Texnogen madaniyati shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 69,49 Kb.
tarix06.02.2018
ölçüsü69,49 Kb.
#26393

Aim.uz

Texnogen madaniyati shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlari
Zamonaviy madaniyatni texnikaviy, texnika hukmdorligi, dunyoviy-elektron yoki axborot madaniyati deb ataydilar. Bunday munosabat hozirgi madaniyatda fan va texnikaning o‘rni muhimligini ko‘rsatadi. «Zamonaviy» yoki «Yangi» fan antik yoki o‘rta asrlardagi fandan tubdan farq qiladi. Agar ilgarilari fan dunyoni asl holida, unga daxl etmasdan o‘rgangan bo‘lsa, endi fan bilish, yaratish, ixtiro, loyiha tuzish kabi jarayonlarni mujassamlashtirib «inson idroki yordamida hal bo‘ladigan muammolarga e’tiborini jalb qilmoqda». Hozirgi fanning jo‘shqin qiyofasi mana shundan iborat. Haqiqatni anglashga urinish o‘rniga inson-ning qiziqish va ehtiyojlari mos keluvchi aniq imkoniyatlarni hisobga olish harakati ustun bo‘lmoqda.
Fan va madaniyatdagi yangi yo‘nalish shakllanishining boshlanishi
Uyg‘onish davri bilan bog‘liq. (XIVíXVI asrlar). Uyg‘onish Yevropa madaniyati taraqqiyotidagi muhim davr bo‘lib, davriy jihatdan o‘rta asrlarga mansub. Biroq bu davr mutlaqo yangi madaniyat bosqichini ochdi. Shaharlar ko‘payishi, Yevropada ichki va tashqi savdoning vujudga kelishi, hunarmandchilikning rivojlanishi Yevropa madaniyatida yangi yo‘nalishlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Qisqa vaqt ichida o‘rta asrlar jamiyatida moddiy madaniyat va texnologiyalar o‘zgarib ko‘plab muhim ilmiy kashfiyotlar qilindi. Buyuk geografik kashfiyotlar diniy «dunyo qiyofasini» o‘zgartirdi, aqliy va iqtisodiy hududni kengaytirib jahon savdosining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Antik davr merosini o‘rganish yangi falsafiy yo‘nalishlar paydo bo‘lishiga turtki bo‘lib, inson va tabiatning o‘zaro munosabatlarida mutlaqo o‘zgacha andoza shakllandi.

91


Jamiyatdagi shaharliklar orqasida «gumanizm» deb nomlanuvchi yangi g‘oya shakllandi.

Bu nom inson haqidagi yangi dunyoviy fandan (studia humanitatis) kelib chiqqan bo‘lib, ilgarigi «ilohiyat haqidagi fan» (studio divinus)ni asta-sekin siqib chiqardi. Insonparvarlik g‘oyasi quyidagi xususiyatlarga ega:




  1. tabiat qonunlarini «tabiiy-muvofiq» tamoyili asosida tushunti-rishga asoslanish;




  1. insonni muammolar markazi qilib olish (antropotsentrizm) – insonga tabiatning toji sifatida qarash;




  1. aqliy tafakkur (ratsionalizm) í inson idrok va zakovat orqali atrof muhitni, o‘zini o‘zi biladi deb hisoblash1.

Insonparvarlik g‘oyalarining rivojlanishi dunyo va insonning diniy konsepsiyasi buzilishiga va XVIII asrda inson shaxsining o‘zini qadrlash haqidagi ta’limot paydo bo‘lishiga olib keldi. Gumanistlar o‘z ta’limotining ishonch mezoni deb emprik-tajriba va ratsionallikni hisobladi. Bu xulosa ularni cherkovni Isloh qilish (M. Lyuter, J. Kalvin),


utopik sotsializm (T. Mor, T. Kampanella) va ijtimoiy pragmatizm (N. Makkiavelli) kabi g‘oyalarni nazariy asoslashga olib keldi.
Uyg‘onish davri gumanistlari dunyo va inson paydo bo‘lishidagi ilohiy g‘oyalarni butunlay inkor qilmadi, balki olam doimiy va qat’iy qonunlarga muvofiq ravishda bunyodga kelishini tasdiqladilar. Idrok insonga shuning uchun berilganki, idrok yordamida inson bu qonunlarni tushunib, o‘z jamiyatlarini tuzishda qo‘llashi yerda baxtning qaror topishiga garov bo‘lib, oxiratini ham obod qilishlari mumkin. Inson tabiat qonunlariga mos ravishda rivojlanuvchi tabiatan aqlli mavjudot hisoblanib, nafaqat moddiy dunyo markazida turadi, u, shuningdek badiiy tushunish va tasvirlash obyektining asosi hamdir.
Antropotsentrizm, ratsionalizm, ssiyentizm – Uyg‘onish davri madaniyati yaratgan asosiy qadriyatlar keyingi asrlar Yevropa madaniyati asosini belgiladi. Uning keng rivojlanishi natijasida XVII asrda «ilmiy inqilob», XVIII asrda ma’rifatparvarlik g‘oyalarining tarqalishi va sanoat inqilobi boshlanishiga, nihoyat, XIXíXX asrlar davomida madaniyatning mumtoz texnikaviy shaklidagi yutuqlarga olib keldi.


    1. ɏɭɞɨɣΙɭɥɨɜ ɏ.ɀ., Ȼɚɪɚɬɨɜ Ɋ.ȸ. Ɇɚɞɚɧɢɹɬɲɭɧɨɫɥɢɤ. í Ɍ., 2008.




  • 117-ɛ.



92


Fanning shakllanishi va sekin-asta jamiyat hayotiga muhim asos bo‘lib kirishi yangi davr kishisining turmush tarzi, fikr yo‘sini, tafovutli qiyofasi sifatida ratsionalizmning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Ratsionalizmning keng ko‘lamda namoyon bo‘lishi XVIII asrdagi ma’rifatparvarlik harakati bilan bog‘liq. Ma’rifatparvarlar barcha baxtsizlik va nohaqlikdan insoniyatning aziyat chekishi bilimsizlikdan ekanligiga, faqat ma’rifatli xalq va uning hukmdori «Ozodlik, Tenglik, Qardoshlikni» o‘rnatishiga ishonganlar. Ma’rifatparvarlar vakili
D. Didro va D. Allamberning «Fan, san’at va hunarmandchilik ensiklopediyasi»ni nashr qilishi katta madaniyat yutug‘i bo‘ldi. «Ensiklopediya» nafaqat insoniyatning muhim ilmiy yutuqlarini tartibga soldi, balki yangi madaniy qadriyatlar tizimini ham tasdiqladi.
Ma’rifatparvarlarning ratsionalistik yo‘nalishi XVIII asrdagi ishlab chiqarishni tashkil qilish, davlatning ichki va tashqi siyosati, huquq institutlari va siyosiy partiyalarning shakllanishi, san’at taraqqiyotida ko‘plab tamoyillarni belgilab berdi. Ma’rifatparvarlar Buyuk Fransuz inqilobining ideologlari hisoblanib, Uyg‘onish davri gumanistlari boshlab bergan madaniy qadriyatlarni ulug‘lash jarayonini nihoyasiga yetkazdi. XVIII asrda ilmiy bilim jamiyat ongini butunlay yangi sifat darajasigi ko‘tardi. Fan insonning ma’naviy hayotiga, chuqur kirib borib, uning madaniyatiga mazmun bag‘ishladi. Kishilarning tabaqaviy, milliy-irqiy yoki boshqa farqlaridan qat’i nazar, barcha uchun bir xil mohiyat kasb etdi.
Yevropa va Shimoliy Amerikaning ko‘plab mamlakatlarida XIX asrning o‘rtalarida industrlashtirish yoki sanoat burilishi nihoyasiga yetdi. Ratsionalizm va utilitarizm (manfaatparastlik)ning madaniyat-dagi belgilovchilik o‘rni fan va texnika taraqqiyotiga yangi turtki berdi. Oddiy to‘quv dastgohi «Jenni»dan J. Uattning bug‘ mashinasi (1784 yil) va R. Fultonning bug‘ kemasi, Stefensonning parovozidan (1814 yil) birinchi yer osti temir yo‘liga (1863 yil) o‘tilishi injenerlik fikrining o‘sishini ko‘rsatdi. Bug‘ va elektrlashtirish, telefon va telegraf davri, astronomiya, geologiya, biologiya, ximiya sohalarida ajoyib kashfiyotlar bo‘lgan vaqt insoniyat madaniyatini yangi bosqichga ko‘tardi. P. Sorokinning xulosasi bilan aytganda, «faqat birgina XIX asrdagi kashfiyot va yangiliklarning o‘zi oldingi asrlardagi kashfiyotlarning hammasini jamlagandan ham ko‘pdir».1 Xususan, bu asrdagi 8527 ta kashfiyot makon, zamon va materiya ustidan texnika
1 ɏɭɞɨɣΙɭɥɨɜ ɏ.ɀ., Ɋ.ȸ. Ȼɚɪɚɬɨɜ. Ɇɚɞɚɧɢɹɬɲɭɧɨɫɥɢɤ. í Ɍ., 2008. í 119-ɛ.

93


hukmronligining cheksiz o‘sganligidan dalolatdir. Ispan faylasufi X. Ortegi-i Gassetning ta’kidlashicha: «biz haqiqatan ham XIX asrda ro‘y bergan inson taqdiridagi radikal o‘zgarishlar oldida turibmiz. Zamonaviy inson uchun ham jismonan, ham ijtimoiy jihatdan mutlaqo yangi manzara, yangi faoliyat yaratildi. Bu yangi dunyoning qiyofasini uchta muhim jihat belgilaydi. Bu demokratiya, ekspremental fan va industrlashtirishdir. Ikkinchi va uchinchi jihatlarni «texnika» nomi bilan umumlashtirish mumkin»1.
XIX asrda texnika taraqqqiyoti g‘ayriqonuniy ravishda madaniyatning butun rivojini bir xil qolipda o‘lchashi jamiyat fikrida iqtisodiy omillarning ahamiyati oshuviga olib keldi. Bu esa olamni texnik o‘zlashtirish suratining sezilarli o‘sishiga sabab bo‘ldi. Oqibatda taraqqiyotning butunlay va shubhasiz o‘sishi jarayonida sivilizatsiya butunlay halok bo‘lishi mumkin (Y. Xeyzinga). Bu muammolar XX asrda yaqqol ko‘zga tashlandi.
XX asrda texnika surati haddan tashqari o‘sdi. Keyingi yuz yilda yer yuzida sanoat ishlab chiqarishi 50 martadan oshdi, bu o‘sishning 4/5 qismi 1950 yildan keyingi davrga to‘g‘ri keldi. Haqli ravishda XX asr insoniyat tarixiga ilmiy-texnika inqilobi asri bo‘lib kirdi. Insonlarning hozirgi vaqtdagi ta’sir kuchini tabiatning eng beshafqat kuchlari bilan teng qo‘yish mumkin. Shuning uchun ham XX asrda texnika muammosi va uning madaniyatdagi o‘rniga olimlar o‘z e’tiborlarini alohida qaratdilar.
Texnika so‘zining o‘zi mahorat, san’atni anglatib, ishlab chiqarishga bog‘liq yoki bog‘liq bo‘lmagan faoliyatni amalga oshirish uchun kishilar yaratgan vositalar yig‘indisi uni belgilaydi yoki anglatadi. Insonlar jamiyati paydo bo‘lishi bilan amalda texnika paydo bo‘ldi, dastlab kishining mehnat faoliyatida yordam beruvchi mehnat quroli sifatida, keyin har xil maqsadlarda ishlatiladigan texnikaning boshqa turlari vujudga keldi. Texnikaning xususiyatlari shundaki:


  1. texnika sun’iy ravishda, kishilar tomonidan tabiatni o‘zgartirish natijasida yaratilib, oqibatda oldindan yaralgan ideal andozalar moddiylikda mujassamlanadi;




  1. texnikaning ommaviy xususiyati í u, avvalo, kishilarning amaliy ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lib, shu ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi;


1 O‘sha manba.

94


3) texnikaning muhim parametrlaridan biri ratsionallik hisoblanadi, muayyan jamiyat doirasida u yoki bu texnika qurilmasini imkon qadar tezroq ishlab chiqarishga mo‘ljallanadi.
Texnika madaniyatning favqulodda hodisasi sifatida jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatni ta’minlaydi, u ijtimoiy madaniyat jarayonining ajralmas tarkibiy qismidir. Texnika taraqqiyoti insonning tabiat ustidan hukmronlik qilishida uning imkoniyatlarini kengaytirdi, madaniy va ijtimoiy o‘zgarishlarni muqarrar amalga oshiradi. Madaniyatda texnikaning o‘rni xususida turlicha qarashlar mavjud.
Texnodeatamasistik konsepsiya texnikaning har doim insonga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ishonchli asoslaydi. Ilmiy taraqqiyot va texnika yutuqlari insonga ko‘plab sirlarni ochib, uni ulkan miqdorda moddiy boylik bilan ta’minlaydi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti bilan bog‘liq barcha muammo va qarama-qarshiliklar, ya’ni texnik vositalarning biosferani halokatga yaqinlashtiruvchi ta’siri axborot aloqa davri deb ataluvchi insoniyat taraqqiyotining keyingi bosqichida ijobiy bartaraf qilinishini ta’kidlaydilar. Texnikani optimistik baholashda texnokratik nazariya katta ahamiyatga ega. Texnokratiya jamiyatdagi shunday kuchki, u jamiyatning texnik -texnologiya taraqqiyoti istiqboli xususidagi ilmiy bashoratida nufuzli ilmiy xulosalarga tayanadi.

Biosferik tamoyilning

asoschilari V. I. Vernadskiy,

K. E. Sial-

kovskiy, A. L. Chijevskiy

bo‘lib, bu

nazariya D. J. Forrestr,

D. Medouz, M. V. Mesarovich, E. Pestele,

A. Pechchen

kabi Rim

klubi olimlarining asarlarida takomillashtirildi. Biosferik tamoyil Yerning evolutsiyasini umumiy geologik, biogenik, ijtimoiy va madaniy jarayon sifatida qaraydi, sayyoraning koevolutsiya asosida tabiiy va sun’iy hamkorlikda rivojlanishi zarurligini ko‘rsatadi. Buning uchun omma ongida «Hayotga etikaning tan berishi»ni singdirish lozim (A. Shveyser), bunga O. Leopold tomonidan ishlab chiqilgan «aksiologik uchlik» tushunchasi asos bo‘lishi mumkin; ya’ni, insonning artof-muhit bilan o‘zaro munosabatini quyidagi qadriyat mezonlari belgilashi lozim: butunlik, barqarorlik va go‘zal olam.
Madaniyatdagi biosferik konsepsiya tarafdorlari insoniyat tarixida o‘zlarining madaniyat tasnifini tuzdilar. Unda ta’kidlanishicha, insoniyatning ilk bosqichlarida madaniyatning turli xil biogenik ko‘rinishlari mavjud bo‘lgan, keyinchalik sun’iy ravishda «tabiat ustidan hukumronlik qilish» shioriga tayangan holda, texnogenik madaniyat

95


yaratildi. Zamonaviy odamlar yerdagi ekologik qonunlarga asoslanib, turmushi taqozo qiluvchi noogenik madaniyatga o‘tadi.

Tabiiy va sotsial, tabiiy va sun’iy jarayonlarning o‘zaro ta’sir aloqadorligining optimallashuvini ekologik madaniyatning boshla-nishi» deb hisoblash mumkin. Bu insoniyat tomonidan tabiiy va sun’iy ikki tizimning teng huquqligini tan olish demakdir. Ayniqsa, bu qishloq xo‘jalik sohasi uchun o‘ta ahamiyat kasb etadi. Hozirgi zamon qishloq xo‘jaligi uchun mahsuldorlik va tovar ishlab chiqarish hajmi asosiy strategik maqsad emas, gap ekologiya qonuniyatlariga muvofiq tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof muhitni asrashdan iborat. Sanoat ishlab chiqarish uchun ekologik qonunlar tabiat resurslariga tejamkorlik asosida yondoshish imkoniyatini beruvchi texnika va texnologiyani yaratishdangina iborat bo‘lmay, ayni paytda, insonning mavjudligi va yashash muhiti í biosferani asrash, qayta tiklashdan iboratdir.


XX asr o‘rtalaridan fan va texnika taraqqiyoti kuchli axborotlar yig‘imini paydo qildi. Ommaviy axborot vositalari (OAV) í matbuot, kino, radio, televideniye, kompyuter aloqasi zamonaviy sotsmadaniyat jarayonida salmoqli o‘rinni egallay boshladi. OAV yoki buning boshqacha mass media deb nom olgan turi axborot uzatishdagi kanallarning ko‘pligi, tezligi va uzoq ishlashi bilan ulkan hajmdagi axborotlarga ega bo‘lmoqda.
1940í50 yillarda G. M. Makmoen asarlarida ommaviy kommuni-katsiya birinchi marta madaniyatning yangi tipi va kishilarning ijtimoiy munosabatidagi mutlaqo yangi tip sifatida ta’riflandi. Uning fikricha, bu vosita insonlarning axborot olishdagi raqobat kurashida qudratli kuchga aylanadi.
OAV elektron texnika va yo‘ldosh aloqalardan foydalanib, kishilarni ijtimoiy hodisalar va madaniy boyliklarni bir vaqtda idrok qilishga undaydi. G. E. Makmoen ta’kidlaganidek, «hammabop va omma yoqtiradigan yangi dunyoviy elektron madaniyat» shakllanmoqda.
Haqiqatan ham zamonaviy madaniyatning xolisona tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ma’naviy madaniyat ko‘proq ommaviylik kasb etib bormoqda. Ommaviy madaniyatning qiyofasi quyidagicha:


  1. u millati, yoshi, joyi, ijtimoiy xususiyatlarga bog‘liq bo‘lmagan ommaviy iste’molchilarga ega bo‘ladi;




  1. bu madaniyatdagi namunalarni yaratgan jarayonning o‘zi ommaviy xususiyat kasb etib, industriyaning maxsus ko‘rinishini o‘zida namoyon qiladi, ya’ni unda yuz minglab kishilar band bo‘lib, ularning «matbuot qiroli», «Buyuk shou tomoshachilari», «kino, TV, estrada yulduzlari» bo‘ladi.



96


Ommaviy madaniyat umumiy iste’molchilik ehtiyoji bilan bog‘liq. Buning asosida iste’mol, talab, tovar sifatida haridorgir bo‘lish ma’naviy ehtiyoji yotadi. Oqibatda hozirgi zamon madaniyatidagi ma’naviy qadriyatlar tor doiradagi ehtiyojlarni qondirish vositasiga aylanadi. «Omaviy madaniyat» muammolariga ham alohida e’tibor berishimiz lozim. Ayrim kishilarda yallo qilib yashash, zo‘ravonlik, harom-xarishlik ruhi hukumrondir. Ba’zan odobsizlik, behayolik, ko‘ngilni aynitar darajadagi namoyishlardan odamlarning fig‘oni oshmoqda. Ular asriy an’analarimiz, diyonat, vijdon, odob borasidagi xalq udumlari oyoq osti qilinayotganini aytib, bizni muhofaza eting, demoqdalar. Biz bu bilan hisoblashmog‘imiz kerak1» Madaniyatning chuqur ma’no-mohiyati, xotira cheksizligi «odatiy», «umumiy» qimmatlar bilan, haqiqiy ijod avvaldan ma’lum, mavjud namuna asosidagi «asarlar» yaratish va ishlab chiqarish (kinoseriallar, sayoz TV va adabiy asarlar) bilan almashinadi. Shaxs o‘zining ijodiy qobiliyati, milliyatidan ayrilib, tayyor «madaniy mahsulotlar» iste’molchisiga aylanib qoladi.
Prezidentimiz I. A. Karimov Konstitutsiyamizning 18 yilligiga bag‘ishlangan tantanada ta’kidlaganidek, «dastur doirasida yoshlarda «ommaviy madaniyat» niqobi ostidagi xurujlar, diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, xalqimizga yot bo‘lgan g‘oya va qadriyatlarning chetdan «eksport» qilinishiga qarshi qat’iy pozitsiyani shakllantirish bo‘yicha axborot va pedagogik texnologiyalarning zamonaviy, yangi shakllari joriy qilindi. Tabiiyki, bu borada «ommaviy madaniyat»ning saviyasi past, yengil-yelpi namunalariga qarshi haqiqiy san’at asarlarining yuksak durdonalarini keng targ‘ib va tashviq qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda»1.
«Buyuk ipak yo‘li» nafaqat tarix, u bugungi kun hamdir. 1993 yilning mayida Yevropa komissiyasi Bryusselda Markaziy Osiyo, Kavkaz hamda Yevropa ittifoqi davlatlari vakillarini to‘pladi. Maqsad í ajdodlardan qolgan qadim yo‘llarni tiklash orqali Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasidagi mustaqil davlatlarni jahon iqtisodiyotiga


1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɦɭɫɬɚԕɢɥɥɢɤɤɚ ɷɪɢɲɢɲ ɨɫɬɨɧɚɫɢɞɚ. í Ɍ., 2012. í 222-ɛ.
1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. Ɇɚɦɥɚɤɚɬɢɦɢɡɧɢ ɦɨɞɟɪɧɢɡɚɰɢɹ ԕɢɥɢɲ ɣʆɥɢɧɢ ɢɡɱɢɥ ɞɚɜɨɦ ɷɬɬɢɪɢɲ –ɬɚɪɚԕԕɢɺɬɢɦɢɡɧɢɧɝ ɦɭԟɢɦ ɨɦɢɥɢɞɢɪ: ɉɪɟɡɢɞɟɧɬ ɂɫɥɨɦ Ʉɚɪɢɦɨɜɧɢɧɝ ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ Ʉɨɧɫɬɢɬɭɰɢɹɫɢ ԕɚɛɭɥ ԕɢɥɢɧɝɚɧɢɧɢɧɝ 18 ɣɢɥɥɢɝɢɝɚ ɛɚԑɢɲɥɚɧɝɚɧ ɬɚɧɬɚɧɚɥɢ ɦɚɪɨɫɢɦɞɚɝɢ ɦɚɴɪɭɡɚɫɢ //ɏɚɥԕ ɫʆɡɢ. í 2010. í 8 ɞɟɤ.


97


integratsiyasini ta’lim etish. Uchrashuvda Yevropa í Kavkaz í Osiyo transport yo‘lagini tashkil etish to‘g‘risida deklaratsiya qabul qilindi.

I. A. Karimov ta’kidlaganlaridek, TRASEK (transport yo‘lagi) loyihasini amalga oshirish í Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklash ayrim shaxslar faoliyatining mahsuli emas, u zamon, jahon taraqqiyotining obyektiv zaruriyatidir. YUNESKOning amaliy qadamlaridan biri í «Ipak yo‘li í muloqot yo‘li dasturi asosida Samarqandda Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixini o‘rganishga qaratilgan xalqaro Markaziy Osiyo tadqiqotlari institutining tashkil etilishi bo‘ldi.
Mustaqil davlatimizning milliy madaniyatni tiklash, rivojlantirish va umuminsoniy qadriyatlar asosida boyitish yo‘lidagi yutuqlari tufayli
1997 yili O‘zbekiston YUNESKO Ijroiy Kengashining a’zoligiga qabul qilindi. Prezidentimiz I. A. Karimov «Ibn Sino» medali bilan taqdirlandi. Yurtimizda jisman va ma’nan sog‘lom avlodni tarbiyalash, ta’lim tizimini takomillashtirish yoshlarda tarixiy ong va mustaqil tafakkurni shakllantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. 2000 yil O‘zbekis-tonda «Sog‘lom avlod yili» deb belgilandi. Buning mohiyati shundaki, kechayotgan islohotlarning mohiyati insonga qaratilgan va u inson uchun amalga oshirilmoqda. Binobarin, sog‘lom avlod í millat, yurt kelajagi demak. Yurtimizning birinchi ordeni ham «Sog‘lom avlod uchun» deb nomlangani bejiz emas. Bu buyuk kelajak yo‘lidagi umidli qadam timsolidir.

Xulosa
Shunday qilib, jahon madaniyatining vujudga kelishi, uning taraqqiyot bosqichlari va o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritar ekanmiz, eng avvalo, bugungi kunda mustaqil davlatimizning milliy madaniyatini tiklash, rivojlantirish va insoniy qadriyatlar asosida boyitish yo‘lida har bir ichki ishlar organlari xodimlari o‘tmishdagi boy madaniy tariximizni, shuningdek Sharq va G‘arb mamlakatlarining o‘zaro aloqalarini hamda ularning bir-biriga ta’sirini, jahonni hayratga solgan ajdodlar merosini mukammal bilishlari, unga munosib voris bo‘lishlari lozim.
Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi G‘arbga nisbatan ertaroq boshlandi. Yunonlar madaniyati Qadimgi Sharq madaniyati ta’sirida juda yuksaldi. Bu ta’sirlar natijasida shunday davr boshlandiki, Sharq va G‘arb madaniyatlari sintezi ellinistik madaniyatni vujudga keltirdi: Yunon-Baqtriya va Gandhar san’ati, Iskandariya fani, Fayum portretlari buning yaqqol misolidir. Qadimgi Sharq bizga barhayot boyliklarni qoldirdi. Bular «Gilgamesh» va


98


«Mohabhorat» dostonlari, Kalidasi drammalari va Chjuanszining ramziy masallari, Misr ehromlari va Buyuk Xitoy devori va boshq.
Qadimgi Yunoniston va Rim madaniyatlari Yevropa sivilizasiyasining poydevoriga asos soldi. Qadimgi Sharq madaniyati ta’sirida shakllangan bu madaniyat an’anaviy madaniyat taraqqiyoti davrining davomchisi va yakunlovchisi bo‘ldi. Qadimgi Yunonistonda shakllanib, keyinchalik yuksak bosqichga ko‘tarilgan bu madaniyat Rim madaniyati vujudga kelishiga katta ta’sir ko‘rsatdi va «Antik madaniyat» nomi bilan dunyo madaniyati tarixida o‘chmas iz qoldirdi.
Xususan, yoshlar uchun ommaviy madaniyatning xatarli oqibatlarini Prezidentimiz bir necha bor qayd etgan edilar. Jumladan, «Fidokor» gazetasi muhbirining savollariga javoblarida: «Dunyoda bir qarashda beozor, siyosatdan xoli bo‘lib tuyulgan shunday mafkuraviy ta’sir vositalari ham borki, ularga ko‘pda yetarlicha e’tibor beravermaymiz», deb keyingi yillarda ko‘plab namoyish etilayotgan jangari filmlar, yalang‘och asarlar yoshlar ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini, ular insonni o‘zligidan, tarixidan, madaniyatidan judo etishga qaratilganligini ta’kidlab,... har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, mafkuraviy immunitetni kuchayti-rishimiz zarur», deb ko‘rsatadi.
Bugungi kunda yoshlarni millat va istiqlol manfaatlariga zid g‘oyalar, qarashlar ta’siriga tushib qolmasliklarining oldini olish ichki ishlar organlari xodimlari oldiga qo‘yilayotgan asosiy va eng muhim vazifalardan biri ekanligini talab etadi.
Yüklə 69,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə