Test muallifi: Mirzajonova Shaxnoza



Yüklə 54,08 Kb.
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü54,08 Kb.
#159475
  1   2   3
Ilmiy matn bo\'yicha test(1)

Test muallifi: Mirzajonova Shaxnoza




Matnni o‘qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring.


Yupiter Quyosh tizimining Quyoshdan uzoqligi boʻyicha beshinchi va kattaligi jihatdan birinchi oʻrindagi sayyorasidir. Uning massasi Quyosh tizimidagi barcha sayyoralarning umumiy massasidan ikki yarim baravar koʻpdir. Yupiter Saturn, Uran hamda Neptun bilan birgalikda gazli gigantlar toifasiga kiradi. Bu sayyora odamlarga qadim zamondan maʼlum boʻlgan boʻlib, qadimgi Rim mifologiyasidagi xudo - Yupiter sharafiga shunday nomlangan.Yupiter atmosferasining asosiy qismini vodorod tashkil qiladi. Sayyoraning markazida kuchli bosim ostidagi, ogʻir elementlardan tashkil topgan yadrosi bor. Sayyoraning atmosferasi bir nechta chiziqlarga boʻlingan, bu ularning chegaralarida kuchli boʻronlarni hosil qiladi. Buning sezilarli natijasi — Katta Qizil Dogʻ, ulkan boʻron. Yupiter kuchli magnitosferaga ega.
Yupiterning hozirga qadar 80 ta yoʻldoshi aniqlangan. Uning eng katta 4 ta yoʻldoshi Galileo Galiley tomonidan 1610-yil aniqlangan. Yupiterning yoʻldoshi Ganimedning diametri Merkuriynikidan katta. Yupiter teleskopda elliptik disk shaklida koʻrinadi. 17-asr boshida Yupiterni Galiley birinchi boʻlib oʻz teleskopida kuzatgan. Yupiterning haqiqiy ekvatorial diametri 143600 km boʻlib, Yer diametridan 11,26 marta katta. Uning qutbiy diametri boʻyicha bosiqligi 1/16 boʻlib, qutbiy diametri ekvatorial diametridan 1100 km ga qisqadir. Yupiterning sirti Yer sirtidan 122 marta, hajmi 1345 marta katta, Teleskopda kuzatilganda Yupiter sirtida ekvator boʻylab qora belbogʻlar koʻrinadi. Bu belbogʻlar vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib turadi, bundan koʻrinayotgan hodisalar uning sirtida emas, balki atmosferasiga tegishli, degan xulosa kelib chiqadi. Yupiter gardishida bunday oʻzgarib turadigan belbogʻlardan tashqari deyarli doimiy, oʻzgarmaydigan detallar ham kuzatiladi. Masalan, 1878-yilda kashf etilgan qizil dogʻ elliptik shaklda boʻlib, uning oʻlchami 13000x40000 km. Maʼlumotlarga qaraganda, qizil dogʻ hozir ham rivojlanib borayotgan ulkan atmosfera toʻfonidan iborat ekanligi maʼlum boʻldi. Bu dogʻ Yupiter atmosferadagi juda kuchli qoʻzgʻalish jarayoni boʻlib, gaz massasining aylanishi boʻlishi mumkin degan taxmin bor, ammo bu hodisaning sababi aniq emas. Qizil dogʻ baʼzi yillarda keskin qizil rangda, baʼzi yillarda oqish rangda boʻlib, yaxshi koʻrinmaydi, hatto butunlay koʻrinmay qolishi ham mumkin.
Yupiterning zichligi boshqa gigant sayyoralardagiga nisbatan kam boʻlgani uchun u, asosan, vodorod va geliydan iborat boʻlishi mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Yupiter atmosferasidagi vodorod va geliyning oʻzaro nisbati Quyoshdagidek. Yupiter Yerga nisbatan Quyosh energiyasini 27 marta kamroq oladi



Yüklə 54,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə