Toshkent davlat universiteti falsafa fakulteti sotsiologiya bo



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/43
tarix19.03.2022
ölçüsü0,97 Mb.
#84618
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Toshkent davlat universiteti falsafa fakulteti sotsiologiya bo



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI 
 
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI 
TOSHKENT DAVLAT UNIVERSITETI 
 
FALSAFA FAKULTETI 
SOTSIOLOGIYA BO‘LIMI SOTSIOLOGIYA KAFEDRASI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
UMUMIY SOTSIOLOGIYA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent - 1999 y. 


 

  
Ilmiy muharrirlar:  
professor N. S. Aliqoriyev. 
dotsent R.T. Ubaydullayeva. 
 
 
Ushbu  darslikning  mualliflari  M.Ulug‘bek  nomidagi  ToshDU 
sotsiologiya 
kafedrasining 
professor-o‗qituvchilari 
bo‗lib, 
ular 
sotsiologiyadan  universitetning  sotsiologiya  bo‗limida  va  boshqa 
fakultetlarda ma'ruzalar o‗qiydilar. 
Sotsiologiyani  o‗rganishga  kirishilar  ekan,  avvalo  uning  alohida  fan 
ekanligi  to‗g‗risidagi  ma'lumotlarni  (ya‘ni  predmetini,  masalalarini  va 
vazifalarini  uning  falsafa,  iqtisod,  matematika,  statistika,  kibernetika, 
demografiya va boshqa fanlar bilan munosabatini, sotsiologik bilimlarning 
asosiy  elementlarini  va  tizimini  aniqlash  hamda  uning  taraqqiy  etish 
yo‗llarini  istiqbolini  belgilash  muhim  vazifalardan  biridir.  Ushbu 
qo‗llanma 
matnlari 
asosida 
yozilgan 
bo‗lib, 
asosan 
sotsiolog 
mutaxassisligini 
oladigan 
talabalarga, 
aspirantlarga, 
sotsiologiya 
o‗qituvchilariga  va  keng  jamoat  ommasiga  mo‗ljallangan.  Bu  sohada 
O‗zbekistonda sotsiolog mutaxassislar uchun o‗zbek tilida adabiyotlar hali 
yetarli  bo‗lmagani  uchun  ushbu  qo‗llanma  o‗quvchilarda  katta  qiziqish 
uyg‗otishi mumkin. Kitobning kamchiliklari va aks ettirilmagan masalalar 
keyingi nashrda o‗z ifodasini topadi degan fikrdamiz. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
© Toshkent DU, 1999. 
  


 

MUNDARIJA 
bet 
Muqaddima 
Kirish______________________________________________________6 
 
I BOB. SOTSIOLOGIYAGA KIRISH 
1.Sotsiologiyaning ob‘ekti va predmeti___________________________10 
2. Sotsiologiyaning strukturasi_________________________________19 
3. Sotsiologiyaning metodologiyasi_____________________________29 
4. Sotsiologiya metodi________________________________________35 
 
II BOB. SOTSIOLOGIYADA MAXSUS YO‗NALISHLAR 
1.Shaxs___________________________________________________42 
2.Guruh sotsiologiyasi_______________________________________49 
3. Z.Jamiyat va ijtimoiy hodisa tushunchasi_______________________59 
4. Ijtimoiy harakat___________________________________________68 
5. Sotsial institutlar, tashkilotlar, tizimlar sistemalar________________73 
6. Sotsial munosabatlar_______________________________________78 
7. Sotsial dinamika va rivojlanish sotsiologiyasi____________________86 
8. Tafakkur tarzi sotsiologiyasi_________________________________97 
 
III BOB. SOTSIOLOGIYADA TARMOQ YO‗NALISHLAR 
1. Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi____________________________104 
2.  Iqtisodiy sotsiologiya _____________________________________111 
3. Siyosiy sotsiologiya ______________________________________117 
4.  Ta'lim sotsiologiyasi______________________________________122 
5.  Mehnat va mehnat tashkilotlari sotsiologiyasi__________________127 
6. Oila sotsiologiyasi________________________________________140 
 
IV BOB. AMALIY SOTSIOLOGIK TADQIQOTLAR 
1. Empirik sotsiologik tadqiqotlar dasturi_________________________146 
2. Sotsiologik informatsiya to‗plashning empirik metodlari__________159 
3. Sotsiologik monitoring_____________________________________170 
 
XULOSA_________________________________________176 
 
ADABIYOTLAR__________________________179 
  


 

MUQADDIMA 
 
Qadim  zamonlardan  beri  ham  va  ayniqsa  fan-tehnika  taraqqiyoti  davrida 
har bir kasb egasi nafaqat o‗z sohasidan kasbiy bilimlarni puhta egallash va katta 
tajriba  orttirish,  balki  jamiyat  hayotidagi  voqealar,  insonlarning  ahloqi, 
dunyoqarashi, ma'naviyati, tafakkuri, hayot tarzi to‗g‗risida ham axborotlarga va 
bilimlarga  ega  bo‗lishi  kerak.  Bunday  bilimlarni  o‗rta  maktabda,  kollejda, 
litseyda va oliy  o‗quv yurtlarida gumanitar va sotsial-iqtisodiy fanlarni  o‗qitish 
hisobiga  egallashga harakat qilinmoqda. Bu sohada  alohida  shaxsdan va kichik 
guruhlardan  tortib,  to  jamiyatning  taraqqiy  etish  va  rivojlanish  qonuniyatlarini 
nafaqat  nazariy  jihatdan,  balki  aniq,  konkret  tadqiqotlar  orqali  o‗rganadigan 
sotsiologiya fani alohida o‗rin egallaydi. 
Sotsiologiya  —  insoniyatning  bir  necha  ming  yillik  tarixiy  taraqqiyoti 
davomida  yaratilgan  madaniyatning  ajralmas  tarkibiy  qismidir.  Afsuski, 
kommunizm mafkurachilarining vakillari kibernetika, psixologiya, politologiya, 
kabi  fanlar  qatorida  sotsiologiyani  ham  inkor  etib,  uni  sotsializmga  zararli 
«yolg‗on  fan  qatoriga  qo‘shib  ko‘p  yillar  mobaynida  jaxon  halqlarining 
durdonasi,  ma'naviy  va  madaniy  boyligi  bo‗lgan  bu  fanning  va  uning 
namoyondalarini  taqdirladilar.  Natijada  jamiyatni  eng  katta  boylikdan  — 
ijtimoiy  fikrlarni  har  tomonlama  va  chuqur  o‗rganishdan,  ijtimoiy  taraqqiyot 
borasida  axborotlar tizimini  yaratishdan va  oxir oqibatda  ijtimoiy  hayotni  aniq, 
ma'lumotlarga,  terriroga,  halq.  Fikriga  tayangan  holda  ilmiy  asosda 
boshqarishdan  maxrum  qilganlar.  Mustaqilllik  tufayli  sotsiologiya  faniga 
yangiyo‘l ochildi. Bu fanning shaxsan prezidentimiz I. Karimovning himoyasiga 
olganligi cheksiz quvonarlidir. 
Mustaqil  davlatimizning  erkin  va  chuqur  fikrlash  imkoniyatiga  ega 
bo‗lgan  fuqarolari,  ayniqsa,  yosh  avlod,  hozirgi  davr  talabiga  javob  beradigan 
sotsiologiya darsligiga muhtojdirlar. Mazkur darslni ana shunday ehtiyoj asosida 
yuzaga keldi. 
Hozirgi  zamon  kishisi  o‗zi  yashayotgan  makonning  ijtimoiy  sharoitini, 
jamiyat  a'zolarida  yashirinib  yotgan  «sirlarni  huquq  va  axloq.  Normalarini 
bilmasdan  turib  hayotdan  o‗z  o‗rnini  topa  olmaydi.  Sotsiologiya  —  bu 
jamiyatning barcha qirralarida o‗ziga hos anatomiya va fiziologiyasidirkim, ular 
inson  hayotidagi  me'yoriy  va  hatologik  holatni  aniqlashga  va  oxir  oqibatda 
insoniyatni  nohush  holatlardan,  qiyinchiliklardan  qutilish  yo‗lini  ko‗rsatadi. 
O‗tmishda sotsiologiyani sotsial gigiena deb tushunishlari ham bejiz emas. 
Sotsiologiyani  o‗rganishga  kirishilar  ekan,  avvalo  uning  alohida  fan 
ekanligi  to‗g‗rrisidagi,  ma'lumotlarni  ya'ni  predmetini,  masalalarini  va 
vazifalarini,  uning  falsafa,  iqtisod,  matematika,  statistika,  kibernetika, 
demografiya va boshqa fanlar bilan munosabatini, sotsiologik bilimlarini asosiy 
elementlarini  va  tizimini  aniqlash,  hamda  uning  taraqqiy  etish  yo‗llarini 
istiqbolini  belgilash  muhim  ishlardan  biridir.  Ushbu  fanning  umumiy  tasnifi 


 

kitobning  birinchi  bobida  bayon  qilindi,  ya'ni  sotsiologiyaning  ob'ekti  va 
predmeti, tuzilishi, uslubiyati va uslublarni keng yoritildi. 
Ikkinchi bobida sotsiologiyaning maxsus yo‗nalishlari, ya'ni shaxs, guruh, 
jamiyat,  sotsial  harakatlar,  sotsial  munosabatlar,  sotsial  institutlar,  tashkilotlar, 
sistemalar  sotsial  dinamika  va  rivojlanish  hamda  tafakkur  sotsiologiyasi 
yoritiladi.  Uchinchi  bob  maxsus  sotsiologik  nazariyaga  va  sotsiologiyaning 
konkret sohalarini ya'ni tarmoq yo‗nalishlarini yoritishga bag‗ishlangan. 
Darslikning  so‗nggi  qismida  amaliy  (empirik)  sotsiologiyaning  asoslari 
yoritilgan bo‗lib, bu yo‗nalish orqali o‗quvchilar sotsiologik ahborotlar tizimini 
yaratish yo‘llarini o‘rganadilar. 
Ushbu  darslikda  yoritilgan  muammolar  ko‘p  sinovdan  o‘tgan  va  isbot 
talab qilmaydi, zero bunda bitilgan materiallar falsafiy va ijtimoiy kategoriyalar, 
qonunlar hamda nizomlar asosida bajarilgan. 
Ushbu sotsiologiya darsligi oliy o‘quv yurtlari talabalari, o‗qituvchilar va 
keng  ommaga  mo‘ljallangan.  Bunda  nafaqat  sotsiologik  bilimlarning  asoslari, 
balki  amaliy  sotsiologik  tadqiqotlarning  uslub  va  yo‘llari  ham  berilgan  bo‘lib. 
O‗quvchini  mustaqil  aniq  sotsiologik  tadqiqotlar  o‘tkazishga  katta  yordam 
beradi.  Empirik  tadqiqotlar  tajribasidan  har  xil  sohadagi  va  kasbdagi  xodimlar 
ham o‘z ishlarida keng foydalanishlari mumkin. 
Ushbu  kitobning  mualliflari  Mirzo  Ulugbek  nomidagi  ToshDU 
sotsiologiya  kafedrasining  professor  o‗qituvchilari  bo‗lib,  ular  sotsiologiyadan 
universitetning  sotsiologiya  bo‗limida  va  boshqa  fakultetlarda  ma'ruzalar 
o‘qiydilar va amaliy mashg‗ulotlar olib boradilar. Bundan tashqari, sotsiologiya 
bo‗limining uqituvchilari fundamental va amaliy tadqiqotlarda, nodavlat ijtimoiy 
fikr, ma'naviyat, oila markazlarida, hamda yirik sotsiologik tashkilotlarda, jahon 
banki,  YUNESKO  va  boshqa  halqaro  tashkilotlarning  sotsial  buyurtmalarini 
bajarishda aktiv qatnashadilar. 
Ushbu  darslikning  mualliflari  o‗quvchilar  tomonndan  ko‗rsatilgan 
kamchiliklar  va  takliflar  uchun  o‗zlarining  chuqur  minnatdorchiliklarini 
bildiradilar. 
Kamchilik va takliflarni quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: 
 
Talabalar shaharchasi, 
ToshDU, Sotsiologiya kafedrasi 
 
  


 

KIRISH 
 
XX  asr  tugayotgan  va  yangi  XXI  asr  kirib  kelayotgan  bir  davrda 
sotsiologiya  va  uning  yo‗nalishidagi  fanlarga  ehtiyoj  yanada  ortib 
bormoqda. Ohirgi davrda sotsiologiya bo‘yicha yirik mutaxassislar, olimlar 
yetishib  ular  bu  fanning  har-xil  tarmoqlari  va  bo‗limlari  bo‗yicha  nazariy 
va amaliy ahamiyatga molik ilmiy ishlarni chop ettirmoqdalar. Ular orasida 
leksiya  ma'ruzalari,  darsliklar,  risola  va  monografiyalar  ham  mavjuddir. 
Hozirgacha  chop  etilgan  ilmiy  ishlarni  har  tomonlama  va  chuqur  tahlil 
qilar  ekanmiz,  barcha  mualliflarning  muammo  va  masalalarga  bir 
tomonlama  yondoshib  o‘z  fikr  va  mulohazalarini  ko‘ramiz.  Agar  har  bir 
fanni  zanjir  tizimiga  o‘hshatsak  sotsiologiya  bo‘yicha  bunday  tizim  hali 
me'yoriga yetmagan, ya'ni bir butun zanjir yo‗lga o‗hshaydi. Buning sababi 
bizning  eski  dunyoqarashdan,  dogmalardan,  odatlardan  (traditsiyalardan), 
eski  sotsiomadaniy  qobiqdan  holi  bo‗lolmaganimizdan  bo‗lsa  kerak.  Eng 
asosiysi  sotsiolog  mutaxassislar  yig‗ilib  kuchlar  integratsiyasini  va 
tadqiqottlarni  koordinatsiyasini  tashkil  qilinsa  sotsiologiyaning  ham  yirik 
va mustahkam zanjirini paydo qilish mumkin. 
Marksizm  ta'limoti  postsotsialistik  mamlakatlarda  sotsiologiyaning 
nazariy amaliy maqomini ancha obrusizlantirdi, oqibatda fan sohasida katta 
bo‘shliq,  paydo  bo‘lib  qoldi  va  bu  xol  sotsiologlarda  bir  muncha  bo‘lsa 
ham  tushkunlikni  paydo  qildi.  Ikkinchi  tomondan  g‗arb  mamlakatlarida 
sotsiologiyaning nazariy kontseptsiyalarini yaratish bo‗yicha katta ishlar va 
qizg‘in  baxs  ketmoqda.  O‗zbekistonda  esa  sotsiologiya  endigina  kurtak 
otib  o‗zicha  taraqqiyot  yo‘lini  qidirayotgan  ekan,  chiqib  kelayotgan  yosh 
sotsiologlar  uchun  darsligi  juda  dolzarb  masala  bo‘lib  qoldi.  Shu  boisdan 
sotsiologiya  darsligining  qaldirg‘ochlaridan  biri  sifatida  ushbu  darslikli 
mualliflar  kollektiv  nashrga  tayyorladi.  Bu  darslikni  sotsiologiyaga 
«Marksistik qarashlar»dan, har qanday mafkuraviy infeksiyalardan, tarixiy 
materializm  ta'siridan  holi  deb  hisoblaymiz.  Shuning  uchun  bu  kitobda 
sotsiologiyani, falsafani bir qismi deb qaralishiga ham barham berildi. 
Darslik  Vatanimiz  mustaqilligi  kabi  sotsiologiya  fanining  to‗la 
mustaqil,  ya'ni  o‘zining  nazariy  va  amaliy  qismiga  ega  bo‘lganligini  va 
jamiyat  taraqqiyotini  belgilashda  uning  roli  vazifalari  beqiyos  ekanligini 
namoyon qiladi. 
Mazkur  darslik  (to‗plam)  respublikamizda  endigina  shakllanayotgan 
sotsiologiya  fanining  nazariy  uslubiy  masalalarni  oydinlashtirishga 
bag‗ishlangan  dastlabki  darslikdir.  Bu  darslikda  sotsiologiya  fanining 
nazariy-amaliy  masalalarini  o‗rganish  bilan  bir  qatorda  turli  sohalarda 


 

sotsiologik tadqiqotlar olib borish usullari tahdil qilinadi. 
Darslikning  to‗rtta  bobida  sotsiologiyaning  ob'ektiv  va  predmeti 
yo‗nalishlari,  tarmoqlari  sotsiologik  tadqiqkotlar  o‗tkazishning  muammo 
va  jarayonlari  matematik  va  statistik  usullar  yordamida  modellashtirish, 
sotsial  tizimlarni  boshqarishda  EXM  dan  foydalanish,  sotsiologik 
monitoring kabi yirik va zamon talabidan kelib chiqan muammolar bayoni 
va  tavsifiga  keng  o‘rin  berilgan.  Shunisi  e'tiborga  molikki,  o‗zbek  tilida 
yozilgan  dastlabki  o‗quv  darsliklaridan  bo‗lsayam,  ushbu  tuo‘lam 
mualliflari  kitobxonlarga  sotsiologiya  fani  haqida  sistemali  bilimlar 
berishga harakat qilishgan. 
Darslikda  sotsiologiyaning  obekti,  predmeti,  strukturasi,  ijtimoiy 
voqe'likni  o‘rganishdagi  o‘rni  sotsiologiya  klassiklari,  ijtimoiy  falsafa 
namoyondalari  asarlariga  suyanib,  hozirgi  zamon  fanining  xolat  va 
rivojlanishi tendensiyalarini hisobga olgan xolda yoritib berilgan. 
To‘plamniig sotsiologiyaga kirish bobida, uning ob'ekti va  predmeti 
haqida  so‘z  yuritilar  ekan,  shu  bilan  bir  qatorda  ushbu  fanning  tarixiy 
rivojlanishdagi asosiy yo‗nalish va bosqichlari haqida maxsus ma'lumotlar 
ham  qisman  bayon  qilingan,  O.  Kont,  R.  Merton,  E.  Dyurkgeym,  F. 
Znanetskiy,  M.  Veber,  A.  Berbin,  M.  Kovalzon,  V.  Kelle,  V.  Rojin,  V. 
Yadov  kabi  olimlar  fikr  va  mulohazalari  asosida  sotsiologiyaning  fan 
sifatidagi  vazifasi,  maqsadi,  bilimlar  sistemasidagi  o‘rni,  jamiyatdagi 
ahamiyati  belgilab  berildi.  Mualliflar  turli  fikrlarnn  tahlid  qilib, 
sotsiologiyaga  berilgan  eng  muhim  ta'riflarga  asoslanib,  sotsiologiyaning 
ob'ekti,  predmeti,  strukturasi,  metodlari  va  metodologiyasi  haqida 
mukammalroq, tushuncha berishga harakat qilishgan. 
Darslikning 
ikkinchi 
bobida 
sotsiologiyadagi 
mashhur 
yo‘nalishlarning eng asosiylari, ya'ni shaxs, guruh, jamiyat, sotsial harakat, 
sotsial  munosabatlar,  sotsial  institutlar,  tashkilotlar,  tizimlar,  sotsial 
dinamika, tafakkur tarzi kabilar taqdil qilinadi va yoritiladi. 
To‘plamning sotsial dinamika va rivojlanish sotsiologiyasi mavzuida 
jamiyatning  o‘zgarish  va  rivojlanish  holatlarini,  ijtimoiy  o‘zgarishlarning 
ichki  (endogen)  va  tashqi  (ekeogen)  omillarini  belgilab  beruvchi 
xususiyatlari  aniqlangan,  sotsial  dinamikaning  turlari  ajratib  ko‘rsatilgan, 
masalan  makom  sotsial  dinamikasi,  hududiy  sotsial  dinamika,  ma'naviya 
hayot dinamikasi, siyosiy dinamika, fan-texnika dinamikasi kabilar. 
Hozirgi davrda  eski,  chirigan  kommunistik  mafkuradan  yangi  milliy 
mafkuraga  ilohi  boricha  tezroq.  O‘tish  Vatanimizda  islohatlarni  tezroq 
amalga oshishida garov bo‘lib hizmat qiladi. Inson tafakkurida yangilanish, 
ya'ni  ilmiy,  milliy  dunyoqarash  shakllanmas  ekan,  jamiyat  taraqqiyot  sari 


 

siljimaydi.  Shu  boisdan  darslikda  zamon  talabidan  kelib  chiqan  holda, 
sotsiologiya fanida juda kam o‘rganilgan tafakkur sotsiologiyasiga alohida 
mavzu ajratildi va bu masalaning to‘laroq yoritilishiga etibor berildi. Zero, 
sotsiologiyaning  bu  maxsus  to‘plaminni  tadqiqotlari  asosida  hozirgi 
davrimizning  eng  dolzarb  muammolarini  hal  qilishiga  ilmiy  zamin 
yaratuvchi mustaqil taraqqiyot yo‘li va modelinni yaratish mumkin. 
Uchinchi  bob  tarmoq  sotsiologiyasi  yo‘nalishi  bo‘lib,  eng  dolzarb 
muamolarga  bag‗ishlangandir,  bunda  oila,  jamoatchilik  fikri,  iqtisodiy 
sotsiologiya, 
siyosiy 
sotsiologiya, 
ta'lim 
sotsiologiyasi, 
mehnat 
sotsiologiyasi  va  boshqa  sotsialogiyasi  sohalarining  muhim  yo‘nalishlari 
yoritiladi. 
Darslikning so‘nggi to‘rtinchi bobida amaliy sotsiologik tadqiqotlarni 
amalga  oshirish,  uslublari,  dasturlari,  bosqichlari,  tamoyillari  tahlil 
qilinadi. 
Ushbu  kitobxonlarga  taqdim  qilinayotgan  sotsiologiya  darsligi 
to‘g‗risida  hulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  u  shaklan  va  mazmunan 
ilmiy-nazariy  va  amaliy  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  ilmiy  kitobdir.  Darslik 
mazmun  va  tuzilishi  jihatidan  oliy  yurtlari  uchun  mo‘ljallangan, 
sotsiologiya  fani  bungacha  ma'lum  dasturlarga  moslab  tuzilgan  va  ushbu 
dasturlarda aks topgan mavzu va muammolar haqida talabalarga eng zarur 
va  asosiy  ma'lumotlarni  beradi.  To‘plamning  ayniqsa  to‘rtinchi  bobini 
diqqatga  sazovor  deb  hisoblash  mumkin,  zero  bu  bob  gramatik 
maqsadlarni  o‘z  ichiga  olgan  bo‘lib  kitobhonlarga  ko‗proq  amaliyot 
to‘g‗rrisida 
ma'lumotlar 
beradi, 
boshqacha 
aytganda 
mualliflar 
sotsiologiyaning amaliyotiga ko‘proq etibor qaratganlar. 
Zamon  sotsiologlar  oldiga  bu  fanning  amaliyotini  yanada 
kuchaytirishni  qo‗ymoqdaki,  xalq  xo‘jaliginnng  hamma  tarmoqlarida 
sotsial  muammolarni  hal  qilishda  va  qay  darajada  yechilishini  bevosita 
sotsiologiya  fani  bilan  bog‗lagan  holda  olib  borishni  va  hamkorlikda 
jamoatchilik fikriga tayangan holda ish ko‘rishni tavsiya etmoqda. 
Ushbu  darslikda  berilgan  ma'lumotlar  talabalarga  sotsiologiya 
fanidan  bilim  beribgina  qolmay,  balki  keng  kitobxonlar  ommasiga  bu 
fanning  aniq,  fanlarga  o‘xshashligini,  ya'ni  analitik-empirik  fan  ekanligini 
uqtiradi. 
Xulosa  qilib  aytganda,  mualliflar  ushbu  kitobda,  sotsiologiyaning 
keng qamrovli qirralarini imkonlari darajasida yaratishga va ochib berishga 
harakat  qildilar,  hamda  ushbu  sohaning  O‗zbekistonda  yangi  soha 
ekanligini hamda darslik bir vaqtning o‘zida pedagogik faoliyat olib borish 
bilan  birgalikda  yozilganligi  uchun,  ba'zi  bir  kamchilik  va  nuqsonlar 


 

bo‘lsa,  avvaldan  kitobxonlardan  uzr  so‘raydilar.  Ushbu  darslikni  chop 
ettirishda katta yordam ko‘rsatgani uchun Mirzo Ulug‘bek nomli Toshkent 
Davlat  Universiteta  ma'muriyatiga  sotsiologiya  bo‘limi  va  kafedrasi 
nomidan minnatdorchilik bildiramiz. 
 
  

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə