Toshkent farmatsevtika instituti



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə1/17
tarix23.09.2018
ölçüsü0,81 Mb.
#70347
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI

FARMATSIYA FAKUL’TET I
«IJTIMOIY FANLAR »

KAFEDRASI

TASDIQLAYMAN”



O‘quv ishlari bo‘yicha

prorektor, f.f.n Aliev S.U

_________________

___” _________2016 yil

YOSH DAVRLAR PSIXOLOGIYASI”

fani bo‘yicha
o‘ q u v –u s l u b i y m a j m u a

Tuzuvchi: katta o‘qituvchi Yuldasheva S.M

Toshkent -2016

O’quv –uslubiy majmuani ishlab chiqishda Toshkent Davlat iqtisodiyot

universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan

“Ta’limda innovatsion texnologiyalar” (loyixa muxarirri i.f.d.

prof. Bekmurodov A.SH., p.f.n. dots. Golish L.V) uslubiy qo‘llanmasidan

hamda “Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat”

malaka oshirish kursida olingan bilimlaridan foydalanildi.
Taqrizchi:
Toshkent farmatsevtika institutining ijtimoiy fanlar kafedrasi dosenti ,

P.f.n. S.M.T o‘iychieva




O‘quv -uslubiy majmua institut - uslubiy kengashining 2016 yil __________dagi ___-sonli qarori bilan tasdiqqa tavsiya qilingan
Mundarija

1. Ishchi dastur...........................................................................................

2. Sillabus ................................................................................................

3. Fanni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol ta’lim metodlari..

4. Nazariy materiallar...........................................................................

5. Seminar mashg‘ulotlari uchun materiallar .....................................

6. Keyslar banki .......................................................................................

7. Mustaqil ta’lim mavzulari...............................................................

8. Testlar ...................................................................................................

9. Gllasariy ..............................................................................................

10. Adabiyotlar ..........................................................................................

YOSH DAVRLAR PSIXOLOGIYASI



fanidan

I SH CH I O‘QUV D A S T U RI
Kirish

Mazkur dastur hozirgi kunda Yosh davrlarni o‘rganish muhim hisoblanadi, chunki har bir Yosh davrining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud, ularni to‘g‘ri tahlil qilinsa va ularga to‘g‘ri maslahatlar berilsa kelajakda narkomaniya, fohishabozlik, turli og‘imlarga kirib ketish, har xil kasalliklarni oldini olish ko‘nikmasini hosil qilgan bo‘linardi, shuning uchun ham bu fan sohasi dolzarb hisoblanadi. Innovatsion ta’lim texnologiyalari, Yosh va pedagogik psixologiya fanining mazmun mohiyati, tarkibiy tuzilishi, Yosh davrlar psixologiyasi, pedagogik psixologiya, turli Yosh davrlarda psixologik o‘zgarishlarni yuzaga kelishi, pedagogik psixologiya qismida esa o‘qituvchi, ta’lim, tarbiya psixologiyalari batafsil yoritilgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayoninni tashkil etishga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar asosida mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi noan’anaviy ishlanmalar orqali keltirilgan.


Yosh davrlar psixologiyasi fanining maqsadi va vazifalari.

Yosh davrlariga oid qonuniyatlar, omillar hamda sabablar, ularning rivojlanish va shakllanishining mohiyati hamda tuzilishini aniqlash. Yosh davrining shakllari va tiplari, muammoga oid biologik, psixologik va nazariy yondoshuvlarning tahlili, uning profilaktikasi, psixodiagnostikasi hamda psixokorreksiyasi xususiyatlarining o‘ziga xosligi haqidagi nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirish. Statistik adaptatsion yondoshuv, normaning negativ mezonlari, madaniy reletivizm, rasmiy yondoshuvni shakllantirishdan iborat.

Fanning vazifalari – talabalarni yoshga oid psixologiya fanining nazariy asoslari va inson taraqqiyoti qonuniyatlarini tadqiq etish uchun amaliy materiallar bilan qurollantirish.

Taraqqiyot psixologiyasining nazariy asoslarining talabalar tomonidan ongli ravishda o‘zlashtirilishi; mazkur fan amaliyoti bilan tanishish; mustaqil bilim olish muhimligini anglash.


Yosh davrlar psixologiyasi bo`yicha talabalarning bilimiga, o`quviga, ko`nikmasiga qo`yiladigan talablar

- Psixologiya fanlar tizimi tuzilishi, ularning rivojlanish istiqbollari haqida;

- Psixologik tadqiqotlarni tashkil etish, o‘tkazish metodlari va uning vositalaridan foydalana olish;

- Umumiy psixologiyaning tizimlari, tamoyillari, mexanizmlari, kategoriyalari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;

- Psixologiya nazariyasi va metodologiyasi aloqalar tizimlar, kategoriyalar, mexanizmlar, qonuniyatlar, asosiy holatlar;

- Insonlarning ish qobiliyatini oshirish va funksional holati optimallashtirishni bilishi va ulardan foydalana olishi;

- Turli xil hayotiy vaziyatlarda shaxsni o‘rganishda umumiy psixologiyaning har xil usullarini qo‘llash;

- Psixologik, ijtimoiy-etnik va Yosh pedagogik tadqiqotlarning metodlarini qo‘llash;


- SHaxsning bilish jarayonlari xususiyatlari, uning shaxslilik xususiyatlarini shakllantirish vositalarini qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.


Yosh davrlar psixologiyasi fanining boshqa o`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi va uslubiy jihatidan ketma- ketligi.
Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya fani umumkasbiy fani hisoblanib, VIII - semestrda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan Kasbiy pedagogika, Kasbiy psixologiya, Ta`limda axborot texnoloshgiyalari, Kasb ta`limi metodikasi va boshqa fanlar bilan uzviy bogґliq xolda oґrganiladi. Ta’lim texnolo‘giyasi fanini chuqur oґrganish uchun yuqoidagi fanlardan etarli bilim va koґnikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi, xamda shu fanlar bilan ketma-ketlikda organiladi.

Yosh davrlar psixologiyasi ” fannini o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar.

O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va mul’timedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.

Yosh davrlar psixologiyasi ” fanini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:




Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə