Тошкент фармацевтика институти



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə1/20
tarix21.03.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#32920
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
FARMAKOLOGIYA VA KLINIK FARMATSIYA KAFEDRASI

BIRINCHI TIBBIY YORDAM FANIDAN”


O’QUV – USLUBIY MAJMUA




TOSHKENT – 2016

Tuzuvchilar:

Saidov S.A. – Farmakologiya va klinik

farmatsiya kafedrasining mudiri, tibbiyot

fanlari doktori.

Tulyaganov B.S. - Farmakologiya va klinik

farmatsiya kafedrasining katta o‘qituvchisi

Yusupova D.A - Farmakologiya va klinik

farmatsiya kafedrasining katta o‘qituvchisi




Taqrizchilar:

Utyamishev R.G – Gematologiya va qon quyish ilmiy

tekshirish institutining yetakchi ilmiy

xodimi, t.f.d.

Fayzieva Z.T. – Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedogogik

kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, t.f.d.


O’quv – uslubiy majmua Toshkent farmatsevtika institutining soha uslubiy kengashining 2016 yil __ ___ dagi ___-sonli qarori bilan nasrga tavsiya qilingan.

Soha uslubiy kengashi raisi ____________S.A.Saidov.


O’quv-uslubiy majmua MUK da ko’rib chiqildi va tasdiqlandi

“___” “_________” 2016 yil “____” sonli bayonnomasi



Kelishildi: Markaziy uslubiy kengashi raisi ___________ S.U.Aliev

MUNDARIJA
I. Ishchi dastur..................................................................................................................3

II. Sillabus (o`qituvchining ish dasturi)........................................................................20
III. Fanni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol ta’lim metodlari.............................23
IV. Nazariy mashg‘ulot materiallari............................................................................30
V. Amaliy mashg`ulot uchun materiallari.................................................................104

VI. Mustaqil ta’lim mavzulari………………….………………………………… 158

VII.Glossariy.................................................................................................................161
VIII. Keyslar banki.................................................................................................... 165
IX.Testlar......................................................................................................................172
XX. Adabiyotlar ro‘yxati.............................................................................................186

1. ISHCHI DASTUR
1. KIRISH

Shifokor va farmatsevtlar zaruriyat tug‘ilganda malakali birinchi tibbiy yordamni ko‘rsata bilishlari kerak. Shundan kelib chiqib, BTYO fanining asosiy vazifalari talabalarga malakali BTYO ko‘rsatishni, uni nazariy va amaliy jixatlarini har tomonlama o‘rgatishdan iborat. Ma’lumki, BTYO ko‘rsatishda bir necha bosqich qayd etiladi.

Malakasiz tibbiy yordam. Bunda har qanday shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yordam inobatga olinadi (cho‘kkan odamni qutqarish, binolar tagidan odamlarni olib chiqish va b).

Vrachgacha bo‘lgan BTYO. Bunda BTYO asosan o‘rta tibbiy xodimlar yoki farmatsevtlar tomonidan amalga oshiriladi (sun’iy nafas oldirish, yurakni massaj qilish, qon oqishini vaqtinchalik to‘xtatish va b).

Malakali shifokorlar yordami. Bunda BTYO mutaxassis shifokorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Fanning va maqsad vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad – turli baxtsiz xodisalar tufayli jaroxatlanishda, o‘tkir kechuvchi kasalliklarda, zaharlanishda va boshqa xolatlarda shifokor kelguncha o‘z vaqtida va to‘g‘ri BTYO ko‘rsatish xaqida tushunchaga ega bo‘lish.

Fanning asosiy vazifasi – turli xil baxtsiz xodisalar tufayli yuzaga kelgan xolatlarda bemorlarga yoki jaroxatlangan kishilarga shifokor kelguncha o‘z vaqtida va to‘g‘ri tibbiy yordam ko‘rsata bilishdan iborat.


Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikmasi, malakasiga

qo‘yiladigan talablar

Fanni o‘rganish davomida talabalar:



  • aseptika, antiseptika;

  • jaroxatlarning turlari va birinchi tibbiy yordam;

  • qon oqishi turlari va birinchi tibbiy yordam;

  • bog‘lamlar turlari va birinchi tibbiy yordam;

  • suyak sininishi va bo‘g‘im chikishida birinchi tibbiy yordam;

  • kuyish va sovuq olishida birinchi tibbiy yordam;

  • bosh miya jaroxatlanishida birinchi tibbiy yordam;

  • o‘tkir terapevtik kasalliklarda birinchi tibbiy yordam;

  • o‘tkir xirurgik kasalliklarda birinchi tibbiy yordam;

  • zaxarlanishda vrachgacha bo‘lgan birinchi tibbiy yordam usullarini bilishi kerak.

shuningdek talabalar:

  • ichki a’zolarning anatomik tuzilishi va fiziologik xususiyatlari,

  • ichki a’zolar funksional xolatlarini baxolash;

  • aholi o‘rtasida ko‘p uchraydigan o‘tkir kechuvchi terapevtik kasalliklarning kechimini aniqlay olish

  • o‘tkir kechuvchi xirurgik kasalliklarda shifokorgacha shoshilinch yordam ko‘rsata olish

  • o‘tkir va surunkali yuqumli kasalliklarni aniqlay olish;

  • turli moddalar bilan zaxarlanish holatlarida shishilinch yordam ko‘rsata olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.


talabalar:

  • bemorlarni parvarish qilish va tibbiy muolajalarni bajara olish

  • (xaroratni o‘lchash, A/B-o‘lchash, puls xisoblash, me’dani chayish, klizma-qo‘yish, turli in’eksiyalar, suniy nafas oldirish, yurakni yopiq usulda uqalash);

  • qon oqishini vaqtinchalik to‘xtatish;

  • jgut va shina qo‘yish;

  • turli bog‘lamlar qo‘yish;

  • jaroxatlangan va boshqa bemorlarni transportda olib borish qoidalari;

  • spetsifik kasallik bilan og‘rigan og‘ir bemorlarni (urologik, xirurgik v.b.) parvarish qilish malakalariga ega bo‘lishi kerak.


Fanni boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
Fanni o‘zlashtirish uchun talabalar fiziologiya, anatomiya va fuqarolar mudofaasi, lotin tili kabi o‘quv rejasidagi boshqa fanlarni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishlari kerak.


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə