Tog‘ jinslari massivining umumiy tabiiy va texnogen tuzilmaviy mexanik xususiyatlari Reja



Yüklə 72,2 Kb.
tarix11.04.2018
ölçüsü72,2 Kb.
#37341

Aim.uz

Tog‘ jinslari massivining umumiy tabiiy va texnogen tuzilmaviy mexanik xususiyatlari

Reja:

  1. Yyerning tuzilishi, yyer qobig‘i va yuqori mantiya haqida umumiy ma’lumotlar.

  2. Litosfyera tarkibi, tog‘ jinslarining umumiy tasniflanishi.

  3. Tog‘ jinslarining petrografik xususiyatlari.

  4. Yyer qobig‘i va yuqori mantiyaning tektonik tuzilishi.

  5. Tog‘ jinslari massivining turli xil tuzilmaviy ko‘rinishlari va ularning tasniflanishi.

Geomexanikada asosiy o‘rganiladigan narsa bu, tog‘ jinslari massivi va ularda yuzaga keladigan mexanik jarayonlar hisoblanadi. Bunda massivning quyidagi uchta tashkil etadigan holati aniqlanadi:

  • tuzilmaviy xususiyatlar;

  • massiv tarkibidagi tog‘ jinslarining xossalari;

  • kuchlanganlik holati.

O‘z navbatida shulardan kelib chiqib, geomexanikada amaliy masalalarni echish nuqtai nazari bilan yuqorida keltirilgan tashkil etuvchi holatlarning parametrlarini aniqlash usullariga diqqat etiborimizni qaratamiz.

Yyerning tuzilishi, yyer qobig‘i va yuqori mantiya haqida umumiy ma’lumotlar.

Hozirgi vaqtda konchilik ishlari asosan 1000÷1500 m gacha bo‘lgan chuqurliklarda amalga oshirilmoqda. Evropada bir qancha konlarning chuqurligi 2000 m gacha etgan. Janubiy afrika respublikasi (JAR) va Hindistonning ba’zi konlarida esa qazish ishlari 3000÷3500 m dan yuqori bo‘lgan chuqurliklarda amalga oshirilmoqda. Neft va gaz konlari 6000÷7000 m gacha bo‘lgan chuqurlikdan qazib olinmoqda. Eng chuqur geologik-tuzilmaviy va qidiruv skvajinalarining chuqurligi 9000 m gacha etadi. Rossiya Fedyeratsiyasining Kolsk yarim orolida juda chuqur burg‘ilash ishlari loyihasini amalga oshirish natijasida skvajinalar chuqurligi 12000 m gacha etgan.

Keltirilgan sonlar insoniyat tomonidan hozirgi vaqtda hamda yaqin o‘n yillik ichida yyer qa’ridan foydalanish va bevosita mumkin bo‘lgan kirib borish chuqurligi haqida ma’lumot byeradi. Bu chuqurliklar yer qobig‘ining yuqori qismi oralig‘ida, ya’ni yyer shari radiusi bilan solishtirganda juda kam qalinlikda joylashgan. Geomexanikaning o‘rganish predmeti hisoblangan, yerning rivojlanishi va umumiy tuzulish chuqurligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan yyer qobig‘ining butun yoki uning yuqori qismida kuchlanish holati ayniqsa katta bo‘ladi. Bularni o‘rganishda geotektonika fani shug‘ullanadi.

Zamonaviy tushunchalar asosida chuqur hududlarda olib borilgan seysmik tadqiqotlar natijasiga ko‘ra yyer qobig‘i quyidagicha tavsiflanadi (2.1-rasm): ichki va tashqi yadro, ichki va tashqi mantiya, yyer qobig‘i.



2.1-rasm. Yyerning ichki tuzilishining umumiy sxemasi (chuqurlik ming km).

Yyernining tashqi qattiq po‘stlog‘i (yyer qobig‘i) ning o‘rtacha qalinligi 32 km, qitalar bo‘ylab u 20÷70 km, okeanlarda esa 5÷15 oraliqda o‘zgaradi. CHuqurroqda tashqi mantiya joylashgan bo‘lib, yyer qobig‘i va tashqi mantiyani ajratib turuvchi seysmik chegara yuzasi Moxorovich (qisqacha Moxo) chegarasi deb yuritiladi. Bunda bo‘ylama egiluvchan to‘lqin tezligi Vpsakrashsimon tarzda 8 km/s dan katta qiymatgacha ortadi. U holda yer qobig‘idagi bo‘ylama egiluvchan to‘lqin tezligi odatda 6÷7 km/s (eng katta ko‘rsatkich 7,4 km/s) ni tashkil etadi. Bu esa o‘z o‘rnida yuqori mantiya mahsulotlarining zichligi (3,3÷3,7 g/sm3 gacha) yer qobig‘iniki (2,7÷3,0 g/sm3) ga nisbatan ancha ortishiga olib keladi.

700÷900 km chuqurlikda tashqi manti ichki mantiya bilan o‘rin almashadi. Ularni seysmik to‘lqinlar tezligi ortishi va mahsulotning elektr o‘tkazuvchanligi oshishi bilan tasniflanadigan Golitsin qatlami (tashqi mantiyaning ichki qatlami) ajratib turadi.

2900 km ga yaqin chuqurlikda ichki mantiya yerning tashqi yadrosi bilan chegaralanadi. Bu chegarada bo‘ylama tarqaladigan to‘lqin tezligi keskin ravishda 13,2÷13,7 dan 8,1÷8,5 km/s gacha kamayadi va ko‘ndalang tarqaladigan to‘lqinlar butkul so‘nadi. Bu tashqi yadro mahsulotining suyuq agregat holatda ekanligidan dalolat byeradi.

5100 km chuqurlikda tashqi yadro qattiq hisoblangan ichki yadro bilan chegaralanadi. Bu yerda bo‘ylama tarqaladigan to‘lqin tezligi Vp sakrashsimon tarzda 10,2 km/s 11 km/s gacha ortadi. Ichki yadro mahsuloti yuqori elektr o‘tkazuvchanlikga ega, uning zichligi esa mantiyaning zichligiga nisbatan 70 % ga katta. Bu esa yadro metall tarkibda ekanligidan dalolat byeradi.

Yerning qobig‘i va tashqi mantiya tektonosfyera deb ataluvchi, yerda tektonik jarayonlarni yuzaga keltiruvchi maydon shakllanadi.

Yer qobig‘i oralig‘ida seysmik tasniflanishi bo‘yicha uchta asosiy qatlam ajratiladi.

Ularning yuqori qismida bo‘ylama egiluvchan to‘lqinlarning tarqalish tezligi 2,0÷5,0 km/s oraliqda bo‘lgan cho‘kindi tog‘ jinslari joylashadi. Odatda ularning eng yuqori qalinligi 10÷15 km dan oshmaydi (ba’zi joylarda 25 km gacha etishi mumkin).

Keyingi qatlamda bo‘ylama egiluvchan to‘lqinlarning tarqalish tezligi granitga mos ravishda 5,5÷6,0 km/s bo‘lgan, shartli ravishda granit qatlami deb ataladigan qatlam joylashadi. Granit qatlamining eng yuqori qalinligi 30÷40 km ni tashkil etadi.

Yer qobig‘ining ichki qatlamida bo‘ylama egiluvchan to‘lqinlarning tarqalish tezligi 6,5÷7,4 km/s bo‘lgan, shartli ravishda bazalt qatlami deb ataladigan qatlam joylashadi. Tezlikning bu ko‘rsatkichlari bazalt tog‘ jinslarinikiga mos keladi. Bazalt qatlamining qalinligi 15÷20 km ni tashkil etadi.

Granit va bazalt qatlamlari Konrada yuzasi bilan ajralib turadi. Bu ikki qatlam orasi seysmik chegarasida bo‘ylama egiluvchan to‘lqinlarning tarqalish tezligi o‘zgaradi.

Takomillashgan geofizik tadqiqotlar ma’lumotlariga asosan tashqi mantiya oralig‘ida yuqori va quyida yotgan qatlam munosabatlari bo‘yicha yuqori plastik va harakatlanuvchi bir nechta qatlam mavjud bo‘ladi. Bu qatlamda ko‘ndalang tarqaladigan to‘lqinlar tezligi jiddiy ravishda kamayadi, ushbu qatlam chegarasidagi mahsulot yonma-yon joylashgan qatlamlar bilan solishtirganda zichligi juda kichikligi tufayli bo‘ylama tarqaladigan to‘lqinlar tezligi esa chuqurlik bo‘yicha ortmaydi. Bu qatlam astenosfyera deb ataladi. Matyeriklar ostida u 100 km dan 250 km gacha bo‘lgan chuqurlik oralig‘ida uchraydi. Astenosfyeraning qovushqoqligi mantiyaga yonma-yon hududlarga nisbatan 2÷3 barobar kichik bo‘ladi va 1020 puaz (1 puaz = 0,0101972 kgs.s/m2) ni tashkil etadi.

Asosan akademik O.YU. SHmidt farazlariga muvofiq tarzda yulduzlar shakllanishi jarayonini o‘rganishda zamonaviy kosmologiya chang-gaz tumanlarining borligi yulduz va planetalar shakllanishiga xizmat qiladi degan xulosaga kelishdi. Yer bunday sovugan chang-gaz bulutlari paydo bo‘lishi va keyinchalik radioaktiv elementlardan issiqlik ajralishi hamda katta tanalarning zarbidan qizishi orqali gravitatsion zichlashish bilan bog‘liq ravishda qiziydi.

Yerning mutloq yoshi 5,0÷5,5 mlrd. yil deb baholanadi. Yer qobig‘ining shakllanishi 4,5÷4,7 mlrd. yil oldin boshlangan. Yerning qobig‘i va ichki po‘stloqning shakllanish jarayoni bir qator bosqichlardan iborat bo‘lgan. Bu jarayonlar mobaynida shakllangan birlamchi yer qobig‘i yadro va mantiyaga ajralgan. Tashqi granit va cho‘kindi qatlamlar esa so‘nggi 3,5 mlrd yil mobaynida yuzalardagi chuqurlashish jarayonlari ta’siri sharoitida faol shakllangan.

Odatda geotektonikada tashkil etgan tog‘ jinsi tarkibi va tektonik tuzulishi juda murakkab hisoblanishi bo‘yicha astenosfyera chegarasigacha bo‘lgan yer qobig‘i va tashqi mantiyaning bir qismi litosfyera deb yuritiladi.

Litosfyera tarkibi, tog‘ jinslarining umumiy tasniflanishi.

Umumiy holatda tog‘ jinslari o‘zini qattiq, suyuq va gazsimon fazalarni qamrab oluvchi ko‘p tarkibli turli jinslar tizimi bilan ifodalaydi. Suyuq va gazsimon fazalarning mavjudligi tog‘ jinslarida g‘ovakliklarni yuzaga keltiradi.

Geologik jarayonlarga bog‘liq ravishda tog‘ jinslarining bunday shakllanishi natijasida ular quyidagi uchta genetik guruhlarga ajratiladi: magmatik(otilib chiqqan), cho‘kindi va metamorfik.

Vulqon otilishi jarayonidayer yuzasiga otilib chiqqan (effuziv magmatik tog‘ jinslar) yoki yer qobig‘ida yerigan magmaning tarqalib kristallashishi va qotishi (intruziv magmatik tog‘ jinsi) natijasida shakllangan tog‘ jinslari magmatik tog‘ jinslari deyiladi. Bu tog‘ jinslari birlamchi hisoblanib, vujudga kelish vaqtida muhim o‘zgarishlarga bardosh byera olmaydi. Ularga granit, sienit, dunit, gabbro, bazalt, diorit va boshqalar kiradi.

Qumtuproq tarkibiga ko‘ra magmatik tog‘ jinslari o‘z navbatida quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

Nordon -  65% SiO2 - granit, liparit, kvarsli porfir.

O‘rtacha - 65-52% SiO2 - diorit, andezit, sienit, traxit.

Asosiy - 52-40% SiO2 - gabbro, diabaz, bazalt.

O‘ta asosiy - 40% SiO2 - pyeridotit, piroksenit, dunit.

CHo‘kindi tog‘ jinslarimagmatik tog‘ jinslari mahsulotlarining suv yoki havo ta’sirida (mexanik, kimyoviy yoki organik) parchalanib qatlamlanishi natijasida yuzaga keladi. Ularga ohaktosh, peschanik, trepel, tosh ko‘mir va cho‘kindi temir rudalari misol bo‘ladi.

Metamorfik tog‘ jinslari magmatik yoki cho‘kindi tog‘ jinslarining yuqori bosim, harorat va kimyoviy yeritmalar ta’siri ostida chuqur qayta shakllanishi natijasida yuzaga keladi. Ularning juda yorqin namoyondalariga kvarsit, slanets, gips, marmar va fillit misol bo‘ladi.

Geomexanikada echiladigan masalalar orasida tog‘ jinslarini bo‘laklari orasidagi bog‘liqlik xossalari bo‘yicha tasniflash eng maqbul deb qabul qilingan. Bu alomatlar bo‘yicha tog‘ jinslari quyidagi bir nechta sinflarga bo‘linadi:



  • qattiq , tog‘ jinslarini tashkil etuvchi qattiq minyeral bo‘laklari orasida o‘z shaklini saqlashni ta’minlovchi mustahkam aloqalar bilan bog‘langan. Ularga magmatik, sementlashgan cho‘kindi va metamorfik tog‘ jinslari mansub bo‘ladi. Bu sinfdagi tog‘ jinslari o‘zining mustahkamlik xossalaridan kelib chiqib qoyali va yarim qoyali guruhlarga bo‘linadi. Qoyali tog‘ jinslariga bir o‘q bo‘ylab siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasi 50 kg.kuch/sm2 dan katta mustahkam tog‘ jinslari kiradi. Suv bilan to‘yintirilganda bunday tog‘ jinslarining ilashish kuchlari yo‘qolmaydi. Qoyali tog‘ jinslariga granit, diabaz, bazalt, sienit, gneys, qattiq qumtosh va ohaktoshlarni misol qilib olish mumkin. YArim qoyali tog‘ jinslariga sementlashgan plastik bog‘langan va aniq qattiqlik tartibida namoyon bo‘ladigan tog‘ jinslari misol bo‘ladi. YUklamalar chegarasi birmuchncha ortganda bunday mustahkam bog‘lanishlar buziladi va maydalangan tog‘ jinslari qonuniyatlari asosida deformatsiya yuzaga keladi. Suv bilan to‘yintirilganda yarim qoyali tog‘ jinslarining ilashish kuchlari qoida bo‘yicha keskin kamayadi, ba’zida esa butunlay yo‘qoladi. Bunday tog‘ jinslariga zaif sementlashgan qumtosh, zaif ohaktosh, dolomit, myergel, qumli va loyli slanets, argillit va alevrolitlar misol bo‘ladi.

  • bog‘langan yoki plastik. Bunday sinfdagi tog‘ jinslarida minyeral zarralar suv-kalloid bog‘lanish, ayniqsa zarralarning yupqa suv qatlami bilan qoplanishi orqali bog‘lanadi. Bunday tog‘ jinslarining suv bilan to‘yinish darajasiga bog‘liq ravishda ularning plastiklik darajasi ham o‘zgaradi. Bog‘langan tog‘ jinslariga loy va kam loyli slanetslar, suglinkalar va boksitlar misol bo‘ladi.

  • alohida donador yoki maydalangan, sochiluvchan bunday tog‘ jinslarining minyeral zarralari orasida bog‘lanish juda kam yoki yo‘q. Bunday tog‘ jinslari o‘zida bitta yoki bir nechta minyeral zarralarning oddiy mexanik aralashmalarini hamda qattiq tog‘ jinslari siniqlarini namoyon etadi. Alohida donador tog‘ jinslariga qum, shag‘al-toshqotishma yotqiziqlari va sun’iy ag‘darmalar misol bo‘ladi.

- oquvchan, bu sinfdagi tog‘ jinslarida minyeral zarralar suv ta’sirida bir-biridan ajraladi. SHuningdek bu tog‘ jinslari suv bilan to‘yinganda o‘z joyini turli ko‘rinishlarda o‘zgartirish qobiliyatiga ega. Bunday tog‘ jinslariga suv bilan to‘yingan qumlar (suyuq qum), loy yoki suglinkalar misol bo‘ladi.

Tog‘ jinslarining petrografik xususiyatlari.

Tog‘ jinslarining xossalari ularning tarkibi va tuzulishiga bog‘liq. Tog‘ jinslari miryerallardan tashkil topadi. Bizga tabiatdagi 3000 ga yaqin miyerallar ma’lum. Biroq tog‘ jinslari tarkibidagi faqatgina 20 dan ortiq bo‘lgan tog‘ jinsi hosil qiluvchi minyeral deb ataluvchi va yer qobig‘ida ko‘proq tarqalgan minyerallargina muhim ahamiyatga ega.

Minyerallar odatda kimyoviy guruhlari bo‘yicha quyidagi tartibda ajratiladi:


  1. Sof tug‘ma elementlar (oltin Au, kumush Ag, mishyak As, oltingugurt S, surma Sb, olmos C va boshqalar)

  2. Sulfidlar (xalkozin Cu2S, sfalyerit ZnS, kinovar HgS, pirit FeS2 va boshqalar)

  3. Oksidlar (kuprit Cu2O, korund Al2O3, gematit Fe2O3, kvars SiO2 va boshqalar)

  4. Silikatlar (olivin (Mg,Fe)2[SiO4]; talk Mg3(OH)2Si4O10; muskovit KAl2(OH,F)2[AlSi3O10]; biotit K(Fe,Mg)3(OH,F)2[AlSi3O10]; syerpentin Mg6(OH)8[Si4O10]; kaolinit Al4(OH)8[Si4O10]; kaliyli dala shpati K[AlSi3O8] va boshqalar).

  5. Kislota tuzlari – sulfatlar (angidrit CaSO4; barit BaSO4), volframatlar (sheelit CaWO4), karbonatlar (kalsit CaCO3).

  6. Galoid birikmalar (flyuorit CaF2; galit NaCl; silvin KCl).

Minyeralogik tarkibi bo‘yicha tog‘ jinslari bir minyeralli va ko‘p minyeralli turlarga bo‘linadi. Bir minyeralli tog‘ jinslariga qumtosh, ohaktosh, marmar, gips va boshqalar misol bo‘ladi. Ko‘pchilik tog‘ jinslari ikkinchi turga mansub bo‘ladi.

Jins hosil qiluvchi minyerallarni ularning mexanik xususiyatlariga tegishli bo‘lgan, shuningdek turli ta’sir doirasi bo‘yicha bir nechta asosiy guruhlarga bo‘lish mumkin:

a) kvarsli minyerallar - kvars, kremen, xalsedon va boshqalar;

b) silikatli minyerallar – dala shpati, amfibol, piroksen, slyuda va boshqalar;

v) karbonatli va loyli suv shimuvchi minyerallar - kalsit, dolomit, kaolinit va boshqalar;

g) engil yeriydigan minyerallar - gips, galit, silvin va boshqalar.

Kvarsli tog‘ jinslari (toshli qumtoshlar, kvarsitlar) eng katta mustahkamlik va egiluvchanlikka ega. Silikatli tog‘ jinslari yuqori mustahkamlikga ega. Biroq slyudali minyerallar tarkibi ortishi bilan mustahkamlik ko‘rsatkichi kamayadi. Tog‘ jinsida loyli va engil yeruvchan minyerallarning mavjudligi uning mustahkamligi va elastikligini keskin kamaytiradi.

Tog‘ jinslarining tuzulishiga uning o‘lchamlari, shakli, tarkibidagi minyeral zarralarning birikib o‘sishi va o‘zaro joylashish qobiliyati kiradi. Tog‘ jinslari tuzulishining asosiy omillaridan biri uning struturasi va teksturasidir.



Struktura deb minyeral agregatlarning tuzulishi, jumladan tog‘ jinslarining kristallashish darajasi (tog‘ jinsining kristall yoki amorf tuzulishi), o‘lchamlari, minyeral zarralarning shakli va ular orasidagi bog‘liqlik xossalari tushuniladi (2.1-jadval).

Tog‘ jinslarining strukturasi

2.1-jadval


Struktura

Tog‘ jinslarining xossasi

Kristallashgan

yirik bo‘lakli

o‘rtacha bo‘lakli

kichik bo‘lakli

afanitli

yopiq kristallashgan



Tog‘ jinsi butun krisstal bo‘laklardan tashkil topgan;

bo‘lak o‘lchami 1-5 mm

bo‘lak o‘lchami 1 mm gacha

bo‘lak o‘lchami 1 mm dan kichik

bo‘lak faqatgina lupada ko‘rinadi

kristallar kattalashtirilganda ham ko‘rinmaydi



SHishasimon

Butunlay shishasimon massa

Porfirli

Umumiy shishasimon yoki yopiq kristallashgan massada kristal bo‘laklar birikkan

Siniq (CHaqiq)

Tog‘ jinslari siniqlardan tashkil topgan

Tog‘ jinslarining struktura bilan bir qatorda boshqa bir omillaridan biri bu uning teksturasidir. Tekstura (tana) deb o‘rganilayotgan bir turdagi tog‘ jinsilari bo‘laklarining o‘zaro strukturaviy joylashishi tushuniladi (2.2-jadval).

Tog‘ jinslarining muhim teksturasi turlari

2.2-jadval


Tekstura

Xaraktyeristika porodы

Ommaviy

Tog‘ jinslari bo‘laklari mo‘ljallanmagan, bir-biriga mahkam bog‘langan

G‘ovakli

Tog‘ jinslarida eng kichik bo‘shliqlarning mavjudligi

Qatlamli

Tog‘ jinslarining qismlari boshqa qismlar bilan almashinadi, qatlam va yotqiziqlar shakllanadi

Tog‘ jinslarining teksturasi tartibli va tartibsiz bo‘lishi mumkin.

Yer qobig‘i va yuqori mantiyaning tektonik tuzilishi.

Litosfyerada ikki turdagi (yoki ikki tartibdagi): yer qobig‘idagi va ichki (chuqurlikdagi) tektonik tuzilishli strukturaviy elementlar mavjud.

Bu tuzilishlar orasida o‘lchamlarga bog‘liq ravishda turli xilma-xilliklar tartibi ajratiladi.

Birinchi tartibdagi ichki tektonik tuzilishga yer qobig‘ining okean oldi hududlari va kontinentlar misol bo‘ladi. Ikkinchi tartibdagi ichki tuzilishga esa harakatlanuvchi geosinklinal belbog‘ va nisbatan turg‘un bo‘lgan platformalar kiradi. Bu ikki tartibdagi tuzilishlar chiziqli o‘lchamlarga ega bo‘lib, minglab kilometrlarda hisoblanadi, hamda planetar yoki global deb nomlanadi.

YUzaviy tektonik tuzilish ichki tektonik tuzilishga nisbatan farqli ravishda kam shakllanadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yer qobig‘i chegarasidan chiqmaydi. Ular turli uzilishli burmalangan deformatsiya tartibida shakllanadi va chiziqli o‘lchamlari ko‘pincha o‘nlab, ba’zida esa bir necha yuzlab kilometrgacha etadi.

Yer qobig‘inig shakllanishi va tektonik tuzilishidagi asosiy ko‘rsatkich, o‘zida yer qobig‘i tuzilishining birinchi elementini namoyon etuvchi chuqur yoriqlar hisoblanadi. Ayniqsa yirik va eski yoriqlar yer qobig‘ining ostigacha va undan chuqurroq tashqi mantiyagacha chuqurlikda tarqaladi. Yer qobig‘ining chuqur yoriqlari kesishish tarmog‘ida katta bo‘laklarga ajratiladi va litosfyera plitalari deb yuritiladi.

Hozirgi vaqtda sakkizta yirik va o‘ndan ortiq kichik litosfyera plitalari mavjud. (2.2-rasm).

2.2-rasm. Yerning yirik litosfyera plitalari va ularning harakatlanish yo‘nalishi:



1 – harakatlanishlar va yoriqlar o‘qi; 2 – planetar siqilish belbog‘i; 3 – plitalarning konvyergent chegarasi; 4 – hozirgi kundagi qit’alar.

Okean qatlamida ikkita (Tinch okeani va Somali plitalari) oson va kichik o‘tkazuvchi plitalar mavjud. Qolgan oltitasi (Evroosiyo, afrika, hindu-avtraliya, shimoliy amyerika, janubiy amyerika va antarktida plitalari) esa qit’alashgan turdagi qatlamlarga ega.

Har bir litosfyera plitasida ko‘plab katta tartibdagi yoriqalar, qatlamli uzilishlar, ajralishlar va o‘z navbatida bloklar mavjud. Plitalar va bloklar orasida bir tekis burmalanuvchan va to‘lqinli egiluvchan tartibdagi deformatsiyalar shakllangan. SHuningdek butun yer qobig‘ida katta bo‘lak-to‘lqinli yoki boshqacha qilib aytganda blokli tuzilishlar mavjud.

Tektonik harakatlar o‘z o‘rniga ega, barcha geologik davrlar davomida yuz byerib kelayotgan va hozirgi vaqtda bevosita asboblar yordamida o‘lchanadigan harakatlardir. Bu harakatlar qadimda (oxirgi olti ming yil avval) sodir bo‘lgan va yangi neogen va antropogen geologik davrlarda (25÷30 mln yil oldingacha) yuzaga keladigan, hamda farqli ravishda bugungi kunda sodir bo‘ladigan zamonaviy tektonik harakatlar deb ataladi.

Zilzilaga bog‘liq ravishda ikkita zamonaviy harakatlar ajratiladi: ohista (qadimgi) va tez (sakrash tarzida ro‘y byeradigan).

Yer qobig‘ining qadimgi harakatlari doimiy paydo bo‘lgan va hamma joyda sodir bo‘ladi. Barcha oldingi geologik davrlarda bo‘lganidek yer qobig‘ining hech qanday tektonik tinch holatdagi nuqtasida topilmagan.

Hozirgi vaqtdagi vyertikal tektonik harakatlarning tezligi yiliga millimetrlarni, ba’zida esa santimetrlarni tashkil etadi. SHuning uchun yer qobig‘ining ba’zi nuqtalari ko‘tariladi, boshqasi esa pasayadi. Masalan, Boltiq va Kanada kristallashgan to‘siqlari oralig‘ida yer qobig‘ining geologik tuzilishga o‘xshash bo‘lgan umumiy gumbazsimon ko‘tarilishi kuzatiladi. Tektonik harakatlarning jadalligi Boltiq bo‘yi to‘siqlari markazida ortib, Botni ko‘rfazi oxiri yaqinida yiliga 10 mm gacha etadi. Janubdan sharqqa tomon (Kolsk yarim orolida) ko‘tarilish asta-sekin kamayadi va Kattegat bo‘g‘ozi hududi janubining cho‘kishi bilan almashinadi. Barchaga ma’lumki SHimoliy dengiz qirg‘oqlari bir qismining cho‘kishi sodir bo‘lmoqda.

Tog‘ jinslari massivining turli xil tuzilmaviy ko‘rinishlari va ularning tasniflanishi.

Tog‘ jinslarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, ularning hosil bo‘lish joyi, tuzulishi va xossalarining o‘zgarishi, kelib chiqish xossalarining bir-biriga bog‘liqligi va rivojlanish tarixi, hamda ekzogen jarayonlar dinamikasining yuqori darajadagi xilma-xilligi hisoblanadi.

Har xil tog‘ jinslaridan tashkil topgan massivlarda yana ko‘plab yuqori darajadagi xilma-xilliklar kuzatiladi. Bundan tashqari tog‘ jinslari massivida ko‘plab geologik buzilishlar va barcha joyda rivojlangan tabiiy darzliklar ham uchraydi. SHuningdek, massiv doimiy ravishda kon ishlarini olib borish texnologik jarayonlari (masalan, portlatish ishlarini olib borish) bilan bog‘liq kon lahimlarining kesishishidan sun’iy (texnologik) yoriqliklarga ajratiladi.

Turli xil tog‘ jinslari massivining xilma-xil tuzilish yuzalari ajralishi natijasida aniq blokli struktura hosil bo‘ladi. O‘z navbatida xilma-xillikning turli ko‘rinishdagi tarqalish darajasi juda turlicha yuz byeradi. Buning uchun har qanday massivdagi tog‘ jinslarining blokli tuzilishi xaraktyerini, cho‘kindi tog‘ jinslaridan tashkil topgan massivlarda qoyali mustahkam tog‘ jinslariga nisbatan kichik ekanligini inobatga olish zarur.

Fizika-matematika fanlari doktori M.V. Rats tomonidan ishlab chiqilgan strukturaviy xilma-xillik tasnifining ko‘plab muvaffaqqiyatli takliflaridan biri strukturaviy xilma-xillikning bir necha turdagi tartibi belgilab byerdi.

M.V. Rats boshlang‘ich tartibdagi xilma-xillikga tektonik kuchlanishlarning hududiy maydonlari bilan bog‘liq 10 km dan katta chiziqli o‘lchamdagi bloklarga ajraladigan tog‘ jinsi massivining katta tektonik yorilishlarini kiritdi. Bu o‘zining mohiyati bo‘yicha yer qobig‘ining hududiy strukturaviy xilma-xilligining III-IV tartibiga kiradi.



Birinchi tartibdagi xilma-xillik massivda tog‘ jinslarining turli-tuman tarkibi, strukturasi va teksturasi, hamda katta geologik buzilishlar va tektonik ajralishlarning mavjudligi bo‘yicha ifodalanadi. Bu xilma-xilliklar massivi bir necha yuz metrdan kilometrlargacha bo‘lgan o‘lchamdagi bloklarga bo‘linadi.

Ikkinchi tartibdagi xilma-xillik bilan bog‘liq juda kichik bloklar o‘lchami bir necha o‘n santimetrdan o‘nlab metrgacha etadi.

Bu sinfga qatlamning bir pachkasi orasidagi tog‘ jinsining xilma-xil strukturasi va tarkibi, shuningdek tabiiy darzliligi tegishli bo‘ladi.



Uchinchi tartibdagi xilma-xillikga oldindan aniq bo‘lgan eng kichik darzliklardan tashqari har bir alohida minyeral ko‘rinishlar, zarralar va kristallar orasidagi bog‘lanishlar tegishli bo‘ladi. Bu yerda, byerilgan turdagi xilma-xillikda shakllangan bloklar o‘lchamlari birdan bir necha o‘n santimetrgacha bo‘lgan oraliqda o‘zgaradi.

Bundan tashqari, tog‘ jinslari ko‘pincha kristallari orasi hududida strukturaviy buzulishlar, shuningdek tog‘ jinsi hosil qiluvchi minyerallar panjarasida strukturaviy nuqsonlar bilan bog‘liq o‘zining ko‘p tarkibli ko‘p kristallashgan minyerallar majmuini namoyon etishi sababli to‘rtinchi tartibdagi xilma-xillikga ajratiladi. Bu holatda strukturaviy elementlarning o‘lchamlari millimetrning ulushidan bir necha santimetr orasida o‘zgaradi.

Tog‘ jinslari va massivlarning xossalari va deformatsiyalanishiga turli tartibdagi strukturaviy xilma-xilliklar ta’sir darajasini tasniflashning umummlashgan sonli ko‘rsatkichlari hali aniqlanmaganligini e’tiborga olamiz. Bu esa o‘rganilayotgan jarayonlarga bevosita tog‘ jinslari joylashgan joyida katta ko‘lamli tajribalarni o‘tkazishga xilma-xilliklarning ta’siri va boshqa omillar (massivning kuchlanganlik holati, sinalayotgan hajmni tajribaga tayyorlash usuli, namlik va boshqalar) tufayli olingan natijalarni tushuntirib byerish qiyinchiliklari bilan izohlanadi.

Turli tog‘ jinslaridan tashkil topgan massivlarning tajriba ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, massivlarda quyidagi umumiy moyillik kuzatiladi: deformatsiyalanish jarayoni nuqtai nazaridan hajmning ortishi bilan massivning deformatsiya moduli kamayadi, deformatsiya ko‘rsatkilari esa ortadi.



Tayanch iboralar:

Yyerning tuzilishi, tashqi mantiya va yyer qobig‘i, tog‘ jinslari massivining strukturaviy xilma-xillik turlari, minyeral, kuchlanish, tektonika, tog‘ jinslarining petrografik xususiyatlari.
Nazorat savollari:

  1. Litosfyera tarkibi va tog‘ jinslarining umumiy tizimlarini tushuntirib byering?

  2. Tog‘ jinslarining petrografik xususiyatlari izoxlang?

  3. Yer qobig‘i va tashqi mantiyaning tektonik tuzilishini asoslab byering?

Yüklə 72,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə