Toshkent Davlat Stomatalogiya instituti



Yüklə 213,23 Kb.
tarix04.03.2023
ölçüsü213,23 Kb.
#101892
Taqdimot

Toshkent Davlat Stomatalogiya instituti

Mavzu:Tibbiy ofatlar

Bajardi:Ersaliyev Anapiya.

Guruppa: 207B B/S.

Tabiiy ofatlar mohiyati va mazmuni nuqtayi nazaridan odam ishtirokisiz ro‘y beradigan noxush vaziyatlar bo‘lib, ular odamlarning tinch hayot jarayonlarini me’yor darajasidan chiqarib, ayniqsa pasaytirib yuborishga olib keladigan noxush tabiatga ega bo'lgan voqealar va hodisalardir. Hozirgi zamon taraqqiyoti jarayonlarini ko‘zdan sinchkovlik bilan kechirilsa, ko‘p bo’lmasa ham ayrim tabiiy ofatlarning yuzaga kelib chiqishida inson omili ko‘zga tashlanishi mumkin.

Yer osti boyliklaridan boMmish gaz yer qa’ridan so'rib olinar ekan, albatta uning o ‘rnini boshqa biron-bir narsa to‘Idirishi kerak. Aks holda, yer silkinishlari, yerning o‘pirilib ketishi va hatto atmosferaning harorat namligi, bosimi va shamol yo‘nalishlari hamda tezligiga ta’sir etishi mumkin. Bunday oqibatlar tez fursatlarda ko'zga tashlanmasligi, ba’zi hollarda odamlarning yer osti boyliklarini behisob miqdorda jamiyat manfaatlari yo‘lida qo‘llash uchun qazib, so‘rib olishlari, vaqt o ‘tishi bilan kelajak avlodning hayotiga, uning umriga zomin bo‘lishga olib kelishi mumkin. Natijada, yer ostida vujudga keladigan havoyi bo‘shliq, o ‘z navbatida yer osti moddalarining bir-biriga tomon boigan harakatlarini tezlashtirib yuboradi. Oxir-oqibat kutilmaganda yer cho'kishlari, o‘pirilishlar bir zumda ko'ldagi suvning yer qa’riga g'oyib bo'lishiga olib kelishi va natijada tabiiy ofat nomi bilan ataladigan noxush vaziyatlarni vujudga kelishiga sabab bo ‘lishi mumkin.

Tabiiy ofatlarga quyidagi voqealar va hodisalarni kiritish mumkin: 1) suv toshqinlari; 2) qor bosishi; 3) o‘rmon va torf yong'inlari; 4) sel oqimi; 5) bo‘ronlar; 6) yer silkinishlari; 7) havo haroratining keskin ko‘tarilishi; 8) dunyo bo‘yicha havo haroratining 1,5° ga ortishi; 9) magnit bo'ronlari; 10) meteoritlarning yerga tushishi; 11) daryo o ‘zanlarining o ‘zgarishi; 12) qurg‘oqchilik; 13) chigirtkalarning bostirib kelishi; 14) ilonlaming ma’lum tomonga, mamlakatga yig‘ilishi;15) kemiruvchilar - kalamushlarning qisqa vaqt ichida ko‘payib ketishi; 16) vulqonlarning otilishi; 17) osmondan baliqlarning, tangalarning yog'ilishi; 18) bermud uchburchagidagi g‘aroyib tarzda kemalarning, samolyotlarning odamlari bilan g ‘oyib boiishi; 19) har 1-1,5 milliard yil o ‘tgach, yer kurrasining bir butun holga aylanishi yoki uning parchalanib ketishi; 20) momaqaldiroq; 21) chaqmoq; 22) yashin tushishi

Tabiiy ofatlar, ko‘p hollarda shuning bilan tansiflanadiki, uning yuzaga kelishida insonning ishtiroki yaqqol ko'zga tashlanmasligi mumkin. Odatda, tabiiy ofatlar, dabdurustdan , shifokor tilida, o’tkir boshlanish jihatlariga ega. Ofat so‘zining lug‘aviy ma’nosi shundan iboratki, u insoniyatga ko‘p hollarda zarar yetkazuvchi voqealar vahodisalarga asoslanadi. Tabiiy ofatlarning yuzaga kelib chiqishida yer qa’ridagi, atmosferadagi va suv qa’ridagi moddalar almashinuvining me’yor darajasidan chiqib ketish in i asosiy sabablardan biri deb, aytish mumkin. Geologik nuqtayi nazardan sinchkovlik bilan qaralsa, yer kurrasi va uni o ‘rab turgan atmosfera ham tirik muhitni eslatadi

S u v t o s h q in la r i - tabiiy ofatlardan biri bo‘lib, uning vujudga kelishi, suv hajmi va sathining havzalarda keskin o ‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabablarga quyidagilar kiradi: 1) qor va muzliklarning katta tezlikda erishi; 2) uzoq muddatli yom g‘ir yog'ishi; 3) daryolar o ‘zanida to ‘siq va to ‘g ‘o n larn in g paydo b o 'lis h i; 4) falo k atlar yuz berganida to ‘g'onlarning darz ketishi yoki buzilishi; 5) daryolarning orqaga oqishi va dengiz yoki ummon suvlarining daryo bo‘ylab tepaga ko‘tarilishi (Amazonka daryosi).Suv toshqinlarini oldindan bashorat qilish va unga nisbatan kerakli chora-tadbirlarni oldindan ko‘rib qo’yish mumkin.

S e lla r - bular tog'dan katta tezlikda tushadigan tosh-loy oqimi b o 'lib , y o ‘lida uchragan deyarli barcha narsalar, inshootlar va qurilmalarni vayron qiladi hamda ayrim hollarda ayniqsa, kechalari ro‘y berganida, odamlar hayotiga ham zomin bo‘lishi mumkin. Sellar, asosan to g ‘li hududlarda k o ‘plab, deyarli har bir jaladan so'ng kuzatiladi. Ularning kelib chiqish sabablari, bahor oylari va hatto yoz pallasida ham to g ‘dagi muzliklarning keng ko'lam da erishi yoki davomli tinmay quygan jalaning oqibatida namoyon bo'lishi ma’lum. Bu paytda to ‘planib qolgan nam lik, suv tog' qoyalaridan past tomonga oqayotib, toshlar va yerning ustki, tuproq qatlamini birbiriga omixtalashtirib, tosh-loy oqimini yaratadi. Sellarning paydo b o ‘lishi b o ‘yicha xavfli deb topilgan hududlarga, O 'rta Osiyo va Sharqiy Q ozog'iston, Qrim yarim oroli, Karpatiston, Baykal oldi o'lkalari hamda Shimoliy Kavkaz va Kavkaz orti yurtlari taalluqlidir.

Yer s ilk in is h la r i - mazmunan, yer qa’rida to‘planib, u yerdan dabdurustdan kutilmaganda ajralib chiqib, zarb va seysmik to‘lqinlar tarzida har tomonga yer qa’rida tarqaladigan ulkan kuchga ega boigan quvvatdan iborat. Yer silkinishlari tektonik yoki vulqonli bo'lishi kuzatiladi. Yer silkinishlari kelib chiqadigan yer hududi, yer silkinishlari gipomarkazi, uning ustidagi yer, o'choq markazi - epimarkaz, ya’ni markaz usti deb ataladi. Yer silkinishlarining asosiy ko‘rsatkichlari, silkinish markazining yer yuzasiga nisbatan chuqurligi va tebranishlarining davomiyligidir. Unga ko‘ra, odatda, yer silkinishlari o ‘chog‘i, ya’ni gipomarkaz, yer qa’rida, uning sathidan 2-70 km chuqurlikda joylashgan bo‘ladi..


Yüklə 213,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə