksperiment o`tkazib, muayyan vaziyatda falokatning oldini olish mumkinligini yoki mumkin emasligini hal qiladi. Bunda haydovchi tormoz berish yo`li bilan mashinaning yurishini sekinlatishi mumkinmidi yoki boshqa harakat bilan ko`ngilsiz hodisaning oldini olishga harakat qilganmi yoki buning iloji bo`lmaganmi, degan savollarga javob oladi.

Yüklə 109,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə