Termiz davlat universiteti



Yüklə 61,62 Kb.
səhifə1/16
tarix09.03.2023
ölçüsü61,62 Kb.
#102149
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
boshlang\'ich sinflar (2)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
MILLIY LIBOS VA SAN’AT FAKULTETI

TASDIQLAYMAN”


Milliy libos va san’at fakulteti
Dekani A. To’raqulov
__” ____________2023-yil

Musiqa ta’lim yo’nalishi 4-bosqich 401-guruh talabasi


__________________ning “Musiqa metodologiyasi” fanidan
Musiqa madaniyati 1-sinf 4-5 dars shoir kampozitor xonanda va sozanda” mavzusida yozgan
Kurs ishi

Ilmiy rahbar: Rahmonova Dilshoda
TERMIZ-2023
Mundarija
Kirish ……………………………………………………………………... 3

  1. Bob. Boshlang’ich sinflarda musiqa o’qitishning maqsad vazifalari ……... 6

    1. Boshlang’ich sinflarda qo’shiq kuylash …………………………………….. 9

    2. Boshlang’ich sinflarda kuylanayotga qo’shiqlar mualliflari xususida: kompozitor, bastakor, sozanda …………………………………………….. 14

    3. Boshlang’ich sinflardagi bolalarda musiqiy faoliyat jarayonida musiqiy va ritmik ko'nikmalarni shakllantirish …………………………………………. 17

  2. Bob. Birinchi sinfda musiqa o’qitish metodikasi ………………………….. 21

    1. Musiqa idrokini rivojlantirish vazifalari va ularning o'zaro bog'liqligi …….. 23

    2. 1-sinfda musiqa savodi ……………………………………………………... 26

  3. Bob. Musiqiy ritmik ta’limning ma’nosi va vazifalari …………………….. 29

    1. Musiqiy ritmik harakatlarning motorli asoslar ……………………………... 33

    2. Syujetli o’yinlarning asosiy turlari …………………………………………. 40

Xulosa ………………………………………………………………………… 42
Foydalanilgan adabiyotlar …………………………………………………… 44

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, O‘zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat har qanday mamlakat va xalqni yuksaklikka ko‘taradi, uning taraqqiyotini ta’minlaydi, kelajagini belgilab beradi.
Xalqimiz kelajagi ko‘p jihatdan o‘qituvchiga, uning dunyoqarashi, salohiyati, fidoyiligi, kasbiy tayyorgarligi, yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. Bunday murakkab ijtimoiy vazifani amalga oshirishda barcha ilm-fan va amaliy faoliyatlar ichida “Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” fani yetakchi o‘rin egallaydi. Bu fan musiqiy ta’lim yo‘nalishi talablari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bo‘lg‘usi “musiqa madaniyati” fani o‘qituvchilari egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar belgilab berilgan.
Bu fan bo‘lg‘usi “musiqa madaniyati” fani o‘qituvchilarini, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari uchun mutaxassis qilib tayyorlaydi. Musiqa o‘qituvchisi yangicha ta’lim tizimini o‘rganib, ilm-fanning shu kungacha erishilgan yutuqlari bilan birga, kasbiy komponentligi darajasidan kelib chiqib, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan “musiqa madaniyati” darslarida foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy talab va metodlar asosida umumkasbiy fanlar qatori “Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” fanidan ham dastur, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar yaratilgan. Bu fan bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining musiqiy-nazariy bilimlarini, amaliy tajribalarini hayot bilan bog‘lashga, musiqani idrok etish, tasavvur qilishga o‘rgatadi. Ijodkorlik va ijrochilik mahoratini egallashda, musiqiy va kasbiy madaniyatini shakllantirishga ko‘mak beradi.
Mazkur “Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” nomli darslik DTS dasturida ko‘rsatilgan me’yor va talablar asosida yaratilgan. Ushbu darslikning asosiy maqsadi Oliy o‘quv yurtlari talablarini umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati darslarini va sinfdan tashqari musiqa tarbiyasi ishlarini, metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etib olib borishga qaratilgan. 4 Respublikamizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning barcha bosqichlarini amalga oshirish maqsadida ushbu darslik qayta ko‘rib chiqildi va takomillashtirildi.
Yangi adabiyotlar, ish tajribalari va fan yangiliklari bilan boyitildi. Darslik Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan. Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangicha ijodiy yondashuvlar bo‘lajak musiqa o‘qituvchilariga kasbiy faoliyatlarini puxta o‘rganishlari uchun ko‘maklashadi.

Yüklə 61,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə