Teri-tanosil kasalliklari kafedrasi



Yüklə 91,29 Kb.
tarix25.03.2018
ölçüsü91,29 Kb.
#33321

UZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGLIKNI SAKLASh VAZIRLIGI

TOShKENT TIBBIYoT AKADEMIYaSI

Davolash fakulteti

Tibbiy-pedagogika fakulteti

TERI-TANOSIL KASALLIKLARI KAFEDRASI

MAVZU № 5

DERMATITLAR, TOKSIKODERMIYaLAR, EKZEMA, NEYRODERMATOZLAR, EShAKEMI


Tuzuvchilar: dost. ALLAEVA M.d., dost MUSAEVA N.Sh.

TAShKENT - 2013

Ma’ruza rejasi va organizastion tuzilishi:
1. Kirish suzi, boshlangich bilim darajasini aniklash, ma’ruza moxiyatini tushuntirish

2. dermatitlar etiologiya, patogenezi

3. Klinika, diagnostika

4. Differenstial diagnostika



5. davolash

6. ekzema- etiologiya, patogenez

klinika, diagnostika.differenstial diagnostika, davolash

7. neyrodermit etiologiya, patogenez

klinika, diagnostika.differenstial diagnostika,

davolash

8. eshakemi etiologiya, patogenez psoriaza

klinika, diagnostika.differenstial diagnostika,

davolash

Ma’ruza №5


DERMATITLAR, TOKSIKODERMIYaLAR, EKZEMA, NEYRODERMATOZLAR, EShAKEMI

Dermatit – terining yalliғlanishi. Dermatitlar xillaridan oddiy kontakt dermatit, allergik dermatit va tokisikodermiya ajratiladi Oddiy kontakt dermatit tashқi muҳit ta’sirotlari natijasida paydo bo’ladi va bu ta’sir to’xtashi bilan, teridagi yalliғlanish belgilari, davosiz ҳam, vaқt o’tgach yaxshi bo’lib ketadi.

Dermatitni keltirib chiқaruvchi omillar tabiatga ko’ra mexanik (қisilish, қattiқ bosim), fizik (yuқori va past temperatura, қuyosh, radioaktiv va rentgen nurlari), kimyoviy (kislota, ishқor, tuzlar) va biologik (krapiva, meduza, ҳasharotlar chaққanda) turlarga bo’linadi va ular ko’proқ shartsiz ta’sirotlarga kiradilar.

Bu ta’sirotlar (kislota, ishқor va boshқa) teriga tekkan joyida vaқt o’tmasdan yalliғlanish belgilarini vujudga keltiradi. Misol қilib, terini issiқ dazmol bilan kuyishini keltirsak bo’ladi va bunda teridagi o’zgarishlar chuқurligi faқat bu ta’sirning (temperatura) kuchiga va қancha uzoқ davom etgani bilan boғliқ bo’ladi.

Shartsiz ta’sirotlar natijasida ro’y bergan terining yalliғlanishi oddiy kontakt dermatit yoki artifistial (sun’iy) dermatit deyiladi.

Allergik dermatit esa ayrim, faқat қandaydir fakultativ, shartli omillardan biriga (ayrim o’simliklar, dori-darmon, parfyu-mer maҳsulotlari va boshқa) terisini giperergik sezuvchanligi bor (monovalent sezgirlik) insonlarda, faқatgina shu allergen ta’siri natijasida kuzatiladi. Allergen teriga ta’sir қilgan vaқtdan orada muayyan inkubastion davr o’tgach (birinchi kasallanish bo’lsa, allergen takror ta’sir қilganidan so’ng), xuddi allergen tushgan joyida, ko’proқ tananing ochiқ joylarida, yalliғlanish belgilari paydo bo’ladi. Bemordagi allergik kontakt dermatit sababi bo’lgan allergen bartaraf қilinsa, dermatit tez o’tib ketadi. Vaқt o’tib, allergen takror ta’sir қilsa, yalliғlanish belgilari birinchidan simmetrik қismlarda paydo bo’ladi, keyinchalik tananing boshқa, uzoқ қismlarida ҳam paydo bo’lishi mumkin. Ammo eng achinarlisi, bitta moddaga bo’lgan o’ta sezuvchanlik (monovalent sezuvchanlik) vaқtida davolanmasa, takror қaytarilgan (allergen) ta’sirlar oқibatida, asta-sekin boshқa allergenlarga sezuvchanligi ҳam oshib, polivalent sezuvchanlikka, ya’ni ekzema rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Allergen organizmga oғiz, to’ғri ichak, nafas yoki parenteral (inekstiya) yo’l orқali tushib, idiosinkraziya yoki orttirilgan sezuvchanlik oқibatida, terida va ichki a’zolarda yalliғlanish jarayonini keltirishi toksikodermiya deyiladi. Bunda bemorning aҳvoli oғir ke-chib, klinik manzara juda boy, terida boshidan simmetrik joylash-gan, tarқoқ, o’tkir yalliғlangan toshmalar va ichki a’zolarning jaro-ҳat-langani aniқlanadi.
ODDIY KONTAKT DERMATIT KLINIKASI

Odatda oddiy kontakt dermatitga uchragan bemor terida paydo bo’lgan toshmalar sababini (shartsiz ta’sirotni) aniқ ko’rsatib beradi va ko’pincha yalliғlanish o’choғida achish, oғriқ, kamroқ қichishishga shikoyat қiladi.

Shartsiz ta’sirotni kuchli va қisқa vaқtli ta’sir oқibatida vujudga keladigan teri yalliғlanishini o’tkir oddiy kontakt dermatit (kuyish) va uzoқ vaқt қaytalama kuchsiz ta’sir oқibatidagi teri yalliғlanishi xronik oddiy kontakt dermatit (uzoқ vaқt mexanik ishқalanish oқibatida қaloқ paydo bo’lishi) deyiladi.

Ko’rilganda, bemor terisida faқatgina tashқi omil ta’sir қilgan joyida, omilning shakli va kattaligiga teng, aniқ chegarali o’tkir yalliғlangan doғ kuzatiladi (eritematoz davr). Қizargan teri shishadi va infiltrastiyalashadi, ustida bir yoki bir necha seroz yoki gemorragik suyuқli pufak va pufakchalar paydo bo’lishi mumkin (bullez davri). Tashқi omilning tanaga bo’lgan ta’siri juda kuchli bo’lsa teri nekrozi ҳam uchrashi mumkin (nekrotik davr).

Oddiy kontakt dermatitni keltirgan tashқi ta’sirni bartaraf қilsa, yalliғlanish ancha tez kamayib yo’қoladi. Bemor davolanmasa, pufaklar vaқt o’tib қuriydi yoki ko’proқ yoriladi va o’rnida paydo bo’lgan eroziyalarga ikkilamchi infekstiya қo’shilishi mumkin. Natijada yiringli ajratmalar paydo bo’lib, bemorda piodermiyalik asoratlar rivojlanib ketishi mumkin.

Differenstial tashxisi

1.Dermatitis allergica.

2.Impetigo bullosa.

3.Pemphigus vulgaris.

2-jadval


Oddiy va allergik kontaktli dermatitlarning қiyosiy tashxisi
Oddiy kontaktli

dermatit Allergik kontaktli dermatit

Toshmalar o’tkir Eritema-pufak-eroziya-қaloқ-kepaklanish. Eritema-papula-vezikula-eroziya-қaloқ-kepaklanish.

Surunkali Papula, pilakcha, yoriқ, kepaklanish, қaloқlar. Papula, pilakcha, kepaklanish, қaloқlar.

Jaroҳatlar

O’tkir o’choғi. Aniқ chegarali, ta’sirot ta’sir etgan soҳadagina joylashadi. Aniқ chegarali, al-lergen ta’sir etgan soҳadan boshlanadi,

atrof terisiga ҳam toshadi, diffuz jaroҳatlanishi ҳam mumkin.

Surunkali Chegarasi uncha aniқ emas. Chegarasi deyarli aniқ emas, tarқoқlikka moyil.

Kasallikning o’tkir rivojlanishi Tez (ta’sirotdan қisқa vaқt o’tgach). Juda ҳam tez emas (ta’sirotdan 12–-74 soat o’tgach). Surunkali Doimiy ta’sir etishi (oylar, yillar davomida). Oylar, yillar mobaynida, allergenning ҳar bir ta’-siridan so’ng avj-lanish kuzatiladi.

Ta’sirot (allergen) Kasallikning oғirligi ta’sirot kuchiga boғliқ Allergen kuchiga emas, sensibilizastiyaga boғliқ.

Sensibilizastiya Aҳamiyati yo’қ. Kasallik ҳammada kuzatilishi mumkin. Kasallik sensibilizastiyasi bor bemorlardagina kuzatiladi.

Ta’sirot ta’siri yo’қotilsa Қisқa vaқtda tuzaladi. Bir muncha davom etadi. Sub’ektiv Achishish, oғriқ Қichishish

Keng tarқalgan kontaktli allergenlar:

Neomistin – Krem va mazlar tarkibida uchraydi.

Parafenilendiamin – Matolarni bo’yashda va tipografiyada қo’llanuvchi қora yoki boshқa rangli bo’yoқlarda.

Sulfonilamidlar – Krem va mazlarda.

Prokain, benzokain – Maҳalliy anastetiklar.

Simob – Maҳalliy қo’llaniluvchi dori vositalari, dezinfekstiyalovchi vositalar.

Skipidar – Erituvchilar, poyafzal kremlari, tipografiya bo’yoқlari.

Kobalt sulfati – Stement, galvanizastiya uchun eritmalar mashina moylari, muzlatkichlarda қo’llaniluvchi agentlar, kobok bo’yoқlari.

Tiuram – Rezina maҳsulotlarida.

Formaldegid – Maҳalliy қo’llaniluvchi dorilar, dezinfekstiyalovchi vositalar, polimerlar.

Xromatlar – Stement, antioksidantlar, mashina moylari, gugurt.

Paraoksibenzoy

kislotasi efirlari – Oziқ-ovқat konservalari.

Oddiy kontakt dermatitning davosi.

1. Sababini bartaraf қilish.

2. Eritematoz davrida – indifferent upa, dezinfekstiyalovchi suyuқliklar yoki malҳamlar

3. Bullyoz davrida – pufakni tomini ochib, sovuқ ҳo’l boғlamlar va kortikosteroid malҳamlar ishlatiladi.

Surunkali dermatitga xos teri infiltrastiyasi oқibatidagi daғallanishini 10% dermatol, ixtiol malҳamlari bilan davolanadi.


ALLERGIK DERMATITLAR KLINIKASI

Allergik kontakt dermatitning klinik belgilari ҳam teriga shart-li omillar ta’sir қilgan joyida eritematoz doғ, infiltrastiya va ustida pufak va pufakchalar vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. Lekin, allergen ta’siridan keyin inkubastion davr o’tishi bilan, terining shikastlangan joyida paydo bo’lgan қizil rangli yalliғlangan doғ chegarasi noaniқ bo’lib, ustida seroz bo’shliқli toshmalardan ko’proқ pufakchalar aniқlanadi. Keyinchalik қaytalama allergen ta’siri oқibatida, yalliғlanish oldin terining simmetrik қismlariga, keyin boshқa қismlarga ҳam tarқalishi mumkin. Bemor shikoyatida қichish va terining achishi birinchi o’ringa chiқadi. Allergen ta’siri to’xtatilsa, allergodermatit tez yo’қoladi. Davolanmasa allergik dermatitga xos monovalent sensibilizastiya polivalent sensibilizastiyaga o’tib, bemorda ekzema rivojlanadi.

Differenstial tashxisi

1.Dermatitis acuta.

2.Exzema.

3.Toxicodermia.

Allergodermatitning davosi:

1. Allergenni aniқlab bartaraf қilish.

2. Desensibilizastiyalovchi va antigistamin preparatlari.

3. Ҳo’l boғlamlar, kortikosteroid malҳamlar.


TOKSIKODERMIYa KLINIKASI

Toksikodermiya vujudga kelishi oziқ-ovқat maҳsulotlari va ke-yin-gi yillar ko’proқ dori-darmonlar bilan boғlanib қoldi. Dori-darmonlarni, asosan, antibiotik va sulfanilamidlarni bo’lsa-bo’lmasa davolash amaliyotida, ularni bir-biriga bo’lgan munosabatini, terapevtik miқdorini va ta’sirchanligini e’tiborga olmasdan (maҳalliy ishlatish – allergodermatitni) parenteral ishlatish – medikamentoz toksikodermiyaning asosiy sababidir. Toksikodermiya turli boy klinik belgilarga ega bo’lib, chegaralangan (fiksastiyalangan sulfanilamid eritema) yoki ko’proқ tarқalgan shaklda teri va shilliқ pardalarda uchraydi. Bu kasalliklar farmastevtik va tibbiyot xizmatchilarida ҳam uchrab turadi va kasbga oid dermatit yoki toksikodermiyalar guruҳiga kiradi. Toksikodermiyaning klinikasi ҳar xil kattalikda, shaklda bo’lgan ko’proқ eritema, tuguncha, pufakcha va bo’rtma toshmalari bilan ifodalanishi mumkin va ko’pincha қattiқ қichish va achish bilan kechadi. Vaқtida allergenni topib, uni bartaraf қilib, kasallik to’ғri davolanmasa toshmalar ko’payib, tarқalib, eritrodermiya, eksfoliativ dermatit, Layell sindromi, Stivensen-Djonson sindromi yoki anafilaktik shok klinikasi vujudga kelib, bemor aҳvoli juda oғirlashib, ҳatto o’limga olib kelishi mumkin.

Differenstial tashxisi

1. Eritema exudativum multiforme.

2. Exzema.

3. Pemphigus.

4. Eritema nodosum.

Davolash prinstiplari:

1. Dori-darmonlarni қabul қilishni to’xtatish.

2. Allergenni bartaraf қilish va ko’p suyuқlik қabul қilish.

3. Dezintoksikastion, antigistamin va desensibilizastiyalovchi terapiya.

4. Maҳalliy kortikosteroid malҳamlari.

5. Juda oғir kechganda kortikosteroid preparatlari ichiladi.

6. Parҳez

EKZEMA ( GO’Sh)

Ekzema – terining nevroallergik, kuchli қichish bilan kechadigan, chin polimorfizm bilan va asosiy toshmasi o’tkir yalliғlangan terida, mayda-mayda pufakchalar (қaynab turgan suvni eslatadi) bilan kechadigan қaytalama surunkali kasallik.

Etiologiya va patogenezi. Ekzemaning kelib chiқishida asab siste-masidagi o’zgarishlar, ҳimoya kuchlar susayishi, gipovitaminoz, auto-intoksikastiya o’rni baland bo’lib, asosan, ekzogen va endogen aller-gen-larga қarshi polivalent sensibilizastiyaning rivojlanishi bo’ladi.

Klinikasi. Klinik kechishiga ko’ra ekzema o’tkir, o’rtacha o’tkir va surunkali ekzema; patogenetik xususiyati, klinik ko’rinishi va etiologik omillariga ko’ra – chin, mikrobli, seboreyalik, professional va bolalar ekzemasi turlariga bo’linadi


ChIN EKZEMA (EXEMA ACUTUM)

Chin ekzema, o’tkir ekzema birdaniga boshlanib, terining қattiқ қichishi va o’tkir yalliғlanish belgilari bo’lmish terining қizarishi, shishishi va ko’plab pufakchalar paydo bo’lish bilan kechadi. Pufakchalar tezda yorilib, terida mayda tomchili namlanish boshlanadi (seroz қuduқchalar yoki ekzematoz қuduқchalar) va yalliғlangan o’choқ atrofida mayda tugunchalar, yiringchalar ҳam bo’lishi kuzatiladi va, asosan, қo’l, oyoқ terisi va badanning boshқa joylarida simmetrik joylashgan, noaniқ chegarali o’tkir yalliғlangan o’choқlar ko’rinib turadi. Bemor қattiқ қichishishdan tashқari, ba’zan achishish va қizib ketgandek bo’lib tuyulishiga shikoyat қiladi. Klinik kechishida birlamchi va ikkilamchi toshmalar turli bo’lib, o’zgarib turishi mumkin va bemorda chin va soxta polimorfizm ҳolati aniқlanadi (Kreybix uchburchagi). Ayrim bemorlarda kasallik klinik ko’rinishida morfologik elementlarning қay biri ko’p uchrashiga қarab, shartli ravishda ҳo’l, papulez, vezikulez, pustulez va skvamoz xillari farқ қilinadi.

Yuқorida keltirgan o’tkir ekzemaga xos klinik ko’rinishi davolash natijasida, kamroқ o’z-o’zidan o’zgarib, yalliғlanish jarayoni pasayadi va o’rta o’tkir ekzemaga xos klinik ko’rgazma vujudga keladi. Bu bemorning terisida namlanish yo’қ, yangi pufakchalar va tugunchalar toshishining kamayib to’xtashi va kam miқdorda қizargan va shishgan terida ikkilamchi toshmalar bo’lishi kuzatiladi va bemor қichishishning kamayganiga e’tibor қiladi.

Keyinchalik, ko’pincha қo’shimcha etiologik omillarning ta’siri bo’lmasa va bemorning ichki a’zolari funkstional jaroҳatlanmasa, terida surunkali ekzemaga xos yalliғlanish infiltrastiyasi rivojlanib, chegaralangan o’choқ zichlashib қalinlashadi va lixenifikastiya ko’rinishida bo’ladi.

Ekzema ҳar doim bir xil kechavermaydi, ba’zan birdaniga o’t-kir-lashib, yangi ko’p miқdorda xilma-xil toshmalar, ko’pincha pufakchalar toshib o’tkir ekzemaning klinik ko’rinishi vujudga keladi. Aniқlansa, bu restidiv ko’proқ bemorning o’zi parҳezining buzganligi, dori-darmon қabuli yoki asab sistema va boshқa ichki a’zolar muammolari bilan boғliқ bo’ladi.
MIKROBLI EKZEMA (PARATRAVMATIK, VARIKOZ, NUMMULYaR)

Mikrobli ekzemada yuқorida keltirilgan chin ekzemaga xos toshmalar bo’lishi ҳam mumkin, ammo ko’proқ yiringchalar ko’zga tashlanib, teridagi yalliғlangan o’choқlar chegarasi aniқ bo’lib, assimetrik joylashadi.

Mikrobli ekzema ko’proқ yiringli (zamburuғ) kasallik bilan uzoқ vaқt ҳastalangan bemorda, sensibilizastiya rivojlanishi oқibatida, ikkilamchi kasallik bo’lib paydo bo’ladi va nummulyar, paratravmatik va varikoz turlarga bo’linadi.
KASBGA ALOҚADOR (PROFESSIONAL) EKZEMA

Kasbga aloқador ekzema, asosan, tana terisining ochiқ қismlarida joylashadi va kasallikning boshlanishiga, avj olib, қaytarilib turishiga bemorning ish joyidagi ishlab chiқarishdagi allergen-larning uzoқ ta’siri oқibatida, sensibilizastiya rivojlanishi sabab bo’ladi.

Bemorda oldin monomorf, keyinchalik polimorf sensibilizastiya aniқlanishi mumkin.

Professional ekzema va dermatitlar klinik kechishi, yuқorida keltirilgan dermatit va ekzemalardan deyarli farқ қilmaydi. Faқat boshlanish davrlarida professoinal ekzema engilroқ davolanadi va ko’proқ tananing ochiқ қismlarini jaroҳatlab, chegaralangan bo’lib, ekzematoz қuduқchalar bilan namlanish juda kam bo’lishi mumkin.

Professional kasallanish korxonaning javobgarligi bilan boғliқ bo’lgani uchun, professional kasallikni aniқlab, yakuniy diagnoz қo’yish uchun, shifokor bemorga tibbiy yordam berib, uni mutaxassislashtirilgan tashkilotga yuborishi zarur. O’zbekistonda bu Sanitariya, Gigiena va Professional Kasalliklar Ilmiy Tekshirish Instituti Klinikasi Kasallik ishga chiққanda rivojlanib қaytarilishiga, yaқin-uzoқ-қa komandirovka va ta’tilga ketganda tuzalganiga, bo’lgan bemorni ko’rsatuvi, professional omillarning o’rni borligini o’ylashga va keyinchalik, bemor terisida o’tkaziladigan sinab ko’ruvchi test orқali allergenni aniқlash diagnoz қo’yish uchun asos bo’ladi.

SEBOREYaLI EKZEMA (EXEMA SEBORRHOICUM)

Seboreyali ekzema – ko’proқ boshning sochli қismi, қuloқ atrofi, yuz, қo’ltiқ osti, ko’krak va boshқa yoғ ajrab turuvchi bezlarni ko’p joylashgan teri қismlarida rivojlanadi. Atrofdagilarni e’tiborini o’ziga jalb қiluvchi, bemorning terisini yaltirab turishi, ko’zga tashlanadi. Klinik ko’rinishida sarғish, yoғli, chegaralari aniқ ajralib turadigan va bir-biriga қo’shilib ketadigan doғlar, tugunchalar va po’stloқchalar bo’ladi. Kasallik jinsiy uyғonish davridan boshlanib, bemorni қattiқ қichishish bezovta қiladi. Seboreyali ekzemaning klinik kechishida pufakchalar va namlanish bo’lmaydi.

Ekzematoz terining gistopatologiyasi. Epidermisda spongioz, parakeratoz, akantoz va dermada limfostitar va gistiostitar infiltrat kuzatiladi.

Differenstial tashxisi

1. Dermatitis allergica.

2. Psoriasis exsudativa.

3. Pemphigus.

4. Toxicodermia.

5. Eritema exudativum et multiforme.


BOLALAR EKZEMASI

Bolalar ekzemasi ko’proқ ekksudativ diatezga mos o’zgarishlar bilan boshlanib, asosan, yosh onalar o’zi parҳezni buzib, bolaning emizishi, keyin bolani қo’shimcha ovқatlantirishdagi ҳatolari bu kasallikni rivojlantiradi va қo’zғaydi. Yaқin қarindoshlarda, ota-ona yoki ularning ikkitasida ҳam turli allergik kasalliklar bo’lgan bo’lsa, bolaning parҳezidagi xatolari ekzemaning rivojlanishiga tezda olib keladi.

Bolada oldin monovalent sensibilizastiya, keyinchalik turli xil surunkali infekstiya o’choқlari, me’da-ichak kasalliklari va ularga қar-shi olib borilgan to’ғri-noto’ғri davolar, organizmning immunobiolo-gik kuchlarini pasaytirib polivalent sensibilizastiya rivojlanishiga olib keladi. Kasallik birinchidan bolaning ҳayot sifatini buzib, uning tengdoshlarga қaraganda aқliy va jismoniy zaiflikka keltiradi.

Kasallikning klinik kechishida esa, yuқorida ko’rsatgan kattalarning ekzemasiga xos turli toshmalar bo’lib, bolada chin, mikrobli va seboreyali ekzemaning belgilari namoyon bo’lishi mumkin. Bolalarda tezda ikkilamchi infekstiya rivojlanib, limfatik tugunlar kattalashadi va keyinchalik klinik ko’rinishi diffuz neyrodermitga (atopik dermatit) aylanishi mumkin.

Davosi.

1. Kasallikni yuzaga keltiruvchi allergenlarni bartaraf қilish.



2. Allergensiz, kam tuzlik va kam suyuқlik parҳez.

3. Yalliғlanishga қarshi davo (antigistamin va desensibilizastiyalovchi preparatlar)

4. Trankvilizator va sedativ preparatlar.

5. Ichki a’zolardagi kasalliklarni aniқlab, ularni davolash.

6. Қisқa vaқtga kortikosteroid preparatlari.

7. Maҳalliy davo ҳar bir bemordagi kasallikning turi va klinik kechishiga қarab, uni individual sezgirligini inobatga olib, maҳalliy davolash қoidalar asosida beriladi


ChEGARALANGAN NEYRODERMIT(NEURODERMITIS SIRCUMSRINTA)

Etiopatogenezi. Kasallik kelib chiқishidagi asosiy patogenetik omillar – terining ta’sirotlarga nisbatan sezuvchanligining oshi-shi bo’lib, bunga sabab nerv oxirlarining o’sib ketishi ҳamda epidermisni mexanik ta’sirlarga javoban giperplaziyaga uchrashidir. Buning oқibatida, o’ta kuchsiz bo’lgan ta’sirot oқibatida o’choқda kuchli қichima paydo bo’ladi, bunday ҳolatlar esa soғ teri soҳasida kuzatilmaydi.

Chegarali neyrodermit yakka yoki bir nechta қichishuvli lixenizastiya o’choғi ҳolida kuzatiladi. Lixenizastiya o’choғi chegarali va tarқoқ neyrodermitning o’ziga xos bo’lgan simptomi ҳisoblanadi. Agarda dori vositalari yordamida teri қichishishi, қashlanishlarni to’xtatilmasa, chegarali neyrodermit bir necha o’n yillar davom etadi.

Kasallik ko’pincha kattalarda kuzatilib, ҳar ikkala jinsda bir xil uchraydi va bir necha ҳaftadan bir necha yilgacha davom etadi. Bemorlarning asosiy shikoyati – terining қichishishi. Jaroҳatlangan o’choқ o’ziga xos "erogen zonaga" aylanib қoladi, chunki қashinishdan bemorlar orom oladilar. Shuning uchun, uxlayotgan bemor ҳam ins-tinktiv terining қashiydi. O’choқ oyoқ soҳasida joylashsa bemorlar o’choқni tovonlari bilan ishқalab қashlaydilar. Vaқt o’tishi bilan қashlash odat tusiga kirib қoladi, buni esa bemorlar o’zlari sezmay қoladilar. Қashlanishga eҳtiyoj arzimas sabablarga ko’ra paydo bo’la-di: kiyinib-echinish vaқtida, kosmetikani sidirib yoki yuvib tashlash davrida, kiyim tegishi ҳamda uyқudan avval (o’rin-to’shakda teri bir muncha isiydi, issiқlik esa қichishish ҳissini chaқiradi).

Klinikasi. Terida, asosan, lixenizastiya o’choғi bo’lib, ular mayda, zich elastik tugunchalardan tashkil topganga o’xshab turadi. O’choқda kepaklanish kuchli rivojlanmagan bo’ladi. Paypaslaganda teri zichlangan, қalinlashib, daғallashgan bo’lib, ko’zdan kechirilsa soғ terida uncha sezilmaydigan, teri rasmi kuchaygani, teri giperpigmentli bo’lib, yuzasida to’ғri chiziқli қashima izlari – ekskoriastiyalar, қonli қaloқlar kuzatiladi. Paxtali tampon bilan sekin-asta silansa – kuchli қichima kuzatiladi; soғ terida bu refleks kuzatilmaydi. O’choқ-lar shakli dumaloқ, suyri, cho’zinchoқ (қashlanish yo’nalishi bo’yicha cho’zilgan) va chegarasi odatda aniқ bo’ladi. O’choқlar betartib joylashgan, bir yoki bir necha o’choқlar ҳolida kuzatiladi. Chegarali neyrodermit ko’pincha bo’yin orқa yuzasi (ayollar) da, boshning sochli қismida, tizza bo’ғimining bukuvchi yuzasida, bilak burmasida, bilaklarni yozuvchi yuzalarida, vulvada, қov, chov soҳalarida, perianal soҳa, yorғoқ terisida joylashadi. Dermografizm oқ bo’ladi.

Differenstial tashxisi

 psoriaz;

 қo’ziқorinsimon mikoz (erta davrlari);

 oddiy va allergik kontaktli dermatitlar;

 epidermomikozlar.

Tashxis.


Anamnez, klinik ko’rinishi va қiyosiy tashxislar asosida қo’yiladi.

Davosi.


1. Kasallikni davolash juda ҳam қiyinlik bilan amalga oshadi. Bemorga doimo terini ishқalamasligi va қashlamasligi ҳaқida ogoҳlantiriladi.

2. Kechalari қo’yiluvchi okklyuzion boғlamlar juda yaxshi samara beradi: bu xil boғlamlar terini қashlanish-tilinishidan ҳimoya қilib, dori vositalarini surilishini engillashtiradi.

3. Maҳalliy-kortikosteroid, mazlari surtib, ustidan қuruқ marlya (doka) boғlanadi. O’choқlarga kortikosteroidlardan in’ekstiya қilish usuli ҳam, samarali usullardan ҳisoblanadi. Triamstinolon 3 mgml miқdorda қo’llaniladi, yuқori miқdorli teri atrofiyasini chaқirishi mumkin. Agarda patologik o’choқ қo’l-oyoқlarda joylashsa, қuruқ boғlash ostida қora moy, stink oksidi va o’rtacha kuchga ega bo’lgan kortikosteroidli aralashma surtiladi. Odatda, kortikosteroidli mazlar surtib, ustidan boғlab қo’yiladi.

Lekin dori surtmay, boғlash ҳam samarali usul ҳisoblanadi, sababi қashlanishning oldini oladi. Dokali boғlashlardan tashқari, sintetik boғlamlar ҳam ishlatiladi. Ayrim ҳollarda o’choқ terisiga avval kortikosteroid malҳami so’ng gidrokolloid surtish ҳam yaxshi natija beradi. Boғlam 1 ҳaftaga қo’yiladi. Kortikosteroidli plas-tir ҳam yaxshi samara beradi, uni 1 sutkaga қo’yiladi. Stink-jelatin-li boғlash. Dokani Unna pastasi bilan shimdirilib olinadi, so’ng yirik lixenizastiya o’choғiga boғlanadi, boғlash 1 ҳaftaga қo’yiladi.


Atopik dermatit yoki diffuz neyrodermit – bu surunkali, қaytarilib turadigan, kuchli қichishish va o’ziga xos toshmalar bilan kechadigan terini multifaktorli allergik kasalligidir.

Etiologiyasi. Autosamal dominant turli allergik reakstiyalarga tuғma moyillik borligi.

Patogenezi. Kasallikning vaқti-vaқti bilan қaytadan o’tkir-la-shib kechishiga sabablardan:

1. Ekzogen va endogen allergenlar.

2. Emostional va stress faktorlari.

3. Teri қuruқlashib қolishi.

4. Infekstiyalar va ichki a’zolarning funkstional kasalliklari.

5. Jazirama issiқ va tananing terlashga bo’lgan moyilligi.

Klinikasi. Kasallikni birinchi belgilari go’dak yoshida, bolaga қo’shimcha ovқat berish vaқtidan boshlanadi va ko’pincha uning yuzida (diatez), teri bo’ғimlarida o’tkir yalliғlanish yoki seboreyali dermatitga xos toshmalar paydo bo’ladi. Yaқin vaқt (2–3 yil) ichida bolaga ta’sir қiluvchi allergen aniқlanib, bartaraf қilinmasa, polivalent sensibilizastiya rivojlanib, bemorda neyrodermit yoki ekzemaning klinikasiga mos toshmalar paydo bo’ladi.

Diffuz tarқalgan neyrodermit juda agressiv kechib, faқat қisқa vaқtga tinchlanib yoki doimo to’xtamasdan bemorning butun terisini қuritib, o’tkir bo’lmagan yalliғlanish belgilari (lixenifikastiya), қashinish izlari va po’stloқlar bilan berkitib oladi. Lekin yalliғlangan o’choқlarning eng oғir zararlangani, asosan, yuz, bo’yin, sonning ichki yuzasida va қo’l, oyoқ bukilma қismlarida joylashadi. Albatta, қashinish izlariga ikkilamchi infekstiya қo’shilib, bemorning limfatik bezlari kattalashadi. Oқ dermografizm aniқlanadi.

Chet davlatlardagi ko’p olimlar diffuz neyrodermit va atopik dermatitni ajratmaydilar. Boshқa neyrodermatozlardan atopik dermatitni ajratib turuvchi belgilar:

1. Kasallik erta, yoshlikdan boshlangani;

2. Қichishish bilan boshlangani;

3. Yuz, қo’l va oyoқlarning buқilish қismlarida joylashishi;

4. Atopiyaning boshқa belgilari (astma, rinit, konyunktivit) borligi;

5. Uzoқ vaқt, xronik kechishi va қaytarilib turishi;

6. IgE ning қondagi yuқori miқdori;

7. Terining қuruқligi.

Differenstial tashxisi

1.Pruritus cutaneus.

2.Prurigo.

3.Exzema.

Atopik dermatitning (neyrodermit) davosi

1.Antigistamin preparatlari.

2. Natriy tiosulfat 30% –10,0 eritma, venaga.

3. Asab tizimini davolash.

4. Oshқozon-ichak tizimini tekshirib, davolash.

5. Disbakteriozni davolash.

6. Kortikosteroid preparatlari.

7. Maҳalliy davo – keratoplastik malҳam (2% salistil malҳami);

– A vitaminli malҳam;

– қisқa vaқtga kortikosteroidli malҳam.

8. Fizioterapiya – UF nurlari, dengiz suvlari, davolash yoғli vannalari.
ҚIChIMA (PRURIGO)

Қichima (pochesuxa) terining қattiқ қichishishi bilan kechadigan o’tkir yoki surunkali, қaytalama kasalligi. Қichimaning amaliyotda ko’proқ uchraydigan turlari – bolalar қichimasi (Prurigo infantum), kattalar қichimasi (Prurigo adultorum) va tugunli қichima (Prurigo nodularis)

Etiologiyasi. Bolalar қichimasini keltirib chiқaruvchi omillar va kasallikning rivojlanishiga bo’lgan sabablar atopik dermatit yoki bolalar ekzemasini eslatib turadi. Bolalarda bu ko’proқ noto’ғri ovқatlantirish, ekssudativ diatez va turli intoksikastiyalar, endo-krin, ichki a’zollar va sistemalardagi kamchiliklar.

Klinikasi. Қo’l va oyoқlarning yoziluvchi yuzalarida, қornida va dumbalarida қattiқ қichishib turadigan mayda қavarchiқlar, tugunchalar va tuguncha-pufakchalar paydo bo’ladi. Қashiganda tugunchalar ustida eroziyalar, қonli kovaklar paydo bo’lib, ikkilamchi infekstiya rivojlanishi mumkin. Ko’pincha bemorning umumiy aҳvoli o’zgarib, asabiy ҳolat vujudga keladi va kasallik surunkali davom etib, bemor ҳayot sifatini buzadi. Bemor bolalarni esa, rivojlanishida teng--doshlaridan orқada қolishiga va davolanmasa kattalar қichimasi yoki atopik dermatitga olib keladi.

Tugunli қichima (Prurigo nodularis), asosan, ayollarni boldirida joylashgan, chegaralangan, қattiқ қichishadigan tugunlar bilan kechadigan va kam uchraydigan kasallik.

Klinikasi. Kasallik қattiқ қichishish bilan boshlanadi va қashlanish oқibatida oyoқning boldir қismi terisida chegaralangan tugunlar paydo bo’ladi. Tugunlar kattaligi o’rtacha 1 santimetr, konsis-ten-stiyasi zich-қattiқ, bir-biri bilan қo’shilib ketmaydi. Қichishish avj-lanib boradi va terida doimo yangi қashlanish izlari, қonli қaloқlar va atrofi pigmentli chandiқlar paydo bo’ladi. Tugunlar ko’p vaқt saқlanib, gipertrofiyalanishi va atrofga kattalanishi mumkin.

Patogistologiya: asosan, muғuz, donador қavatning қalinlashuvi, akantoz, dermada limfostit, fibroblast, gistiostitlardan iborat infiltrat. Infiltratda kollagen va elastik tolalar yo’қligi, nerv tolasining giperplaziyasi va shvann қobiғining қalinlashib ko’rinib turishi kuzatiladi.

Diagnostikasi tipik klinik ko’rinishga va gistologik tekshiruvga asoslanadi.

Differenstial tashxisi

1. Lichen rubber verrucosus.

2. Neurodermitis circumscipta.

Davosi


1. Ftorli kortikosteroid malҳamlar (okklyuzion).

2. Atrofiga 2% novokain.

3. Suyuқ azot bilan (destrukstiya) muzlatib buzish.

4. Sedativ va dezintoksikastiya preparatlari.


EShAKEM (URTICARIA)

Eshakem – allergik kasalliklar guruҳiga kirib, teri va ba’zan shilliқ қavatlarda faқat қavarchiқlardan iborat toshmalar bilan kechadi.

Kasallikning rivojlanishiga moyillik keltirib chiқaruvchi omil-larning ekzogen (fizik, mexanik, kimyoviy, dori-darmon va oziқ-ovқatlar) va endogen (ichki a’zolardagi patologik jarayonlar, misol, jigar, o’t қopi, oshқozon-ichak, asab sistemasi, қalқonsimon bezi ishlash faoliyatining buzilishi) etiologik guruҳlari ajratiladi. Bu omillarning ta’sir mexanizmi eshakemning patogenezida ko’plab bir-biriga o’xshaydi va organizmda gistamin, serotonin turidagi biologik aktiv moddalar miқdorini ortish natijasida kapillyarlar yalliғlanib kengayadi, ularning o’tkazuvchanligi oshish oқiba-tida, epidermisda va dermaning so’rғich қavatida o’tkir shish paydo bo’lib, қavarchiқ toshmalar vujudga keladi. Organizmdagi ayrim prostesslar gistamining rezervuardan ajralib chiқishga sabab bo’lib, қavarchiқlar paydo bo’lishini aktivlashtiradi. Oddiy misol қilib, organizm-dagi antigen – antitelo reakstiyasini keltirish mumkin va bunda IgE va komplement asosiy rol o’ynaydi.

Tasnifi va rivojlanish mexanizmlari

Allergik reakstiyalar.

 Tezkor turdagi allergik reakstiyalar.

IgE ga boғliқ bo’lgan allergik reakstiyalar, oziқ-ovқat allergenlari (sut, tuxum, buғdoy, қisқichbaқasimonlar, mollyusklar, yonғoқ...) dori vositalari (penistillinlar, stefalosporinlar, sulfanilamidlar, antiaritmik preparatlari, immunomodulyatorlar, vakstinalar, stitostatiklar va boshқalar) va parazitlar allergenlari ta’siridan vujudga keladi. Bemorlar ko’pincha boshқa turdagi allergik kasalliklar bilan oғriydilar.

 Immunokompleksli allergik reakstiyalar.

Immun komplekslar komplementlarni faollashtiradilar, natijada ular fragmentlari ajralib, semiz ҳujayralarni degranulyastiyasiga olib keladi.

Anamnez yiғilganda bemor toshmalarni bir-necha soat saқlanib – yo’қolishiga va toshma toshgan soҳalar қichimasiga, tovon soҳalari jaroҳatlanganida yurgan, turganda oғriқ, tovush bo’ғilishi, nafas siқilishiga (Kvinke shishida) shikoyat қiladi.

Klinikasi. Eshakemning klinik ko’rinishlari turli bo’lishi mumkin va bugungi kunda o’tkir eshakemi, Kvinkening o’tkir chegaralangan shishi, surunkali қaytalanib turuvchi, қuyosh ta’siridagi va kontakt eshakemi turlarini ajratadilar.

Turғun tugunchali eshakem va bolalar eshakemida қavarchiқlar keyinchalik tuguncha va tuguncha-pufakchaga aylanishini ko’zda tutib, ko’p olimlar ularni қichima kasallikning turlariga kiritganlar.

Eshakemi kasalligi terida bo’rtmali (қavarchiқ) toshmalar toshishi bilan xarakterlanadi. Oқish-қizғish bo’rtmalar, pilakchalar epidermisda va dermaning yuzaki қismida, қisқa muddatli ҳujayralar ichida shish ҳosil bo’lishi ҳisobiga vujudga keladi. Kvinke shishi derma va gipodermada katta-katta yuzali shishlar evaziga kuzatiladi. Ҳar ikkala kasallik o’tkir yoki surunkali қaytalovchi turda kechishi mumkin. Eshakemi va Kvinke shishi birgalikda yoki ayri-ayri uchrashi mumkin. Nasldan-naslga o’tuvchi Kvinke shishida eshakemi kamdan-kam ҳollarda ҳamkorlikda kuzatiladi.

Sinonimlari: eshakemi-urticaria; Kvinke shishi-oedema Quinc-ke, angionevrotik shish, gigant eshakemi.

Ҳar olti kishidan biri (ayrim mualliflar ma’lumotiga ko’ra – ҳar to’rt kishidan biri) ҳayoti mobaynida bir bor bo’lsa ҳam eshakemi yoki Kvinke shishini boshidan kechiradi. Eshakemi bilan oғrigan bemorlarning 25% қismida kasallik ertami yoki kech surunkali turga o’tadi.

O’tkir eshakem (Urticaria acuta) birdaniga boshlanib, bemor terisida turli kattalikdagi, pushti-қizil қavarchiқlar va қattiқ қichishish bilan kechadi. Ularning shakli turli, ko’pincha yumaloқ, tezda bir-biriga қo’shilib, o’rta қismining rangi bulutlashib atrofi pushti, noaniқ chegarali bo’ladi.

Қavarchiқlar badanning katta қismining jaroҳatlashi oқibatida bemorning umumiy aҳvoli o’zgarishi (tana ҳarorati ko’tariladi, darmonsizlik, sovқotish kuzatiladi) mumkin. Toshmalar shilliқ қavatlarda, ҳiқildoқ, ҳalқum, tilda joylashishi mumkin, ko’pincha nafas olish va yutish қiyinlashadi. Қavarchiқlardan iborat toshmalar tezda, ko’proқ bir necha soatdan keyin batamom izsiz yo’қolib ketadi va ayrim ҳollarda қaytalanib turishi mumkin.

Kvinkening o’tkir chegaralangan shishi ko’proқ oddiy o’tkir eshak-emi bilan birga kechib, bemorning yuzida, jinsiy a’zolarida shilliқ parda va teri osti yoғ kletchatkasining chegaralangan gigant kattalikdagi shishi bo’lib, ayrim ҳolatlarda juda xavfli kechadi. Misol, ҳiқildoқda joylashgan қavarchiқlar stenoz va asfiksiyaning sababi bo’lib bemorni juda қiynab, ekstremal ҳolatda tibbiy yordam talab қiladi. Kvinke shishida bemor shikoyatlar yo’қligini yoki bo’l-ma-sa kamroқ achishish va қichishishga e’tibor қiladi.

Surunkali қaytalanib turuvchi eshakemining (U.chronica recidi-vans) rivojlanishi ko’proқ bemordagi surunkali infekstion o’choқlar (surunkali tonzillit, adneksit, gelmintoz va ҳ.k.) tufayli, ya’ni sensibilizastiya oқibatida vujudga keladi. Ayrim bemorlarda kasallikning rivojlanishiga, oziқ-ovқat tayyorlashida konservastiyada ko’p ishlatiladigan қo’shimchalarga (astetilsalistil kislota, natriy benzoatga) bo’lgan yuқori individual sezgirlik sabab bo’ladi. Bu қo’shim-cha-lar saқlaydigan taomlar (banan, ko’k no’xat, karamel, shokolad, saқich, margarin, tortlar, jelatin, mayonez, pechene, ikra, konserva, pishloқ, vino, pivo, kofe, sut, қatiқ) chetlansa, bemorning davosi tez natija beradi.

Differenstial tashxisi:

Қumursқalar chaқishi

Medikamentli eshak emi

Kontaktli eshakemi

Urtikar vaskulit

V-gepatiti.

Profilaktika.

Provokastiya xususiyatiga ega bo’lgan omillar – kimyoviy vositalar yoki dori-darmonlar (aspirin, oziқ-ovқatga қo’shuvchi maҳsulotlar)ni bartaraf etishga urinishlar kam ҳollarda, xususan surunkali eshak-emida naf beradi.

Davosi.


1. Antigistamin xususiyatiga ega bo’lgan vositalar: N1-blokator-lardan boshlanadi, masalan, gidroksizin yoki terfenadin. Agar bu vositalar samarasiz bo’lsa, N2-blokatorlari (stimetadin) va semiz ҳujayralarni stabillashtiruvchi preparatlar (ketotifen) қo’shiladi.

2. Prednizolon.

3. Maҳalliy davo teridagi o’zgarishlarga қarab.

Bo’rtmalar – to’ғri chiziқli, to’қ қizil gardishli, terining mexanik ta’-sir-lanuvchi soҳalarida uchraydi, қichimali. Yo’қ Teriga oҳis-ta mexanik ta’sir etilsa, tezda қichimali bo’rtma ҳosil bo’ladi.

Sovuқdan paydo bo’luvchi eshakemi. Teriga sovuқ jism yoki suyuқlik tekkan soҳada shish, oқarish yoki қizarish paydo bo’lib, қichishadi. Bor 10 daқiқa mobaynida teriga muz bo’-lagi tekka-zib tu-ril-sa, 15 da--қiқa ichida bo’rtmalar ҳosil bo’-lishiga olib keladi.

Vibrastion Kvinke shishi 20–50 Terining bosim ta’sir etuvchi soҳasida (kaft, tovon, dumba) katta-katta shish, oғriқ va қichishish kuzatiladi. Yo’қ Teri yuzasiga perpendikulyar ҳolatda, bosim ta’sir etishidan so’ng 1–4 soat o’tgach (latent davri) turғun қizarish va shish paydo bo’ladi.

Қuyosh nuri ta’siridan paydo bo’luvchi

Eshakemi. Қuyosh nuri yoki ultrabinafsha nuri ta’siridan so’ng, teri shishi oқarishi yoki қizarishi kuzatiladi. Bor 2,5 kVt қuvvatga ega bo’lgan (290–690 nm) lampa bilan 30–120 sekund nurlatilgach, 30 daқiқadan keyin bo’rt-malar paydo bo’ladi.

Xolinergik eshakemi. Ko’plab, mayda (5 mm. gacha), bir xil bo’rtmalar ta-nada, bo’yinda, қo’l-oyoқ-larda uchrab, қichima be-zovta etadi. Jismoniy mashқ, meҳnat, issiқ suvli dush toshmalar toshishiga sabab bo’ladi.

ANAFILAKTIK ShOK

Anafilaktik shok – bu allergik reakstiyaning sistem namoyon bo’lishi bo’lib, IgE-antitanachalar va immun mediatorlarning ajralishi bilan kechib, ҳayot uchun zarur to’қima va a’zolarning zararlanishiga olib keladi.

Etiologiyasi. Anafilaktik shokning (ASh) asosiy sababi yuқo-ri sensibilizastiyalangan organizmning spestifik antigenlar va allergenlar bilan kontaktidir.

Asosiy sabablar bu dori vositalar (antibiotiklar, sulfanilamidlar, analgetiklar, vitaminlar va boshқalar), ayrim oziқ maҳsulotlari va kimyoviy moddalar; ҳasharotlar chaқishi (ayniқsa ari); allergenlar bilan diagnostik va davolash muolajalari. Ko’p ҳolatlarda dori-darmonlarga bo’lgan yuқori sezgirlik natijasida bemorda Layell sindromi yoki Stivens-Djonson sindromiga xos oғir toshma-lar ҳam vujudga kelishi mumkin.

Patogenezi. AShning asosi bu tezkor tipdagi allergik reakstiya bo’lib, yuқori sensibilizastiyalangan organizmda shakllanadi.

Shuning uchun shok reakstiyaga moyillik sensibilizastiya davrida shakllanadi va o’sha davrda IgE turidagi reagin antitana ҳosil bo’ladi. Ular o’zining Fc-fragmentlari bilan bazofil va semiz ҳujayralariga birikib ulardan tezkor turdagi mediatorlari bor granulalarning ajralishiga olib keladi.

Klinikasi. AShda turli a’zo va to’қimalarning shikastlanishi kuzatiladi. AShning asosiy klinik turlari қuyidagicha namoyon bo’ladi:

 kollaps xush yo’қotish bilan (shokni oғir kechishida), arterial gipotenziyaning turli darajalari va garang bo’lish (engilroқ kechishda);

 nafasning tez yomonlalashishida (asfiksiya) ҳiқildoқning shishi yoki bronxospazm natijasida қorinda oғriқ, eshakem, teri қichishi.

Shok nisbatan engil, o’rta oғir va oғir darajalarda bo’lishi mumkin. Engil darajada қisқa prodromal davr bo’lib, bir necha minutdan bir soatgacha bo’lishi mumkin. Bu allergik reakstiyaning turli belgilari: teri қichishi, eshakem turidagi toshmalar, eritematoz, petexial va papulyoz elementlar, teri giperemiyasi, қizish ҳissi, spastik yo’tal, bosh aylanishi, ko’ngil aynishi, nafas olish қiyinla-shi-shi. Ayrimlarida yuz terisi giperemiyasi, lablar stianozi, depressiya kuzatiladi.

O’rta oғir kechishida shokdan oldin ҳolsizlik, қo’rқuv, yuz gipere-miyasi, қizish ҳissi, turli lokalizastiyadagi oғriқlar, toshmalar, yo’-tal, қusish, keyin tezda xush yo’қotish bo’ladi. Peshonada sovuқ yopish-қoқ ter ҳosil bo’ladi, ayrimlarida oғizga ko’pik keladi. Қora-chiқlar kengayib yoruғlikka reakstiya bermaydi. Beixtiyor defekastiya va siyish, bachadonning spastik қisқarishi va қindan қonli ajralmalar kelishi kuzatiladi.

Miya ishemiyasi va seroz қatlamlar shishi natijasida tonik va klonik қisқarishlar kuzatiladi.

Fibrinolitik sistemaning aktivlashishi natijasida burundan, oshқozon va ichakdan қon ketishi mumkin.

AShning oғir kechishida markaziy va қon tomir tizimining tezda buzilishi bir necha sekund yoki minut ichida sodir bo’ladi. Teri қoplami keskin oқarib; ko’krakda, қo’llarda, lablarda – stianoz, oғizda ko’pik paydo bo’ladi. Peshona sovuқ va yopishқoқ ter bilan қoplanadi. Қorachiқlar kengaygan, yoruғlikka reakstiya yo’қ, bo’yin venalari kengaygan. Nafas olish shovқinli, aritmik, auskultastiyada «soқov» o’pka eshitiladi.

Anafilaktik shokda o’limning asosiy sabablari bo’lib ҳisoblanadi:

 staz, tromboz, mikrostirkulyastiya buzilishi va tomir kollapsi natijasida o’tkir yurak қon-tomir etishmovchiligi;

 ҳiқildoқning Kvinke shishi natijasida asfiksiyasi;

 tomirlar trombozi va ҳayot uchun zarur a’zolarga қon қuyilishi.

VITILIGO (Vitiligo)

O’tmishda ko’p asrlar davomida, tarқalgan oғir yuқumli (moxov) kasallik belgilaridan ajratib bilmasdan, terisida oқ doғi bor insonni jamiyatdan chetlatib, shaҳar-қishloқlardan chiқazib қo’ygan-lar va bu odamlarga bo’lgan yomon munosabat ayrim davlatlarda bu-gungacha қisman saқlanib keladi. Oқ doғlar oғrimaydi, achishishmay-di, faқat ayrim bemorlarda қichishish bilan boshlanishi mumkin. Lekin қuyosh nurlari ta’sirida қorayib ketgan terida oқ doғlar kontrast ko’ri-nib, atrofdagilarning e’tiborini o’ziga jalb қiladi va bemor-ning psixo-lo-gik қiynalishiga, o’zini-o’zi chetga tortishiga sabab bo’-la-di. Kasallik ҳamma millatlar va davlatlarda uchraydi, lekin ay-rim ҳududlarda vitiligo juda tarқalgan bo’lib o’rtacha 1% aҳolida uchraydi.

Etiologiyasi. Vitiligo sabablari noaniқ bo’lib, bugun bu polietiologik, turli ichki a’zolar va sistemalar buzilishi oқibatida vujudga keladigan kasallik deb biladilar.

O’zbekiston ҳududida, bu jigar, o’t қopi, қalқonsimon bezi, oshқozon-ichak, asab kasalliklari, bolalarda ko’proқ parazitar, ayollarda – anemiya va turli ichki jinsiy a’zolarining surunkali yalliғ-lanish kasalliklari bo’ladi. Ayrim olimlar vitiligo rivojla-nishiga genetik moyillik borligini va oila қurgan yaқin қarindosh-lar naslida bu kasallikning rivojlanish xavfi yuқoriligini ko’rsa-ta-dilar.

Klinikasi. Terining turli қismlarida, yuzida, tanasida, қo’l-oyoқning ko’proқ engil shikastlanadigan bo’ғimlar ustida, bir joyda (o’choғli turi), bir tomonda bir necha o’choғlar (segmentar) yoki tarқalgan (generalizastiyalashgan) simmetrik depigmentli, aniқ chegarali doғlar bo’ladi. Oқ doғlar rangi gipopigmentli darajadan to tiniқ oқ darajasigacha bo’lib, ular sekin kattalashib bir-biri bilan қo’shi-lib ketishi mumkin. Oқ teri ustidagi sochlar oқarishi ҳam mumkin. Tekshirilsa, terining oғriқ, ҳarorat va taқchil sezuvchanligi saқlangan bo’ladi.

Kasallikni akrofastial (oғizning atrofi, қo’l-oyoқ panjasi), uni-versal (to’liқ terining oқarishi) turlarini va Setton kasalligini (pigmentli ҳol atrofi oқarishi) ҳam ajratadilar. Kasal-lik surunkali kechib, doғlar kattalashib, bir biri bilan қo’shilishib turgan vaқtda, ayrim doғlar atrofidan sekin pigmentastiya rivojlanishi oқibatida қisқarib yoki ichki қismida follikulyar nuқtadek pigment doғlar paydo bo’lishi mumkin. Davolanmasa, keyinchalik birdaniga oқ doғlar paydo bo’lishi kuzatiladi.

Differenstial tashxisi:

1. Oddiy temiratki.

2. Leykoderma.

3. Rang-barang temiratki.

4. Moxov.

5. Nevus (pigmentsiz va anemik turlari).

Davosi:


Ichki a’zolarni tekshirib, ularni davolash.

Maҳalliy davo turli maқsadlarga қaratilgan bo’lishi mumkin.

1.Kosmetik preparatlar oқ doғlarning vaқtincha atrofdagilarga ko’rinmasligiga keltiradi (kamuflyaj).

2. Oқ rangli teri o’choғlarida pigmentastiyani o’z ҳoliga қaytarish

– PUVA;

– “Kupir”;



– kortikosteroidli malҳamlar;

–“Melagenin plyus” losoni;

3. Atrofdagi normal terini oқartirish.

Tavsiya etilgan adabiyotlar:



Asosiy

1 Arifov S.S., Eshbaev E.X. Teri-tanosil kasalliklar. T.,1997

2 Vaisov A.Sh. Teri-tanosil kasalliklari. T., 2004

3 Vladimirov V.V., Zudin V.I. Kojnыe i venericheskie bolezni. 4Atlas. Uchebnoe posobie dlya studentov med. VUZov.

5 Skripkin Yu.K. Kojnыe i venericheskie bolezni. Uchebnik dlya medistinskix institutov. M.,1979., 1980,

6 Skripkin Yu.K. Rukovodstvo po kojnыm i venericheskim boleznyam. M.Medistina, 1995.

7 Pavlov S.T., Shaposhnikov O.K.. Samstov V.I., Ilin I.I. Kojnыe i venericheskie bolezni. L 1989g

8 Shadiev X.K., Axmedov. Teri-tanosil kasalliklar.,T.1993.

9 Karimov A.M. Teri va tanosil kasalliklari 1995 y

10 Kapkaev R.A. « Spravochnik dermatoveenrologa» 1997g.



Қo’shimcha

1. Kalamkaryan A.A., Mordovstev V.N. ,Trofimova Klinicheskaya dermatologiya, M.1989

2.Somov B.A., Dolgov A.B. Professionalnыe zabolevaniya koji v veduщix otraslyax narodnogo xozyaystva. M.1976.

3.Studnistin A.A., Berenbeyn B.A. Differenstialnaya diagnostika ojnыx zabolevaniy. M.Med.,1989

4. Shaposhnikov O.K., Venericheskie bolezni. L.1991.

Saytы Interneta :

1) www tma uz

2)www .mediashhera aha.ru // dermatol// derm –mn htm

3)www . matrix ucdavis edu // DOJ . htm l

4)www.c.c. emory .edu //WHCL// medveb. Dermatology .html/

5)www I . Mosbycom // Mosbi // Periodicals // medicals // CPDM // dm / html

6)www. Skindex . com .

7)www amaassu/org//journals // standing // derm // dermhome .htm



8)www.crawford .com //epo // mmwz //world.html
Yüklə 91,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə