Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya



Yüklə 19,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/102
tarix26.03.2018
ölçüsü19,01 Kb.
#34535
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102



 
O‗ZBEKISTON  RESPUBLIKASI 
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM 
VAZIRLIGI 
SOG‗LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI 
 
EKOLOGIYA VA MIKROBIOLOGIYA 
KAFEDRASI 
 
 
 
KIMYOVIY MIKROBIOLOGIYA  FANI 
BO`YICHA  
 
O‗ Q U V –U S L U B I Y    
 M A J M U A 
 
 
 
Toshkent -2016 y.
 
 



 
Mazkur  o‗quv-uslubiy  majmua  Oliy  va  o‗rta  maxsus  ta‘lim  vazirligining  2016  yil  6  aprelidagi 
137-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan o‗quv reja va dastur asosida tayyorlandi. 
 
 
 
 
Tuzuvchi: 
Fayzullaeva Z.R.  
 
 
– 
 Ekologiya va mikrobiologiya 
kafedrasi dotsenti, t.f.n. 
Qodirova D.E.  
 
 
– 
Ekologiya va mikrobiologiya 
kafedrasi dotsenti, t.f.n. 
 
 
Taqrizchi: 
Saidov S.A.   
 
 
– 
Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi  
mudiri 
Maxkamova D.E. 
 
 
– 
ToshPMI Bolalar yuqumli kasalliklari  va  
mikrobiologiya,virusologiya,immunologiya  
kafedrasi  dotsent i 
 
 
 
 
 
 
O‘quv -uslubiy majmua  Bosh ilmiy-metodik markaz  Ilmiy-metodik  kengashining 2016  yil 
__________dagi ___-sonli qarori bilan tasdiqqa  tavsiya qilingan. 
 
 
 
 
 
 
Toshkent farmasevtika instituti  Markaziy  uslubiy  kengashi  tomonidan muhokama qilindi. 
2016 yil     _____________  dagi  __________sonli bayonnoma 
 
Toshkent farmasevtika instituti   Ilmiy kengashining             sonli bayoni asosida tastiqlangan. 
 
 



 
 
 
MUNDARIJA 
 
 
 
 
I. Ishchi dastur………………………………………………………..............................................4 
II. Sillabus......................................................................................................................................21 
III. Fanni  o‗qitishda foydalaniladigan interfaol ta‘lim metodlari.................................................24 
IV. Nazariy mashg`ulot materiallari…………………………...................…………………...…37 
V. Amaliy mashg‗ulot materiallari ………………………..…………………..………….…....116 
VI. Keyslar banki……………………………….........................................................................183 
VII. Mustaqil ta‘lim mavzulari ……………………………………………..….........................193 
VIII. Testlar …………………………………............................................................................194 
IX. Glossariy……………………………………………………..……………………………..219 
X. Adabiyotlar  ro‗yxati…………………………..…………………………………………….223 
 
 



 
Kirish 
Toshkent  Farmatsevtika  instituti  sanoat  farmatsiya  fakulteti  talabalari  kelajakda  injener 
biotexnolog  bo‗lib,  mamlakatimizning  sotsial  taraqqiyotida  asosiy  omillardan  biri  bo‗lgan 
ikkilamchi  metabolitlarni  (antibiologik,  vitaminlar,  polisaxaridlarni)  sintez  qilishni  tashkil 
etishlari lozim. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun talabalar kimyoviy mikrobiologiya fanini 
chuqur o‗rganishlari zarur. Bu maqsadga erishish va o‗quv jarayonini tuzishda ishchi dastur katta 
rol  o‗ynaydi.  2016-2017  o‗quv  yili  uchun  ishlab  chiqilgan  o‗quv  uslubiy  majmuada 
Microbiology  and  Immunology  /Faculty  of    Pharmacy.  General  Microbiology    Immunology 
.Edition  2015,  "Mikrobiolugiai  Laboraturiumi  Gyakorlatok  2013.  xorijiy  adabiyotning  bob 
ma‘lumotlaridan foydalanib mavzulari kiritildi. 
Fanning maqsad va vazifalari 
Mikrobiologiya,  biotexnologiya  negizlaridan  biri  bo‗lib,  mikroorganizmlar  hayot 
faoliyatining  molekulyar, genetik, o‗sish  mexanizmi, ko‗payishi, metabolizmi, sodda jonivorlar, 
zamburug‗lar,  viruslar to‗g‗risidagi zamonaviy  bilim asoslari  bilan ikkilamchi  metabolitlarning, 
antibiotiklar, vitaminlar, polisaxaridlarning biosintezi bilan tanishtiradi. 
Mikroorganizm  produtsentlarining  tuzilishi,  fiziologik  aktivligini  aniqlash  sanitar  – 
ko‗rsatkich  mikroorganizmlarning,  yuqumli  kasallik  qo‗zg‗atuvchilarining,  ularga  qarshi 
ishlatiladigan  kimyoterapevtik  moddalarning  ta‘sirini  immunologiya,  immunoximiya  asosida 
o‗rganadi. Mikrobiologiyada o‗rganilgan molekulyar genetika asoslari, biotexnologiya sanoatida 
original  bilim  manbai  hisoblanadi.  Ishchi  dasturda  kimyoviy  mikrobiologiya  fanining  asoslari 
zamon  talablari  asosida  o‗z  aksini  topgan.  Biotexnologlarni  tayyorlashda,  kimyoviy 
mikrobiologiya  fanini  o‗rganishdan  asosiy  maqsad  -  mikroorganizmlar  fiziologiyasining 
elementlari: 
oziqlanish, 
nafas  olish,  o‗sish,  ko‗payish,  mikroorganizmlar  kimyosi, 
mikroorganizmlarga  tashqi  muhitning  ta‘siri,  ularning  tabiatda  modda  almashinuvidagi 
ahamiyatini  o‗rganish.  Biotexnolog  professional  faoliyatida  aseptika,  antiseptika,  sterillizatsiya, 
tayyor  dorilar  va  xom-ashyosini  saqlash,  dorilarni  ekstemporal  tayyorlashda  kimyoviy 
mikrobiologiya fanining saboqlari muhim ahamiyatga egadir. 
O‗quv  jarayonida  talabalarga  mikrob  xujayralarini  o‗lchash,  molekulyar  tarkibi, 
mikrometriya usullari, bakterial massani o‗lchash, mikrob xujayrasini dezintegratsiyasi, ularning 
uglevod  tarkibini  o‗rganish,  DNKni  olinishi,  ammonifikatsiya,  denitrofikatsiya  reaksiyalari, 
bakteriofaglarning  olinishi  va  ishlatilishi,  vaksinalar,  immunoglobulinlar  olinishi  va  ishlatilishi 
haqida ma‘lumotlar beriladi. 
Fan bo‗yicha talabaning malakasiga qo‗yiladigan talablar 
Talabalar  o‗quv  jarayonida  kimyoviy  mikrobiologiya  fanidan  mikroorganizmlarning 
tasnifi,  prokariot va eukariot  xujayralarining tuzilishi, aktinomitsetlar,  spiroxetlar, rikketsiyalar, 
xlamidiya,  mikoplazma,  zamburug‗lar  va  sodda  jonivorlar  morfologiyasi,  mikroorganizmlar 
kimyosi, kichik molekulalar, katta molekulalar, viruslar morfologiyasi, bakteriofaglar, patogenlik 
va virulentlik, vaksinalar, immunoglobulinlar, anatoksinlar, ximioterapevtik preparatlar, ularning 
mikroorganizmlarga  ta‘sirini,  ularning  tabiatda  modda  almashinuvidagi  ahamiyatini  bilishi 
kerak. 
Talabalar, o‗qituvchining  nazorati ostida xavfsizlik texnik  qoidalariga rioya qilib, uslubiy 
ko‗rsatmalar yordamida quyidagi ko‗nikmalarga ega bo‗lishi kerak. 
- surtma preparatlarini tayyorlash. 
- surtmalarni bo‗yash usullarini bilish. 
-  mikroorganizmlarni  morfologiyasini  o‗rganish  uchun  mikroskopiya  usullarini  qo‗llay 
olish. 
-  antibiotiklarning  mikroblarga  nisbatan  sezgirligini  seriyali  suyultirish,  disk  usullarida 
aniqlay olish. 
mikroorganizmlarni indikatsiya va identifikatsiya qila bilishlari kerak
- mikrob xujayralarini o‗lchash, bakterial massani o‗lchash. 
- mikrob xujayrasini dezintegratsiyalash, uning uglevod tarkibini o‗rganish. 
- DNKni olinishi, uning xususiyatlarini o‗rganish. 


Yüklə 19,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə